Скачать презентацию
Идет загрузка презентации. Пожалуйста, подождите
Презентация была опубликована 4 года назад пользователемislom Egamberdiyev
2 Alisher Navoiy hayoti va ijodi
3 Reja: Alisher Navoiy hayoti va ijodi. Navoiy jamoat va davlat arbobi. Navoiy asarlarining ilmiy salohiyati.
4 Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o'gli Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tug'ildi. Zamondoshlari uning haqida ko'pincha "Nizomiddin Mir Alisher" deb yozadilar. 'Nizomiddin"-din--diyonat nizomi degani bo'lib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, "mir" - amir demakdir. Uning otasi G`iyosiddin Muhammad (uni G`iyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayh Abusaid Changning qizi bo`lgan, ismi ma`lum emas. Alisherning bobosi Temurning o`g`li Umarshayx bilan emikdosh (ko`kaldosh) bo`lgan ekan.
5 Buyuk shoir o`z asarlarida o`z asarlarida bu qutlug` dargohga yaqinligidan iftixor etishini bayon qiladi. Shuningdek, uning tarjimai holiga oid ayrim lavhalar asarlarida uchraydi. Bu tabarruk zot to`g`risidagi ba`zi ma`lumotlarni esa uning zamondoshlari o`z kitoblarida beradilar. Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda o`sdi. Kichiklik chog`idan she`r va musiqaga ishqi tushdi. Olimu fozillar davrasida bo`ldi. Uch- to`rt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning bir she`rini yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi.
6 " Mantiq ut-tayr" xayoli Alisherga bir umr hamroh bo`ldi. Umrining so`ngida esa "Lison ut-tayr"("Qush tili") nomi bilan kitob yozdi. Bo`lajag shoir yana Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy asarlarini sevib o`qir edi yilda Alisherning otasi G`iyosiddin Mauhammad vafot etadi. Alisher Abulqosim Bobur hizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, so`ng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do`st – Husayn va Alisher yana birga bo`ldilar. Bir munosabat bilan u 50 ming bayt, 100 ming misra she`r yod olganini aytdi.
7 Orazin yopg`och, ko`zimdin sochilur har lahza yosh, Bo`ylakim, paydo bo`lur yulduz nihon bo`lg`och quyosh. She`r shunchaki nutq o`stirish emas, ma`rifat, taffakur mashqi ham edi.
8 Xondamirning yozishicha, she`rlari bilan endigina tanilib kela boshlagan Alisher o`z davrining dongdor shoiri Mavlono Lutfiy xizmatiga boradi. Mavlono undan she`r o`qishni iltimos qiladi. Alisher o`zining: Orazin yopg`och, ko`zimdin sochilur har lahza yosh, Bo`ylakim, paydo bo`lur yulduz nihon bo`lg`och quyosh. matla`i bilan boshlanadigan g`azalini o`qiydi. She`rdan hayratga tushgan keksa shoir bunday deydi: "Valloh, agar muyassar bo`lsa edi, o`zumning forsiy va turkey tillarda aytgan o`n-o`n ikki ming baytimni shu g`azalga almashtirardim va buni o`zimning katta yutug`im deb hisoblar edim".
10 Yigitlik yillari yilda Abulqosim Bobur vafot etdi. Hokimyat tepasiga Abusaid Mirzo keldi. Husayn Bayqaro taxt uchun kurashga sho`ng`ib ketdi. Navoiy esa Mashhad madrasalarida o`qishni davom ettirdi. Do`stlar orttirdi. Keksa shoir Kamol Turbatiyni shu yerda uchratdi. Turbatlik bu shoir Alisher bilan bir bayt muhokamasi ustida tanishib qoldi.Shoir 1464-yilda Hirotga qaytadi. Biroq poytaxda uni noxushliklar kutadi. Abusaid Mirzo u bilan taxt talashayotgan Husayn Bayqaroni yaqin kishilarini ta`qib va tayziq ostiga olgan, jumladan, tog`alari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali G`aribiylarni oldinma-keyin qatl ettirgan edi. Ular iste`dodli shoirlar edi. Alisherning ota mulki musodara qilingan, hatto yashashab turgani boshpana ham qolmagandi. U shaharda uzoq qola olmadi. Holbuki, yosh shoirning ijodi barq urgan payti edi. Abdurahmon Jomiyadek zamonasining alloma adibi bilan yaqindan tanishib, saboqlar olgani, mehr qozongan edi. Navoiy - "Mahmud Nuran" deb e`zozlagan bu mashhur shoir va olim o`zini siyosatdan uzoq tutar, hatto shahar tashqarisidagi Sa`diddin Koshg`ariy mozori yonidan joy qilib, o`sha yerda yashar edi.
12 Navoiyning Sayyid Hasan Ardasherga yozgan she`riy maktubi bor. U "Masnaviy" nomi bilan "Xazoyin ul- maoniy"ning birinchi devoniga kiritilgan. Mutaxasisslar uni Navoiyning Hirotdan Samarqandga jo`nash oldidan yozgan maktubi deb hisoblaydilar. Chamasi, shoir safar oldida Ardasher bilan xayrlashmoqchi bo`lgan, lekin uni topmagan. So`ng ushbu maktubni yozib qoldirgan. Maktub Alisherning safar oldidagi kechinmalari va o`z otasidek yaqin ko`rgan Sayyid Hasan Ardasherning sifatlarini ta`rif etish bilan boshlanadi. Vatan va do`stlarni tashlab ketish og`ir. Xayrlashmay ketish undan ham og`ir. U ulug` do`stiga ketishi sabablarini tushuntirmoqchi.
13 Davlat va jamoat arbobi. Alisher Navoiy yillarda muhrdor, yillarda vazir bo`lib ishlaydi yillarda Astrobodga hokimlik qildi. Husayn Bayqaro uni o`ziga g`oyat yaqin tutar, har bir narsada u bilan maslahatlashar va buni nihoyatda qadrlar edi. To`g`ri, Bayqaro va Navoiy o`rtasiga uchinchi kishi aralashgan, sovuqchilik tushgan paytlar ham bo`ldi. Lekin o`z davrining ikki atoqli arbobi hamkorligi juda ko`p sinovlardan muvaffaqiyat bilan o`tib, avlodlarga o`rnak bo`ldi. Husayn Bayqaro saltanatining daslabki yillarida juda notinch kechdi. Xondamirning yozishicha, u taxtga chiqqan yilning o`zida Abusaid Mirzoning o`g`li Yodgor Muhammad taxt da`vosi bilan qo`zg`aldi. Husayn Bayqaro unga qarshi qo`shin tortadi va g`alaba qozonadi.
14 yillardagi vazirlik faoliyatida yaqqol namoyon bo`ldi. Husayn Bayqaro hokimyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatida tayanib ish ko`rdi. Uni, qarshiligiga qaramasdan, yuqori martabalarga tayinladi, 1472-yilda esa "amir"(vazir)likka qo`ydi. Buyuk shoir "amiri kabir" (ulug` amir), "amirul muqarrab" (podshoga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf bo`ldi.
15 IJOD OG`USHIDA Alisher Navoiy she`rni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham she`r yozishni to`xtatmadi. Atrofidagilar uning bu ishiga rag`bat va hurmat bilan qaradilar. Shoh Husayn Bayqaroning o`zi unga rahnamolik qildi. Ulug` shoirning ilk she`riy devonini muxlislari tuzgan bo`lsalar, birinchi devoni - "Badoye ul-bidoya" ("Badiiylik ibtidosi")ni yillarda shohning amri va istagiga ko`ra o`zi kitob qildi yillarda ikkinchi devon - "Navodir un- nihoya"("Nihoyasiz nodirliklar") maydonga keldi. Alisher Navoiy yillarda "Vaqfiya" asarini yozadi.
16 QARO KO'ZUM Qaro ko'zum, kelu mardumlug' emdi fan qilg'il, Ko'zum qarosida mardum kibi vatan qilg'il. Yuzung guliga ko'ngul ravzasin yasa gulshan, Qading niholig'a jon gulshanin chaman qilg'il. Takovaringg'a bag'ir qonidin hino bog'la, Itingg'a g'amzada jon rishtasin rasan qilg'il. Yuzida terni ko'rub o'lsam, ey rafiq, meni Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg'il. Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang, Aning boshog'lig' o'qin sham'i anjuman qilg'il.
18 Navoiy besh dostonni ikki yilda tamomlaydi yilda o`z "Xamsa"sini yoza boshlab, 1485-yilning boshida tugatadi. Shoir ishlagan kunlar hisobga olinsa, 54 ming misralik ulkan obida 6 oyda bitkaziladi. Turkiy tilda birinchi marotaba "Xamsa" yaratiladi. Olimu fuzalo - barcha bu hodisani zo`r olqish bilan kutib oldilar. Zayniddin Vosifiyning "Badoye` ul-vaqoye`"sidan: "Shoh Navoiyga: "Bir mojaro Siz bilan bizning oramizdan ko`pdan hal bo`lmay keladi, shuni bugun bir yoqlik qilaylik", deydi. Bu mojaro shundan iborat ediki, Sulton Husayn Alisherning muridi bo`lishini ko`pdan orzu qilar va uni "pirim" deb atar edi. Alisher esa har gal: "Yo Ollo, yo Ollo, bu qanday gap bo`ldi! Aslida – biz muridmiz, siz – hammasiga pirsiz", der edi.
20 1490-yillar Navoiy uchun badiiy ijodda samarali davr bo`ldi. Shoir "Xamsa" dan keyin ko`p o`tmay, ketma-ket nasriy kitoblar yaratdi. U 1488-yilda yozgan "Tarixi mulki ajam" ("Ajam shohlar tarixi") shularning biri edi. Bu asar "Muhokamat ul-lug`atayn"da "Zubdat ut- tavoxir"("Tarixlar qaymog`i") deb ham ataladi.
21 1491-yilda muammo janriga bag`ishlangan "Risolayi muammo" (ikkinchi nomi "Mufradot") risolasini yozi. Navoiy zamonasida muammo janri keng tarqalgan bo`lsa - da, asosan, fors tilida yozilar edi. Navoiy o`zbek tilida muammo yozgan ilk o`zbek shoirlaridan bo`ldi. "Xazoyin ul- maoniy"ga uning 52 muamosi kiritilgan. Shoirning fors tilidagi muammolarini esa 500 chamalaydilar.
22 Navoiyning 1490-yillardagi eng katta xizmatlaridan biri "Xazoin ul maoniy" ("Ma`nolar xazinasi")ni tuzish bo`ldi yillarda tartib qilingan 4 qism devondan iborat bu ulkan she`riy kulliyot shoirning turkiy tilda yozilgan deyarli barcha lirik she`rlarini qamrab olgan edi. Shoir 7-8 yoshidan 20 yoshigacha bo`lgan davrni umrining navbahori hisobladi va shu davr devonini "G`aroyib us- sig`ar"("Yoshlik g`aroyibotlari") deb atadi.
23 Hayotining so`nggi yillari yillarning boshidagi og`ir yo`qotishlar, ayniqsa, 40 yillik qadrdoni Pahlavon Muhammad bilan ustozi Jomiydan judo bo`lish Navoiyga qattiq ta`sir etdi. Buning ustiga saroyda Xadichbegim Nizomulmulk bilan mulk va mansab ishtiyoqida yangi-yangi fitnalar to`qiydi. Shu fitnalar natijalaridan biri pok qalbli barcha kishilarni larzaga solib, mamlakatni halokat yoqasiga keltirib qo`yadi.
24 1498-yilda Alisher Navoiy "Majolis un-nafois"ni qayta ko`zdan kechirib, to`ldirdi. Shoirlar adadni 459 taga yetkazdi. Shu yili yoshligidan qalbida muhirlanib kelgan "Mantiq ut-tayr" ga javob yozadi. "Lison ut-tayr" Navoiy ijodini yakunlovchi asarlardan biridir. Buyuk shoir yillarda xatlarini to`plab, "Munshaot" tuzdi. Unda 88 ta xat jamlangan bo`lib, ularning aksariyati shoirning shoh va shahzodalarga yo`llangan. Shoirning yilning oxirlarida yozib tugatgan "Mahbub ul-qulub" asari uning eng so`nggi asari bo`lib qoldi. Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida vafot etadi. Butun halq - shohda gadogacha, olimdan cho`pongacha, shoirdan dehqongacha ulug` farzandining o`limiga qayg`u va iztirob bilan motam tutadi.
25 Xulosa Biz xaqli ravishda Navoiyni milliy ong va shuurimizning ulug charogboni va ilhomchisi deya olamiz. Navoiyning umur boqiy merosi el va elatlarni ezgulik, poklik, haqiqat atrofida jipslashtirishga qodir bolgan bebaho boyligimizdir
26 Foydalanilgan adabiyotlar: Aziz Qayumov. Hayrat ul-abror talqini. Toshkent 1977 y. Aziz Qayumov. Farhod va shirin sirlari. Toshkent 1979 y. Aziz Qayumov. Ishq vodiysi chechaklari. Toshkent 1985 y. A.Hayitmetov. Hamsa asarining 20 jildligi. Toshkent 1974y.
Еще похожие презентации в нашем архиве:
© 2024 MyShared Inc.
All rights reserved.