Скачать презентацию
1 Mavzu Katalizator g`ovakligi
2 Kataliz katalizator, deb ataluvchi modda vositasida kimyoviy reaksiya tezligining o ʻ zgarishidir. Reaksiyada ishtirok etayotgan reagentlardan farqli o ʻ laroq, katalizator reaksiyaga kirishmaydi.kimyoviy reaksiyareagentlardan
4 Kataliz (yun. katalysis buzilish, parchalanish) kimyoviy reaksiyalar tezligining ba ʼ zi moddalar (katalizatorlar) ta ʼ sirida o ʻ zgarishi. Katalizator reaksiyaga kirishuvchi modda (reagent)lar bilan bir qancha oraliq birikmalar hosil qilib, reaksiya nihoyasida miqdori va tarkibi o ʻ zgarmasdan ajralib chiqadi.
5 Katalizator sifatida turli xil moddalar (gaz, suyuqliklar va qattiq moddalar) ishlatilishi mumkin. Reagentlar va katalizatorlarning fazaviy holatiga qarab katalitik jarayonlar, asosan, gomogen va geterogen K.ga bo ʻ linadi. Bundan tashqari, mikrogeterogen, fermentativ katalitik jarayonlar ham mavjud.
6 Gomogen K.da reagentlar bilan katalizator bir jinsli aralashma hosil qiladi. Reaksiya gaz yoki suyuq fazada boradi. Katalizator sifatida atomlar, ionlar, molekulalar ishtirok etishi mumkin. Bunday katalitik jarayon mexanizmini sharxlash uchun oraliq moddalar nazariyasi ishlab chiqilgan. Bu nazariyaga asosan, reagentlar katalizator bilan beqaror oraliq moddalar hosil qiladi.
7 So ʻ ngra bu moddalar parchalanib katalizator qayta tiklanadi (regeneratsiya). Suyuq fazadagi kislotaasosli K. mexanizmi reagentlar bilan katalizator o ʻ rtasidagi proton almashinishiga asoslangan.
8 R-CH=CH2+A -" R-CH2-CH2++A~R-CH2- CHj+H+OH^R-CH2CH2OH+H+N+ + A
9 NoGomogen katalitik jarayonning tezligi juda ko ʻ p omillarga, xususan, reagentlar va katalizatorlar konsentratsiyasi, t-ra, bosim va aralashtirish darajasiga bog ʻ liq. Bu jarayonning asosiy kamchiligi mahsulot tarkibidan katalizatorni ajratib olish (tozalash) zarur bo ʻ ladi. Geterogen K.da katalizator sifatida qattiq moddalar ishlatiladi. Ularning sharsimon, granulasimon, spiralsimon va b. turlari ma ʼ lum. Shuningdek, bu katalizatorlar tarkibiga ko ʻ ra, bir, ikki yoki ko ʻ p komponentli, holatiga qarab oksidsimon, metallsimon bo ʻ ladi.
11 Geterogen K. ba ʼ zan kontakt K. deb ham ataladi. Bu jarayon nihoyasida mahsulotdan (suyuq yoki fazadagi) katalizator oson ajratib olinadi. Shu sababli geterogen K. sanoatda keng qo ʻ llaniladi. Mikrogeterogen K.da reaksiya suyuq fazada boradi, katalizator sifatida kolloid zarrachalar ishtirok etadi. Fermentativ K. o ʻ simlik yoki hayvon to ʻ qimalarida sodir bo ʻ ladi, bu reaksiyada katalizator sifatida kolloid holdagi oqsil zarrachalari fermentlar xizmat qiladi. Ba ʼ zi moddalar kimyoviy reaksiya tezligini susaytiradi yoki to ʻ xtatadi. Bunday moddalar antikatalizator yoki ingibitorlar deb ataladi. Bu holatni manfiy K. deyiladi.
12 Jarayonida qo ʻ llaniladigan katalizatorning roli kimyoviy reaksiyalar aktivlanish energiyasini kamaytirishdan iborat bo ʻ lib, buning natijasida reaksiya yo ʻ lini o ʻ zgartiradi yoki uni zanjirsimon mexanizmga o ʻ tkazadi. K. borish mexanizmiga qarab, asosan, ikkiga bo ʻ linadi: kislota-asos katalizi va oksidlanish-qaytarilish katalizi. Kislota-asos K.da kislota-asoslar katalizator bo ʻ ladi. Bu reaksiyalarda proton almashinishi ro ʻ y beradi, ya ʼ ni proton katalizatordan reagentga yoki, aksincha, reagentdan katalizatorga o ʻ tadi.
14 Jarayoni keyingi bosqichda polimerlanish, izomerlanish: kreking jarayonlari alyuminiy silikat ta ʼ sirida shu kislotaasos katalizi mexanizmi bilan boradi. Oksidlanish-qaytarilish katalizida metall, metall oksidlari, tuzlar katalizator bo ʻ lib xizmat qiladi. Bunday K.da elektron almashadi, elektron katalizatorlardan reagentga yoki, aksincha, reagentdan katalizatorga o ʻ tadi. Shunday qilib, ok- sidlanish qaytarilish jarayoni sodir bo ʻ ladi. Ma ʼ lum katalizator yoki katalizatorlar guruhi kimyoviy reaksiyaning ma ʼ lum yo ʻ nalishinigina o ʻ zgartiradi, tezlatadi, xolos. Shunga ko ʻ ra, muayyan reaksiya uchun katalizator tanlash amaliy ahamiyatga ega bo ʻ lgan asosiy va muhim vazifadir.
Еще похожие презентации в нашем архиве: