Скачать презентацию
1 Buxoro xonligi memorchiligi XVI asr
2 Shayboniylardan keyin Buxoro taxtini egallagan sulola – Ashtarxoniylar (kelib chiqishi Astraxondan bolganligi uchun) yoki Joniylar (sulola asoschisi Jonibek Sulton nomidan olingan) hukmronligi ozbek davlatchiligi tarixidagi eng ziddiyatli davr hisoblanadi. Oliy hokimiyatni 150 yildan ortiqroq ( ) davr mobaynida oz qollarida saqlab kelgan ashtarxoniylar davrida markaziy davlat hokimiyati juda zaiflashdi, ozaro urushlar avj oldi. Abdullaxon ikkinchining say-harakatlari bilan barpo etilgan ulkan Buxoro xonligi hududi qisqarib ketdi. Markaziy hokimiyat mamlakatdagi vaziyatni nazorat qilolmaganligi, hududiy yaxlitlikni taminlay olmaganligi sababli 17-asr boshlaridayoq Xurosonning katta qismi qoldan boy berildi.
4 Ashtarxoniylar Jojixonning on uchinchi ogli Toqay Temur avlodidan bolib, 15-asrning 80- yillaridan boshlab Astraxan (Xojitarxon)da hukmronlik qilganlar. Bu shahar Ivan Grozniy qoshinlari tomonidan 1556 yilda egallangach, sulola yetakchisi Yormuhammad oz yaqinlari bilan Buxoroga kelib ornashgan. Yormuhammadxonning ogli Jonibek Sulton tez orada xonning qizi Zuhro begimga uylanadi va shu tariqa Ashtarxoniylar Shayboniylar bilan yaqin qarindosh bolib qoldilar.
6 Boqi Muhammad xonlikdagi ichki siyosiy nizolarga chek qoyishga harakat qildi, xonlikning shimoliy chegaralarini kochmanchi qabilalardan himoya qilish choralarini kordi. Balx viloyatidan eronliklarni xaydab chiqarib u yerga ukasi Vali Muhammadni hokim etib tayinladi. Lekin 17-asr boshlarida Buxoro xonligi hududi Abdullaxon ikkinchi davridagiga qaraganda juda qisqarib ketgan edi. Ashtarxoniylar Xorazmni va Xurosonning katta qismini butunlay qoldan boy berdilar. Toshkent uchun qozoq sultonlari bilan koplab urushlar olib borishga togri keldi.
Еще похожие презентации в нашем архиве: