Скачать презентацию
Идет загрузка презентации. Пожалуйста, подождите
Презентация была опубликована 2 года назад пользователемlobar goyibova
1 Operatsion tizimlarni o`rnatish va ularni ishga tushurish bosqichlari diplom ishi mavzusida tayyorlagan taqdimoti
2 Annotatsiya Mundarija: I.Kirish II.Asosiy qizm I-BOB. Operatsion tizimlar haqida tushuncha 1.1Operatsion sistema tushunchasi 1.2 MS DOS operatsion tizimi 1.3 Linux operatsion tizimi II. BOB. WINDOWS operatsion sistemasini o`rnatish va ularni ishga tushurish bosqichlari. 2.1 Wndowsning ishlash shartlari 2.2WINDOWS operatsion sistemasini fleshkadan o`rnatish bosqichlari. 2.3 Windows operatsion tizimi komandalari. III. xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar V. Ilova
3 Annotatsiya Operatsion tizimlarni o`rnatish va ularni ishga tushurish bosqichlari deb nomlangan ushbu bitiruv malakaviy diploma ishi operatsion tizimlarni yoritishda o`rganiladigan ko`pchilik mavzular yuzasidan malumotlar keltirilgan. Bunda bir qancha kerakli malumotlar keltirilgan yani Operatsion tizimlar haqida tushunchalar berilgan.MS DOS, Linux operatsion tizimlari haqida malumotlar keltirilgan. WINDOWS operatsion sistemasini o`rnatish va ularni ishga tushurish bosqichlari navbatma navbat rasm ko`rinishda ishga tushirish bosqichlari yoritilgan. Wndowsning ishlash shartlari keltirilgan va WINDOWS operatsion sistemasini fleshkadan o`rnatish bosqichlari ketme-ket bajarilish ishlari yoritilib chiqilgan. Bundan tashqari Windows operatsion tizimi komandalaridan foydalanish buyruqlarining vazifalari ham yoritilib chiqilgan. Windows operatsion tizimi bilan unchalik tanish bo`lmagan yoki unda ishlash tajribasi borlar va yo`qlar uchun ham kerakli malumotlar keltirilgan bo`lib, ularning malakasini oshirish uchun hizmat qiladi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi foydalanuvchilarning amaliy dastur bo`yicha chuqur hamda atroflicha nazariy va amaliy bilim olishlari nuqtai-nazaridan ishlab chiqilgan. Ushbu bitiruv malakaviy diploma ishim operatsion tizim va uni o`rnatish bosqichlarini chuqurroq o`rganmoqchi bo`lgan barcha insonlarga, shu jumladan, maktab,litsey va oily o`quv yurtlarida Informatika va axborot texnologiyalari fanidan saboq olayotgan o`quvchi va talabalar hamda ish jarayoniga kompyuter texnologiyalari tadbiq etishni istagan tadbirkorlar uchun mo`ljallangan.
4 I.Kirish BMI obekti. Oliy o`quv yurtlarida o`tiladigan Ochiq kodli dasturiy taminot va umumiy o`rta talim maktablarida Informatika fanini umum ta'lim predmeti sifatida o`qitilish jarayonida dasturchilarmtomonidan ishlab shiqarilgan Windows operatsion tizimini oqitish va orgatish.
5 Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Windows operatsion tizimi imkoniyatlaridan foydalanishni va Windows operatsion tizimda ishlashni organish. Bitiruv malakaviy ishining vazifasi. Windows operatsion tizimda ishlashni hamda winwows komandalari yordamida ishlash konikma va malakasini hosil qilish. Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, asosiy qism 2 bobdan iborat, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilova qismlaridan iborat. Ushbu bitiruv malakaviy ishining birinchi bobi Operatsion sistema tushunchasi, tarixi, MS DOS va Windows 95- operatsion tizimlari va Linux operatsion tizimi haqida malumotlar keltirilgan. Ikkinchi BOB da esa WINDOWS operatsion sistemasini o`rnatish va ularni ishga tushurish bosqichlari,Wndowsning ishlash shartlari,WINDOWS operatsion sistemasini fleshkadan o`rnatish bosqichlari,Windows operatsion tizimi komandalarini ornatish boyicha malumotlar keltirilgan.
6 I-BOB. Operatsion tizimlar haqida tushuncha Operatsion sistema tushunchasi
7 Operatsion tizim - bu maxsus dastur bolib, bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi ortasida muloqotni ornatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni ornatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini taminlash. Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari. Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bolardan 1981 yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991 yilda yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995 yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998 yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000 yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001 yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari va hozirgi kunda Windows 7,8,10 operatsion tizim dasturlaridan kengroq foydalanilmoqda
8 "WINDOW" inglizcha so'z bo'lib, o'zbekchada "oyna", "lavha" deb, WINDOWS so'zi esa "oynalar", "lavhalar" deb tarjima qilinadi.
9 1.2 MS DOS operatsion tizimi MS DOS operatsion tizimi. MS-DOS operatsion tizimi quyidagi vazifalari bolgan kompleks dasturlarni ozida namoyon etadi. Dasturlarni bajarishni boshqarish. SHKlar zahiralarini boshqarish. Protsessorning SHK tashqi qurilmalari bilan axborot almashuvini tashkil etish. Tashqi xotirada axborotni saqlash va disklarga xizmat korsatish boyicha ishlarni bajarish. MS-DOS quydagi funksional tizimlardan tashkil topgan. Fayllar tizimi. Tashqi qurilmalar drayverlari. Buyruqli protsessor.
10 1.3 Linux operatsion tizimi. Linux –bu shaxsiy kompyuterlari va ishchi stansiyalari uchun Unix turkumli operatsion sistema Linux operatsion sistemasi internet tarmogidagi ochiq sistemalari va protokollar standartlarini qollab quvvatlaydi hamda UNIX DOS MS WINDOWS sistemalariga mos keladi. Linuxning «os» sifatidagi xarakterli xossalari. Kop vazifalilik. Kop foydalanuvchilar bir vaqtning ozida bittakompyuterdan foydalaniladi. Protsessorning himoyalangan rejimi. Protsessor xotirasi himoyasi. Tejamli yuklash. LINUX -bu operatsion sistema aynan u elektron komponentlarini ishlashini taminlaydi.
11 2.1 Wndowsning ishlash shartlari Windows ики хил ишлаш режим ига ига: -стандарт; -386 га кенгайтирилган. Режимни танланиши курилма турина бог лик. Windows стандарт режимда процессорнинг химояланган режимида ишлайди. 386 га кенгайтирилган режимида ишлаши учун процессор ва 8 Мбайт лператив хотира заур. Windowsдан фойдаланиш учун куйидаги курилмалар булиши талаб килинади: -Камида 486 DX микропроцессор ли компьютер; -8 Мбайтдан кам булмаган техкор хотира (16 Мбайт букса якши); Мб буш жойли каттик диск (Windows нинг узи 6-10 Мбайт жойни игаллайди) ва дискетни укиш учун курилма (якшиси CD ROM); Монитор (якшиси SVGA); Принтер; -«Сичконча» «Сичконча»нинг ишлатиш Windowsni o`rnatishda birinchi navbatda shuni aniqlash lozimki, Windowsni o`rnatish va uni ishlatish uchun kompyuter resurslari yetarlimi. Buni aniqlashda 2 ta xujjat yordam beradi: minimal aparat konfiguratsiyasi va mo`tanosib qurilmalar ro`yxati (Hardware Compatibility List, HCL).
12 2.2 WINDOWS operatsion sistemasini fleshkadan o`rnatish bosqichlari. Windows OT ining 8.1 versiyasini o'rnatishni ko'rib chiqamiz. Bu usul Windows ning 7, 8, 8.1 va 10 versiyalari uchun bir xil hisoblanadi. Demak, boshladik. Buning uchun bizga Windows operatsion tizimi o'rnatuvchi paketi fleshka disk yoki fleshka kerak bo'ladi. Agar bular mavjud bo'lmasa o'zimiz o'rnatuvchi paketni fleshka yozamiz va bu orqali o'z kompyuterimizga Windows OT ini o'rnatamiz. Bunda bizga Windows o'rnatuvchi paketi (.iso kengaytmasida bo'ladi) va rufus dasturi kerak bo'ladi. Windows OT ining o'rnatuvchi paketini biz Microsoft ning microsoft.com saytidan yoki o'zimiz bilgan boshqa dasturlar saytidan ko'chirib olishimiz mumkin. ESLATMA!!! Windows OT ining o'rnatiluvchi paketi hech qachon shunchaki fleshkaga nusxalash bilan yozilmaydi agarda siz uni uyingizga yoki biron joyga olib borib saqlab qo'yish uchun yozmayotgan bo'lsangiz.
13 1. Windows OT ning o'rnatuvchi paketi; 2. Rufus dasturi
15 Fleshkani kompyuterga ulaymiz va rufus dasturini ishga tushuramiz. So'ng rufus dasturining quyidagi bo'limlari haqida tushunchaga ega bo'lamiz: 1. Ulangan fleshkamiz nomi va hajmini ko'rsatadi (Windwos OT ining 7, 8, 8.1 va 10 versiyalaripaketini fleshkaga yozish uchun bizga fleshkaning hajmi 8 Gb dan kam bo'lmagani kerak bo'ladi); 2. Qanday turdagi sxema va interfeys orqali Windows OT ini kompyuterga yozish turini belgilanadigan bo'lim (bu haqda keyingi mavzularimizda to'liqroq ma'lumot berib o'tamiz, bizga asosiysi qanday sxema va interfeysdan foydalanishni bilib olsak bas). Windows OT ini o'rnatish uchun biz MBR sxemasi va BIOS yoki UEFI-CSM interfeysidan foydalanamiz; 3. Fayl tizimi ya'ni biz fleshkaga Windows OT paketini yozilganda qanday usulda yozilish kerakligini belgilaymiz. Bu fayl tizimi Windows uchun NTFS bo'ladi (keyingi mavzularimizda bu haqda tushuntirib o'tamiz); 4. Klaster o'lchami yoki hajmi bu ham standart Windows OT ini o'rnatish uchun 4096 bayt bo'ladi; 5. Fleshkamizning Windows OT ini o'rnatuvchi paketi yozilgandan keyingi nomi qanday bo'lishi shu yerda yoziladi; 6. Bu yerda formatlash sozlamalari keltirilgan. ESLATMA!!! Yuqoridagi barcha parametrlar siz Windows ning o'rnatuvchi paketini tanlagan vaqtingiz avtomatik sozlanadi va u yerdagi hech narsani o'zgartirish tavsiya etilmaydi.
16 Rasmda ko'rsatilgan tugmani bosamiz
17 Bizda quyidagicha oyna ochiladi va biz oldindan ko'chirib olgan Windows OT ining o'rnatuvchi paketini tanlaymiz
18 Mana bizning parametrlarimiz avtomatik sozlandi. Endi biz «Старт» tugmasini bosamiz Bizda «fleshkamizda biron ma'lumot mavjud bo'lsa u o'chib ketishi» haqida ogohlantiruvchi oyna ochiladi. Albatta biz agar fleshkamizda kerakli ma'lumot mavjud bo'lmasa «OK» tugmasini bosamiz Bizda quyidagicha «Готов» yozuvi chiqganda Windows OT ining o'rnatiluvchi paketi yozilgan bo'ladi
19 Mana endi bizda Windows OT ni o'rnatuvchi paketi yozilgan fleshkamiz mavjud. Endigi galda qiladigan ishimiz bu BIOS ni sozlash. Demak, siz bilan BIOS haqida gaplashamiz. BIOS termini IBM firmasi tomonidan kompyuter bilan mos bolgan qurilmalarga nisbatan qollaniladi. Boshqa firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan kompyuter qurilmalarida PROM yoki Boot terminlari qollaniladi. Agarda siz sotib olgan noutbuk yoki kompyuteringizda windows belgisi bolsa, siz qorqmasdan BIOS terminini qollasangiz boladi. «BIOS» bu har bir kompyuter yoki noutbukning tizim osti tizimidir. Ya'ni, siz kompyuteringizga biror bir windows (xp, 7, 8,10) o'rnatmagan bo'lsangiz ham sizning kompyuter/noutbukingizda operatsion tizim mavjud. Faqat uning vazifasiga rasm/video ko'rish, qo'shiq eshitishni ta'minlash emas, foydalanuvchi o'ziga mos Operatsion Tizim (OT) ni o'rnatishini ta'minlab turishdir. BIOS kompyuterning doimiy xotirasiga ornatilmaydi, shuning uchun operatsion tizimingiz ochib ketsa ham BIOS hech ham ochmaydi. BIOS ga kirish qiyin emas, buning uchun kompyuteringizni yoqasiz (yoki qayta ishga tushirasiz) va monitor tasvir uzatishi bilan quyidagi tugmalarni bosasiz: F2 + Delete tugmalarini birgalikda qayta va qayta bosasiz – bu deyarli barcha kompyuterlar uchun BIOS ga kirishni taminlovchi tugmalar kombinatsiyasi hisoblanadi. Lekin, noutbuklarda bu masala biroz chalkashroq. Noutbuklarni ishlab chiqaruvchi firmalar odatda ozlarining BIOS ga kirish kombinatsiyalarini kiritadi. Noutbuklarida BIOSga kirish quyidagi tartiblarda biri orqali amalga oshiriladi: F2 – odatda Acer, Asus, Fujitsu-Siemens, Panasonic, Samsung, Sony, Toshiba, Dell и Lenovo noutbuklari uchun; F2 + delete agar yuqoridagi yordam bermasa Acer, Asus, Fujitsu-Siemens, Panasonic, Samsung, Sony, Toshiba, Dell и Lenovo noutbuklari uchun; F2+Fn agar u ham yordam bermasa Acer, Asus, Fujitsu-Siemens, Panasonic, Samsung, Sony, Toshiba, Dell и Lenovo noutbuklari uchun; Esc – ayrim Toshiba noutbuklarida F2 ni o'rnida qo'llaniladi; F10 –Hewlett Packard (HP) noutbuklarida, hamda atyrim Dell noutbuklarida qo'llaniladi; F1 – ba'zi Lenovo/IBM noutbuklarida qo'llanilishi mumkin; Agarda sizda kamyob turdagi noutbuk bo'lsa, unda quyidagi kombinatsiyalardan birini qo'llab ko'ring: Ctrl+Alt+Esc, Ctrl+Alt+S, Ctrl+Alt+Del, Ctrl+Alt+Ins, Ctrl+Alt+Enter, Fn+F1, Ctrl+Ins
20 BIOS odatda kok rangli, zerikarli muhitdir
21 Windows ornatilgan diskovod yoki fleshkani ishga tushirish uchun BIOS ga kiriladi va u yerdan BOOT qismi topiladi.
22 U yerda ozimga kerakli disk/fleshkani 1-oringa qoyamiz. 1-oringa qoyish har bir BIOS tizimida uning yangi eskiligi, ishlab chiqargan firmasiga qarab turlicha amalga oshiriladi. Jumladan, eski turdagi BIOSlarda siz 1- orinda turga qurilma nomiga bossangiz, u sizga mavjud qurilmalar royxatini korsatadi, siz shulardan ozingizga keragini birinchi oringa qoyasiz, birinchi orinda turgani esa tanlangan qurilmaning ornini egallaydi. Yangiroq turdagi BIOS larda esa bu amaliyot F5 va F6 tugmalari (yoki boshqa F tugmalarda) amalga oshiriladi. Yani, siz ozingizga kerakli disk/fleshka nomini belgilaysiz va yo F5 (past) yo F6 (tepa) tugmalarini bosgan holda tartibini ozgartirasiz. Boshqa turdagi BIOS larda (POST yoki Boot) bu boshqacha tarzda amalga oshirilishi mumkin (F1 va F2; + va - va boshqacha tarzda). Biz BIOS ni sozlamasini sozladik endi fleshkani kompyuterga ulaymiz va kompyuterni yoqamiz. Qora ekranimiz chiqishi bilan istalgan klaviaturani klavishlaridan biri bir necha bor bosamiz
23 Bizda Windows ni qaysi tilda ornatish haqida sorov chiqadi. Shuni tanlab song «Next» tugmasini bosamiz Bu oynada «Install» now tugmasini bosamiz
24 So'ngra biz «Лицензионное соглашение» ga qabul qilaman deb galochkani belgilaymiz va «Next» tugmasini bosamiz Bu yerda Windows ni ornatish boyicha turini tanlimiz. Bizga boshidan ornatish kerakligi sababli biz «Выборочная» ni tanlimiz
25 Windows OT ornatadigan joyni tanlaymiz va «Далее» tugmasini bosamiz
26 So'ng bizda Windows OT ini o'rnatish jarayoni boshlanadi Ornatish tugagandan song bizga kompyuterimizning nomini kiritishimiz talab etiladi va o'zimiz istagan fon rangini tanlashimiz mumkin
27 «Использовать стандартные параметры» tanlaymiz
28 Foydalanuvchi nomi, parol va parol uchun kalit so'z kiritamiz (o'tgan darslarda yangi foydalanuvchi yaratishni ko'rgan edik. Bu yerda ham xuddi jarayonni bajaramiz)
29 Windows OT ining sozlamalari tugashini kutamiz Sozlamalar tugaganda so'ng bizda quyidagicha yozuv paydo bo'ladi Mana bizning Windows 8.1 OT miz
30 III. Xulosa So`ngi yillarda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi bir butun, erkin va ochiq kodli dasturiy ta`minotni taqdim qilishga qaratilgan harakat bilan bog`liq. Erkin va ochiq kodli dasturiy ta`minotni davlat va ta`lim muassasalariga, shu jumladan xususiy sektorga ham keng imkoniyatlarni taklif qiladi. Erkin va ochiq kodli dasturiy ta`minotni jozibadorligidan tashqari, barqarorligi va egalik qilishni past narxlari evaziga, erkin va ochiq kodli dasturiy ta`minotni ko`pgina mamlakatlar bir qator boshqa sabablarga ko`ra (davlat xavfsizligi, mualliflik to`lovlarini pasaytirish, ta`limni va xususiy istiqbolli ishlanmalarni rivojlantirish) oldinga surishmoqda. Bitiruv malakaviy ishining quydagi amaliy va nazariy natijalari olindi: Ushbu bitiruv malakaviy ishining birinchi bobi Operatsion sistema tushunchasi, tarixi, MS DOS operatsion tizimlari va Linux operatsion tizimi haqida malumotlar keltirilgan. Ikkinchi BOB da esa WINDOWS operatsion sistemasini o`rnatish va ularni ishga tushurish bosqichlari nazariy va amaliy ko`rib chiqildi,Wndowsning ishlash shartlari,WINDOWS operatsion sistemasini fleshkadan o`rnatish bosqichlari,Windows operatsion tizimi komandalarini ornatish boyicha malumotlar va ilovada rasmlar keltirilgan.
31 Kompyuter grafikasi Razzoqov Ilm ziyo 2012 y Informatika Boqiyev R.R 2012 y. Shaxsiy kompyuterga texnik xizmat ko`rsatish 1 o`quv qo`llanmasi.Fаn va Technologiya 2005y. Shaxsiy kompyuterga texnik xizmat ko`rsatish 2 o`quv qo`llanmasi.Fаn va Technologiya 2005y Sh.a.Nazarov Kompyuter va ofis qurilmalar,2007 y IV. Foydalanilgan adabiyotlar
32 Internet saytlar:
Еще похожие презентации в нашем архиве:
© 2024 MyShared Inc.
All rights reserved.