Скачать презентацию
1 Mavzu: Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari 1. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va valyuta tizimining mohiyati va tarkibi. 2. Xalqaro valyuta-kredit tizimining rivojlanish bosqichlari. 3. Xalqaro valyuta-kursining turlari 4. Yevropa valyuta-kredit tizimi. 5. Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari. Mustaqillik yillari davrida respublikamiz iqtisodiyotida katta tuzilmaviy o'zgarishlar ro'y berib, mamlakatimiz iqtisodiy jihatdan rivojlangan, sanoati va qishloq xo'jaligi eksportga yonaltirilgan davlatga aylandi. Ozbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida jahonga tanilgan birinchi kunidanoq tashqi iqtisodiy aloqalarga katta e'tibor berib kelindi. Hech bir davlat tashqi iqtisodiy aloqalarsiz mukammal rivojlana olmaydi. Shu sababli xojalik yurituvchi subektlarga tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, qo'shma korxonalarni barpo etish va iqtisodiyotga chet el sarmoyalarini jalb etish uchun Ozbekiston Respublikasida keng imkoniyat hamda sharoitlar yaratib qo'yildi. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi "Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar togrisida"gi PF-2564 raqamli Farmoni hamda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 24 martdagi "Bank tizimini isloh qilishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar togrisida"gi 104-raqamli qaroriga asosan respublika iqtisodiyotida olib borilayotgan erkinlashtirish jarayonlari chuqurlashdi, moliya bozori shakllandi va undagi operatsiyalar ko'lami o'sib, ishtirokchilarining soni ham ortdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlar mustaqil subektlar sifatida tashqi iqtisodiy aloqalarga kira oladigan bo'ldi..
2 . Bunday sharoitda tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish masalalari, ayniqsa Xalqaro valyuta-kredit, milliy va xorijiy valyutalar ayirboshlanishi bilan bogliq masalalar muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari - bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi va eng murakkab jarayonlaridan biridir. Ko'pchilik omillar ta'sirida xalqaro valyuta-kredit munosabatlari murakkablashib bordi va zamonaviy sharoitda o'zining o'ta barqarorsizligi bilan xususiyatlidir. Bugungi kunda davlat va xojalik yurituvchi subektlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini pul bozori yoki valyuta bozori, undagi valyuta operatsiyalarining rivojisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shu sababli xorijiy valyutalar bilan bogliq jahon tajribasini o'rganish Ozbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida shakllanib borayotgan bozor iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi. Mustaqillikning birinchi kunidanoq ushbu masala Respublika Prezidenti va Hukumatining diqqat e'tiborida bo'ldi. Dastlab Ozbekiston Respublikasi milliy pul birligi "so'm"ni muomalaga kiritish va hozirgi kun orasidagi davr mobaynida respublikada valyuta tizimini barpo etish, uni rivojlantirish bilan bogliq bir talay ishlar amalga oshirildi. Natijada Respublikamizda valyuta birjasi shakllandi va u valyutalar oldi-sotdisi bilan bogliq operatsiyalarni muvafaqqiyatli amalga oshirib bormoqda. Ozbekistonning jahon hamjamiyatiga asta- sekin integratsiyalashuvi, Xalqaro Valyuta Fondi hamda Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish Bankiga a'zo bo'lib kirishi jahonning valyuta, kredit, qimmatli qogozlar hamda oltin bozorlarida o'zini tutishning umumqabul qilingan zamonaviy kodeksini bilishni talab etadi. "Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari" kursida ushbu munosabatlarning iqtisodiy kategoriyalari, rivojlanish qonuniyatlari, asosiy tamoyillari va tashkil etish shakllari o'rganiladi.
3 1.Valyuta va valyuta munosabatlari tushunchasi, ularning asosiy ishtirokchilari Har qanday davlat iqtisodiyotida pul muhim ahamiyat kasb etadi. Pul munosabatlari jamiyatning ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va iste'mol singari jarayonlarini qamrab oladi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoit yaratib beradi. Pul va iqtisod ozaro uzviy bogliq bolgan elementlardir. Agar jamiyat iqtisodiyotida muammolar paydo bolsa, albatta bunday muammolar jamiyatning pul muomalasida ozining salbiy aks ta'sirini topadi. Shuning uchun pulni jamiyat iqtisodiy hayotining barometri deb bejiz aytishmagan. Iqtisodiy nazariyada haqiqiy pul tovar ekvivalenti sifatida mavjud bolib, iste'molchilarni muomalaga bolgan ehtiyojlarini qondiradi. qogoz pullar esa haqiqiy pullar qiymatining muomaladagi ifodachisi yoki vakilidir. Har qanday mustaqil davlat oz puliga ega va bunday pul shu davlat uchun milliy pul birligi hisoblanadi. Milliy pul birligi ozining nomi va ma'lum bir muomala tarixiga ega. Ushbu kursimizni organishda doim pul va valyuta atamalariga murojaat etishga togri keladi. Shu sababli boshidanoq pul va valyuta qanday kategoriyalar, ikkalasi ham bir narsami yoki har xil narsa ekanligini aniqlab olish zarur. Iqtisodiy nazariyadan biz "pul" nima ekanligini yaxshi bilamiz. Valyuta ham pul, ammo hamma vaqt ham pul valyuta bolavermaydi. Agarda muayyan bir davlatning milliy pul birligi jahon bozorida davlatlar ortasida pul (muomala, tolov va jamgarish vositasi) sifatida ishlatilsa, ya'ni pulning funksiyalarini bajarsa, u valyutaga aylanadi. Valyuta - jahon bozorida, davlatlar ortasida pul vazifalarini bajaruvchi davlatlarning milliy pul birliklaridir. Masalan, Amerika Qoshma Shtatlari "dollari", Buyuk Britaniya "funt sterlingi", Kanada "dollari", Fransiya "franki", Yapon "ienasi" va boshqa shu kabilar. Muayyan bir davlatning milliy puli - uning milliy valyutasi boladi. Shu davlat uchun boshqa davlatlarning milliy pul birliklari esa - xorijiy valyutalardir. Masalan, AQSh "dollari", Buyuk Britaniya "funt sterlingi", Kanada "dollari", Fransiya "franki", Yapon "ienasi", Turkiya "lira"si va shu kabi erkin muomalada yuradigan valyutalar Ozbekiston Respublikasida xorijiy valyuta boladi, oz navbatida Ozbekiston "som"i bu davlatlar uchun xorijiy valyuta bolib hisoblanadi. Xorijiy valyuta bilan deviz tushunchasi bogliqdir. Deviz - bu, xorijiy valyutadagi har qanday vositadir. Qabul qilingan Xalqaro qoidalarga asosan har bir davlatning valyutasi 3 harf bilan belgilanadi. Bunda ushbu harflarning birinchi 2 tasi mamlakatni, 3- esa valyuta nomini belgilaydi. Masalan, US - Qoshma Shtatlar, D - dollar yoki GB - Buyuk Britaniya, P - paund. Ushbu belgilanishlar valyutalar kodlari deb ataladi. Ayrim davlatlar valyutalarining SVIFT kodlari ushbu mavzuning ilovasida keltirilgan. Valyutalar jahon bozorida ozlarining muomalada bolish xususiyatlariga kora erkin muomalada yuradigan, muomalasi qisman yoki butunlay cheklangan, yopiq yoki ekzotik valyutalarga bolinadi. Ba'zi bir davlatlarning milliy pul birliklarini mazkur davlatlarda valyuta munosabatlari borasida mavjud va harakatda bolgan qonun-qoidalariga asosan xorijga chiqishi hamda u erda muomalada bolishi chegaralanadi. Jahon bozorining paydo bolishi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishi, ishlab chiqarish kuchlarining osishi, jahon xojaligi tizimining shakllanishi, xojalik aloqalarining baynalminallashuvi va globallashuvi sharoitida xalqaro valyuta munosabatlari rivojlandi. Xalqaro valyuta munosabatlari - bu, valyutani jahon xojaligida amal qilishi borasida shakllanadigan va milliy xojaliklar faoliyat natijalarining ozaro almashuviga xizmat korasatadigan ijtimoiy munosabatlar yigindisidir.1 Valyuta munosabatlarining ayrim elementlari qadimgi dunyoda, qadimgi Gretsiya va Rimda veksel hamda sarroflik ishi shakllarida paydo bolgan. Ushbu munosabatlar hisob-kitoblar otkaziladigan veksellar (tratta) bilan amalga oshgan Lion, Antverpen orta asr "veksel yarmarkalari" va Garbiy Yevropaning boshqa savdo markazlarida rivojlandi. Feodalizm va kapitalistik ishlab chiqarish uslubining shakllanishi davrlarida banklar orqali amalga oshadigan xalqaro hisob-kitoblar tizimi shakllana boshladi. Xalqaro valyuta munosabatlari moddiy ishlab chiqarish jarayoniga, ya'ni birlamchi ishlab chiqarish munosabatlariga hamda taqsimot, almashuv va iste'mol jarayonlariga aloqador bolgan xalqaro iqtisodiy munosabatlarni oz ichiga oladi. Valyuta munosabatlari va takror ishlab chiqarish ortasida bevosita (togridan-togri) hamda oqibat xarakteridagi (qaytma) aloqalar mavjud. Ularning obyektiv asosi bolib tovarlar, kapitallar, xizmatlar bilan xalqaro almashuvni vujudga keltiruvchi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi.jarayonlarini qamrab oladiishlab chiqarish jarayoniga
4 Valyuta munosabatlari - bu, valyutani jahon xojaligi muomalasida amal qilish jarayonida va xalqaro aloqalar sohasiga xizmat korsatishda oziga hos pul munosabatlarining yigindisidir,2 yoki davlatlar, jahon valyuta bozorining subektlari, muayyan davlatning rezident yoki norezident shaxslari ortasida valyutalarni sotish, sotib olish, majburiyatlarni bajarish hamda boshqa shu kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlardir. 2. Xalqaro valyuta-kredit tizimining rivojlanish bosqichlari Valyuta tizimi o'zining zamonaviy shakliga kelguncha uzoq tarixiy davrni bosib o'tgan. Birinchi jahon valyuta tizimi stixiyali ravishda sanoat inqilobidan so'ng oltin monometalizmi asosida oltin-tanga standarti shaklida shakllangan. Yuridik jihatdan esa mazkur tizim 1867 yil Parij shahrida bo'lib o'tgan konferensiyada, davlatlararo kelishuv sifatida rasmiylashtirilgan. Ushbu jahon valyuta tizimi jahon pulining yagona shakli sifatida oltinni rasmiy tan olgan edi. XIX asrda xalqaro savdoning rivojlanishi bilan ko'pchilik davlatlar o'zlarida "oltin standarti"ni kiritdilar, ya'ni shu davrdan boshlab mazkur davlatlar valyutalarining kursi va qiymati shu valyutalar zaminida yotgan oltin miqdorining qiymati bilan belgilanadigan bo'ldi. Davlatlarning markaziy (milliy) banklari o'z navbatida milliy qogoz pullarni taalluqli oltin miqdoriga (baho masshtabiga asosan) almashtirishga majbur edilar. inchi jahon urushigacha dunyoning yetakchi davlatlarida inflyatsiyaning nisbatan past bo'lish holatlari va yetakchi valyutalar kurslarining keskin tebranishi kuzatilmagan. Bunday holat o'sha yillarda pul sarmoyalari va ishchi kuchi resurslari bir mamlakatdan boshqa mamlakatga erkin hech qanday to'siqsiz oqib o'tishi mumkinligi bilan asoslangan yildan to 1913 yilgacha "oltin standarti" tizimi davlatlarga o'z xarajatlarini inflyatsiya hisobiga moliyalashtirish imkonini bermaganligi sababli barcha davlatlarda ijtimoiy mahsulotning hajmi tez sur'atlar bilan o'sdi. Birinchi jahon urushining tugashi bilan ko'pchilik davlatlar o'zlarida yana qaytadan "oltin standartini" kiritishga urindilar. Biroq ularning bunday harakatlari zoe ketdi, chunki mavjud sharoitda "oltin standarti"ni kiritish uchun zarur omillar yo'q edi.
5 3. Xalqari valyuta-kursining turlariValyuta kurslarining quyidagi turlari mavjud: "spot" kurs, sotuvchi va sotib oluvchi kurslari, forvardli kurs, kross-kurs, "autrayt" kursi. "Spot" kurs - bu, naqdli (kassa) shartnomasi kursidir. U "spot" shartnomalari ijrosi paytida qayd etiladigan bir mamlakat valyutasining bahosini boshqa mamlakat valyutasidagi ifodasidan iborat.Xalqari valyuta- Valyuta kursiga ta'sir etuvchi omillar juda kop, ularning ichida eng muhimlarini korib chiqamiz. Pul birliklarini sotib olish qobiliyatlari va inflyatsiya sur'ati. Valyutalarni sotib olish qobiliyati boyicha bir biriga nisbatan olchanishi (sotib olish qobiliyatining pariteti) qiymat qonunini aks ettirgan holda valyuta kursining asosi bolib xizmat qiladi. Valyuta kursi va pul birligining sotib olish qobiliyati ortasidagi muvofiqlik hamma vaqt ham kuzatilmaydi. Masalan, 1980 yil ichida AQSh dollarining kursi Doych markaga nisbatan 2%ga osgan, ammo shu bilan birgalikda ichki bozorda dollarni sotib olish qobiliyati 13%ga, doych markaniki esa 6%ga pasaygan. Buning sababi shundaki, valyutalarning kunlik kurslar kotirovkasi ularni sotib olish qobiliyatlariga nisbatan korrektirovka qilinmasligida va valyuta kurslariga boshqa omillarning ta'siridadir. Mamlakat tolov balansining ahvoli valyutaga bolgan talab va taklifga, valyuta kursining darajasiga bevosita ta'sir etadi hamda uning u yoki bu tarafga ogib ketishiga olib keladi. Mamlakatning aktiv tolov balansi milliy valyuta kursining osishiga olib keladi, chunki xorijiy qarzdorlar tomonidan unga bolgan talab oshib boradi. Aksincha, passiv tolov balansi esa milliy valyuta kursining pasayishiga olib keladi. Turli mamlakatlardagi foiz stavkalarining bir biridan farqi. Mamlakatdagi hisob yuritishning ortacha foiz stavkasini kotarilishi xorijiy kapitallarni mamlakatga oqib kelishini ragbatlantiradi. Ushbu foiz stavkalarining pasayishi esa aksincha kapitallarni, shu jumladan milliy kapitallarni ham mamlakatdan chetga oqib ketishiga olib keladi. Kapitallar ayniqsa "qaynoq" (chayqov) pullarning harakati (oqimi) mamlakatlar tolov balanslari muvozanatsizligini kuchaytirib yuboradi. Foiz stavkalari valyuta bozorlari operatsiyalari va ssuda kapitallari bozorlaridagi operatsiyalarga ta'sir etadi. Operatsiyalarni amalga oshirishda banklar maksimal foyda olish maqsadida milliy va Xalqaro bozordagi foiz stavkalari farqlarini hisobga oladilar. Ular arzonroq kreditlarni xorijiy ssuda kapitallari bozorida sotib olib, xorijiy valyutani milliy ssuda kapitallari bozorida nisbatan yuqoriroq foiz ustidan joylashtirishga harakat qiladilar. Valyuta bozorlari faoliyati va chayqov valyuta operatsiyalarining valyuta kursiga kon'yunktur ta'siri. Agarda biror bir valyutaning kursi pasayib borsa, bozor ishtirokchilari uni nisbatan muvozanatliroq valyutaga almashtiradilar va bu bilan ular uning qadrsizlanishini tezlashtirib yuboradilar. Valyuta bozorlari mamlakat iqtisodiyotida va siyosatida bolayotgan ozgarishlar, kurslar nisbatining tebranishiga ta'sir korsatadi.esa aksincha kapitallarni
6 Iqtisod, pul muomalasi, moliya va kredit holatining korsatkichi hamda muayyan bir valyutaga bolgan ishonch darajasi bolmish aniq (real) valyuta kursi bozorda shakllanadi. Valyuta kursini davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi mamlakatning valyuta-iqtisodiy siyosati vazifalaridan kelib chiqqan holda uning kotarilishi yoki pasayishiga qaratilgandir. Ushbu maqsadda ma'lum bir valyuta siyosati amalga oshiriladi. Shunday qilib, valyuta kursining shakllanishi - bu, milliy va jahon iqtisodiyotlari hamda siyosatlarining ozaro munosabatlari bilan asoslangan murakkab kop omilli jarayondir. Shu sababli valyuta kursini prognozlashda yuqorida korib chiqilgan kursni shakllantiruvchi omillar hamda ularni valyutalarning ozaro nisbatiga bir xilda bolmagan ta'siri aniq bir vaziyatdan kelib chiqqan holda hisobga olinadi. 4.Xalqaro valyuta-kredit tizimi Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar jarayonida valyuta va tovar resurslarini qaytarishlik, muddatlilik hamda foiz tolash shartlari asosida taqdim etilishi bilan bogliq ssuda kapitalining harakatidir. Kreditorlar va qarz oluvchilar sifatida xususiy korxona (bank, firmalar, davlat tashkilotlari, hukumatlar, xalqaro hamda hududiy valyuta-kredit va moliyaviy tashkilotlar maydonga chiqadi. Xalqaro kredit kapitalistik ishlab chiqarish usulining dastlabki bosqichlarida vujudga kelgan va kapitalni dastlabki jamg'arishning richaglaridan biri edi. Ishlab chiqarishning milliy chegaralardan tashqariga chiqishi, xojalik aloqalari baynalmilallashuvining kuchayishi, kapitalning xalqaro jihatdan ijtimoiylashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi hamda ilmiy-texnik inqilob uning rivojlanishini obyektiv asosi boldi.tashqariga chiqishi Xalqaro kreditning manbalari bolib: korxonalardagi mablaglarning davriy aylanishi jarayonida vaqtincha bosh bolib qoladigan pul shaklidagi kapitalning bir qismi; banklar tomonidan yig'ib, jamlanadigan davlat va xususiy sektorning pul jamg'armalari hisoblanadi. Takror ishlab chiqarish jarayonining ayrim joylarida xalqaro kreditga obyektiv zarurat tugiladi. Ushbu zarurat:
7 1) mablaglarning xojalikdagi doiraviy aylanishi bilan bogliq; 2) mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishning xususiyatlari bilan bogliq; 3) tashqi iqtisodiy bitimlarning hajmi va muddatlaridagi farqlar bilan bogliq; 4) ishlab chiqarishni kengaytirishga moljallangan yirik kapital qoyilmalarini amalga oshirilish zarurati bilan bogliq. Xalqaro kreditning tamoyillari. Xalqaro kreditning takror ishlab chiqarish bilan aloqasi uning tamoyillarida aks etadi: 1) qaytarishliligi; agarda olingan mablaglar qaytarilmayotgan bolsa, unda ushbu holat kapitalni qaytarmaslik sharti bilan berilishiga, ya'ni moliyalashtirishga aloqadordir; 2) muddatlilik; kredit kelishuvida belgilangan muddatlarda kredit qaytarilishini ta'minlaydi; 3) tolovlilik; qiymat qonuni harakatini aks ettirgan holda kreditning har bir holatidagi alohida shartlarni amalga oshirish usulidir; 4) moddiy ta'minlanganligi; kredit sondirilishining kafolatida oz aksini topadi; 5) maqsadli yonalishi; ssudaning aniq bir obyektlarini belgilanishi. 5.Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari
8 Iqtisodiy, siyosiy va madaniy tusdagi xalqaro munosabatlar turli mamlakatlar fuqarolari bolmish yuridik hamda jismoniy shaxslarning pul shaklidagi talablari va majburiyatlarini keltirib chiqaradi. Xalqaro hisobkitoblarning xususiyatli tomoni shundaki, ushbu hisob-kitoblarda baho va tolov valyutasi sifatida odatda xorijiy valyutalar ishlatiladi, chunki hozircha umum tan olingan hamda barcha davlatlarda qabul qilinishi lozim bolgan jahon kredit pullari mavjud emas. Shu bilan birgalikda har qanday mustaqil mamlakatda qonuniy tolov vositasi sifatida uning milliy valyutasi ishlatiladi. Shu sababli tashqi savdo, xizmatlar, kreditlar, investitsiyalar boyicha hisob-kitoblar hamda davlatlararo tolovlardagi muhim shartlardan biri bolib tolovchi yoki benefetsiar shaxs tomonidan xorijiy valyutani sotib olish yoxud sotish shaklidagi bir valyutani boshqa bir valyutaga ayirboshlanishi hisoblanadi. Jahon valyuta, kredit, moliya va sugurta bozorlari shartnomaning obyekti pul kapitali hisoblangan bozor munosabatlarining oziga hos jarayoni bolib hisoblanadi. Ular xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi asosida shakllangan. Amal qilish nuqtai nazaridan ushbu bozorlar takror ishlab chiqarishning uzluksizligi va rentabelligini ta'minlash maqsadida jahon miqyosidagi moliyaviy oqimlarning toplanuvi hamda ularning qayta taqsimotini ta'minlovchi bozor munosabatlarining tizimi bolib xizmat qiladi. Institutsional nuqtai nazardan esa jahon moliyaviy oqimlari ular orqali amalga oshadigan banklar, ixtisoslashgan moliya-kredit tashkilotlari hamda fond birjalari yigindisidan iboratdir. Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari rivojlanishining obyektiv asosi bolib amaldagi kapitalning doiraviy aylanish qonuniyatlari hisoblanadi. Jahon bozorining ayrim uchastkalarida vaqtincha bosh bolgan kapitallar paydo bolsa, uning boshqa bir joylarida mazkur kapitallarga doimiy talab paydo boladi. Kapitalning harakatsizligi uning tabiati va bozor qonuniyatlariga ziddir. Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari ushbu qarama-qarshilikni umumjahon xojaligi miqyosida hal etadilar. Vaqtincha bosh bolgan pul kapitallari bozor mexanizmi yordamida takror ishlab chiqarishning uzluksizligi va tadbirkorlarga foydani ta'minlagan holda kapital doiraviy aylanishi jarayoniga yana jalb etiladi. Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari taalluqli milliy bozorlar negizida paydo bolgan va milliy bozorlar ular bilan yaqindan munosabatdadir. Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlariga quyidagilar xosdir:xususiyatli tomoni shundakiJahon valyuta
9 - nihoyatda katta masshtablar. Ayrim baholarga qaraganda jahonning valyuta va moliyaviy bozorlaridagi kunlik operatsiyalar hajmi tovarlar bilan jahon savdosi hajmidan 50 marotaba kopdir; - geografik chegaralarning yoqligi; - operatsiyalarning uzluksiz, sutka davomida olib borilishi; - yetakchi davlatlarning valyutalari hamda xalqaro hisob-valyuta birliklaridan foydalanishi; - ishtirokchilari bolib asosan nufuzli banklar, korporatsiyalar hamda yuqori reytingga ega moliya-kredit institutlari hisoblanadi; - ushbu bozorlarga nihoyatda ishonchli yoki salmoqli kafolatga ega mijozlar chiqish huquqiga ega; - moliyaviy xizmatlar jarayonidagi inqilobiy sharoitlarda bozor segmentlari va shartnoma instrumentlarining diversifikatsiyasi; - oziga hos, xalqaro tusdagi foiz stavkalari; - EHMning eng yangilaridan foydalanish zaminida qogozsiz operatsiyalarni standartlashtirish hamda axborot texnologiyalarining yuqori darajasi. Yuqorida zikr etilgan omillar xalqaro operatsiyalarni amalga oshiruvchi milliy bozorlar doirasini cheklaydi. Raqobat kurashi natijasida N'yu-York, London, Lyuksemburg, Frankfurt-Mayn, Singapur va boshqa shu kabi jahon moliyaviy markazlari shakllandi. Spot" kurslar erkin suzadigan yoki qatiy belgilangan bolishi mumkin. Ular milliy valyutani mamlakat tashqarisida shartnomani amalga oshirish paytiga sotib olish qobiliyatini korsatadi.
Еще похожие презентации в нашем архиве: