Скачать презентацию
Идет загрузка презентации. Пожалуйста, подождите
Презентация была опубликована 3 года назад пользователемrano Toshniyozova
2 1-mavzu: Muloqot va kommunikatsiya jarayoni Fan: Introduction to Communication (in Uzbek) / Muloqotga kirish (ozbek tilida) Fan oqituvchisi: PhD, dots. v.b. T.I.Sultanov
3 OYNAB GAPIRSANG HAM, OYLAB GAPIR Ibratli hikoya
4 Bir yoshi katta odam oz ogli bilan poyezdga chiqib joylashishdi. Poyezd yurishga otlanayotgan edi. Hamma yolovchilar oz joylarini egallashi bilanoq sekinlik bilan poyezd yura boshladi. Qariyaning ogli poyezd yurishi bilan xursand bola boshladi. Uning yoshi 25 da bolib oyna tarafga yaqin joyda otirgan edi. Ularning roparasida bir oila ham bor edi.
5 Ogil poyezd harakatga tushishi bilan qolini oynadan chiqarib, atrofni kuzatib oz otasiga: Otajon, qarang, hamma daraxtlar ortda qolib ketyapti, – deb baland ovozda otasining etiborini torta boshladi. Ota judayam xursand boldi va kulib qoydi. Ularning oldidagi oila hayron boldi, chunki 25 yoshli yigit xuddi bolalarcha xursand bolayotgan edi…
6 Tosatdan yigit: Otajon, qarang, hayvonlar va bulutlar poyezd bilan birga yuryapti, – deb, yana oz otasining etiborini tortdi. Bir ozdan song yomgir tomchilay boshladi, oyna ochiqligi sababli yigitning qoliga yomgir tomchilari tushdi. Shunda u xursand bolib otasiga: Otajon, qarang yomgir tomchilay boshladi, – deya baqirdi. Otasi yanada xursand bolib kulib qoydi.
7 Yana roparadagi oila yigitga hayron bolib qarashdi va yigitning otasiga: Nima uchun oglingizni doktorga korsatmagansiz? U xuddi yosh bolaga oxshar ekan, bizningcha, siz oz oglingizni doktorga korsatib uni davolatishingiz kerak, – deya maslahat bera boshlashdi. Shunda ota: Ha albatta, biz hozirgina doktordan kelyapmiz, mening oglim 25 yildan song, faqat bugundan boshlab kozi kora boshladi, – deb javob berdi.
8 Qissadan hissa shuki, har birimiz biror narsa haqida togri malumotga ega bolmasdan turib u haqida gapirmasligimiz va xulosa chiqarishga shoshilmasligimiz kerak.
9 Muloqot Insonning rivojlanishini, ijtimoiylashishini, individning shaxs bolib shakllanishini, uning jamiyat bilan aloqasini muloqotsiz aslo tasavvur etib bolmaydi. Muloqot ham oziga xos ehtiyoj. Polshalik olim E.Melibruda aytganidek, Shaxslararo munosabatlar biz uchun suv bilan havodek ahamiyatga egadir. Muloqot ota murakkab jarayon bolganligi sababli unga yagona togri tarif berish oson emas. Mashhur rus psixologi A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida muloqot ikki va undan ortiq kishilar ortasidagi axborot ayirboshlash, ozaro tasir va bir-birini tushunishdan iborat jarayon sifatida talqin etilgan. Muloqot ikki va undan ortiq kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish ehtiyojini qondirishga qaratilgan ozaro tasir jarayoni bolib, bunda axborotlar almashiniladi, munosabatlar ornatiladi va rivojlantiriladi.
10 Muloqot layoqati R.S.Nemovning fikricha, inson bolasi ozida odamlar bilan emotsional muloqotga kirishishga bolgan layoqatni uch oyligida sezadi (jonlanish kompleksi), bir yoshga yetganda esa uning ekspressiyasi shunchalik boyib ketadiki, muloqotning verbal tilini tezda ozlashtirib olish, tovushli nutqdan foydalanish imkonini beradi. Qiziqarli malumot
11 TIL – ODAMLARNI BIRLASHTIRADIGAN VOSITA Muloqotning hamkorlikda harakat qilish va faoliyat korsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan vosita til bolib, u muloqotga kirishuvchilar ortasida aloqa boglanishini taminlaydi. Axborotni boshqaga yollayotgan kishi (kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (retsepient) munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning bitta tizimidan foydalanishlari, yani «bitta tilda» sozlashishlari kerak.
12 Muloqot maqsadi (hayvonlarda muloqot maqsadi) Muloqot maqsadi – bu insonda ushbu faollik turi yuzaga keladigan sabab. Hayvonlarda muloqot maqsadi bolib boshqa tirik jonzotni malum harakatga chorlash, u yoki bu harakatni amalga oshirmaslik kerakligi haqidagi ogohlantirish xizmat qilishi mumkin. Masalan, ona oz tovushi yoki harakati bilan bolasini xavfdan ogoh etishi mumkin; podadagi bazi hayvonlar boshqalarni ularga hayotiy muhim daraklar yetib kelgani haqida ogohlantirishlari mumkin.
13 Muloqot maqsadi (odamlarda muloqot maqsadi) Odamda muloqot maqsadlari soni kopayadi. Ularga yuqorida sanab otilganlardan tashqari, dunyo haqidagi bilimlarga ega bolish va yetkazish, talim va tarbiya, odamlarning hamkorlik faoliyatlaridagi turli harakatlarning muvofiqlashuvi, shaxsiy va ish boyicha ozaro munosabatlarning oydinlashtirilishi, ornatilishi va boshqalar ham kiradi. Agar hayvonlarda muloqot maqsadlari ular uchun dolzarb bolgan biologik ehtiyojlarni qondirishdan iborat bolsa, odamlarda ular koplab turli: ijtimoiy, madaniy, bilish, ijodiy, estetik, aqliy osish, axloqiy rivojlanish kabi ehtiyojlarni qondirish vositasi bolib hisoblanadi.
14 KOD – asosiy muloqot modelining muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Kod xabar emas, lekin xabarni tashuvchi belgilardir. Asosiy muloqot kodining 3 xil turi mavjud: 1. Til (verbal kod). Ogzaki yoki yozma sozlar fikrlar va tuygularni ifodalash uchun ishlatiladi. 2. Paratil (vokal – tovushga oid kod). Ovoz tembri, ohang, shovqin, urgu. Bular noverbal muloqot vositalariga ham mansub hisoblanadi. 3. Noverbal signallar (vizual kod). Yuz harakatlari, koz aloqasi, imo-ishoralar, korinish, ofisning hajmi va joylashuvi, uchrashuvlarga yetib borish vaqti.
15 J.S.Philpopp (1983) olib borgan 23 ta tadqiqot natijasiga kora, verbal kod (til) malumot jonatuvchi va qabul qiluvchi orasidagi axborotning 31 foizini, vokal (ovoz) va vizual kod (imo-ishora)lar esa, 69 foizini taskil etadi.
16 Kommunikator va retsepiyent Agar kommunikator va retsepiyent turlicha «til»da sozlashsalar, ular ozaro hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. Qollanadigan belgilar (sozlar, imo-ishoralar va boshqalar) zamiridagi mohiyat muloqotda ishtirok etayotganlarga tanish bolgan taqdirdagina axborot almashish imkoni boladi.
17 R.S.Nemovning fikriga kora, maktabgacha bolgan davrda odam muloqotining taraqqiyoti bosib otadigan asosiy bosqichlar quyidagilardan iborat: 1. Tugilgandan 2-3 oylikkacha bolgan yosh davri. Mazmun jihatidan biologik bolgan, bolaning hayotiy ehtiyojlarini qondirish vositasi bolib xizmat qiluvchi aloqaviy muloqot. Muloqotning asosiy vositasi – sodda mimika va oddiy imo-ishoralar oylikdan 8-10 oylikkacha yosh davri. Asosiy his-tuygu organlari faoliyatining boshlanishi va yangi taassurotlarning paydo bolishi bilan bogliq bolgan bilish muloqotining dastlabki bosqichi. Maktabgacha bolgan davrda odam muloqotining taraqqiyoti bosib otadigan asosiy bosqichlar (2-3 oylikdan 8-10 oylikkacha yosh davri) Qiziqarli malumot
18 oylikdan taxminan 1,5 yoshgacha bolgan davr. Kognitiv (kognitiv – shaxsning tashqi malumotni aqliy idrok etish va qayta ishlash qobiliyatini bildiruvchi atama) ehtiyojlarga xizmat qiluvchi boshqariladigan, verbal-noverbal muloqot. Tildan muloqot vositasi sifatida foydalanishga otish. 4. 1,5 yoshdan 3 yoshgacha bolgan davr. Jismli faoliyat va oyinning paydo bolishi bilan bogliq faoliyat va oyin muloqotining yuzaga kelishi. Faoliyat va shaxs muloqotiga bolinishning dastlabki bosqichi yoshdan 6-7 yoshgacha bolgan davr. Tabiatdan berilgan turli xildagi tabiiy belgilar yoki orttirilgan muloqot vositalarini ixtiyoriy ravishda tanlash va ulardan foydalanish. Syujetli-rolli oyinlarga jalb qilish asosida paydo boladigan syujetli-rolli muloqotning rivojlanishi. Maktabgacha bolgan davrda odam muloqotining taraqqiyoti bosib otadigan asosiy bosqichlar (8-12 oylikdan 6-7 yoshgacha bolgan davri) Qiziqarli malumot
19 MULOQOT TURLARI – 1 Takidlab otish lozimki, odamlarning amaliy faoliyatida muloqotning quyidagi turlarini ajratadilar: 1. «Niqoblar aloqasi» – suhbatdoshning shaxs xususiyatlarini tushunish va hisobga olishga intilish mavjud bolmagan rasmiy muloqot. Bunda haqiqiy hissiyotlar, istaklar, munosabatlarni yashirish imkonini beruvchi rasmiy iboralar, odatiy xushmuomalalik, dimogdorlik niqoblari, yuz, imo-ishora ifodalarining toplami qollaniladi. 2. Oddiy muloqotda boshqa odamga zarur yoki xalal beruvchi obyekt sifatida baho beradilar: agar zarur bolsa, aloqaga faollik bilan kirishadilar, agar xalal beradigan bolsa, – itarib yuboradilar, yoki tahdidli qopol iboralarni qollaydilar. 3. Rasmiy-rolli muloqot – bu sheriklarning ijtimoiy rollari darajasidagi muloqot (boshliq – qol ostidagi xodim, sotuvchi – xaridor, servis xizmati xodimi – mijoz). Bunda malum qoidalar va xohishlar asosida ish yuritilib, muloqot mazmuni va vositalari ularga boysundiriladi.
20 MULOQOT TURLARI – 2 4. Boshqariladigan muloqot suhbatdosh- ning shaxs xususiyatlaridan kelib chiqib, turli usullarni (xushomad, qorqitish, aldov va boshqalar) qollagan holda undan foyda olishga qaratilgan. 5. Dunyoviy muloqot – bu turning mohiyati biror mavzuga oid bolmasligidan iborat, yani odamlar oz fikrlarini emas, balki bunday vaziyatlar uchun umumiy bolgan fikrlarni bildiradilar. 6. Havoyi muloqot – bu muloqot uchun muloqot. 7. Dostlarning manaviy, shaxslararo muloqoti vaqtida istalgan mavzuni qozgatish va bir-birlarini yuz ifodasi, tovush ohangi va harakatlar yordamida tushunish mumkin.
21 VERBAL VA NOVERBAL MULOQOT Odamlar ortasidagi muloqotning eng muhim turlari verbal va noverbal muloqotdir. Verbal muloqot faqat insonga xos bolib, zarur shart sifatida tilni ozlashtirishni belgilab beradi. Nutq muloqot vositasi sifatida bir vaqtning ozida ham axborot manbai sifatida, ham suhbatdosh bilan ozaro tasirlashuv vositasi sifatida namoyon boladi. Noverbal muloqot til, tovush nutqining qollanilishiga asoslanmagan bolib, bu mimika, imo-ishoralar, pantomimika, sensor yoki tana orqali aloqalar vositasidagi muloqot. Bu boshqa odamdan qabul qilinadigan taktil (teri orqali sezish), korish, eshitish, hid bilish hamda boshqa sezgi va tasavvurlar.
22 Noverbal muloqot turlari – 1 Noverbal muloqotning besh xil shaki mavjud: kinesika, paralingvistika, proksemika, vizual muloqot va takesika. Kinesika – bu imo-ishoralar, mimika va pantomimikadan iborat bolgan muloqot vositalari tizimi. Paralingvistik va ekstralingvistik belgilar tizimi, shuningdek, nutq kommunikatsiyasi «qoshimchalar»idan iborat. Paralingvistik tizim – bu vokallashtirish tizimi, yani, tovush sifati, uning kolami, tonalligi. Ekstralingvistik tizim – nutqqa tanaffus va boshqalarni, masalan, tin olish, yotalish, yigi, kulgi, nutq jadalligini kiritish.
23 Noverbal muloqot turlari – 2 Proksemika – psixologiyaning muloqotni fazoda va vaqt boyicha tashkil etish talablari bilan shugullanadigan maxsus sohasi. Proksemikaning asoschisi amerikalik antropolog E.Xolldir. Proksemik xususiyatlarga sheriklarning muloqot vaqtidagi yonalishi va ular ortasidagi masofa kiradi. Vizual muloqot – bu kozlar orqali aloqa. Shuni takidlab otish joizki, servis sohasi bilan bogliq ish faoliyatida verbal, hamda noverbal aloqalar boyicha oz malakalarini muntazam oshirib boradiganlarga omad kulib boqadi. Takesika jismoniy muloqot. Masalan, silab qoyish, urib-urib qoyish, qol berib korishish, itarib yuborish, opishish.
24 MULOQOT va KOMMUNIKATSIYA Muloqot tushunchasini kommunikatsiya tushunchasidan farqlash lozim. Kommunikatsiya jonli va jonsiz tabiatdagi tizimlar ortasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar ortasidagi signallar almashinuvi, daraxtlardagi irsiy belgilarning kuzatilishi, insonning turli-tuman texnik vositalar bilan aloqaga kirishishi – bularning barchasi kommunikatsiya hisoblanadi. Muloqot faqat insonlar ortasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda, munosabatda bolish jarayonida ijtimoiylashib, shaxsga aylanib boradi.
25 MULOQOTning vazifalari B.F.Lomov va L.A.Karpenkoning fikricha, muloqotning 3 xil vazifasi mavjud: 1. Kommunikativ (axborot uzatish) vazifa. Muloqotning kommunikativ jihatida individlarning ozaro malumot almashinishi sodir boladi. 2. Interaktiv (hamkorlikda harakat qilish) vazifa. Muloqotning interaktiv jihatida individlar nafaqat bilim va goyalar, balki harakatlar bilan ham ozaro tasirni amalga oshiradilar. 3. Perseptiv (ozaro birgalikda idrok etish) vazifa. Muloqotning perseptiv jihati muloqot jarayonida ozaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir, yani muloqotning ushbu jihatida bir kishining ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, tushunilishi, baholanishi kuzatiladi. Muloqot – bu birinchi navbatda axborot bilan bogliq noyob hodisa, oziga xos axborot jarayonidir. Umuman olganda, axborot jarayonlari axborotni qabul qilish, saralash, saqlash, uzatish va boshqalardan iborat ijtimoiy jarayonlardir. Axborot jarayonlari butun jamiyat organizmini qurshab olib, barcha ijtimoiy tizimlarni qamraganligi, ijtimoiy hayotning har qanday, hatto, eng kichik qismida ham mavjudligi bilan ahamiyatlidir.
26 «Kommunikatsiya» atamasi fanga XX asrning boshida kirib kelgan. «Kommunikatsiya» lotincha communicatio, communico sozlaridan kelib chiqqan bolib, boglayman, muloqot qilaman manolarini anglatadi. Ijtimoiy fanlarda kommunikatsiya birgalikda harakat qilish, ozaro tasir haqidagi ilmiy bilim sohasi hamda ushbu jarayonlar va ularning natijalarini ifodalash uchun qollaniladi. Kommunikatsiya muammolariga tadqiqotchilar, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyin qiziqa boshlashdi yillar boshida falsafa va sotsiologiya ilmiy adabiyotlarida kommunikatsiya tushunchasining yuzdan ortiq tarifi yuzaga keldi. Masalan: 1.«Kommunikatsiya – bu murakkab dinamik tizimlar va uning axborotni qabul qilish, toplash, ozgartirish imkoniga ega qismlari ortasida axborot almashinuvi». 2.«Kommunikatsiya – bu axborotni oziga xos almashish, uning emotsional va intellektual mazmunini aks ettirish jarayoni». 3.«Kommunikatsiya – insonlarning kognitiv (kognitiv – shaxsning tashqi malumotni aqliy idrok etish va qayta ishlash qobiliyatini bildiruvchi atama) va mehnat faoliyati jarayonida ozaro munosabatlarga kirishishining oziga xos shakli». 4.«Kommunikatsiya – noverbal va verbal harakatlar natijasida axborot olish».
27 Kommunikatsiyaning tarixiy taraqqiyoti Kanadalik sotsiolog Marshal Maklyuen fikricha, kommunikatsiya usulining almashishi tarixning rivojlanish bosqichlarini ifoda etadi. Shunga kora u insoniyat rivojlanishning quyidagi davrlarini ajratgan: ogzaki kommunikatsiya (bu davrda jamoa doirasida kommunikativ muhit kommunikantlarni bevosita har tomonlama qamrab olgan); yozma kommunikatsiya (yozilgan xabarlar vaqt va makon tosiqlarini kesib otgan); nashr-kommunikatsiya (kommunikantlarni yalpi qamrab olishning oshishi, «Gettenberg galaktikasi»ning yaratilishi, yani bosma kitoblar chop etish texnologiyasining ixtiro qilinishi); multimedia kommunikatsiyasi (bevosita muloqotga global miqyosda kirishish).
28 Kommunikatsiya tadqiqotlari Kommunikatsiya muammolarini gumanitar, tabiiy va texnik fanlar vakillari tadqiq qilishadi. Faqat insonlararo emas, balki hayvonlararo, kompyuterlararo, «inson-mashina» va aloqa tizimlarida axborot almashinuvini organuvchi fanlarning vakillari – kibernetiklar, biologlar, etologlar, semiotiklar axborot almashinuvini kommunikatsiya deb ataydilar. Shuningdek, XX asrning 60-yillarida amerikalik sotsiloglar (Lazarsfeld, Lippman, Lassuell, Merton, Maklyuen va boshqalar) oz tadqiqotlarida «ommaviy kommunikatsiya» atamasini ham qollay boshladilar. Shu tariqa, kommunikatsiya nazariyasi mustaqil fan sifatida shakllanib borib, ozining predmeti, kategoriyalar apparati, oz qonuni va tarixiga ega boldi. Kommunikatsiya nazariyasi axborot almashinuvining universal mexanizmlari va qonuniyatlarini organadi. Shuningdek, uning ommaviy kommunikatsiya nazariyasi, shaxslararo kommunikatsiya nazariyasi kabi tarmoqlari ham mavjud.
29 Kommunikatsiya shartlari Kommunikatsiyani amalga oshirish imkoniyati muayyan shartlar bajarilgandagina paydo boladi. Ular quyidagilar: kommunikativ jarayon uchun kamida ikki tomonning ishtiroki zarur; kommunikatsiya doimo teskari aloqa tamoyiliga tayanadi; kommunikatsiya malum belgilar tizimisiz amalga oshirilmaydi. Hаr qanday nazariyada bolganidek, kommunikatsiya nazariyasi ham «axborot», «kommunikatsiya», «axborot almashinuvi», «kommunikativ makon» kabi oziga xos tushunchalari (kategoriyalari) ga ega. M.Veber, G.Gadamer, G.Shpetler ilgari surgan kommunikatsiya modelida kommunikatsiyaning asosiy natijasi bu insonning boshqa inson tomonidan tushunilishi, ozaro tushunish deb ataladi. Kommunikatsiya – bu oziga xos axborot almashinuvi bolib, uning natijasida jonatuvchidan qabul qiluvchiga intellektual va emotsional axborotni uzatish jarayoni kechadi. Kommunikativ jarayonning turli modellari mavjud. Misol uchun, Aristotel kommunikatsiya jarayonining uchta (notiq – nutq – auditoriya) komponentini ajratgan bolsa, zamonaviy variantda u «kommunikator – xabar – kommunikant» korinishiga ega.
30 Kommunikatsiya va muloqotning farqlari Qator qomusiy va izohli lugatlarda «kommunikatsiya» atamasi «xabar yoli, muloqot» deb talqin qilingan. Taniqli faylasuf M.S.Kagan fikricha, kommunikatsiya va muloqot kamida ikki jihatdan farqlanadi. Birinchidan, «muloqot amaliy, moddiy va manaviy axborot almashinuvidir va u amaliy- manaviy xarakterga ega, kommunikatsiya esa … u yoki bu xabarlarni uzatish bilan bogliq sof axborot jarayonidir». Ikkinchidan, ular ozaro munosabatga kirishayotgan tizimlarning aloqa xossalari boyicha bir-biridan ajralib turadi. Kommunikatsiya subyekt-obyekt aloqasi bolib, unda subyekt malum axborotni uzatadi, obyekt esa axborotning passiv qabul qiluvchi sifatida namoyon boladi, uning vazifasi axborotni qabul qilish, tushunish, yaxshi anglash va shu axborotni inobatga olib, harakatlanishdan iborat. Shunday qilib, M.S.Kagan fikricha, kommunikatsiya bir tomonga yonaltirilgan jarayondir. Muloqot esa, aksincha, subyekt-subyekt aloqasi bolib, unda «xabarlar jonatuvchisi va qabul qiluvchilar yoq, balki suhbatdoshlar, umumiy faoliyat ishtirokchilari bor». Muloqotda axborot sheriklar ortasida harakatlanadi, demak, muloqot jarayoni kommunikatsiyadan farqli ravishda ikki tomonlama yonaltirilganlik xarakteriga ega.
31 Muloqot insonlar ortasida ozaro bogliqlikni ornatish va taminlashga qaratilgan hamda, birinchi navbatda, verbal, yani til (nutq yoki matn) yordamida amalga oshiriladigan oziga xos axborot almashinuvi jarayonlarini bildiradi. Inson muloqotda shakllanadi, rivojlanadi va shaxs sifatida namoyon boladi. Ijtimoiy muloqotda ruhiyat taraqqiy etadi va individ ozini hayotga joriy etadi. Ruhiy jihatdan rivojlangan odamlar bilan muloqotda bolish orqali, ilm olishga bolgan keng imkoniyatlar evaziga inson ozining barcha yuksak qobiliyat va sifatlarini egallab borib, shaxsga aylanadi. Muloqot – verbal axborot almashinuv jarayoni
32 UY VAZIFASI 1. Muloqot va kommunikatsiya jarayoni mavzusi boyicha tayyorlangan ushbu taqdimotdagi bilimlarni ozlashtiring. 2. Ozingiz yoqtirgan shaxsning noverbal muloqoti tahlilini taqdimot orqali auditoriyada namoyish eting.
33 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Андреева Г. М. Социальная психология: Учебник для высш. шк. Москва: Аспeкт-Прeсс, – 375 с. 2. Вебер М. О некоторых категориях понимающей социологии // Вебер М. Избранные произведения. Москва: Прогресс, – C Каган М.С. Мир общения. Москва, – С Коган М.С. Человеческая деятельность: опыт систeмного анализа – Москва: Издательство политической литературы, – С Коган М.С. Человеческая деятельность: опыт систeмного анализа – Москва: Издательство политической литeратуры, – С Ломов Б.Ф. Методологическиe и теорeтические проблемы психологии. Москва, 1984, С Соколов А.В. Защита информации в распрeделенных корпоративных сетях и систeмах / А.В. Соколов, В.Ф. Шаньгин. Москва: ДМК Пресс, – 656 с. 8. Социологический энциклопедический словарь. В русском, английском, немецком, французском и чешском языках. Редактор – координатор – академик РАН Г.В.Осипов. – Москва: Издательская группа ИНФРА. Москва: НОРМА, – С. 210.
34 ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Еще похожие презентации в нашем архиве:
© 2025 MyShared Inc.
All rights reserved.