Скачать презентацию
Идет загрузка презентации. Пожалуйста, подождите
Презентация была опубликована 2 года назад пользователемДима Билан
1 2-§. Jahon mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligi boyicha tasnifi
2 Davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligini baholash uchun bir qancha mezonlar qollaniladi. Bu mezonlardan asosiylari: – yalpi ichki mahsulot (YIM)ning umumiy va aholi jon boshiga nisbatan hajmi; – milliy iqtisodiyotning tarmoqlar tarkibi; – eksportning tovar tarkibi hamda mamlakatning xalqaro ixtisoslashuvi; – turli korsatkichlar bilan belgilanadigan aholining turmush darajasi
3 Jahon mamlakatlari ushbu mezonlar asosida BMT tomonidan 3 ta yirik blokka bolinadi: 1.Rivojlangan 2.Rivojlanayotgan 3.Otish iqtisodiyotidagi mamlakatlar
4 Rivojlangan mamlakatlar Rivojlangan mamlakatlar qatoriga, odatda Yevropadagi koplab davlatlar (Sharqiy Yevropadan tashqari), AQSH, Kanada, Yaponiya, Avstraliya,Yangi Zelandiya, Isroil va Janubiy Afrika Respublikasi kabi davlatlar kiritiladi. Rivojlangan mamlakatlar orasida ulkan iqtisodiy salohiyati va ishlab chiqarish hajmi bilan «Katta yettilik»guruhini tashkil etuvchi davlatlar alohida ajralib turadi. Ushbu guruhga AQSH, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya hamda Italiya kiradi. Bu mamlakatlar xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlar tizimida muhim orin tutadilar.
5 Rivojlanayotgan mamlakatlar Osiyo, Afrika, Amerika hamda Okeaniyaning aksariyat davlatlari rivojlanayotgan mamlakatlar blokiga kiritiladi. Jahon aholisining eng katta qismi (2018-yil malumotlariga kora, 6 mlrd kishi) yashaydigan bu davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va xususiyatlari bilan bir-biridan ancha farq qiladi. Jumladan, ulkan tabiiy-resurs, demografik va iqtisodiy salohiyatga ega Xitoy, Hindiston, Braziliya va Meksika tayanch rivojlanayotgan mamlakatlar guruhini tashkil qiladi.
6 Otish iqtisodiyotidagi davlatlar Sobiq Ittifoq respublikalari, 1990-yillargacha sotsialistik tuzum asosida rivojlangan, keyinchalik esa undan voz kechgan Sharqiy Yevropa davlatlari (Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Bolgariya va b.) hamda Mongoliya BMT tomonidan alohida otish iqtisodiyotidagi davlatlar blokiga birlashtiriladi. Ozbekiston ham otish iqtisodiyotidagi davlatlardan biri hisoblanadi.
7 SAVOLLAR: 1. Jahon mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligi qanday mezonlar asosida baholanadi? 2. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarning qanday guruhlari ajratiladi? 3. «Katta yettilik» davlatlari, «kochirilgan» kapitalizm mamlakatlari hamda tayanch rivojlanayotgan mamlakatlar va ularning poytaxtlarini yozuvsiz xaritada belgilang.
Еще похожие презентации в нашем архиве:
© 2024 MyShared Inc.
All rights reserved.