Скачать презентацию
1 ALI QUSHCHI ( ) Guliston kompyuter va axborot texnologiyalar kasb-hunar kolleji ARM 1-2 guruh talabalari
2 Ali Qushchi (taxallusi; asl ismi-sharifi Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy) (1403, Samarqand 1474, Istanbul) falakiyotshunos va riyoziyotchi olim, Ulugbek ilmiy maktabining atoqli namoyandalaridan biri, uning yaqin shogirdi. Amir Temur qarorgohi boshligining ogli. Ulugbek saroyida qarchigaylar boqqani uchun uni "Qushchi" deyishgan. Ali Qushchi boshlangich malumotni Samarqandda oladi (Qozizoda Rumiyda tahsil koradi), oz malumotini oshirish uchun 1414 y. da Eronning Kirmon shahriga boradi va u yerdagi madrasada 3 yil talim oladi, ayniqsa tabiiy fanlarni, xususan falakiyot, riyoziyotni puxta organadi, 1417 yili Samarqandga qaytadi. Bu vaqtda Samarqandda Ulugbek madrasasi qurilayotgan edi. Ali Qushchi shu madrassada ham talim olishni davom ettiradi, Qozizoda Rumiy va Giyosiddin Koshiylardan ilm sirlarini organadi. Madrassani bitirgach, shu yerda falakiyot va riyoziyotdan mashgulotlar olib boradi, ilmiy ishlar bilan mashgul boladi. Ulugbek rasadxonasini qurish ishlarida ham faol qatnashadi. Shu davrda "Hisob risolasi" va "Astronomiya risolasi" asarlarini yozadi va ilm ahli orasida katta obro qozonadi yilda Ulugbek rasadxonasi ishga tushirilgach, bu yerda Ulugbek rahbarligida kuzatuvlar olib boradi, risolalar yozishda davom etadi. Ulugbekning "Ziji jadidi Koragoniy" asari yozilishida Ali Qushchining ham hissasi katta yilda Ulugbek Ali Qushchini Xitoy saltanatiga elchi qilib yuboradi, u Xitoydan qaytib kelgach, "Matematika va astronomik jugrofiya" asarini yozadi.
3 Ulugbek vafotidan (1449) song uning Samarqanddagi mashhur kutubxonasi xavf ostida qoladi. Kutubxonani Ali Qushchi saqlab qolgan degan taxminlar bor; ri-voyatlarga qaraganda kutubxonadagi kito- blarning kop qismini Ali Qushchi Samarqand yaqinidagi Xazrat Bashir qishlogiga kochirgan. Kop otmay, taqiblardan qochib, Ali Qushchi Samarqanddan chiqib ketish-ga majbur boladi. U avval Karmana va b. shaharlarda yashab, 1465 y. Turkiyaning Istanbul sh.ga boradi. Turk sultoni Muhammad II (145181) taraqqiyparvar shaxs bolib, oz atrofiga olim va sho-irlarni toplar edi. Ali Qushchining dongini eshitgan sulton uni saroyga xizmatga ta-klif kiladi va olimlarga rahbar qilib tayinlaydi. Ali Qushchi Turkiyada olimlar, faylasuflar, shoirlarni oz atrofiga toplab, ilmiy ishlarni taraqqiy etti-rishga intiladi, ozi esa riyoziyot, fala-kiyot, falsafa, mantiq, adabiyot, musiqa va b. fan sohalaridan risolalar yozadi. Ali Qushchidan 20 dan ortiq ilmiy asar me- ros bolib qolgan. U kop olimlarning asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa Ali Qushchining "Ulugbek zijiga sharh" asari astronomiya tarixida katta ahamiyatga ega. U "Zij"ni geometrik teoremalar yordamida sharhlaydi. Ali Qushchi asarlarining kopchiligi Turkiyadagi Ayo-Sofiyo madra-sasi kutubxonasida saqlanib qolgan.
4 Ulugbek maktabi namoyandalari va xususan Ali Qushchining asarlari va dunyoqarashlari ilm-fan tarixida oziga xos orin tutadi. Ali Qushchi dunyo moddiy nar-salardan iborat, moddiy narsalar esa oddiy va murakkab holda bolib, ularda ichki ziddiyatlar mavjud, deb hisoblagan. U fasllar almashinuviga Yerning Quyoshga yaqinlashuvi sababligini aytgan.
5 Ali Qushchi a.larda Orta va Yaqin Sharq mamlakatlarida riyoziyot fani rivojiga sezilarli tasir korsatgan. "Hisob risolasi" asaridan Orta Osiyo madrasalarida oquv qollanmasi sifa-tida foydalanilgan. Bu asarda hindlar arifmetikasi (onlik sanoq tizimi), fa-lakiyotshunoslar arifmetikasi (oltmish-lik sanoqtizimi) va geom. (handasa) haqida yangi fikrlar aytilgan. "Kitob ul- Muhamadiya" asarida Ali Qushchi sonlar-dan ixtiyoriy natural darajali ildiz chiqarish usullarini va Nyuton binomi formulasini korsatadi, uning bu usul-lari hozirgi vaqtda Ruffini Gorner sxe-masi deb nom olgan usulga oxshashdir. Bu asarida A. K,, kvadrat ildizini, umuman I darajali iddizni taqribiy hisoblash formulalarini beradi. Shuni takidlash lozimki, hozirgi ildiz ishorasi Turkiston olimlari asarlarida qollanilmagan: ildiz sozlar b-n yozilgan. Ali Qushchi bu asari-da birinchi bolib asoslagan "musbat" va "manfiy" atamalari, ularning tatbiqi mat. tarixida katta ahamiyatga ega. Garbiy Yevropaga "musbat" va "manfiy" sonlar 15-a. oxirlarida pizalik Leonardo asar-lari orqali tarqalgan. Kitobda uzunlik (masofa), kesmalar va yuzlarni olchash va jismlarning hajmlarini hisoblash qoidalari bayon qilingan. Bu asarda tri- gonometriyadagi tekis uchburchaklar tri-gonometriyasi, sinus va kosinus teore-malari bayon etiladi, bazi shakllarning sirtlarini hisoblash uchun taqribiy formulalar beriladi, bu formulalar Ali Qushchi dan oldin otgan olimlar asarlarida uchramaydi. Kitobda keltirilgan sinus-lar jadvalidagi sinus funksiyasining qiymatlari hozirgi zamon qiymatlaridan deyarli farq qilmaydi.
Еще похожие презентации в нашем архиве: