Скачать презентацию
1 Tayyorladi: Surxondaryo viloyati Muzrabot tuman 34-umumtalim maktabining boshlangich sinf oqituvchisi Choriyeva Nilufar Shaydullayevna KOPAYTIRISH VA BOLISHNING OSON USULI 2-3-sinf Matematika
2 Kopchilik onalar va bolalar ortasida shunday gaplarni eshitib qolaman ular bazan farzandlarining bazan ozlarining xotirasining yomonligidan shikoyat qilishadi.Aslida esa,ularda xotira emas,kuzatuvchanlik juda yomon.
3 1.Kuzatish zarur.Bu eslab qolishning 1-usuli. 2.Ovoz chiqarib oqish.Bu eslab qolishning 2-usuli. 3. Takrorlash usuli ham katta ahamiyat kasb etadi.Bu eslab qolishning 3-usuli.
4 Kopchilik raqamlarni xotirada mustahkam saqlamaydi.Bu raqamlarni xotirada saqlash uchun suratlar,tasvirlar,turli xil oyinlardan foydalanish eslashga yordam beradi. Shuning uchun kopaytirish jadvalini oson usullarda yodlaymiz. Kopaytirish jadvali –matematikaning asosiy tushunchasi bilan boshlangich sinflarda organib,umrimiz davomida undan foydalanamiz.Lekin farzandlarimiz yodlashga unchalik ishtiyoqmand bolishavermaydi.
5 Buning uchun kopaytirish jadvalini bolalar bilan birgalikda qiziqarli tarzda yod olishning oson yollarini izlashimiz va organib,orgatishimiz zarur boladi. Yillar davomida orttirgan tajribamga va kop yillik ish faoliyatim davomida turli usullani sinab kordim.Shularga tayanib mana shu usulning ijobiy natija korsatdi.Bu faqatgina 2-sinfda kopaytirishni yod olishda emas 3-4-sinflarda ham ozining ijobiy natijasini korsatdi. Bu judayam oson usul Pifagor jadvalidan foydalanish usuli.
7 Jadvalni yodlashdan avvai uning mohiyatini oquvchi tushunishi kerak.Buning uchun kopaytirish amalini qoshish amaliga almashtirish lozim.Bir xil sonlarni nechiga kopaytirilayotgan bolsa shuncha marta qoshib chiqiladi. Masalan:4×6= 4 ni 6 marta qoshish degani. Pifagor jadvali kopaytirish amallarini bajarishda eng qulay vosita deb hisoblaymaan. Bundan tashqari ayrim qonuniylikni ham namoyish etadi.
8 Masalan: Kopaytuvchilarning orni almashganligi bilan kopaytma(natija) bir xil qolaveradi. 4× 6=24 8×3=24 2 × 9=18 6 × 3=18 6×4=24 3×8=24 9×2=18 3 × 6=18 Eng avvalo bir xil natijalarni belgilab olamiz.
10 Mana shunday tartibda oquvchilar bilan birgalikda boyab chiqamiz.Boyash davomida 3 ni 4 marta kopaytirsak 12 bolar ekan.Yana shunday javoblarni topamiz.Oquvchilar bilan birgalikda bajaramiz.Togarak mashgulotlari davomida va dasr davomida foydalansak oquvchilar uchun qiziqarli boladi.Barcha oquvchilar ham qatnashishga harakat qiladi.Kopaytirish jadvalini yod olishda hech qaysi oquvchi befarqlikka berilmaydi.
11 Ranglar bilan belgilash yodda saqlab qolishga,adashib ketmaslikka yordam beradi.Bu ishlarni bajarishda oqituvchi ham bolalar ham birgalikda harakat qilishi kerak. Eng avval jadvalni oson va tushunarli qismidan boshlab organib,yod olib borish kerak.
12 Masalan:kichik sonlarni kopaytirishdan boshlash kerak. Agar sonni 1 ga kopaytirsak osha sonni ozi chiqadi. 6×1=6 8×1=8 kabi misollardan namunalar keltirishimiz mumkin. Agar sonni 2 ga kopaytirsak son 2 marta kopayadi. Agar sonni 5 ga kopaytirsak son oxirida 0 va 5 bilan tugagan sonlar chiqadi. Bu jadvaldagi sonlarni oquvchilar yaxshi eslab qolishlari uchun didaktik oyinlardan foydalanib tushuntirsak siz oylagandan ham samarali natija beradi.
13 Masalan: Oquvchilar bilan Davra usulidan foydalanish mumkin boladi.Bu didaktik oyinda oquvchilarnijamoa va guruhlarga ajratish shart bolmaydi.Bu jarayonni hamma birgalikda amalga oshiradilar.Sinf jamoasida bir birlariga dostlik, inoqlik,bir -birlarining fikrini hurmat qilish tuygularini ham shakillantirasiz. Oquvchilar bir –biirlarining kaftlariga qol berishib, xohlasangiz 2,3,5 talab sanatishingiz mumkin.Bu didaktik oyinda oqituvchining ozini ham ishtirok etishi lozim boladi.Bu bilan oqituvchi va oquvchilar ortasida bir –birlariga yanada koproq ishonch,mehr –muhabbat tuygularini shakllantiriladi.
14 Masalan:5, 10, 15,20,25, 30, 35, 40, 45, 50 deb navbat bilan aytadilar.Shu tarzda boshqa sonlar ustida ham otkazib borasiz.
15 Organilganlarni mustahkamlash uchun esa bosh Pifagor jadvalini chizib uni oquvchilar va oqituvchisi bilan birgalikda toldiramiz.
17 Jadval nimasi bilan yaxshi? 1.Unda chapdagi misollar korinishidagi ortiqcha malumotlar yoq. Masalan:2×2=4 2×3=6 korinishidagi kabi. 2.Uning ustida oquvchilar jamoa bolib bosh qotiradilar. 3.Jadval doim bolalarning qoli ostida bolsa oquvchi taxminiy,notogri javoblarni aytmaydi.
18 Masalan:6×8=46 7×8=55 kabi javoblarni aytmaydi.Chunki jadvalda 55, 46 kabi sonlar yoqligini biladilar. Bazan xuddiki sizning xayolingizda jadval ijobiy natija bermayotgandek korinishlar ham beradi.Lekin bu keyinchalik oqituvchi uchun ham, oquvchi uchun ham samarali yutuqlarga erishishingizga sabab boladi.
19 Oquvchilar 3-sinfga kochganlarida ham ozining samarali natijasini korsatadi.Jadvalni oquvchilar ham qiziqish bilan bajaradilar.
20 Etiboringiz uchun rahmat!
Еще похожие презентации в нашем архиве: