Скачать презентацию
1 Zulfiya 100 yoshda
2 Zulfiya ( ) O'zbek shoirasi yilning 1 martida Toshkentda tug'ilgan. O'rta maktabdan so'ng pedagogika institutida va aspiranturada ta'lim olgan yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, keyinchalik O'zdavnashrda bo'lim boshlig'i, 1950 yildan 1980 yilga qadar Saodat jurnalida ishlagan yilda vafot etgan.
3 1932 yilda Hayot varaqlari nomli birinchi she'riy to'plami bosilgan. So'ngra uning Yuragimga yaqin kishilar, Yurak hamisha yo'lda, Kamalak singari ko'plab she'riy to'plamlari va turkumlari nashr etiladi.
4 Xalq orasida Oydinda, Sensiz, Yurak, Falak, Bahor keldi seni so'roqlab, O'g'irlamang qalamim bir kun, Bo'm-bo'sh qolibdi bir varaq qog'oz kabi she'rlari, O'g'lim, sira bo'lmaydi urush, Mushoira kabi she'rlari mashhur. Uni Farhod der edilar, Quyoshli qalam, Xotiram siniqlari kabi lirik va liro-epik dostonlar muallifi.
5 1935 yilda shoir Hamid Olimjon bilan turmush qurgan va uning bevaqt vofotidan so'ng ko'plab mahzun she'rlar yaratgan. Pushkin, Lermontov, Nekrasov, L. Ukrainka, V. Inber va boshqa ko'plab shoirlarning asarlaridan namunalarni o'zbek tiliga tarjima qilgan.
6 Xalqaro Javoxarlal Neru (1968), «Nilufar» (1971) mukofotlari hamda Hamza nomidagi Ozbekiston Davlat mukofoti (1970) laureati. Shuningdek, u Bolgariyaning «Kirill va Mefodiy» (1972) ordeniga sazovor bolgan.
7 MEN OTGAN UMRGA Hayot kitobimni bexos varaqlab, Men otgan umrga achinmay qoydim. Tabassum ornida kuldim charaqlab. Suyish kerak bolsa - telbacha suydim. Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob, Yurak boyligidan qilmabman parvo. Meni ogushlagan hayot naq oftob, Yangi qoshiq talab unda har saboq. Men otgan umrga achinmay qoydim, Hech kimda kormayin umrimga oxshash: Suydim, Erkalandim, Ayrildim, Kuydim, Izzat nima - bildim. Shu-da bir yashash!..
8 Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini Mamlakatimizda yosh avlodga bo`lgan ta`lim tarbiya berish, ularni bilimli va zukko qilib tarbiyalash hamda turli yo`nalishlarda ijod qilayotgan yosh ijodkorlarni qo`llab-quvvatlash hamda ularni rag`batlantirish borasida qator ijobiy ishlar amalgam oshirilmoqda. Respublikamiz yoshlari o`rtasida turli ta`lim grantlarining elon qilinishi, ta`lim olish uchun yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar kelajakda yoshlarning aqliy salohiyatini yuksak darajaga ko`tarilishidan darak beradi.
9 Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyunda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta`sis etish bo`yicha takliflarni qo`llab-quvvatlash to`g`risidagi Farmoni e`lon qilindi. Ushbu mukofot mamlakatimiz yoshlari, iqtidorli va isre`dodli qizlarning hayotida ijtimoiy hodisa sifatida qabul qilindi. Zulfiya mukofotini mazmun va mohiyati bilan Prezidentimiz, hukumatimiz tomonidan yoshlarga va ularning kelajagiga ko`rsatilgan katta e`tabor va g`amxo`rlik timsolidir.
10 Bu ko`rsatkichlar yoshlar o`rtasida mukofot nufuzining ortib borayotgani, unga intilayotgan yosh qizlarning ko`payotgani va mukofot targ`iboti yaxshi yo`lga qo`yilayotganidan dalolat beradi.
11 Ushbu mokofot mana 10 yildirki yurtimizning noyob iste`dod egalari bo`lgan qizlarga berib kelinmoqda. 10 yil davomida mukofat sohibalarinig soni 140 nafarga etdi. Shu jumladan, Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha 10 nafar qizimiz shu mukofotga munosib deb topildi.
12 Zulfiya mukofoti bugun mamlakatimiz qizlaring o`lchoviga, ezgu g`oyalarini amalgam oshirish vositasiga aylandi. Farmonga muvofiq Adabiyot, fan, ta`lim, san`at, madaniyat sohalaridagi yutuqlari uchun 14 yoshdan 22 yoshgacha bo`lgan qizlarga ushbu mukofot berilmoqda.
Еще похожие презентации в нашем архиве: