Скачать презентацию
1 1-MAVZU: TANQIDIY VA KREATIV TAFAKKURNING MOHIYATI, ILMIY-NAZARIY TAVSIFI Oqituvchi:Tuxtasheva R.S
2 REJA: 1. Tafakkur, tanqidiy va kreativ tafakkurning mohiyati. 2. Tanqidiy va kreativ tafakkurning xususiyatlari.
3 Tafakkur, tanqidiy va kreativ tafakkurning mohiyati tafakkur deb narsa va hodisalar ortasidagi eng muhim boglanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi. P.I.Ivanovning darsligida "Tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq, toliq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonni yana ham oqilona amaliy faoliyat bilan shugullanishiga imkon beradi" deb ta'riflanadi
4 M.V.Gamezo tomonidan "Tafakkur voqelikning umumlashgan holda va soz hamda otmish tajriba vositalarida aks ettirilishi" ekanligi bayon qiladi. U tafakkurning umumlashgan soz vositasida va vositali atrof- muhit hodisalarini aks ettira olishni ta'kidlaydi. A.V.Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga quyidagicha ta'rif keltiriladi: "Tafakkur - ijtimoiy sababiy, nutq bilan chambarchas bogliq muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur voqelikni analiz va sintez qilish, uni bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir".
5 Tafakkur operatsiyalari 1 Analiz - shunday bir tafakkur operasiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga bolgan munosabati aniqlanadi. Tahlil obyektlari amalda ajratib bolmaydigan elementlarga yoki belgilarga bolishda ifodalanishi mumkin. 2 Sintez - shunday bir tafakkur operasiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda bolingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bolaklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. 3 Taqqoslash - shunday bir tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya vositasi bilan obyektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir- biriga oxshashligi va bir-biridan farqi aniqlanadi.
6 Taqqoslash operasiyasi ikki xil yol bilan amalga oshishi mumkin: amaliy aniq narsalarni bevosita solishtirish va nazariy tasavvur qilinayotgan obrazlarni va narsalarni ongda fikran taqqoslash. Agar odam ikki boylam yukni qol bilan kotarib, bir necha xil taom mazasini qiyoslasa yoki ikki paykal paxtazor hosildorligini taqqoslasa, bu amaliy taqqoslash boladi. Shuningdek, oquvchilar ikki qalam yoki ikki sterjenning uchini yogochga yoki qogozga solishtirsalar, u analogik holatga misol bola oladi. Bundan tashqari metr bilan masofani, tarozi bilan ogirlikni, termometr bilan haroratni, teleskop bilan osmon jismlarini olchash paytida ham taqqoslash jarayoni vujudga keladi.
7 Abstraksiya - shunday fikr tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bolmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz. Umumlashtirish - tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning, oxshash muhim belgilarning shu narsalar togrisidagi bitta tushuncha qilib, fikrda birlashtirish demakdir. Psixologiyada umumlashtirish muammosi boyicha yagona yonalishdagi nazariya mavjud emas. Shuning uchun psixologlar bu jarayonni turlicha talqin qiladilar, goho uni guruhlarga bolib organadilar.
8 Psixologiyada umumlashtirishning keng qollaniladigan ikki turi: tushunchali umumlashtirish va hisssiy-konkret umumlashtirish yuzasidan koproq fikr yuritiladi. Tushunchali umumlashtirishda predmetlar obyektiv muhim belgi asosida umumlashtiriladi. hissiy-konkret umumlashtirishda esa predmetlar topshiriq talabiga binoan tashqi belgi bilan umumlashtiriladi. Psixologlar notogri umumlashtirishning hissiy-konkret umumlashtirishdan tafovuti borligini hamisha ta'kidlab kelmoqdalar. Oquvchi va o`quvchi ba'zan predmetlarni muhim bolmagan belgisiga asoslanib notogri umumlashtiradilar, vaholanki, topshiriq shartida bu talab ular oldiga mutlaqo qoyilmaydi. Lekin bu nazariyaning himoyachilari notogri umumlashtirishni alohida tur deb hisoblaydilar.
9 Konkretlashtirish - hodisalarni ichki boglanish va munosabatlardan qat'iy nazar bir tomonlama ta'kidlashdan iborat fikr yuritish operasiyasidir. Umumiy mavhum belgi va xususiyatlarni yakka yolgiz obyektlarga tadbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operasiyasi insonning barcha faoliyatlarida faol ishtirok etadi. Voqelik qanchalik yaqqol shaklda ifodalansa, inson uni shunchalik oson anglab yetadi. Klassifikasiyalash - bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga oxshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni turkumlarga ajratish tizimidir. D.I.Mendelevni "Elementlarning davriy tizimi" jadvali bunga yorqin misoldir. Bunda olim elementlarni atom ogirligi ortib borishiga, kimyoviy sifatlarning bir tipligiga va boshqa belgi va alomatlariga qarab tartib bilan joylashtirib chiqqan. Sistemalashtirish - tizimga solish shundan iboratki, bunda ayrim narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan orniga yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi. Shu sababli makon, xronologiya va mantiqiy belgilar asosida tizimga solish turlariga ajratiladi. Mebelning xonadagi joylashtirilishi, daraxtning boqqa otkazilishi, makoniy tizimga namuna bola oladi. Otmishda bolib otgan voqealarning vaqtga qarab tizimga solishning namunasi bola oladi. Matematikaga, falsafaga, mantiqqa doir darsliklarda ilmiy materiallarning joylashtirilishi mantiqiy tizimga solishning namunasidir.
10 Tanqidiy fikrlashning asosiy belgilari olim I.Resnik fikricha quyidagilardan iborat: 1) Oquvchilar oz bilimlarini muayyan masalalarni yechishda tatbiq eta olsalargina ularda bilim va ijodiy fikrlash rivojlanadi; 1 2) Tanqidiy fikrlash talim jarayoniga joshqinlik baxsh etadi, mashgulotlarni oqituvchi va oquvchi uchun ozaro hamkorlik faoliyatiga aylantiradi. Shu n 2
11 J.Dyuining fikricha: «O`quvchilar muayyan muammo bilan shugullana boshlasalargina, ularda tanqidiy fikrlash paydo boladi. Shu sababli, oquv jarayonining boshlangich nuqtasi hisoblangan, biror vaziyat yoki hodisaga tegishli bolgan eng muhim savol bu hodisa qanday muammoni vujudga keltirishini anglatadigan savoldir. Faqatgina muayyan muammo bilan kurashib, murakkab vaziyatdan chiqish uchun ozining shaxsiy yolini izlagandagina, oquvchi haqiqatan ham fikrlaydi». Darhaqiqat, rejali va maqsadli oqitish va tarbiyalash jarayonida oquvchilaming intellekt darajasini aniqlash zaruriyati tanqidiy fikrlashni shakllantirishni vujudga keltirgan. Oz ibtidosida bu natijalar oddly pedagogik metodlar orqali aniqlangan.
12 «Tanqidiy fikrlash» atamasi ilk bor XX asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. Mazkur tushuncha haqida tafsilot berishdan oldin, muayyan fikrlash konikmalari ustida toxtalish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu konikmalar oquvchilarda tanqidiy fikrlashni tarkib toptirish uchun nihoyatda zarurdir. Ozbek olimasi Sh.A.Abdullayeva Oquvchilarda refleksiv mushohada qilish konikmalarini shakllantirish asarida: Tanqidiy fikrlash - fikr yuritishning shunday korinishiki, unda aqliy operatsiyalar (analiz, sintez, induksiya, deduksiyajning barchasi ishtirok etadi»,- deb yozadi. Demak, oquvchi taqdim qilinayotgan oquv materialini ozlashtirishi uchun bilish jarayonining induktiv (ayrim, xususiy tajribalarni umumlashtirib xulosa chiqarishga fikran harakat qilish) va deduktiv (umumiydan ayrimlikka yuksalish)pogonalaridan otadi.
13 Кreativlik– (lot., create-yaratish, creative-yaratuvchi, ijodkor) individning yangi goyalarni ishlab chiqarishga tayyorgarlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati manosini ifodalaydi. Кreativ tafakkur esa tafakkurning ijod jarayonini tashkil etish va ijod natijalari (mahsullari)ni bashoratlashni ifodalovchitushuncha sanaladi. Kreativ fikrlash oqituvchi faoliyatida yaqqol korinib turishi lozim. Shu manoda oqituvchining ijodkorligi kasbiy faoliyatiga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi. Кreativlik–bu ijodiy qobiliyatlilik darajasi, shaxsning barqaror sifati hisoblanadigan ijod qilishga bolgan qobiliyati bolib, u kreativ tafakkur bilan bogliq. Кreativ tafakkur – bu shaxsning oz oldida turgan vazifalarini nostandart hal etish hamda oz maqsadlariga erishishning yangi, yanada samaraliroq yollarini topish qobiliyatidir. Yani kreativlik asosan boshqalarga oxshamagan goyalarni oylab toppish, anana tusiga kirib qolgan fikrlashdan qochish hamda muammoli vaziyatlarni tez hamda samarali hal etish yollarini bilish hisoblanadi.
14 Кreativlik termini Angliya-Amerika psixologiyasida 60- yillarda paydo bolgan bolib, bunda kreativlikning intellekt bilan bogliqligi masalalari hamda kreativlikning psixologik jihatlari va uning har bir shaxsning masalalari hamda kreativlikning psixologik jihatlari va uning har bir shaxsning individual oziga xos xususiyatlariga bogliqligi organilgan. Masalan, 1950 yillarda J.Gilford va uning tarafdorlari tomonidan intelliktual omillarni talimiy yonalishlarda qollash, kreativlik xususiyatlarni organish hamda baholash masalalari tahlil etilib, natijada 16 gipotetik intelliktual qobiliyatlarni ajratib korsatgan. M.N.Gnatko esa kreativlikning mexanizmi boyicha izlanishlar olib brogan va ularni quyidagi ikkita turga ajratgan:
15 1 - potensial kreativlik – bu kreativlikning zaruriy sharti bolib, qanday sharoit bolmasin insonning kreativlikka tayyor turishi, shuning natijasida oz goyalarini amalga oshirishidir. 2 - faoliyatdagi kreativlik–bu muayyan bir sohadagi kreativlik hisoblanadi. J.Gilford kreativlikning belgilarini aniqlagan bolsa, M.N.Gnatko esa kreativlikning komponentlarini umumlashtiradi. 3 Кreativlikning belgilari (J.Gilford) fikrning aniqligi (muayyan vaqt oraligidagi goyalarning hajmi); fikrning oziga xosligi (bir goyaning ikkinchisiga kochishi) originalligi, yani umumiy qabul qilingan qarashlardan ajralib turuvchi goyani yaratish qobiliyati; qiziquvchanlik, egiluvchanlik; farazni ilgari sura olishlik, muammoni qoya bilishlik qobiliyati; hayol sura olish, fantaziya qilish, nostandart muammolarni hal eta olish va h.k.
16 Кreativlikning komponentlari (M.N.Gnatko) shaxsning oziga xos xususiyatlari (intelliktual, individual); ijodkorlik imkoniyatlari; ijodkorlik bilan fikrlash; ijodkorlik bilan qarash; bilimlilik; yechim topa bilish; tashkil etuvchanlik; muammolarni mustaqil yechish.
17 ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Еще похожие презентации в нашем архиве: