Скачать презентацию
1 Reja:1.Mazmunli rasm chizish. 2. Birinchi kichik guruhda o'rgatishning mazmuni va vazifalari. 3. Ikkinchi guruhda o'rgatishning mazmun va vazifalari. 4. O'rta guruhda rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.
2 Mazmunli rasm chizishning asosiy maqsadi bolaning atrof-muhitdan olgan taassurotlarini ifodalashga o'rgatishdir. Mazmunli rasm - bu bir necha mazmunning ma'lum rangda tasvirlanishi. Bolalar qaysi mazmun bo'yicha rasm chizadilar? Bolalar kichik hikoya, ertak asosida va bolalarni o'rab turgan tevarak-atrofni, tabiatni chizishga harakat qiladilar. Masalan, «Biz shanbalikda» va «Kech kuz» rasmlari bunga misol bo'la oladi. Bolalar bilan olib boriladigan bunday mashg'ulotlar ularning har tomonlama kamol topishiga yordam beradi. Bunda bolalarning aqliy qobiliyati rivojlanadi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan ro'y beradi, shuning uchun mazmunli rasm chizish o'rta guruhdan boshlab kiritilgan. Bunda ham yonma-yon turgan 2-3 ta predmetning tasviri o'rgatiladi. Mazmunli tasvirda predmetlarning bir-biridan ajratish uchun uning o'lchamini, fazodagi o'rinlariga qarab, predmetlarning katta yoki kichikligini o'rgatish kerak. Maktabgacha yoshdagi bola uchun predmetlar orasidagi fazoviy munosabatlarni farqlay olish juda qiyin. Mazmunli rasm chizishni, bog'chada o'rgatishning umumiy vazifalari quyidagjJar: Mavzuning mazmunini ifodalashga uning asosini ajratishga o'rgatish. Obyektlar orasidagi o'zaro aloqani tasvirlashga o'rgatish. Obyektlar orasidagi proportsional joylashuvni tasvirlashga va ularning fazodagi o'rinlarini ko'rsatishga o'rgatish.
3 Ikki yoshli bola qalam, mo'yqalamni to'g'ri ushlashi mumkin, lekin uning tajribalari kam, bajara olish va bilish qobliyatlari yo'q, qo'l harakatlari yetarlicha rivojlanmagan. Shuning uchun asosiy vazifalar bolalarga umumiy tarbiyaviy ta'sir qilish bilan bog'liqdir. Birinchi kichik guruhda o'rgatishning vazifalari quyidagilar: Rasm chizish jarayoniga natija beruvchi jamoat ishi deb qiziqishni uyg'otish. Rasm chizish materiallari - «qalam, bo'yoqlap» va ulardan foydalanish usullari bilan tanishtirish. Katta yoshli odam chizgan rasmni, predmetning tasviri deb tushunishni o'rgatish. To'g'ri va egri chiziqlarni hamda tomonlari berk shakllarni chizish prinsiplarini o'rgatish. Bu guruhning dasturi keyingi guruhlarning dasturidan bosqichma-bosqich murakkablashib borishi bilan farqlanadi. Rasm chizishning birinchi mashg'uloti qog'oz va qalam bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bu materiallarning o'yinchoqlardan bolalarga ma'lum bo'lgan turli xil predmetlardan farq qilishini pedagog bolalarga tushuntiradi. Qalamlar bilan turli faoliyat turlarini bajarish mumkin. Qog'oz toza edi, qalamning harakatlanishidan unda izlar paydo bo'ldi. Qalamning ochilgan uchi qog'ozda iz qoldiradi. Ikki uchi esa iz qoldirmaydi. Agar sekin bosilsa, qog'ozda uning izlari ko'rinmaydi. Agar qattiq bosilsa, qog'oz yirtilib ketishi mumkin. Bunday tushuntirishni va harakatlarni ko'rsatib berish bolalarda rasm chizishga qiziqishni uyg'otadi. Bulardan tashqari, oddiy texnik ko'nikmalarni qalam, mo'yqalamni to'g'ri ushlash, ulardan tartibli foydalanish, bo'yoqni mo'yqalamning uchiga olishni bilish kabilarni o'rgatishni dastur o'z ichiga olgan.
4 Hayotining 4-yilida bola predmetni yaxshiroq yoki yomonroq tasvirlay olishni bilmasalar ham, lekin ular rasm chizishning ma'nosini tushuna boshlaydilar. Ular o'zlari chizgan shaklsiz rasmlarni predmetning biror bir belgisiga asosan o'xshatib chizadilar. Pedagog bolalarning rasm bilan predmetning o'xshash belgilarini topishga urunishni rag'batlantirib turishi va shu bilan bir qatorda, turli shakllarni to'g'ri tasvirlashga o'rgatib borish zarur. Bu yoshda tasviriy faoliyatni o'rgatish vazifalari bir rejaga qo'yilgan.olishni bilmasalar ham Sodda predmetlarning asosiy belgilar(rang, shakl)ini berib, turli xil to'g'ri va aylanasimon shakllarning tasviriga o'rgatish. Rangni bilish sezgisi asosiy ranglarni ajratish va aytishni bilishni rivojlantirish; Kompozitsion ko'nikmalarni, qog'ozning o'rtasiga tasvirlarni joylashtirishni rivojlantirish.
5 Bu guruhda o'rgatishning vazifalari quyidagilar: To'g'ri to'rtburchakli va aylanasimon shakldagi predmetlarning tasviri ularning tuzilishini, asosiy qismi va detallarini berishga o'rgatish. Rangdan badiiy ifodalash vositasi sifatida foydalanishga o'rgatish. Qog'oz markazida predmetni joylashtirishda kompozitsion uquvni bilishni rivojlantirish. Rasmni qalam va bo'yoq bilan bo'yashda texnik ko'nikmalarni mustahkamlash. Bu guruhda bolalarga ritmik joylashgan predmet qismlarining tasviri (yuqorida, pastda, bir tomonda, boshqa tomonda) hamda bir qancha proportsional joylashgan qismlarning tasviri o'rgatiladi. Bu alohida qismlarni o'zaro solishtirish va tahlil qilish imkonini beradi. Masalan, Qorbobo va archa 2 tomonlama joylashgan novdalari bilan. Bu guruhda tasviri qiyin bo'lgan obyektni, ya'ni odamning rasmini chizish mashg'ulotlarga kiritiladi. Odam rasmini chizishdan oldin bolalar soddaroq shakllarni, ya'ni qorbobo nevolyashka, matreshka, qo'g'irchoqlarni chizishga o'rgatilgan edi. Katta guruhda rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari. Bu guruhda bolalarning tasviriy va yorqin obrazlarni yaratish qobiliyatlarini o'stiruvchi turli usullardan foydalanib, chizishga o'rgatiladi. Bunda quyidagi vazifalar bor:
6 Katta guruhdagi bolalar badiiy asarlardan olingan taassurotlari asosida va ertak mazmunini tushungan holda quyidagi mavzuda rasm chiza oladilar. «Ikki ochko'z ayiqcha», «Ayyor tulki va kulrang bo'ri», «Mushuk, xo'roz va tulki» va boshqalar. Bu chizdirilgan rasmlar aniq va aniq masalada bo'lishiga ahamiyat berish kerak. Masalan, «14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni», «8-mart - onalar bayrami», «21- mart - Navro'z bayrami». Katta guruhda o'tkaziladigan rasm mashg'ulotlari qiziqarli, savollarga javob olgan holda, asarda qatnashayotgan har bir personajga tavsif bergan holda ranglarni tanlay olish va varaqqa joylashtirish vazifalarini belgilash kerak. Bolalar tomonidan ishlanayotgan har bir rasmda predmetlarning hajmi, o'lchovlarini chamalash bilan birga, uzoq- yaqin, oldinma-ketin, ustma-ust, ketma-ket joylash mumkinligini tushuntirish kerak. Bu yoshdagi bolalar, ayniqsa, ertak multfilmlarni tomosha qilishni yaxshi ko'rganliklari sababli shu mavzudagi rasmlar chizishni yaxshi ko'radilar. N.P.Sakulinaning fikricha, bola rasm chizishni varaqning eng chetidan boshlab chizish bilan birga, predmetlarning joylashishini ko'rsatishi kerak va bo'yoqlarni tanlay olishi ham muhim ahamiyatga egadir. Bolani rasm mashg'ulotiga tayyorlash uchun unga kerakli rasm anjomlarini hozirlagan holda, bironta kuy eshittirib, akvarel bo'yoq berib, ma'lum mavzu va maqsad asosida rasm chizish ishini boshlash lozim. 5-6 yoshli bolalarning mazmunli rasmlarining mazmuni ancha boy bo'ladi. Bunda bolalar faqat predmetlarni chizishmaydi, balki predmetlarning atrofidagi sharoitni ham tasvirlaydi.
Еще похожие презентации в нашем архиве: