Скачать презентацию
1 YURIDIK TEXNIKUMLARDA KREDIT-MODUL TIZIMI ASOSIDA MUTAXASSISLARNI TAYYORLASH ISTIQBOLLARI mavzusida bitiruv malakaviy ishi Ilmiy rahbar: Bajaruvchi: Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A. Avliyaqulov Toshkent shahar yuridik texnikumi direktori yuridik fanlari doktori, professor O.X.Muxamedov
2 Kredit ilk marotaba XVIII va XIX asrlarda AQSh universitetlarida joriy etilgan bolib, oquv jarayonlarini liberalizatsiya qilish, talabaning haftalik akademik yuklamasini belgilab berish maqsadida yaratilgan.1869 yilda Garvard universiteti prezidenti, Amerika talimining taniqli arbobi Charlz Uilyam Eliot «kredit soati» tushunchasini istemolga kiritadi. Tarix va sabab
3 talim olish natijalariga kora oquvchi tomonidan muayyan fan boyicha ozlashtirilgan oquv yuklamasining olchov birligi. Kredit alohida oquv fani (yoki uning qismi) bolib, ozida tegishli bilim hamda kasbiy jihatlarga doir malumotlarni qamrab oladi. Modul
4 Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi Ozbekiston Respublikasida yuridik talim va fanni tubdan takomillashtirish boyicha qoshimcha chora- tadbirlar togrisidagi PF-5987-son Farmoniga muvofiq Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi talim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish maqsadida 2021-yil 10-iyunda Vazirlar Mahkamasining Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi talim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish chora tadbirlari togrisidagi 359-son qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq 2021/2022 oquv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti hamda yuridik texnikumlarda kredit-modul tizimini (Kredit toplash va kochirishning Yevropa tizimini) joriy etish belgilangan.
5 oʻquv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish talabalarga oʻzlarining oʻquv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish talabalar bilimini reyting balli asosida baholash bitta fan, kurs (kredit)ning qiymatini aniqlash oquvchilar va oqituvchilarning mobilligini, yani bir professional talim muassasasidan boshqa professional talim muassasasiga tosiqlarsiz, erkin ravishda otishini taminlaydi Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar eʼtirof etiladi:
6 Kredit- modul tizimi kreditmodul
7 Talim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qoyilgan talabdan kelib chiqib oquv rejani tuzish. Talim jarayonida mustaqil talim olishning ulushini oshirish. Oquvchining fanni (modulni) boshlashi va tugatishidan keyingi egallashi lozim boladigan malakasiga aniq talablar qoyish Kredit-modul tizimidagi 3 ta asosiy talablar
8 Yuridik texnikumlar oqitish amaliyotida kredit – modul tizimini joriy etish nima uchun kerak? *Ozbekiston talim muassasalari faoliyatida hozirgacha amalda qollanilib kelinayotgan ananaviy tizim hozirgi tezkor axborot asri talablarini bajara olmasligi *Ozbekiston talim muassasalarida oquvchilar asosan, tinglovchi bolib qolayotganligi, natijada amaliyotning sustligidan yetishib chiqqan kadrlarning sohalarda yaxshi natijalar bera olmayotganligi *Baholash tizimidagi boshliqlarning kopligi, va buning natijasida baholash jarayonlarida korrupsiyaning ildiz otishi *Oquvchining novatorligi sustligi. Yani, bu tizimda oquvchiga vazifa beriladi, oquvchi esa uni bajaradi va shu orqali baho oladi. Oquvchining ijodiy, mustaqil ishlarga kam urgu beriladi *Eng muhimi, bu tizimning jahonning rivojlangan talim tizimlariga mos emasligi. Bu esa, ular bilan raqobatga tayyor emasligimizga asosiy sabab bolmoqda
9 Kredit – modul tizimiga otish yuridik sohasidagi oquvchilarga qanday imtiyozlar beradi? Birinchidan, akademik mobillik – oquvchilar kreditlarini saqlagan holda, istalgan mos texnikumga oqishni qiyinchiliksiz kochirib otishlari mumkin boladi. Masalan mamlakatimizda 14 yuridik texnikum mavjud. Shundan kelib chiqib oquvchilar xoh, viloyat texnikumi, xoh, ozi istagan yana boshqa texnikum bolishining ahamiyati yoq. Faqat, oquvchi toplagan krediti kochirib otish kerditiga yetsa bolgani Ikkinchidan, oquvchilarga oqituvchini tanlash erkinligi beriladi. Bu orqali, oqituvchi va oquvchi ortasida akademik muloqot taminlanadi. Uchinchidan, oquvchilar oz istaklaridan kelib chiqqan holda, fanlarni tanlash imkoniyatiga ega boladi. Albatta, bu orinda majburiy organilishi lozim bolgan (mutaxassis) fanlar ham bor, ammo oquvchi mustaqil tanlov fanlarini belgilay oladi. huquqshunoslik sohasidagi oquvchilar uchun bu ayni muddao. Sababi, ular mutaxassis fanlarini mukammal organishlari uchun bu ularga yetarlicha vaqt beradi. Tortinchidan, oquvchilarga talim dasturini mustaqil shakllantirish imkoniyatini yaratish va qoyiladigan baholarning oshkoraligini taminlash yolga qoyiladi. Bu esa, oz- ozidan talim tizimidagi korrupsiyani barham topishini taminlaydi.
10 Yuridik texnikumlarni kredit – modul tizimida oqitishda qanday ishlarni amalga oshirish kerak? (tavsiyalarim) Kredit–modul tizimining eng katta afzalliklaridan biri – fanlarni asosli ravishda orta bogin kasblariga mos ravishda oqitish maqsadga muvofiq boladi. Kutubxona resurslarini ham bosma, ham elektron shakllari bilan barcha yuridik texnikumlarni taminlash. Oquvchirga berilgan mustaqil ish, uyga vazifa va amaliy topshiriqlari uchun, TDYU tomonidan yaratilgan maxsus platformani takomillashtirish. Bu platforma oquvchilar, vazifalarni berilgan tartibda yuklab boradilar, oqituvchiga esa uni ogzaki himoya qiladilar. Bunda oquvchining reyting korsatkichi ham online, ham oqituvchi tomonidan deadline belgilanib boriladi. Oz vaqtida mustaqil ish va uyga vazifalarni platformaga yuklamagan oquvchilar baholanmaydi. Bu tizimda qayta topshirish degan gap yoq. Faqat qayta oqish mumkin.
Еще похожие презентации в нашем архиве: