Скачать презентацию
1 ÕZDJTU SHARQ FILOLOGIYASI FAKULTETI FYAP 2115-GURUH TALABASI SAYDULLAYEVA NILUFARNING ADABIYOTSHUNOSLIK FANIDAN YN UCHUN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI Fan õqituvchisi: Kôchimov Ulu ğ bek
2 Chiroyli gulning tikanlari bõlgani kabi tikanlar orasida ham gul õsadi... Ahmad Lutfiy Qozonchi
3 Muallif haqida qisqacha malumot : Ahmad Lutfiy Qozonchi 1936-yili Turkiyaning Churum tumanida tug'ilgan.Boshlang'ich maktabni va imom-xatib litseyini shu tumanda bitirgan.1964-yil Istanbul Oliy Islom institutini muvaffaqiyatli bitirib,din xizmatlarida ishlagan.Hozir esa Bursadagi Uludog' universitetining Ilohiyot fakultetida Islom tarixi bo'limida xizmat qilmoqda.Uning "O'gay ona","Qaynona","So'nggi to'fon" va bundan tashqari barchaga ma'lum "Saodat asri qissalari" o'zbek tiliga tarjima qilinib nashr etilgan.
4 Asar nomi: Sônggi tôfon Asar janri : roman Muallifning ijodiy metodi: realizm
5 ASARNING TEMATIK TASNIFI: Realistik + badiiy tôqima Asar hayotdagi voqealarga asoslanib yozilgan. Muallif bir qancha joylarida badiiy tôqimadan ham mahorat bilan foydalangan.
6 ASAR QAHRAMONLARI TURSUN USTA KOMIL FARIDA ORIF HOJA HASAN SOLIHBEY HOQON LAYLO SALIMA HONIM
7 TOPONIMLAR ISTANBUL IBIK KÕCHASI ANQARA CHORUM KELEGUZ ULUG MASJIDI MANISA QANDILQOYA XIDIRLAS MALAKROZI
8 ASAR MAVZUSI: Ey, insoniyat uchun fidoyilarcha xizmat qilayotgan inson! Insonni har qanday boylikdan alo kõrgan inson. Vijdon, sabr-qanoat va halol mehnat bilan yashashni istagan inson. Haq va adolat yõlida halovatini topgan oliyjanob inson. Bu kitob sen uchun yozilgan.... Muallif Asarning muqaddimasidan keltirilgan ushbu parchadan ham asarning mavzusi nima ekanligini bilib olishimiz mumkin. Bu asar inson tõ ğ ri yôlni topa olishi, oq va qorani ajrata olishi, oiladagi õrni, insoniylik burchlari haqida.
9 Bu asardagi asosiy ğ oya :egrilikning ustidan tõ ğ rilikning ğ alaba qozonishi hisoblanadi. Chunki asar qahramoni- Hasanning otasi- Tursun, yoshgina õ ğ lini qanchalik xôrlasa ham, ôzi kabi õgrilikka undasa ham, õglining halollik tomon intilishi, qalbida faqat yaxshi fazilatlar borligi, kun kelib otasi kabi õgri degan nomni olishni hoxlamasligi mukammal tasvirlangan. ASARNING ASOSIY Ğ OYASI:
10 ASAR SARLAVHASI HAQIDA FIKRINGIZ:
11 ASARDAGI PORTRETLAR: 1. Ozgin va mahzun chehra – Hasan. 2. Bõyi pastdan kelgan, novcha, qirraburun, ayyor kõzli, besonaqay, bõyi enidan kalta, labi qalin, bôyni yõgon – Tursun. 3. Yoshi óttizlarda bôlgan, qotmadan kelgan novcha odam. Sochi askarlarnikidan sal uzun kesilgan. Yuzi och-sariqdan qorayib ketgan rangda õrnidan tursa uzun bõyligi ayon bõladi. 4. Yuz kôzi juda istarali, yoshi tahminan qirq beshlarda bõlgan inson - Solihbey
12 ASARDAGI TABIAT TASVIRLARI KELGAN ÕRINLAR: Daraxtlar qilt etmay, ustilariga tushayotgan qorni avaylab, ushlab turishga urinayotganday edi. Qushlar pana-panada berkinib, atrofni tomosha qilishar, bir-biri bilan chugurlashib gaplashishardi.
13 ASAR XRONOTIPI: Asardagi voqealar tahminan õtgan asrning oxirlarida, Turkiyaning Chorum tumanida bôlib õtgan.
14 ASARDAGI MOTIVLAR: Asarda bir qancha motivlar asarning mazmnunini ochib berishda katta rol õynagan. Jumladan: qiyinchilik davri, yaxshilik, õgrilik, oilaviy munosabatlar… Qiyinchilik davri – asar boshlanishida ósha davrdagi xalqning qiynalgan ahvoli, ocharchilik davri kõrsarib berilgan. Yaxshilik – bu asarda qabohat va razolat aralashgan jamiyatda insonning insonga qilgan yaxshiligi har doim eng yuqori õrinlardan joy olishi juda kõp õrinlarda tasvirlangan.
15 BADIIY ASARNING SYUJET UNSURLARI: 1.Prolog – asarda oilaning yagona farzandi – Hasanning yosh bolaligidan tortib ulgaygunga qadar chekkan iztiroblari – onasi bilan birga otasi tomonidan xõrlanishi, óz padari õgrilikka undashi, nafsi bipan olib borgan muhorabalar hamda Hasan bu sinovlardan qanday õtgani, kelajakda qanday qilib chin manoda muslim, hushxulq inson bôlib yetishgani yaqqol tasvirlangan. Tugun – asardagi tugun – otasi yosh Hasanni õgrilik qilishga majburlashi va hatto bir marotaba bir uyga õgrilikka tushganlari deb õylayman.
16 Yechim – bu asardagi yechim Hasan halol mehnat qilib ishlab topgan pulidan malum miqdorini qiynalgan, nochor insonlar uchun ajratishi deb õylayman. Bu orqali u yoshlikda otasi nomaqbul yõllar orqali yedirgan luqmasini halollashi va bu orqali kõngli taskin topishini õylaydi. Kulminatsiya – ushbu asarda bir nechta õrinlarda kulminatsiyalar mavjud. Asardagi eng asosiy nuqta – Hasanning maktabiga yangi muallima kelishi, va otalarining qanday ishda ishlashini sórab chiqishi, navbat Hasanga kelganda esa kutilmaganda orqadan kimningdur uning otasi – õgri deb aytib berishi deb õylayman. Sababi mana shu voqeadan sõng Hasan kelajakda otasi kabi bõlishni xohlamasligi, tõgri yõldan ketib halol mehnat bilan kun kechirishga qaror qiladi.
17 Voqealar rivoji – asardagi voqealar rivoji õquvchini zeriktirmay, diqqatini bir nuqtada ushlab tura oladi. Asarda Hasanning otasi bilan birga õgrilikka tushishi, undan keyingi ichki hissiyotlari bilan olishuvi, otasining bir necha bor qamalishi, ancha yillardan sõng Hasanning xizmat safariga ketishi, bu orada onasining vafoti va boshqa voqealar ketma- ketligi keltirilgan. Epilog – asar otasi – Tursunning ayanchli vafoti, Hasanning esa yaxshi bir oilaning boshligI bõlishi, halol mehnat bilan kun kechirishi bilan yakunlanadi.
18 BADIIY ASAR KOMPOZITSIYASI Asar sarlavhasi – Sõnggi tôfon. Epigraf – chiroyli gulning tikanlari bôlgani kabi tikanlar orasida ham gul õsadi. Lirik chekinish – ushbu asarda bir nechta rivoyatlar, hadislardan namunalr ketirilgan. Jumladan: Allohdan qõrqish, Allohga hurmat shu yerdadir. Bir kishining yomon bõlishi uchun musulmon birodarini xor qilishi kifoya. Musulmonning musulmonga qoni, moli, or- nomusi harom sanaladi.
19 Dardim kõpdir, gar non yõqdir! Men gurbatda õlar bõlsam, Yiglaydigan inson yõqdir. Ketma gulim, ketma, anor donasiman. Otamning va onamning bir donasiman. Turk xalq qõshiqlari.
20 BADIIY TASVIR VOSITALARI Metaforaga misollar: Sovuq shamol achitib esadi. Onaning yuziga quvonch yugurdi. Uning muz yuragi oilasini qiynashga ahd qilgandi. Tursunning tosh yuragiga yetib bormasdi. Metanimiya: - Õsha tarbiyasizning oldigami?
21 Jonlantirish: Anqaraning ufqlarini qizil rangga belagan Quyosh ham kõrinmay qoldi. Õxshatishlar: Biri gul bõlsa, biri tikan edi. Tursun eshikdan ichkariga mõralab, mushukday pildirab kirdi. Umri tobora poyoniga yetib, erib borayotgan shamga õxshardi. Tursun gõyo bir qancha tovuqlar ichida tanho yurgan xõrozdek mag!rur boqardi. Kinoya: - O! O! Amringiz vojib
22 Vulgarizm: - Ablah, kõmiring bor ekan, shuncha vaqtdan beri nega bermaysan?! Bu kõppak pul topib aql topmagan! Ritorik sõroq gap: Vijdon ekansan, uyida issiqda mazza qilib yotgan, boshqa birovni õylamaydiganlarga nega uchramaysan? !
23 Bu asarda konfliktning inson-inson bilan, inson-jamiyat bilan kõrinishlaridan foydalanilgan. Inson-inson bilan – asar qahramoni Hasan va otasi õrtasidagi munosabatlar. Inson jamiyat bilan – Hasan va jamiyatdagi qabohatlar, razilliklar.
24 ASARDAGI MAVJUD FOLKLOR NAMUNALARI Maqollar: Õng qõl bilganini chap qõl bilmasin. Echkiga jon, qassobga gõsht qaygusi Sõzdan qaytish mardning ishi emas. Qorni tõqning qorni och bilan ishi yõq Asalning ham ozi shirin. Pichoqni avval õzingga, ogrimasa birovga ur.
25 Iboralar: Gapingni shamol uchirsin. Ochiq yotgan ustiga qor yogadi. Chiqmagan jondan umid. Tursun bolaligida boltaga sop bõlgan emas.
26 Dostondan parcha: Farhod Shirin uchun toglarni talqon qiladi. Bularga kõngil buyruq bergan emasmi? Aqldan sõrasangiz dunyoda kim kôp – gõzal kõp, deydi. Lekin buni qanday qilib Farhodga tushuntirasiz? Majnunga Laylining hunukligi haqida aytsangiz : Unga mening kõzlarim ila qarang, - -deydi.
27 ASARDA KELTIRILGAN AFORIZM VA FALSAFIY MUSHOHADALAR Yaxshilikning katta-kichikligi emas, uni kõrgan insonning qanchalar minnatdor bõlishi muhim. Yaxshilikning ham asl bahosi shu. Hech bir insonning nigohi onanikiday bõlolmas. Yer yuzida qanchalar kõp va dahshatli janglar va buzgunchiliklar bõlgan. Biroq hech bir jang, hech bir yov mayxonanikiday zarar keltirmagan. Xiyla yõli bilan davlatga ega bõlgandan kõra, halollik yõlida och qolgan yaxshi.
28 Aql bilan kõngil yõli doom bir bôlmas. Jannat onalar oyogI ostidadir. Bir kishining hayot kechirishi uchun suv va non qanchalik zarur bõlsa, musulmon inson uchun ham kitob shu darajada zarur va foydalidir. Qabristondan chiqib ketarkan, quyidagi sõzlarni pichirlab aytdi: - Qiziq!? Kun kelib meni qabrimdan nima õsib chiqarkin – a? Gulmi yo tikan?!
29 ASARDAN OLGAN TAASSUROTLARIM Ahmad Lutfiy Qozonchining ushbu asari menda juda kõp taassurotlar qoldirdi. Asar chindan ham insonni õyga toldiradi, halol va harom haqida õylashga undaydi. Asarni ôqigan kitobxon asar qahramonlarining hayotida birga yashaydi, õzini ularning õrniga qõyib kõradi. Bu asar insonning qalb kõzi ochilishoga katta yordam beradi, deb õylayman. Chunki asarda insoniylik, oilaviy munosabatlar, jamiyatdagi vaziyatlar juda aniq hamda chiroyli holda ochib berilgam. Barcha insonlar bu asarni õqib chiqishini istayman.
Еще похожие презентации в нашем архиве: