Скачать презентацию
Идет загрузка презентации. Пожалуйста, подождите
Презентация была опубликована 2 года назад пользователемDehqon Bobong
1 Ozbekiston Respublikasi Sogliqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti Mushak tizimi. Tuzilishi va faoliyati. 303Xt Maqsudova Muxlisa
2 Muskullar, mushaklar odam va hayvonlar gavdasi a ʼ zolari; nerv impulslari ta ʼ sirida qisqarish xususiyatiga ega to ʻ qima (muskul to ʻ qimasi)dan tashkil topgan. Silliq, ko ʻ ndalang-targ ʻ il va yurak muskullari birgalikda organizmning muskul sistemasini tashkil etadi. Harakatlanishda asosiy rol o ʻ ynaydi. Ko ʻ ndalang-targil va silliq mushaklarga bo ʻ linadi. Silliq muskullardan ichki a ʼ zolar, qon va limfa tomirlari devorining muskul pardalari, shuningdek, teri muskullari hosil bo ʻ ladi. Muskullar
4 Silliq muskullar kishi ixtiyoridan tashqari qisqaradi, shuning uchun ular g ʻ ayriixtiyoriy muskullar deyiladi. Muskul tolasi uzunasiga ketgan muskul hujayrasidan iborat bo ʻ lib, yupqa elastik pardasi sarkolemmasi, sitoplazmasi sarkoplazmasi, ko ʻ p yadrolari va organoidlari bor. Muskul tolasining qisqaruvchi tuzilmasi uzun ipga o ʻ xshaydigan miofibrillar tolaning bir uchidan ikkinchi uchigacha davom etadi. Silliq muskullar
6 Ko ʻ ndalang-targ ʻ il muskullar to ʻ qimasi kishining ixtiyoriga bo ʻ ysunadi. Har qaysi muskul yumaloq yoki yassi pay vositasida bir suyakdan boshlanib, ikkinchisiga yopishadi. Muskul bo ʻ g ʻ im yaqinida bo ʻ lsa, albatta, shu bo ʻ g ʻ imdan o ʻ tib, uning harakatlanishini ta ʼ minlaydi. Muskulla shakliga ko ʻ ra: uzun, qisqa, yumaloq, yalpoq bo ʻ lib, joylashishiga qarab: yuza, chuqur, oraliq guruhlarga bo ʻ linadi. Bajaradigan vazifasiga ko ʻ ra: qisqartiruvchi, kengaytiruvchi, ko ʻ taruvchi, tushiruvchi, yozuvchi, bukuvchi va boshqalarga ajratiladi. Kondalang-targil muskullar
8 Ko ʻ ndalang-targ ʻ il muskullarga skelet muskullari va yurak muskuli (miokard) kiradi.
9 Uzun yoki duksimon muskulning yo ʻ g ʻ onroq qismi qorni, oxirgi pay qismlari boshi va dumi deb ataladi. Ba ʼ zi muskullarning bir emas, balki 23 va hatto 4 ta boshi bor (mas, yelkaning ikki boshli, sonning to ʻ rt boshli muskuli). Muskullarning qo ʻ shimcha apparatiga fassiyalar, fibrozsuyak kanallari, sinovial qin va xaltalar kiradi. Muskullarda qon tomirlar ko ʻ p, ular qon bilan mo ʻ l ta ʼ minlangan, limfa tomirlari yaxshi rivojlangan. Har bir muskulda harakatlantiruvchi va sezuvchi nerv tolalari bor, ular yordamida markaziy nerv sistemasi bilan aloqa qiladi. Bir harakatni bajaradigan muskullar sinergistlar, qarama-qarshi harakatlarni bajaradiganlari antagonistlar deyiladi. Skelet muskullar topografik jihatdan tana, bosh, bo ʻ yin, ko ʻ l va oyoq muskullariga ajratiladi. Muskul tuzilishi
10 Tana muskullari orqa, ko ʻ krak va qorin muskullaridan iborat. Orqa muskullar yuza va chuqur bo ʻ ladi. Ular kurakni ko ʻ taradi, uni yaqinlashtiradi va yopishtiradi, bo ʻ yinni yozadi, yelka va qo ʻ lni orqaga va ichkariga tortadi, nafas olish va chiqarishda qatnashadi. Orqaning chuqur muskullari umurtqa pog ʻ onasini tiklaydi. Tana muskullari
11 Ko ʻ krak muskullari xususiy tashqi va ichki qovurg ʻ alararo muskullar, yelka kamari va qo ʻ l bilan bog ʻ langan katta va kichik ko ʻ krak muskullari, o ʻ mrov usti va oldingi tishsimon muskullarga bo ʻ linadi. Tashqari qovurg ʻ alararo muskullar qovurg ʻ alarni ko ʻ taradi. Ichki muskullar esa nafas olish va chiqarishda ishtirok etadi. Ko ʻ krak muskullari
13 Qorin muskullari tashki va ichki qiyshiq muskullar, qorinning ko ʻ ndalang va to ʻ g ʻ ri muskullari, shuningdek, belning kvadrat muskulidan tashkil topgan. Qorin muskullari to ʻ g ʻ ri tanani oddinga bukadi, qiyshiq muskullari yon tomonlarga egilishini ta ʼ minlaydi. Bu muskullar qorin pressini tashkil etib, asosiy funksiyasi qorin a ʼ zolarini funksional qulay holatda ushlab turishdan iborat. Bundan tashqari, qorin pressi muskullarining qisqarishi siyish, ichak bo ʻ shashi, tug ʻ ish jarayonlarini ta ʼ minlaydi. Qorin muskullari fassiya bilan qoplangan. Muntazam mashq qilib, jismoniy ish bilan shug ʻ ullanib muskul tolalarida miofibrillarni ko ʻ paytirish va shu tariqa muskul kuchini oshirish mumkin.
14 Barcha muskullarning asosiy xususiyati ularning qisqarishidir. Bunda muayyan ish bajariladi. Muskullar kuchi muskul tolalaridagi miofibrillar soniga bog ʻ liq; yaxshi rivojlangan muskullarda ular ko ʻ p, sekin rivojlanganlarida kam. Yuz va boshning barcha muskullari 2 guruhga: mimika va chaynov muskullariga bo ʻ linadi. Ular yuz mimikasida, chaynashda va pastki jag ʻ ni harakatlantirishda qatnashadi. Bulardan tashqari, bo ʻ yin hamda qo ʻ l muskullari bor. Skelet muskullarining deyarli hammasi richaglar qonuniga muvofiq bo ʻ g ʻ imlardagi suyaklarni harakatga keltiradi.
15 Odam gavdasida 600 ga yaqin muskul bor. Odam gavdasidagi barcha erkin harakatlar o ʻ zaro bog ʻ langan bo ʻ lib, murakkab shartli va shartsiz reflekslar yordamida yuzaga chiqadi va markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Arteriya va venalar devorining asosiy qismi, hazm yo ʻ lining deyarli hammasi, o ʻ t pufagi va qovuq, bachadon nayi, bachadon silliq muskullardan tuzilgan.
16 Ichki a ʼ zolar devori silliq muskullarining qisqarishi sekin va chuvalchang o ʻ rmalashisimon bo ʻ ladi. Silliq muskullar refleks yo ʻ li bilan avtomatik qisqaradi. Ular haddan tashqari kuchli qisqarganda og ʻ riq paydo bo ʻ ladi (mas, jigar va buyrak sanchig ʻ i, ichak spazmi va h.k.).
17 Yurak muskuli tuzilishi va vazifasiga ko ʻ ra ko ʻ ndalang- targil hamda silliq muskullardan farq qiladi. Unda boshqa muskullarda bo ʻ lmaydigan xususiyat ma ʼ lum ritm va kuchga ega bo ʻ lgan qisqarishlar avtomatizmi bor. Yurak muskuli umr bo ʻ yi ritm bilan to ʻ xtamasdan ishlaydi, uning faoliyatini nerv sistemasi boshqaradi.
18 Etiboringiz uchun tashakkur!
Еще похожие презентации в нашем архиве:
© 2024 MyShared Inc.
All rights reserved.