Скачать презентацию
1 MARKETING TIZIMIDA NARX SIYOSATI. Bajardi:BPI-71-guruh talabalari Xoshimov O Qo`chqorov J Murtozoyev A Tekshirdi:Jalolova D
2 Reja: 1.Marketing tizimida narx tushunchasi va narxning shakllanishi. 2. Narx shakllanish uslublarini tanlash.
3 1.Marketing tizimida narx tushunchasi va narxning shakllanishi. Marketing kompleksida narx ikkinchi element bolib, daromadni belgilaydigan asosiy korsatgichdir. Narx-deganda maxsulot, xizmatlar uchun va uni sotib olish uchun iste'molchi sarf qiladigan pul miqdorini tushunamiz. Lekin, narx hamma vaqt ham pul shaklida ifodalanmaydi. Masalan, barter natural almashishining qadimiy shakli hisoblanadi.
4 Makroiqtisodiy nazariya bundan 150 yil ilgari ham, tovarni sotishga faqat narx yordamida ta'sir korsatishi mumkin deb uqtirib otgan. Bu vaziyatni yuqori baholashnining asosiy sababi shundan iboratki, Adam Smit va David Rikardolar davrida faqat bir xil xom- ashyo va bir xil iste'mol tovarlari ishlab chiqarilib,iste'molchilar diqqatini tovarning markasi, orami va reklamasi yordamida jalb qilish imkoniyati deyarlik mavjud bolmagan. Ikkinchidan, mahsulot narxiga asosiy e'tibor qaratilganligi, pulni miqdor jihatidan oson olchash mumkinligi va narxni sifatga nisbatan talab va taklifda oson qollash mumkinligi bilan tushuntiriladi.
5 Talab va taklifning klassik modeli korsatilgan Talab narxining osishi bilan kamayadi,aksincha taklif ortadi. Ishlab chiqaruvchi narx orqali uning mahsuloti qanchalikdarajada kerakligi haqida axborotga ega boladi.
6 Narx marketing kompleksining asosiy elementlaridan biri hisoblanib,korxonaning marketing siyosatini ishlab chiqishda keng qollaniladi. Agar bu yerda siyosatini, tovarni sotish va siljitish faoliyatini rejalashtirish, tovar harakati kanallarining yangisini topish uzoq vaqt talab qilsa, narxni esa tashqi va ichki omillarning ozgarishi bilanoq tezda ozgartirish mumkin boladi. Marketingda narxning asosiy rol oynashining sabablaridan yana biri shundan iboratki, u korxonaning iqtisodiy korsatkichlariga togridan togri ta'sir korsatadi. Masalan, foyda (F) quyidagicha aniqlanadi. F = (N * V) -- S, Bu erda: N – tovar narxi; V – sotilgan mahsulot hajmi; S – jami xarajatlar.
7 Foydadan tashqari narx tovarning sotilish hajmiga, moliyaviy korsatkichlariga, bozor ulushiga katta ta'sir korsatadi. Kop hollarda, korxona tovarni eng yuqori narxda sotib, darhol foyda olishni kozlamasdan, egiluvchan narx siyosatini yuritishi kerak.
8 Raqobatchilar oz faoliyatlarida ham narxga katta e'tibor beradilar. Tovar bozorda narx asosida va narxsiz ham raqobat qila olishi mumkin. Narx raqobati- deganda tovarning narxini ozgartirish yoli bilan raqobat kurashiga borish tushuniladi. Bunda, kopchilik hollarda narxni pasaytirishga harakat qilinadi. Albatta, narxni pasaytirayotgan firma yoki korxona raqobatchiga nisbatan kam xarajatlarga ega bolishi kerak. Korxona "narx urushi"ni e'lon qilishdan oldin ozining va raqobatchining iqtisodiy barqarorligini obdon organishi talab etiladi. Aks holda "narx urushi"ni e'lon qilib, maglubiyatga ham uchrash mumkin. Agar,raqobatchilar bir xil sharoitda bolsalar, u holda "narx urushi" oz ahamiyatini yoqotadi.
9 Narxsiz raqobatda esa narxning roli kamaytirilmaydi, balki birinchi orinda tovarning xususiyati, markasining obro-e'tiboriga, servis darajasi va tovar bilan bogliq boshqa omillarga e'tibor qaratiladi. Narxning katta-kichikligiga ichki va tashqi omillar ta'sir korsatadi. Ichki omillarga korxonaning maqsadi, marketingi, marketing kompleksining ayrim elementlariga nisbatan qollaniladigan strategiya, xarajatlar va boshqalar kiradi. Korxona asosiy maqsadini ozining rivojlanishida deb bilsa bir narx, mavjud faoliyatini uzoq muddat saqlab qolishga qaratsa boshqa narx belgilashi mumkin. Masalan, raqobat kuchaysa, iste'molchilarning ehtiyoji ozgarsa, mamlakatdagi iqtisodiy ahvol yomonlashsa korxona ishlab chiqarish quvvatining ma'lum bir qismidangina foydalanishga harakat qiladi. Korxona ozining faoliyatining toxtab qolmasligi, tovarlariga bolgan talabni oshirish maqsadida ularni past narxlarda hamsotishga majbur boladi. Aks holda, u oz tovarlariga yuqori narx belgilaydi.
10 Marketing faoliyati nuqtai nazaridan narxning shakllanishiga quyidagicha yondashuvlarni korib chiqish mumkin: - foydani uzoq muddat davomida maksimal darajaga kotarish; - foydani qisqa muddat davomida maksimal darajaga kotarish; - tarmoqda narx lideri statusini saqlab qolish; - yangi raqobatchilar paydo bolishiga tosqinlik qilish; - savdo vositachilari tomonidan befarqlikni saqlab qolish; - korxonaning obrosini saqlab qolish; - "kuchsiz mahsulotlar"ni sotishni yaxshilash; - "narx urushi"ning oldini olish.
11 Talabning narxga bogliq holdagi elastikligi - bu tovarning narxi bir foiz ozgarishi natijasida ularning sotish hajmi ozgarishining foizlarda ifodalanishidir va u quyidagicha aniqlanadi:
12 2. Narx shakllanishi uslublarini tanlash Korxona tovarga bolgan talabni, tovar ishlab chiqarish uchun sarf bolgan yalpi xarajatlarni hisoblab chiqib va raqobatchilar narxini organib, ozining tovariga narx shakllanish uslublarini belgilaydi. Odatda, tovarning narxi juda past va juda yuqori ham bolmasdan, balki shu ikki korsatkich oraligida bolishi maqsadga muvofiqdir. Buning sababi shundaki, past narx foydani taьminlamaydi, yuqori narx esa talabni shakllantirmaydi.
13 Narx belgilashdagi asosiy mulohazalar
14 Korxona narx shakllanishi muammosini echar ekan, u yuqorida keltirilgan mulohazalardan birini tanlab ish koradi. Bunda korxona tanlangan uslub tovarning aniq narxini hisoblashda togri ekanligiga ishonib faoliyat yuritadi. Quyidagi chizmada narx belgilashning 3 xil usuli korsatilgan.
15 Narx belgilashning xarajatlarni hisoblashga asoslangan usuli. Bu usul eng oddiy hisoblanib, mahsulot tannarxiga shu mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste'molchigacha etkazib berishgacha bolgan jarayonda vujudga keladigan xarajatlarni va korxonaning oladigan foydasini qoshishga asoslanadi.
16 Zararsizlik va maqsadli foydani ta'minlashning tahlili asosida narx belgilash usuli. Ma'lumki, har bir korxona ma'lum bir foydani kozlab narx qoyishga intiladi. Narxlashtirishning bu usuli zararsizlik grafigiga asoslanadi. Zarasizlikning gipotetik grafigi chizmada korsatilgan.
17 Talabga asoslangan usul. Kopchilik hollarda korxonalar narxlashtirishning asosiy omili xarajatlar emas, balki tovarning iste'molchilar tomonidan xaridor sifatida qabul qilinishi, ya'ni tovarning xaridor xohlaydigan foydaliligidadir deb biladilar. Narx belgilashning raqobatchilar narxiga asoslangan usuli. Korxonaning narx siyosatiga raqobatchilarning narxlari va bozorda narx ozgarishiga raqobatchilarning munosabati katta ta'sir korsatadi. Demak, raqobatchilar narxini organish - narx shakllanishi sohasida muhim elementlardan biri hisoblanadi. Dastavval korxonaning narx siyosati bozor tipiga bogliq ekanligini qayd etishi lozim.
Еще похожие презентации в нашем архиве: