Скачать презентацию
Идет загрузка презентации. Пожалуйста, подождите
Презентация была опубликована 3 года назад пользователемrustam abduqahorov
1 OZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI KOMPYUTER ARXITEKTURASI FANI 1- MUSTAQIL ISH
2 Mavzu: Kompyuterning ichki va tashqi tuzilishi BAJARDI:
3 Reja : Kompyuterning texnik taminoti: Kompyuter turlari Kompyuterning asosiy va qoshimcha qurilmalari Kompyuterning dasturiy taminoti: Sistemaviy dasturiy taminot Amaliy dasturiy taminot
4 Kompyuter Kompyuter - inglizcha so`z bo`lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda faqat hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma'lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma'lumotlarni qayta ishlashdan iborat.
5 Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma'lumotlarning razrad to`rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo`lish mumkin: - super kompyuterlar (Super Computer); - blok kompyuterlar (Manframe Computer); - mini kompyuterlar (Minicomputer); - shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer); - bloknot(noutbook) kompyuterlar
6 Superkompyuter Super kompyuterlar (TOP 500 kompyuterlar)-juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Bunday masalalar sifatida ob- havoning global prognoziga oid masalalarni, uch o`lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o`rganish masalalari, global informatsion sistemalar va hokazolarni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trillionlab amal bajaradi. Superkompyuterlar bahsida AQSH energetika vazirligining Sandia laboratoriyasida o`rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red kompyuter sistemasi karvonboshilik qilmoqda. Uning tezligi kompyuterlar tezligini o`lchovchi- Linpacr parallel testida 1 TFLOPS (1 TFLOPS-1000 GFLOPS teng, 1GFLOPS esa FLOPS, 1FLOPSsekundiga 1000 amalga teng). Xususan, bu kompyuter yadro sinovlarini va eskirayotgan yadro qurollarini modellashtirishda qo`llaniladi. E'tiborlisi shuki, Tokio universiteti dunyoda to`rtinchi o`rinda turadigan, sekundiga 873GFLOPS amal bajaradigan, 128 protsessorli SGI ASCI Blue kompyuteriga ega.
7 Quyidagi jadvalda Top kompyuterlar haqida ma'lumot keltirilgan: Rusumi: Mamlakat: Kompaniya:
8 Blok kompyuterlar Blok kompyuterlar (Manframe Computer)-fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo`ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog`ona past. Bularga misol sifatida AQShning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
9 Mini kompyuterlar Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan blok kompyuterlardan kamida bir pogona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor-dasturiy boshqaruv protsessori) turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan (maxfiy hisoblangan) VAX, SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqalar minikompyuterga misol bo`la oladi. Shuni aytish joizki, minikompyuterlar o`zlarining katta og`alari Manframe kompyuterlarni imkoniyatlari darajasiga ko`tarilib bormoqda. Buning uchun tarixga nazar solish va hozirgi ularning taraqqiyotini kuzatish yetarli.
10 Shaxsiy kompyuterlar Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o`quv yurtlarida keng tarqalgan bo`lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir. IBM rusumiga mos kompyuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar ishlab chiqarilishiga qaramay ham texnik, ham programma ta'minoti mosligi, ya'ni birbiriga to`g`ri kelishi nazarda tutiladi.
11 Bunday kompyuterlar hajmi jihatidan kichik (bir stol ustiga joylashadi), amal bajarish tezligi, masalan PENTIUM-3 MMX protsessori o`rnatilgan kompyuterlarida hozirgi kunda megagersni, xotira hajmi esa megabaytni tashkil qiladi. Bu ko`rsatgichlar o`ta tez o`zgarib, har ikki yilda kompyuterlar imkoniyati ikki baravar oshishi, ularning narxi esa shunchaga arzonlashishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Bugungi kunda Pentium IV kompyuterlari ham jahon bozorida keng tarqalmoqda. IBM PC moslik kompyuterlarini yuzlab firmalar ishlab chiqarmoqda. Bular IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens Nixdors, Acer, Olivetti, Gateway, SUN va boshqa firmalardir. Shuni aytish joizki, yuqorida nomlari zikr etilgan firmalar ishlab chiqargan kompyuterlar (bradename) - Oq yasalgan, Janubiy-Sharqiy mamlakatlarda: Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya va boshqa mamalakatlarda yuqorida nomlari keltirilgan firmalar litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan kompyuterlar Sariq yasalgan nomga ega. Firma nomlari ko`rsatilmagan kompyuterlar esa nomsiz kompyuterlar (noname)deb yuritiladi. Ayniqsa, keyingi guruh kompyuterlarni sotib olishda ular yaxshi tekshiruvdan (testlar yordamida) o`tkazilishi lozim. Shaxsiy kompyuterlar uchun uning muhim ko`rsatkichi ishlash kafolatining (kamida uch yil) bo`lishi muhim. Shu bilan birga, bunday kompyuterlarni sotib olganda litsenzion programma ta'minoti va tegishli adabiyotlar bilan birga berilish imkoniyati mavjudligi nazarda tutilishi kerak
12 Noutbuk Noutbuk kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo`lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko`tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr energiyasidan, ham ichiga o`rnatilgan batareyalarda uzluksiz (batareyani har safar almashtirmasdan) ishlashi mumkinligidir.
13 Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o`zi zarad ola boshlaydi va u batareya bir necha yillarga mo`ljallangan bo`ladi. Hozirda bunday noutbuklarni IBM, Compaq, Acer, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda. Tabiiyki, bunday kompyuterlar o`z imkoniyatlari nuqtai nazaridan shaxsiy kompyuterlarga tenglashayotganini nazarda tutilsa, uning narxi baland bo`lishini sezish qiyin emas. Bundan tashqari, bunday rusumli kompyuterlar 8-10 yil mobaynida buzilmasdan ishlash qobiliyatiga ega. Ular shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan operatsion sistemalar MS DOS, qobiq programmalar, Windows ning oxirgi versiyalarida va boshqa operatsion sistemalar boshqaruvida ishlaydi. Hozirda noutbuk kompyuterlaridan ham ixcham cho`ntak kompyuterlari ham ishlab chiqilmoqda. Ular ham tabiiyki, operatsion sistema boshqaruvida ishlaydi va ular turli soha masalalarini yechishga qodir.
14 Kompyuterning ishlash prinsipi Ixtiyoriy kompyuterning ishlash prinsipini birinchi bo`lib ingliz olimi Charlz Bebich va uning g`oyasini mukammallashgan ko`rinishini Djon Fon Neyman taklif qilgan. Uning prinsipi programma asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma-ket ishlash g`oyasidan iborat. Hozirda ko`p kompyuterlar shu g`oya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko`p protsessorli kompyuterlar, ya'ni bir vaqtda programmaning bo`laklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan kompyuterlar ham yaratilganligini eslatib o`tish joizdir. Shunday qilib, kompyuter avvaldan tuzilgan programma asosida ishlaydi. O`z navbatida programma qo`yilgan masalani kompyuterda yechish uchun qandaydir programmalash tilida yozilgan buyruqlar (operatorlar) ketma-ketligidir. Programmalash tilida tuzilgan programmalar maxsus tarjimon programmalar yordamida kompyuter tiliga o`tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, ma'lum qoidalar asosida yoziladigan ketma-ketliklardan iborat. Djon Fon Neyman prinsipi bo`yicha avtomatik ravishda bajariladigan programma avval kompyuterning xotirasiga kiritiladi (yuklanadi). Xotirada turgan programma asosida programmani tashkil etuvchi har bir operator ketma-ket bajariladi.
15 Kompyuterning asosiy qurilmalari Sistema bloki Monitor Klavitura
16 Sistema bloki Sistema bloki asosiy xotira, protsessor va electron sxemadan tashkil topgan. Asosiy xotira esa tezkor xotira qurilmasi (TXQ) hamda doimiy xotira qurilmasi (DXQ)dan tashkil topgan. TXQda (boshqacha nomi RAM Random Access Memory) kompyuterga kiritilgan va ish jarayonida hosil bolgan barcha axborotlar saqlanadi. Kompyuter manbaadan uzilgach TXQdagi malumotlar ochib ketadi. DXQda esa axborotlar ozgarmasdan doimiy saqlanadi.
17 Ona plata Ona plata (inglizcha: motherboard, MB, yoki inglizcha: mainboard bosh plata; hisoblanadisleng. ona) Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari tezkor xotira,qattiq disk va boshqa qurilmalar oʻrnatiladigan koʻp qatlamli muxr plata. Aynan ona plata bir-biridan farq qiluvchi qurilmalarni birlashtiradi va boshqaradi.inglizcha hisoblanadisleng.tezkor xotiraqattiq disk
18 Ona plataga o ʻ rnatiladigan asosiy qurilmalar: Markaziy protsessor (CPU).protsessor Tizimning mantiqiy yig ʻ indisi (chipset inglizcha: chipset) Markaziy protsessor (CPU)ni tezkor xotira va periferik qurilmalar kontrollyo ʻ rlari bilan ulanishni ta ʼ minlovchi mikrosxemalar yig ʻ indisi. Odatda, zamonaviy tizimning mantiqiy yig ʻ indisi: Shimoliy" va Janubiy ko ʻ priklar asosida quriladi.chipsetinglizchaprotsessor Shimoliy ko ʻ prik (inglizcha: Northbridge), MCH (Memory controller hub), tizim kontrollyori. Shimoliy ko ʻ prikinglizcha Janubiy ko ʻ prik (inglizcha: Southbridge), ICH (I/O controller hub), periferik kontrollyor. Janubiy ko ʻ prikinglizcha
19 Protsessor Markaziy protsessor (ingl. central processing unit - CPU, markaziy hisoblash qurilmasi) yilda Intel firmasi tomonidan 2250 tranzistorli birinchi mikroprotsessor 4004 ishlab chiqarilgan. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajaruvchi, boshqaruvchi qurilma. Har bir dastur buyruqlar ketma-ketligidan tashkil topadi. Protsessor shu buyruqlarini bajaradi. Protsessorlar ota katta integral sxemalar asosida quriladi. Protsessor tezligi 1 sekundda bajaradigan amallar soni bilan belgilanadi va u Hz (gers) larda olchanadi. Protsessorning bir vaqtning ozida necha bit bilan ishlashi uning razryadini belgilaydi. Hozirgi kunda 8, 16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlar keng qollanilmoqda.
20 Operativ xotira(RAM) Tezkor xotira (rus. Operativnaya Pamyat, ingl. RAM-Random Access Memory)- kompyuterni elektr manbaga bogʻliq boʻlgan xotirasi hisoblanadi. Protsessor qisqa vaqt ichida koʻp ishlatiladigan jarayonlarni tezkor xotiraga yuklab oladi va bu kompyuterni ishlashini tezlashtirish uchun xizmat qiladi. Tezkor xotirani asosiy oʻlchov birligi uning xotira hajmi boʻlib, kilobayt, megabayt, gigabaytlarda oʻlchanadi. Tezkor xotira chastotasi tezkor xotira shinalaridan maʼlum vaqt ichida oʻtadigan maʼlumotlar potoki soni.kilobaytmegabaytgigabaytlarda
21 Qattiq disk(HDD) Qattiq disk - magnit saqlash qurilmasi. Ushbu qurilmada ma'lumotlar alyuminiy yoki shisha disk yuzasiga yotqizilgan ferromagnit material qatlamiga yoziladi.
22 Monitor Monitor - bu tasvirni videokartadagi yoki anakartdagi portga simi orqali ulab, aks ettirish uchun moslama. Bu batafsil ranglar, chiziqlar va butun tasvirni ko'rsatish orqali qurilmaning imkoniyatlarini kengaytirishga imkon beradigan kompyuter uskunalari. Monitor juda ko'p nomlarga ega: ekran, displey va boshqalar, shuning uchun har xil talqinda bo'lsa ham, har bir kompyuter foydalanuvchisi bunday qurilmaning nomlanishiga duch keladi.
23 Klavitura Klaviatura maʼlumot kirgizish uchun yoki biror bir qurilmani boshqarish uchun moʻljallangan maʼlum tartibda joylashgan dastak tugma. Odatda, tugmachalar qoʻl barmoqlari bilan eziladi. Lekin, sensorli klaviaturalar ham boʻladi. sensorli
26 Kompyuterning qoshimcha qurilmalari Sichqoncha Printer Skaner Modem DVD diskovod Flesh xotira
27 Sichqoncha
Еще похожие презентации в нашем архиве:
© 2025 MyShared Inc.
All rights reserved.