Скачать презентацию
1 MAVZU: OZBEKISTON IQTISODIYOTINING TARMOQLARINI RAQAMLASHTIRISH MUOMMOLARI
2 Ayni paytda qaysi sohaga nazar tashlamang, raqamli soziga duch kelasiz. Bugungi kun talabi shunday. Sohani rivojlantirmasangiz, uning kelajagini oylamasangiz, unga eng songgi rusumdagi texnik-uskunalarni, dasturiy mahsulotlarni joriy qilmasangiz, ishchi-xodimlar uchun kundan-kun qulay shart-sharoit yaratib bermasangiz, imkoniyat darajasida faoliyatingizda inson omilini kamaytirib bormasangiz, raqobatga bardosh berolmay, oz-ozidan chetga chiqib qolasiz. Sizning chetga chiqishingizning ortida esa qanchadan qancha inson taqdiri turganligini his qilib yashash zarur. Shunday ekan hozirda har bir rahbar bu borada yanada chuqurroq oylashi talab qilinadi. Ayni paytda ijtimoiy hayotning har bir sohaga axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etilishi natijasida raqamli iqtisodiyotning roli yildan-yilga ortib bormoqda. Raqamli iqtisodiyotning yaralishi va taraqqiy etishi yangi texnologiyalarning rivojlanishi bilan chambarchas bogliq bolib, bu ikki mavzuni bir-biridan ajratish mumkin emas. Axborot texnologiyalarini rivojlantirish raqamli iqtisodiyotni qurish uchun zarur negizni yaratadi.
3 Xosh, bugun juda kop gapirayotganimiz raqamlashtirish ozi nima? Raqamlashtirish bu – hayotning turli sohalariga, jumladan iqtisodiyot, talimning barcha bosqichlari, madaniyat, tibbiyot, turizm, qishloq xojaligi, xizmat korsatish va boshqa jarayonlarga raqamli texnologiyalarni joriy qilishdir. Raqamli iqtisodiyot esa raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bogliq iqtisodiy faoliyat hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar va xizmatlar yigindisi. Raqamli iqtisodiyotining izchil rivojlanishining birinchi va eng muhim omili zamonaviy AKT-infratuzilmani yaratishdir. Axborot-texnologik platformalarda faoliyat korsatadigan raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda, bu esa shunday platformalarning yangi modellarini yaratish zaruratini taqozo etmoqda. Raqamli iqtisodiyot jamiyat hayotining barcha sohalarida, jumladan, iqtisodiyot sohasida ham muhim rol oynaydi. Raqamli iqtisodiyot sohasida qollanilayotgan soz va atamalar hammaga ham birdek tushunarli emas. Bu esa, oz navbatida, mazkur sohaga oid lugat yoki qollanma yaratishni talab qildi. Shu sababli ham Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiUNICON.UZ – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi Davlat unitar korxonasi tomonidan Raqamli iqtisodiyotga oid atamalarning ruscha-ozbekcha izohli lugati yaratildi. Mazkur lugat raqamli iqtisodiyotda mavjud atamashunoslikni umumlashtirishga qaratilgan bolib, albatta, hali yetarlicha mukammal bolmagan urinish bolib hisoblanadi.
4 Mazkur lugat nafaqat virtual reallik, bitkoin va blokcheynlar togrisidagi atamalar izohini, balki moddiy buyumlar – platformalar, aloqa liniyalari, Malumotlarni qayta ishlash markazlari, logistika kabi atamalar izohini ham oz ichiga oladi. Ularsiz eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, xususan, sogliqni saqlash, talim tizimida masofadan oqitish, yol harakati xavfsizligi, uy-joy kommunal xojaligi, davlat boshqaruvi va axborot texnologiyalarining raqamli iqtisodiyoti rivojlanishi mumkin emas. Ozbekistonda Hukumat Qarori bilan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning Aqlli uy, Buyumlar interneti, Xavfsiz yollar, Aqlli shahar, Aqlli tibbiyot kabi yangi raqamli, fuqarolarimiz uchun qulay muhit yaratilishini nazarda tutadigan loyihalarni keng miqyosda amalga oshirishning tayanch infratuzilmasi barpo etilmoqda. Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirish muammolari, zamonaviy iqtisodiyotni raqamli iqtisodiyotga aylantirish uning yuqoridagi kabi koplab tariflari mavjudligi va uning yagona talqini yoqligi togrisida xulosa chiqarish imkonini berdi. Raqamli iqtisodiyotga Internet, uyali aloqa, axborot-kommunikatsiya va boshqa zamonaviy texnologiyalarni qollash bilan bogliq iqtisodiy munosabatlarning bir qismi sifatida qaraladi. Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish jarayoni iqtisodiyotda qoshimcha qiymat yaratishning barcha bosqichlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Internetni joriy etish hisobiga yangi texnologik darajaga otish boyicha kompleks vazifalardir. Ushbu jarayonning asosiy maqsadi va vazifalari fuqarolarning turmush sifatini yaxshilash, iqtisodiyotning raqobatbardoshliligi va samaradorligini oshirish, uning eksport salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan. Shu bilan birga, transport sohasi, qishloq xojaligi, sogliqni saqlash, uy-joy- kommunal xojaligi, moliyaviy xizmatlar bozori va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning shu kabi ustuvor yonalishlarini belgilash zarur.
6 Ham mutaxassislar uchun, ham boshlovchi foydalanuvchilar uchun moljallangan ushbu lugat, UNICON.UZ – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi Atamashunoslik va lugatlar xizmati xodimlari, shuningdek, boshqa mutaxassislarining birgalikdagi mehnati samarasidir. Lugat alifbo tartibida joylashtirilgan 430 taga yaqin atamani oz ichiga oladi. Lugatda rus va ozbek tillaridagi atama va tariflar hamda atamalarning ingliz tilidagi muqobillari ifodalangan. Masalan: virtual bank - Internet tarmogi yordamida mijozlarga xizmat korsatishni amalga oshiradigan bank. xavfsiz elektron bitim - Internetda plastik kartalar boyicha hisob-kitoblar bilan bogliq tranzaksiyalarni qayta ishlashda foydalaniladigan himoyalangan elektron tranzaksiyalar standarti. billing - Telekommunikatsiyalar korxonalaridagi telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanish togrisidagi axborotni toplash, ularning tarifikatsiyasi, abonentlarga hisob-kitoblarni chiqarib berish, tolovlarni qayta ishlash uchun masul bolgan jarayonlar va qarorlar kompleksi.
Еще похожие презентации в нашем архиве: