Скачать презентацию
1 Audit xizmatining faoliyati
2 REJA: Auditning paydo bolishi va rivojlanishi Auditorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va vazifalari
3 Auditning paydo bolishi va rivojlanishi Malumki, har qanday voqea, hodisa, buyum qaysi zamonda va makonda paydo bolishidan qatiy nazar malum zaruriyat tufayli yuzaga keladi. Auditga oid manbalarda takidlanishicha, uni quyidagi shart-sharoitlar keltirib chiqargan: axborot etkazib beruvchilar (mamuriyat) bilan axborotlardan foydalanuvchilar (davlat organlari, banklar, aktsiyadorlar, kreditorlar) manfaatlarining mos kelmasligi, natijada, ular ortasida ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelganida mamuriyat tomonidan notogri malumotlar berilishi; notogri axborotlarga asoslangan holda xojalik qarorla-rining qabul qilinishi natijasida noqulay iqtisodiy ahvolga tushib qolinishi yoki inqirozga yuz tutilishi; iqtisodiy axborotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun zarur maxsus bilimlarga ehtiyoj; axborotlardan foydalanuvchilarda malumotlarni bevosita baholash va sifatini aniqlash uchun maxsus malaka, vaqt va materiallarning etishmasligi va h. k.
4 Mana shu muammolarni hal qilishga yordam beradigan auditorlik xizmatlari shakllana boshladi. Uning asosiy vazifasi axborotlardan foydalanuvchilarga taqdim qilinadigan hisobotlar togrisida xolis fikr-mulohazalar bildirishdir. Auditorlar etarli bilim va tajribaga, shuningdek, buxgalteriya hisobi hujjatlari va asoslovchi malumotlarni olish huquqiga ega bolganliklari uchun bu vazifani malakali darajada bajaradilar. Bundan tashqari, ular korxona mamuriyatiga boysunmaydigan va uning tazyiqlaridan holidirlar.
5 Ayrim manbalarga kora buxgalter-auditor kasbi XVII asrning ortalarida Evropaning aktsiyadorlik kompaniyalarida aktsiyadorlar, kreditorlar va soliq xizmati xodimlari ortasidagi munozarali masalalarni hal qilib berish zarurati tufayli shakllana boshlagan. Osha paytlarda mustaqil faoliyat korsatib, korxonaning ishlab chiqarish moliya faoliyati togrisida aniq xulosa beradigan mutaxassislarga ehtiyoj kuchaygan. Natijada, 1862 yili Angliyada, 1867 yili Frantsiyada, 1937 yili esa AQShda majburiy audit togrisidagi qonun qabul qilingan. Hozirgi paytda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ozining tashkiliy huquqiy infratuzilmalariga ega bolgan audit institutlari faoliyat korsatmoqda.
6 Auditorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va vazifalari. Har qanday tushuncha, ayniqsa ilmiy atama ozining mohiyatini ifodalovchi tarifiga ega bolishi lozim. Auditorlik faoliyatining tarifi ozining tarixiy taraqqiyot yolida turli manbalarda turlicha bayon qilingan. Masalan, professor M. M. Tolaxojaevaning «Ozbekiston Respublikasida Moliyaviy nazorat tizimi» nomli kitobida auditga quyidagicha tarif berilgan: «audit – bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisobotini yoki u bilan bogliq moliyaviy axborotni ushbu hisobot yoki axborotning qonun va boshqa normativ hujjatlarga muvofiqlik darajasi togrisi-da xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir».
7 Auditorlik faoliyatining maqsad va vazifalari tavsifidan kelib chiqib, uni quyidagicha tasniflash mumkin. Auditorlik faoliyati Auditorlik tekshiruvlar Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga kora otkaziladigan auditorlik tekshiruvi Majburiy auditorlik tekshiruvi buxgalteriya hisobini yolga qoyish, qayta tiklash va yuritish Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari moliyaviy hisobotni tuzish milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga otkazish buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menedjment va moliya- xojalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati auditorlik faoliyatining milliy standartlarida nazarda tutilgan boshqa professional xizmatlar xojalik yurituvchi subektlarning moliya- xojalik faoliyatini tahlil qilish;
8 organish shuni korsatmoqdaki, ayrim koBuxgalterlik amaliyotini rxonalarda buxgalterlar malakasi etishmasligi oqibatida dastlabki hujjatlarga ishlov berish, guruhlash va buxgalteriya hisobi schyotlarida togri (yoki butunlay) aks ettirmasdan (asosan pul va hisob- kitob muomalalari), ularni devonxona papkalarida saqlab qoyish bilan cheklaniladi. Na-tijada, hisobotlarni tuzishda koplab chalkashliklar, noaniq-liklar, joriy hisob malumotlari va hisobot korsatkichla-ridagi nomuvofiqliklar yuzaga keladi. Agar buxgalterlik hisobini tashkil etish va yuritishga talab darajasida etibor qilinganida, bunday chalkashliklar paydo bolmas edi.
9 Auditorlik tekshiruvlari ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish, korxonadagi tartib, mehnat va texnologik intizomni, tovar-moddiy zahiralarning omborlar va boshqa saqlash joylaridagi hisobi, mulklarning saqlanishi, hisob- kitoblar holati va korxona moliya-xojalik faoliyati hamda uning natijalariga sezilarli tasir korsatadigan boshqa koplab holatlarni qamrab oladi. Shuning uchun auditorlik hisobotida korxona moliya-xojalik faoliyati va uning natijalariga bevosita tasir-korsatadigan, hamda hisob malumotlari va hisobot korsatkichlari ishonchliligini pasaytirishiga olib keladigan, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishdagi katta kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar berilishi lozim.
10 Shuningdek, Ozbekistondagi auditorlik faoliyati oldida turgan muhim vazifalardan biri – xorijlik hamkorlar tan oladigan auditorlik xulosasi berish qobiliyatiga ega, sertarmoq va professional darajadagi umummilliy auditorlik kompaniyalari tashkil etish hisoblanadi.
11 Adabiyotlar Karimov I.A. Ozbekistonda demokratik ozgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yonalishlari. Xalq sozi yil 30 avgust. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son Qaroriga 2- ilova «Korxonalardagi ichki audit xizmati togrisida» Nizom. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615- son Qaroriga ilova «Auditorlik tashkilotlari togrisida» Nizom. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615- son Qarori - «Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular korsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish togrisida». Бычкова С.М. Аудит: ситуации, примеры, тесты. - М.: Финансы и статистика, Василевич И.П. Сборник задач по аудиту. –М.: «ИНФРА-М»,
Еще похожие презентации в нашем архиве: