Скачать презентацию
Идет загрузка презентации. Пожалуйста, подождите
Презентация была опубликована 2 года назад пользователемSariq Chayon
1 O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Roman- german filologiyasi nemis tili fakulteti 2-bosqich guruh talabasi Abdulxayev Kamronbekning tayyorlagan taqdimoti.
2 MAVZU: Global jararonlar va barqaror taraqqiyot
3 Reja: 1. Globallashuv hodisasi va globalistika. 2. Global muammolarning turli darajalari. 3. Hozirgi davrning asosiy global muammolarining tasnifi.
4 Globallashuv (lot.globus – shar, Yer sayyorasi) – XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshida jahon taraqqiyotida shakllangan yangi umumsayyoraviy hodisa bo'lib, hozirgi davrdagi xalqaro tartibotlar, davlatlar va kishilar o'rtasida o'zaro aloqalarning kengayishi va murakkablashishi, dunyo miqyosida axborot makoni, kapital, tovar hamda ishchi kuchi bozoridagi integratsiyalashuv, atrof-muhitga texnogen ta'sirning kuchayishi, ommaviy madaniyat namunalarining keng tarqalishi, axborot-mafkuraviy va diniy ekstremistik xurujlar xavfining ortib borishini ifoda etuvchi tushunchadir.
6 Globallashuv – turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma'naviyati, odamlari o'rtasidagi o'zaro ta'sir va bog'liqlikning kuchayishidir. Albatta, globallashuv tushunchasiga berilgan tariflar juda ko'p. Masalan, frantsuz tadqiqotchisi B.Bandi globallashuv jarayonining uch belgisini quyidagicha keltiradi: 1) globallashuv bu – doimiy davom etuvchi tarixiy jarayon; 2) globallashuv bu – jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni; 3) globallashuv bu – milliy chegaralarning qo'shilib ketish jarayoni.
7 XX asr o'rtalarida globallashuvning institutsionallashuvi, ya'ni tashkillashuvi kuchaygandan so'ng, bu jarayonning o'zi ham shiddatli tus oldi. Bugungi globallashuv jarayonida asosiy etibor iqtisodiyot sohasiga qaratiladi. Ammo, bu jarayonning manaviyatga, madaniyatga tasiri ijtimoiy fanlarda etarlicha tadqiq etilmagan. Chetdan o'tkaziladigan mafkuraviy tasirga qarshi himoya choralari ko'rishdan avval qanday ta'sirlarni maqullash lozimu, qandaylarini rad etish kerakligini aniqlab olish zarur. Hozirgi kunda birorta ham xalq yo'qki, u boshqa xalqlar madaniyati va manaviyatidan to'lik to'silgan bo'lsa. Qolaversa tarix boshqa xalqlar ma'naviyatidan bahramand bo'lgan xalqlar ma'naviyati yuksaklikka erishganidan guvohlik beradi. Ajdodlarimiz tarixi jahon xalqlari manaviyatiga hurmat bilan qarash, kerakli joylarini o'rganib, ijodiy rivojlantirish orqaligina manaviyat cho'qqisiga erishish mumkinligidan guvohlik beradi.
8 Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar uyg'unligi. Global muammolarning o'ziga xos xususiyatlari: jami insoniyat manfaati va taqdiriga tasir ko'rsatish; iqtisodiy va ijtimoiy sohada inqirozlarga sabab bo'luvchi, chuqurlashgan taqdirda esa jahon sivilizatsiyasining mavjudligiga xavf soluvchi; echimini topishga umumsayyoraviy miqyosdagi hamkorlikni va birgalikda harakat qilishni talab qiluvchi muammolardir.
10 Global muammolarning eng muhimlari quyidagilar:rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish;tinchlik va qurolsizlanish;ekologik muammolar;energetik muammolar;xom ashyo muammosi;gumanitar muammolar;oziq -ovqat va b.qlar alohida ajralib turadi.
11 Diniy mutaassiblik davlatlararo munosabatlarda chigalliklar, o`zaro tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishga zamin yaratishi bilan ham xavflidir. Ko`p konfessiyalilik sharoitida aqidaparastlik g`oyalari rivoji va unga asoslangan harakatlarning kuchayishi sivilizasiyalararo qarama–qarshilikni kuchaytirishga yo`l ochishi mumkinligini ham alohida qayd etish lozim. Globallashuv sharoitida, xalqaro aloqalar tobora erkinlashayotgan bir paytda mutaassib guruhlar o`z harakatlarini butun dunyo bo`ylab yoyishga intilmoqdalar. Keyingi vaqtlarda ro`y berayotgan terrorchilik harakatlari bu hodisaning nafaqat insoniyatning bugungi kuni, balki istiqboli uchun ham real tahdidga aylanganini ko`rsatadi.
12 Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish muammosi hozirgi kunda jahonda mavjud barcha mamlakatlarning 30 foiziga yaqini qoloq hisoblanadi. Shularning 75 foizi Afrikada, 1 tasi Yevropada, 4tasi Janubiy Amerikada va 11 tasi Osiyoda joylashgan. Iqtisodiy qoloqlik mazkur mamlakatlarda siyosiy barqarorlik hamda ijtimoiy tengsizlik, irqiy va diniy ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. Dunyoning rivojlangan Yettiligi hamda G'arbiy Yevropaning rivojlangan 24 mamlakatida dunyo aholisining 23 foizi yashaydi. Ammo shu aholi jahon ishlab chiqarilayotgan energiyaning 75 foizini, yoqilg'ini 79 foizini, o'rmon mahsulotlarining 95 foizini istemol qiladi. Eng qizig'i bu ashyolarning asosiy qismi uchinchi dunyo davlatlaridan olinadi.
13 Global muammolar, o'z navbatida, aholi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti va atrof- muhit o'rtasidagi o'zaro munosabatlar natijasidir. Hozirgi kunda insoniyat unikal jarayonning guvohi bo'lmoqda. Insonlararo munosabatlarda ustuvor bo'lgan o'zgaga ta'sir o'tkazish, inson ongini boshqarish, manipulyatsiya jarayoni eng murakkab soha – davlatlararo siyosatga, yani mafkura sohasiga ko'chirilmoqda. Endi davlatlar qurol-yarog', kuch, mol-davlat bilan emas, balki mafkuraviy tahdid, axborot xuruji, soxta axborot (dezinformatsiya), inson ongini manipulyatsiya qilish vositasida boshqa davlatlar tomonidan mahv etilmoqda. Endigi g'alaba birovning xududini bosib olishda, birovning iqtisodi uning iqtisodiga tobe bo'lishida emas, yanada shafqatsizroq ko'rinishda – nishonga olingan xalqlarning asrlar davomida shakllangan, qadriyatga aylangan milliy mafkuraviy tuyg'usi bilan global madaniyatni almashtirilishida namoyon bo'lmoqda.
14 Etiboringiz uchun tashakkur!
Еще похожие презентации в нашем архиве:
© 2024 MyShared Inc.
All rights reserved.