Скачать презентацию
Идет загрузка презентации. Пожалуйста, подождите
Презентация была опубликована 3 года назад пользователемshahnoza Norpulatova
1 MEHNAT VA IQDISOD TARBIYASINING MOHIYATI,MAQSADI VA VAZIFALARI
2 MEHNAT TARBIYASI Mehnat tarbiyasi - tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri bo ʻ lgan pedagogik jarayon. Mehnat tarbiyasi kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, institutizom, batartiblik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning ko ʻ zini bilish singari sifatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Mehnat inson ehtiyojlarini qondirishning birinchi va asosiy vositasi bo ʻ lganligi uchun ham Mehnat tarbiyasi tarbiyaning boshqa hamma turlaridan oldin paydo bo ʻ lgan Mehnat tarbiyasi g ʻ oyat keng falsafiy-pedagogik kategoriya bo ʻ lib, "mehnat ta ʼ limi", "kasbga yo ʻ naltirish", "politexnik ta ʼ lim", "kasb ta ʼ limi" singari tu-shunchalarni o ʻ z ichiga oladi. Mehnat tarbiyasi berish hamma zamonlarda ham jamiyat taraqqiyotining asosi, yoshlarni hayotga tayyorlashning eng muhim vositasi bo ʻ lib kelgan. Shuning uchun ham barcha ilo-hiy kitoblar va hamma mutafakkirlar tomonidan yaratilgan bitiklarda Mehnat tarbiyasi ga katta e ʼ tibor berilgan. Lekin ularga materialist (moddiyunchi)lardan farqli tarzda Mehnat tarbiyasi deyilganda faqat jismoniy mehnatga doir ko ʻ nikma va malakalarni shakllantirish ko ʻ zda tutilmagan. Mehnat tarbiyasi, avvalo, oilada bola o ʻ zini anglay boshlashi bilanoq amalga oshirila boradi. Jumladan, chaqaloklar go ʻ daklik bosqichiga o ʻ tishlari bilanoq, ularga dastlabki Mehnat tarbiyasi berila boshlanadi.
3 OZBEKISTON RESPUBLIKASINING TALIM TOGRISIDAGI QONUNI VA KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI O ʻ zbekiston Respublikasining "Ta ʼ lim to ʻ g ʻ risida"gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 yil 29 avg.)ga muvofiq, o ʻ rta maxsus ta ʼ lim bosqichining majburiy bo ʻ lganligi o ʻ zbek o ʻ quvchilariga Mehnat tarbiyasi berishda alo-hida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu bosqich to ʻ liq kasbga yo ʻ naltirilgan bo ʻ lib, kasbhunar kollejlari o ʻ quvchilari bevosita o ʻ zlari tanlagan kasblarga doir ko ʻ nikma va malakalar shakllantirsalar, akademik litsey o ʻ quvchilari kelajakda egallaydigan kasblarning nazariy asoslarini o ʻ zlashtiradilar. Oliy ta ʼ limning bakalavriat va magistratura bosqichlarida Mehnat tarbiyasi bevosita kasb ta ʼ limi bilan qo ʻ shib amalga oshiriladi. Mehnat tarbiyasi berishda o ʻ quvchilarning bo ʻ sh vaqtidan to ʻ g ʻ ri foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Bolalarning o ʻ quv rejasida ko ʻ zda tutilgan, mehnat amaliyotini o ʻ tashlarini to ʻ g ʻ ri tashkil etish, ularni bolalar, o ʻ smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari qoshidagi to ʻ garaklarga ko ʻ proq jalb qilish yosh avlodning komil shaxslar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
4 IQDISODIYOT NAZARIYASI ruscha: "Экономическая теория", inglizcha: "Economics" ) - insonlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirish uchun cheklangan resurslardan samarali foydalanishni va xo'jalik yuritish jarayonida turli tomonlar orasida yuzaga keluvchi munosabatlarni o'rganuvchi fan.Economics atamasi qadimgi yunon tilidagi ο κος (oikos, "uy") + νόμος (nomos, "odat" yoki "qonun"), demak "uy (xo'jaligi)ni yuritish qoidalari" yig'indisi ο κονομία (oikonomia, "uy xo'jaligini boshqarish") so'zidan olingan. ruschainglizcha
5 I qtisodiyotning qonun-qoidalari, tushunchalari va rivojlanish tamoyillarini o ʻ rganuvchi umumiqtisodiy va nazariy fan. Iqtisodiyot nazariyasi xorij mamlakatlarida "Ekonomiks", "Ekonomika" va "Siyosiy iqtisod" nomlari bilan, MDH mamlakatlarida "Iqtisodiyot nazariyasi" nomi bilan yuritiladi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotni umumiy jihatidan va har bir iqti-sodiy tizimga tadbiqan o ʻ rganadi, iqtisodiy hodisalarni mikro va makro hamda jahon iqtisodiyoti darajasida tahlil etadi. Bu fan O ʻ zbekistonda "Iqtisodiy bilim asoslari" sifatida maktablarda, "Iqtisodiyot asoslari" sifatida kollej va akademik litseylarda va "Iqtisodiyot nazariyasi" sifatida oliy o ʻ quv yurtlarida o ʻ rganiladi. Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo'lib, tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi va iste'mol qilinishi jarayonlarini o'rganadi. Iqtisodiyot nazariyasining predmeti kishilarning cheklangan iqtisodiy resurslar sharoitida muqobil xo ʻ jalik yuritish asosida o ʻ z ehtiyojlarini qondirishga qara-tilgan xattiharakatlari, ularni belgilovchi iqtisodiy shartsharoitlar hisoblanadi. Bu fan xo ʻ jalik yurituvchi sub ʼ yektlarning (firmalar, xonadon, ayrim individ va davlat) iqtisodiy xattiharakatlarini yaxlitlikda o ʻ rganadi. Uning tadqiqot ob ʼ yekti iqtisodiy hodisalar bo ʻ lib, ular ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va iste ʼ mol sohasida yuz beradi. Tabiiy sharoit bu iqlim, tuproqning tu-zilishi, yer osti boyliklarining mik,dori, o ʻ simlik va hayvonot dunyosidan, odamlarning ish qobiliyatidan iborat-ki, bu omillar iqtisodiy faoliyatga ta ʼ sir etmay qolmaydi.
6 Iqtisodiyot nazariyasi siyosatni o ʻ rganmasada, uning iqtisodiyotga ta ʼ siri bilan shug ʻ ullanadi, chunki to ʻ g ʻ ri tanlangan siyosat iqtisodiyotga ijobiy, aksincha bo ʻ lganda esa unga salbiy ta ʼ sir o ʻ tkazadi. Iktisodiy vaziyatni hisobga oladigan, shu vaziyatda qonunlarning amal qilishi, binobarin, iqtisodiy zarurat mavjudligini, uni yuzaga chiqarish chora-tadbirlarini belgilovchi siyosat iqtisodiy rivojlanishga faol ta ʼ sir etadi. Shu ma ʼ noda iqtisodiyotni siyosatning ilmiy asosi deb hisoblash mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotdagi turli hodisalar, jarayonlarni o ʻ rganganda ular qonun-tushunchalar darajasida ilmiy jihatdan yzohlab beriladi. Iqtisodiy tushunchalar iqtisodiyotni o ʻ rganishda qo ʻ llaniladigan na-zariy bilimlar bo ʻ lib, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifoda etilishidir. Ular 2 guruhga bo ʻ lib o ʻ rganiladi: Umumiqtisodiy tushunchalar iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos tushunchalar, mas, mehnat, ishlab chiqarish, mahsulot, ish kuchi, resurs kabilar. Ayrim ijtimoiy-iqtisodiy tizimga xos tushunchalar, mas, pul, talab, taklif, baho, kredit, emissiya, inflyasiya kabilar ayrim tizimga xosdir. Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy jarayon va hodisalarning belgilarini umumlashtirish asosida iqtisodiy qonunlar ta ʼ riflanadi.
7 Iqtisodiyot nazariyasi faniga 17-asrda Yevropada asos solingan, bu bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan bog ʻ liq bo ʻ lib, uning qonun va qoidalarini bilishga intilish Iqtisodiyot nazariyasini yuzaga keltirgan. U G ʻ arbda paydo bo ʻ lsada, uni oziqlantirgan iqtisodiy g ʻ oyalar dastlab Sharqda, xu-susan, Markaziy Osiyoda shakllangan. Bu o ʻ rinda Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug ʻ bek asarlarini eslash kifoyadir. Iqtisodiyot nazariyasi dastlab "Siyosiy iqtisod" nomi bilan yuzaga kelgan. Bu tushunchani birinchi marta A. Monkretyen (Fransiya) o ʻ zining "Siyosiy iqtisod xaqida traktat" asarida (1615 y.) qo ʻ llagan. A. Monkretyen va T. Man (Angliya) Iqtisodiyot nazariyasidagi merkantilizm oqimiga asos solishgan. Ulardan so ʻ ng fiziokratlar maktabi paydo bo ʻ ldi (18-asr). Uning eng yirik namoyandasi "Iqtisodiy
8 Iqtisodiy tarbiya ham shaxsning barkamol shakllanishining zarur shartidir. Yoshlarni iqtisodiy tarbiyalash pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bolib kelgan va shunday bolib qolaveradi. Bozor iqtisodiga otayotgan bir sharoitda va keyingi rivojlanishda ham yoshlarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish muhimdir. Bu sohada hukumatimiz gamhorlik korsatmoqda va pedagoglarimiz tadqiqotlar olib bormoqda. Iqtisodiy tarbiya oquvchilarda tejamkorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob qilish qobiliyatini shakllantiradi. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan muntazam boyitilib, ilmiy asoslab kelingan. Bu borada Al-Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy orin tutishini alohida takidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va oz ishiga puxta bolishi kerak. Shunda u oz mehnatining (ozgalarning ham) natijalarini olchovlar orqali aniqlay olishi mumkin.tomonidan muntazam boyitilibUning fikricha IQTISODIY TARBIYA (TEJAMKORLIK).
9 A.N.Forobiy Baxt-saodatga erishuv haqida asarida shunday yozadi: Inson oz mablagini togri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizganchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi. A.Avloniy Iqtisod deb, pul va mol kabi nematlarning qadrini bilmakka aytilur yana Hozirgi zamonda maqsadga yetmoq, xalqqa maqbul bolmoq uchun ilm va mol lozimdur kabi qimmatli goyalarni olga surgan. Masalan, uning quyidagi fikrlarini koraylik: Amerikaliklar bir dona bugdoy ekib, yigirma qadoq bugdoy olurlar, yevropaliklar ozimizdan olgan 5 tiyinlik paxtamizni ozimizga 25 tiyinga soturlar. Ammo biz osiyoliklar, xususan, turkistonliklar, dumba sotib, chandir chaynaymiz: qaymoq berub, non orniga kesak tishlaymiz, sozning qisqasi, hozirgi zamonga muvofiq kishi bolmak uchun ilm va marifat ila barobar iqtisod, insof tugamas sai, bitmas gayrat lozimdir.
10 Ahmad Yugnakiy Hibbatul haqoyiqda: Mol-mulksiz kishi uchun bilim – bitmas-tuganmas mulkdir, kambagal uchun bilim hisob – xatosiz hisobdir. Bu fikrdan shuni anglash zarurki, inson ozining ilmi bilan ijtimoiy hayotga tejamkorlik konikmalarini shakllantiradi va oz hayotini oqilona tashkil qiladi.
Еще похожие презентации в нашем архиве:
© 2025 MyShared Inc.
All rights reserved.