Скачать презентацию
1 Chorvachilik va uning tarmoqlar geografiyasi. REJA: 1.CHorvachilikning qishloq xojaligida tutgan orni. 2.CHorvachilik va uning tarmoqlar tarkibi, joylanishining hududiy jihatlari. 3.CHorvachilik tiplari
2 1. CHorvachilikning xalq xojaligida tutgan orni. CHorvachilik xalq xojaligida muhim orin tutadi. U oz ahamiyati jihatdan qishloq xojalik ishlab chiqarishida dehqonchilikdan keyingi orinda tursada, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlashda muhim ahamiyatga ega. CHorvachilik aholini oziq-ovqat mahsulotlari - gosht, sut, yog, tuxum va boshqalar bilan taminlaydi, engil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlariga esa xom ashyo (yung, gosht,teri, sut va boshqalar) etkazib beradi. SHuningdek, chorvachilik xojalik uchun ishchi kuchi (jonli transort) - ot, tuya, eshak, bugu va mahalliy ogit beradi. CHorvachilik mahsulotlaridan turli xil qilmmatli dori-darmonlar (shifobaxsh zardob, garmonal rearatlar va b.) olinadi. Dehqonchilikda ayrim ekinlar etishtirishda asosiy mahsulot bilan birga chorvachilikda foydalaniladigan qoshimcha mahsulotlar (somon, oxol, keak, sabzovotchilik chiqindilari, kartoshkachilik chiqindilari, bogdorchiilk chiqindilari va boshqalar) ham olinadi.
3 Em-xashak etishtirishni kopaytirish, uning sifatini yaxshilash chorva mahsuldorligini oshirishning zaruriy shartidir. CHorvachilikning rivojlanishi esa dehqonchilik tarmoqlarini yanada yuksaltirish, umuman qishloq xojaligining moddiy va mehnat resurslaridan yaxshiroq foydalanish, ekin hosildorligini oshirish imkonini beradi. Keyingi yillarda chorvachilikning ixtisoslashuv jarayoni kuchaydi. Gosht, sut, jun-gosht-teri yonalishidagi chorvachilik malum xududlarda rivojlanmokda. Iqtisodiy jixatdan rivojlangan mamlakatlar va xududlarda chorvachilik rivojlanishi intensiv yonalishga ega bolsa, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasida bir qator mamlakatlarda ekstensiv yonalishga egadir. SHunisi xarakterliki, jaxon chorvachilik maxsulotlari asosiy qismini mutadil mintaqadagi mamlakatlar etkazib beradi.
4 CHorvachilikning asosini ozuqa bazasi tashkil qiladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ozuqaning asosiy qismini ziroatchilik etkazib beradi. Kopgina mamlakatlarda (GFR) ziroatchilik chorvachilik manfaatlariga boysunganligi bilan ajralib turadi. Ziroatchilikda almashlab ekishda makkajoxori, bir yillik turli otlar, beda, ildizmevalar (xashakli lavlagi) chorvachilik ozuqa bazasini xilma-xil bolishiga olib keladi. Axoli zich rayonlarda tabiiy otloq va yaylovlari chegaralangan. Intensiv va ekstensiv yonalishdagi chorvachilik SHimoliy Amerika uchun xos. (AQSH, Kanada). AQSHning qurgoqchil rayonlari, Argentina, Meksika, Avstraliya va JARda chorvachilik mintaqalari, yani juda katta tabiiy yaylovlar va ixtisoslashgan boquv punktlari rivojlangan. Osiyo, Afrikada (Janubi-Garbiy Osiyo, Moguliston, SHimoliy, Garbiy va SHimoliy Afrika) chorvachilik kochmanchi va yarim kochmanchi shaklida rivojlangandir. Lotin Amerikasi xam ekstensiv chorvachilik rivojlangan mintaqalardan biridir. Juda katta erlarga egalik shakli - latifundiya keng tarqalgan. Ayniqsa, chorvachilik Argentina, Urugvay va Braziliyada rivojlangan. Gosht va sut maxsulotlari axoli oziq- ovqat ratsionida pastligi bilan ajralib turadi.
5 CHorvachilik va uning tarmoq tarkibi, joylanishining hududiy jihatlari. CHorvachilik ham donli ekinlar kabi dunyoning xamma mamlakatlarida tarqalgan. Otloq va yaylovlar ekin ekiladigan erlarga qaraganda uch baravar kop erlarni egallaydi. CHorvachilik mahsulotining asosiy kismini motadil mintaqa mamlakatlari beradi. SHuni ham aytish kerakki, dunyoda etishtiriladigan gallaning yarmiga yaqinini chorva mollariga em qilib beriladi. Jahon chorvachiligi geografiyasi birinchi navbatda chorva mollarining joylashishi bilan belgilanadi. CHorva mollarining umumiy soni 4 mlnrd.boshga yaqin. Jahon mamlakatlarida chorvachilikning uchta tarmogi asosiy orin tutadi. Deyarli hamma gosht va sutning 1/3 qismidan ortiqrogi qoramolchilikka togri keladi. Intensiv sut va gosht-sut chorvachiligi motadil mintaqaning ormon hamda ormon-dasht zonalarida eng kop tarqalgan. Bu zonalarda mollar molxonalar bilan birga yaylovlarda boqiladi. Qoramollar gosht uchun koproq motadil va subtroik mintaqalarning qurgoqchil hududlarida boqiladi, AQSH, Kanada, Argentina, Avstraliyaning bazi hududlarida keng maydonlarda tovar mahsulot etishtiradigan xojaliklr (rancho) - haqiqiy gosht fabrikalari vujudga kelgan. Dunyo mamlakatlari ichida qoramollar sonining kopligi boyicha Hindiston 1-orinda turadi yil xisobiga kora, koramollar soni Hindistonda 240 mln.bosh, Braziliyada 135 mln.bosh, AQSH va Xitoyda 100 mln boshdan, Rossiyada 60 mln boshni tashkil qilgan.
6 CHochqachilik jahonda etishtiriladigan gosht mahsulotining 2/5 qismini beradi. CHochqachilik aholi zich joylashgan rayonlarda va yirik sanoat markazlari yaqinida, intensiv chorvachilik rayonlarida, kartoshka etishtiriladigan xududlarda joylashadi. Jahondagi boqiladigan chochqalarning deyarli yarmi Osiyoga, avvalo Xitoyga togri keladi. Hozir dunyoda 0,8 mlrd.bosh chochqa boqilib, yog va gosht tayyorlashda ahamiyati katta. CHochqa goshti oqsil moddasiga boy. SHuningdek, uning tarkibida aminokislota, mineral moddalar, E,G,V vitaminlar kop. Qoychilik chorvachilikning muhim va etakchi tarmogi bolib, u jun, gosht, ishlangan qoy terisi, qorakol terisi, yog, sut ishlab chiqaradi. Qoyning eng qimmatli mahsulotlaridan biri yungidir. Engil sanoatda ishlatiladigan tabiiy yungning 95%i qoylardan olinadi. Qoychilik ixtisoslanishiga kora bir qancha yonalishlarga bolinadi : gosht-yung qoychiligi, qorakolchilik, yung-gosht qoychiligi va boshqalar. Gosht-yung etishtirishga ixtisoslashgang qoychilik etarlicha namgarchil va nisbatan yumshoq iqlimli hududlarda, mayin va yarim mayin yung etishtirishga ixtisoslashgan qoychilik esa qurgoqchilroq xududlarga xosdir. Masalan, Avstraliyaning dasht va chalachol rayonlari jaxondagi eng yirik qoychilik olkasidir.
7 Yilqichilik ham chorvachilikning muhim tarmogidir. Uning xalq xojaligidagi ahamiyati kop qirrali. Yilqilarda qadimdan transport sifatida foydalanib kelingan. Ayrim mamlakatlarida masalan, arab mamlakatlarida hozir ham yilqi muhim transport vositasidir. Ayniqsa, geologik qidiruv ishlarida, togoldi rayonlaridagi ekseditsiyalarda otlardan keng foydalaniladi. SHuningdek, yilqi goshti va sutidan sanoatda xom ashyo sifatida foydalaniladi.Nasldor yilqilar eksport qilish uchun ham boqiladi. Masalan, turkman otlari - ahaltekin zotli otlar 1991 yillarda 20 ming AQSH dollariga baholangan. Parrandachilik chorvachilikning serdaromad tarmogidir. U tuxum, gosht, qush pati etkazib beradi. Tovuq, kurka,ordak, goz kabilar chorva mollaridan bir necha marta kichik bolishiga qaramay, mahsulot berishda ulardan qolishmaydi. Parrandalar yiliga oz vazniga nisbatan 5-6 marta kop mahsulot beradi. Ozbekiston mustaqillikka erishgach, Fargona, Toshkent va boshqa viloyatlarda mexanizatsiyalashgan yirik parrandachilik fabrikalari tashkil etildi. Tuyachilik chorvachilikning qadimiy tarmoqlaridan biridir. Tuyadan transport sifatida foydalaniladi va gosht, sut qimmatbaho jun beradi. U suvsizlikka chidamli : bir necha sutka suvsiz yol yurishi mumkin. U oz vazniga nisbatan % kop yuk bilan soatiga 3,5km tezlikda 7-8 soat yura oladi. Tuyadan laktatsiya davrida (120 kun) ortacha 2000kg sut sogib olinadi. Qozogiston va Turkmanistonda tuya sutidan qimiz tayyorlanadi. Tuya kg gacha gosht beradi. Junidan qimmatbaho gilamlar va gazlamalar ishlab chiqariladi.
8 3. CHorvachilik tiplari Qishloq xojaligining chorvachilik tarmogida quyidagi chorvachilik tiplari keng tarqalgan: a) aralash tog qishloq xojaligi - boy va maxsuldor tabiiy otlov va otloqlar, vertikal (tik) mintaqalilik asosida sertarmoq yonalish xarakterli. Don xojaligi, bogdorchilik va chorvachilik deyarli bir xil axamiyatga egadir; b) rancho chorvachiligi - asosan rivojlangan ishlab chiqarish munosabatlari kochirma qilingan mamlakatlardagi (Avstraliya, YAngi Zelandiya, JAR, Kanada) va Argentina, Braziliya eksport uchun don yonalishidagi xojaliklarda (on minglab gektar xududlarda) jun, qoy goshti va mol goshti etishtirishga ixtisoslashgandir; v) yaylov chorvachiligi - xududiy jixatdan juda katta bolib uzoq oralikda xayvonlarni bokib yurishdir.Janubi-Garbiy Osiyo, Afrika shimoli, AQSH (Garbiy shtatlar), Lotin Amerikasi (Braziliya, Argentina), Meksika, Markaziy Osiyo davlatlari, Moguliston, Rossiya, Afgonistonda tarqalgan bolib, unga mayni va yarim mayin qoychilik, echkichilik, tuyachilikdan iborat kochmanchi va yarim kochmanchi xojaliklar kiradi. Bu xududlarda yaylov chorvachiligi minglab km. oralikdagi migratsion (xatto Afrika shimolida-davlatlararo) xarakatlar bilan bogliq;
9 g) ekstremal sharoitdagi tundra va tundra yoni buguchilik xojaliklari - Rossiya (chekka SHimol), Kanada, AQSHda (Alyaska) keng tarqalgan bolib chekka shimol xalqlari turmushida muxim orin tutadi; d) motadil mintaqalarda aralash intensiv dexqonchilik-chorvachilikka ixtisoslashgan xojaliklar- yuqori tovar xojaliklari bolib, turli yonalishdagi agrar va agrosanoat korxonalaridan iborat. Garbiy Evropa, SHarqiy Evropa, Rossiya uchun xarakterlidir; e) sut xojaliklari - deyarli iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda tarqalgan bolib AQSH, Garbiy Evropa (Buyuk Britaniya, Fransiya, GFR, Finlyandiya, Daniya, Niderlandiya, va boshq.) qoramollar maxsuldorligining yuqoriligi (5000 kg.va undan yuqori, qora-ola zotidan sut sogib olinadi va uning yoglilik darajasi 4,35 % tashkil qiladi) bilan ajralib turadi yil dunyo boyicha 500 mln.t.ortiq sut sogib olingan bolsa (450 mln.t. mol suti) buning 25 % Garbiy Evropa mamlakatlariga, 13 % AQSH va 15 % MDX mamlakatlari xissasiga togri keladi; j) shaxar atrofi xojaligi - yirik shaxar va shaxar aglomeratsiyalarni tez buziluvchi sabzavot, meva, sut, tuxum bilan taminlashga qaratilgandir. SHaxar atrofi xojaligi ikki yonalishdan: a) meva, ildiz mevalar, sabzavotlar bilan taminlovchi kop sonli dexqon va fermerlar; b) sanoat-xarakteridagi yirik qishloq xojaligi korxonalari -sut, tuxum fabrika lari, yirik teplitsa va parnik xojaliklaridan iborat.
10 SHaxar atrofi xojaligi keyingi yillarda ITI tasirida (transport) yangi jarayonlarni boshidan kechirmoqda. Agar ilgari 150 km.dan flyagalarda sut olib kelingan bolsa, endilikda avtorefrejeratorlarda -1500km.dan olib kelinmoqda. Tez buziladigan shaftoli, qulupnay, gul va boshq. samolyotlar bilan (gul-Keniya) tashilmoqda. SHaxar atrofi xojaligi yirik shaxarlarni jumladan 18 mln.axoliga ega Nyu-Yorkni 40 % sabzavotga bolgan extiyojini qoplaydi. (kartoshka va chochqa goshtiga bolgan extiyojini esa -2% qoplaydi). Umuman shaxar atrofi xojaligi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda yuqori samaradorlikka egaligi bilan ajralib turadi. Yirik shoxli xayvonlar - deyarli barcha mamlakatlarda va xududlarda rivojlangandir. Dunyo boyicha 90-yillar boshlarida yirik shoxli xayvonlarning umumiy soni 1,4 mlrd. boshdan ortib ketdi. YUqori maxsuldor zotli qoramolchilik Evropa, SHimoliy Amerika, Avstraliya iqtisodiyotida muxim orin tutadi. Lotin Amerikasida tovar chorvachligi Argentina, Urugvay, Braziliyaning janubida rivojlangan. Xindistonda yirik shoxli xayvonlar (200 mln.bosh) kop bolishiga qaramay, ish xayvonlari sifatida (diniy qarashlar bilan bogliq xolda, molning goshti eyilmaydi, suti ichilmaydi) foydalaniladi. Afrikaning kopgina rayonlarida xam chorvachilik maxsuldorligi past bolib, asosan ishchi xayvon sifatida foydalaniladi.
Еще похожие презентации в нашем архиве: