Скачать презентацию
1 Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti ozbek filologiyasi fakulteti Ozbek tili va adabiyoti kafedrasi f.f.n. dotsent Abdullaev Xamro Dauletbaevich
2 Inson – adabiyotning asosiy qahramoni Reja: 1. Inson - badiiy adabiyotning predmeti 2. Adabiyotdagi asosiy obraz – inson. 3. Hayot voqeligi va badiiy toqima 4. Badiiy obraz turlari
3 Nazariy manbalarda – badiiy adabiyotning predmeti – inson deb korsatiladi. Ammo mazkur fikr tor tushunish natijasidir. Chunki adabiyot insonni alohida(izoliyatsiyalangan) holda emas, balki jamiyat, tabiat, borliq bilan birlikda, uzviy aloqada organadi. Zero, insonning ozini ulardan holi, izoliyatsiyalangan holda tassavvur etib bolmaydi. Inson tabiatan ijtimoiy hodisadir. Modomiki, adabiyotning predmeti ham yaratuvchisi ham inson ekan uning ijtimoiy bolmasligi mumkin emas. Demak, ijtimoiy ong shakllari orasida badiiy adabiyot va sanat borliqni obrazlar vositasida idrok etishi bilan farq qiladi. Jumladan, adabiyot soz vositasida ish koradi.
4 Inson – ijtimoiy maxluq deganlari bejiz emas. Zero, inson sifatida shakllanish uchun odamdan tugilgan bolishning ozi kifoya emas. Inson dunyoga kelgani holda, insonlardan ayro yashagan odam inson sifatida shakllana olmaydi. Demak, bizning ongimizdagi bilim va tasavvurlarning aksariyati vorisiy xarakterga ega.
5 Biologiya fanini olib qaraydigan bolsak, uning botanika tarmogida osimliklar dunyosi tekshirilsa, zoologiya yonalishida hayvonot olami organiladi. Shu singari adabiyotshunoslikning adabiyot tarixi qismida soz san'ati tarixi, adabiyot nazariyasi qismida adabiyotdagi ozgarishlar, yonalish, tamoyillar, nazariy masalalar, adabiy tanqid qismida esa joriy adabiyot hodisalari, adabiy jarayon muammolari tadqiq etiladi. Bu adabiyotshunoslik uchun organish manbasi yagona badiiy adabiyot asarlari ekanligini bildiradi. Badiiylik ijodkorning oz fikrini oquvchiga xuddi ozi his qilgan, idrok etgan darajada tushuntira olishdir. Badiiylikning yuksak korinishi obrazlarda namoyon boladi. Ijodkorning iqtidori, uning san'atkor sifatidagi mahorati u yaratgan badiiy obrazda namoyon boladi.
6 Qobil bobo SotiboldiTurobjon Ingliz adabiyotshunosi Iglton har qanday asar emas, hayot voqyeligi badiiy obraz vositasida gavdalantirilgan asargina badiiy asar sanaladi, deydi. Hayot voqyeligining aksi bolgan badiiy obraz esa turmushdagi hodisalarning shunchaki aksi emas, balki muayyan ideal asosida ijodiy qayta ishlangan korinishi bolib, u ozida konkretlilik va umumiylikni ifodalaydi. Masalan, A.Qahhorning Ogri hikoyasidagi Qobil bobo, Bemor hikoyasidagi Sotiboldi, Anor hikoyasidagi Turobjon obrazi aniq bir kishi bolishi barobarida, ozida koplab odamlarning ahvoli, taqdirini mujassamlashtiradi.
7 Obraz faqat san'atgagina xos hodisa emas. Ilm-fanda ham obraz mavjud. Unda obraz muayyan fikr, goyani isbotlash, tasdiqlash uchun xizmat qiladi. Ilm- fandagi obraz voqea-hodisaning shunchaki surati, korinishi, nusxasini bildiradi. San'at va adabiyotdagi obraz esa voqea-hodisalarning oddiy nusxa yoki surati emas, balki ularning chizib, yonib, oyib yasalgan ta'sirchan qiyofaga keltirilgan holatidir.
8 Bevosita badiiy obraz nima ekanligini sharhlaydigan bolsak, avvalo, adabiy asarda (umuman, san'atning barcha turlarida) tasvirlangan inson, narsa-buyum, hodisalarning barchasi obraz deb yuritiladi. Chunki ularning har biri hodisaning ma'lum bir qirrasi, jihatini ozida namoyon etib, voqyelikni tola tasavvur etish imkonini beradi. Biroq obraz terminini, avvalo, insonga nisbatan qollash maqsadga muvofiq. Chunki san'at va adabiyot asarlarida hayotni korsatishdan kozda tutilgan maqsad avvalo insondir.
9 obraz badiiy obraz San'at va adabiyotda obraz deyilganda inson nazarda tutilar ekan, demak, u ijodkorning maqsad, muddaosini ifoda etuvchi kishi tasviridir. Yozuvchi, shoir, rassom, haykaltarosh bu kishini oz hayotiy kuzatishlari, tajribasi, xayoli quvvati bilan yaratadi. V.Belinskiy san'at va adabiyotda obraz deyilganda inson e'tiborga olinishini ta'kidlar ekan, Tabiat san'atning timsolidir, lekin undagi eng oliy predmet esa albatta inson hisoblanmogi kerak, deydi. Shuningdek, badiiy obraz deyilganda inson bilan birgalikda ijodkor qollagan ifodalar, kochma ma'no beruvchi soz, iboralar ham tushuniladi.
10 obraz Badiiy obraz termini asarda qollangan badiiy vositalar (oxshatish, sifatlash, mubolaoa kabi)ga nisbatan ham ishlatiladi. Shuningdek, muayyan davrga xos manzaralarni qabariq, ta'sirchan holda gavdalantirishga insbatan ham bu asarda davrning oziga xos obrazi gavdalantirilgan deyiladi. Bundan anglashiladiki, badiiy obrazning ikki muhim xususiyati mavjud. Birinchidan, obrazda hodisalarning muhim xususiyatlari umumlashtiriladi. Ikkinchidan, unda muayyan aniqlik (yakka hodisa, alohida bir odam) aks etadi. Demak, obraz ham umumlashgan, ham individuallashgan xususiyatni ozida gavdalantirgan hodisadir.
11 Badiiy asarning ta'sirchan, jozibali chiqishini ta'minlash uchun har bir ijodkor, albatta, badiiy toqimadan foydalanadi. Badiiy toqima obrazning ichki-tashqi qiyofasi, maqsad, intilishlarini namoyon etuvchi voqyealarni oylab topishdir. Badiiy toqima obrazning qiyofasini yorqin ettirganidek, asardagi voqyealarning qiziqarliligini ta'minlaydi. Chunki badiiy toqima ijodkorga mavjud voqelikni aslidagidan kora keskinroq, shiddatliroq, qiziqarliroq korsatish imkonini beradi.
12 badiiy toqimadir Barcha san'at asarlarini barkamol qilgan hodisa, avvalo, badiiy toqimadir. Abdulla Qodiriyning Otkan kunlari ham, Abdulla Qahhorning Ogri, Bemori ham, Abdulla Oripovning she'rlari ham badiiy toqima asosida yaratilgan asarlardir. Ularda badiiy toqima asosida mavjud hayotning ta'sirchan manzaralarini korsatilgan.
13 Ingliz adabiyotshunosi Terri Iglton : Agar shoir mening sevgilim qizil gulga oxshaydi, desa, biz bunga ishonamiz. Shoirning ehtirosga tola bu kabi sozlarini eshitganimizda, oqiganimizda biz unga hech qanday e'tiroz bildirmaymiz. Chunki shoirning oz ma'shuqasini qizil gulga qiyoslashi galati tuyulmaydi, hech kimni ajablantirmaydi. she'rda sozlarning muayyan tartib bilan jarangdor musiqiylik hosil qilishi hech qanday e'tiroz bildirishga orin qoldirmaydi. Negaki shoir qandaydir ayolni ta'riflash orqali muhabbat tuygusini madh etadi.
14 Adabiyotda inson obrazini yaratish tarixini kuzatadigan bolsak, mavjud darslik va qollanmalarda ta'kidlanganidek, quyidagi turdagi badiiy obrazlar mavjud: realistik obrazlar. romantik obrazlar. xayoliy-fantastik obrazlar. majoziy-ramziy obrazlar.
15 Xarakter-xususiyatlari, xatti-harakatlari hayotdagi kishilarga mos keladigan obrazlar realistik obrazlar, deb yuritiladi. Abdulla Qahhorning Ogri, Bemor, Sinchalak asarlaridagi qahramonlar realistik obrazlar sanaladi. Muqimiyning Tanobchilar satirasidagi Sultonali, Hakimjon obrazlari ham realistik obrazlardir. Chunki real hayotning ozida Qobil bobo, amin, ellikboshi, Sotiboldi, Qalandarov, Saida va Tanobchilar qahramonlari singari kishilar mavjud. Ularning fe'l- atvori, xatti- harakati ayni shu asarlarda korsatilganiga muvofiq keladi.
16 Romantik obrazlar ijodkorlarning orzu-xayollarini ifoda etgan kishilar timsolidir. Alisher Navoiy Farhod va Shirin dostonida oz konglidagi orzularini gavdalantiradi. Shuning uchun Farhod obrazi hamma zamonlarda ham barchani havaslantirib keladi. Chin shahzodasining intilishlarida kishilarning orzulari ifodalangan. Biroq uning ayrim xatti-harakatlari real hayotga aslo muvofiq kelmaydi. Alisher Navoiy oz sevgan qahramonini fazilatlar jamuljami sifatida korsatadi. Uning asosiy maqsadi ishqqa erishish, kongil qoygani Shirin visoliga yetishdir. Ammo u tog-u toshlar orasida mashaqqat bilan ariq qaziyotganlarini korganida: Hunarni asrabon netgumdir oxir, Olib tuproqqamu ketgumdir oxir deb ishga tushib ketadi. Aslida u Shirinni korish, unga ahvolini bayon etish uchun ketayotgan boladi. Biroq qiynalib mehnat qilayotganlar oldidan befarq otib ketolmaydi. Chunki u faqat ozini oylaydigan, xudbin, manfaatparast emas. Farhod boshqalar manfaatini oz manfaatidan hamisha ustun qoya biladigan haqiqiy inson. Farhod singari kishilar esa hayotda juda kam uchraydi. Hayotda kopchilik koproq ozini oylaydi.
17 Xayoliy-fantastik obrazlar romantik obrazlarga oxshaydi. Bu obrazlarda ham ijodkorlarning hayotga ideal munosabati, dunyoqarashi ifodalanadi. Xayoliy- fantastik obrazlar mojizakor, ilohiy qilib korsatiladi. Xalq dostonlari, ertaklaridagi qahramonlarni xayoliy- fantastik obrazlardir. Masalan, Alpomish dostonida xalqning ideal qahramoni korsatilgan. Xayoliy-fantastik obrazlar folklordagina emas, yozma adabiyotda ham mavjud. Barcha xalqlar adabiyotidagi fantastika aslida ertaklardan boshlangan. Bu jarayon uzoq davom etgan. Bizning asrimizda fantast yozuvchilar yaratgan asarlarni ham ma'lum ma'noda zamonamiz ertaklari deyish mumkin. Hojiakbar Shayxov, Tohir Malik kabi ozbek yozuvchilari ham qator e'tiborli fantastik asarlar yaratgan.
18 Majoziy-ramziy obrazlar muayyan narsa-hodisalar qiyofasini umumlashtirib ifodalovchi obrazlardir. Jumladan, tasavvuf adabiyotida yor deyilganda Xudo nazarda tutiladi. Gul, lola muhabbat, sevgi izhori ramzi sanaladi. Majoziy obrazlar azaldan adabiyotda keng qollaniladi. Ular hodisalarning ta'sirchanligini oshiradi. Allegorik, ya'ni kinoyaviy obrazlar ham majoziy obrazlarning biri sanaladi. Masal, ertaklarning asosiy qahramonlari - hayvonlar, jonivorlar allegorik obrazlardir. Ularda ayrim odamlarning fe'l- atvoridagi kamchilik, illatlar korsatiladi. Hamzaning Toshbaqa bilan chayon, A.Krilovning Bori bilan qozichoq masallarida odamlarning fe'l- atvorlari gavdalantirilgan.
Еще похожие презентации в нашем архиве: