Скачать презентацию
Идет загрузка презентации. Пожалуйста, подождите
Презентация была опубликована 5 лет назад пользователемЗарифбой Ибодуллаев
1 VERTEBROGEN VA NOVERTEBROGEN OGRIQLAR LEKTOR Professor IBODULLAYEV Zarifboy Rajabovich
2 Esda saqlang! Ogriqlar etiologiyasi va lokalizatsiyasi turli-tumanligi bois, nevrologiya amaliyotida tanadagi barcha ogriqlar vertebrogen va novertebrogen turlarga ajratib organiladi.
3 Vertebrogen ogriqlar Umurtqa pogonasi patologiyasi sababli rivojlangan ogriqlarga vertebrogen ogriqlar deyiladi. Uning sabablari: osteoxondroz, disk churrasi, osteofitlar, spondiloartrit, spondilyoz, spondilit, umurtqa kanali stenozi, kraniovertebral anomaliyalar, osteoporoz, osteomielit, spondilopatiyalar, umurtqa pogonasi osmalari.
4 Vertebrogen ogriqlar
5 Orqa miya, uning pardalari, ildizchalari, spinal gangliyalar va nervlar zararlanishi sababli rivojlanadigan ogriqlarga novertebrogen ogriqlar deb aytiladi. Novertebrogen ogriqlar
6 Sabablari: ganglionit, meningoradikulit, orqa miya osmalari, Herpes zoster va postgerpetik nevralgiyalar, spetsifik kasalliklar (zahm, OITS, brutsellyoz), epidural abssess, paraneoplastik sindrom, psixogen ogriqlar, tarqoq skleroz, somatogen ogriqlar, bezovta oyoqlar sindromi, siringomieliya, trombozlar.
7 Ogriqlar bilan kechuvchi patologik holatlar nomlanishi Kraniotservikalgiya - boshning ensa qismi va boyin sohasidagi ogriqlar. Servikobraxialgiya - yelkaga tarqaluvchi boyindagi ogriqlar. Servikalgiya - boyin sohasidagi ogriqlar Pleksalgiya - nerv chigallari innervatsiya qiladigan sohadagi ogriqlar Nevralgiya - nerv tolasi va uning shoxchalari boylab tarqaluvchi ogriqlar Mialgiya - muskullarda kuzatiladigan ogriqlar
8 Ogriqlar bilan kechuvchi patologik holatlar nomlanishi Torakalgiya – kokrak sohasida kuzatiladigan ogriqlar. Radikulalgiya – spinal ildizchalar innervatsiya qiluvchi sohadagi ogriqlar. Dorsalgiya – tananing orqa qismidagi ogriqlar. Lyumbago yoki lyumbalgiya – bel sohasidagi ogriqlar. Lyumboishialgiya – bel va quymich nervi sohasidagi ogriqlar. Sakralgiya – dumgaza sohasidagi ogriqlar. Koksigodiniya – dum sohasidagi ogriqlar
9 Boyin osteoxondrozi Boyin osteoxondrozi – vertebrogen ogriqlarning asosiy sababchisi. Bu ogriqlar umurtqalararo disklar, fibroz halqa, fasetkali bogimlar, spinal ildizchalar zararlanishi hisobiga paydo boladi.
10 Boyin osteoxondrozi va disk churrasi Boyin qismi 7 ta umurtqa suyagidan iborat; Birinchisi atlant, ikkinchisi aksis; Atlant va aksisda tana yoq va ular orasida disk bolmaydi. S2 va S3 orasida disk boladi. Radikulyar ogriqlar; Boyinda harakatning chegaralanishi; Chap yoki ong qolga berishi; MRTda disk churrasi aniqlanishi. Disk churrasi С4-С5 orasida
11 Servikal radikulopatiya Radikulopatiyada kuchli, sanchuvchi va irradiatsiya qiluvchi ogriqlar bilan birgalikda, radikulyar tipdagi sezgi buzilishlari (giperesteziya, gipesteziya), reflekslar pasayishi va muskullar gipotoniyasi ham kuzatiladi.
12 Omrov osti arteriyasi trombozi Boyin-yelka sohasida kuchli ogriqlar bilan birgalikda barmoqlarning oqarib-kokarib ketishi paydo boladi, ogir holatlarda gangrena rivojlanadi. Boyin umurtqalari va arteriyalar topografiyasi
13 Umurtqa pogonasi patologiyasi Bular – dissit, sil spondiliti va epidural abssessdir. Doimiy ogriqlar. Harakat chegaralangan. Umurtqa perkussiyasida kuchli ogriq. Qonda yaqqol ifodalangan yalliglanish reaksiyalari. Dissit Sil spondiliti
14 Pankost sindromi Opka uchi rakida yelka chigalining pastki qismi, ya'ni S 8 va Th 1 ildizchalar va simpatik tugunlar zararlanadi. Bunda yelka va qol sohasining ulnar yuzasi boylab kauzalgik tipda ogriqlar va sezgi buzilishlari kuzatiladi. Gorner sindromi (ptoz, mioz, enoftalm) – Pankost sindromining ajralmas qismidir.
15 Miofassial ogriqlar Boyin-yelka sohasida miofassial ogriqlar kop kuzatiladi. Ularning paydo bolishi muskullar spazmi va fassiyalar chozilishi bilan bogliq. Miofassial ogriqlar, kopincha, ensa-boyin sohasi, trapetsiyasimon va kuraklararo muskullarda kuzatiladi.
16 Disk churrasi Agar siljigan disk spinal ildizchalarni bosib qoysa, irradiatsiya qiluvchi radikulyar ogriqlar paydo boladi, ya'ni radikulopatiya rivojlanadi. Bu ogriqlar irradiatsiyasiga qarab qaysi spinal ildizcha zararlanganini bilib olish mumkin. Disk churrasi
17 Diskogen ogriqlar Agar siljigan disk spinal ildizchalarni bosib qoysa, irradiatsiya qiluvchi radikulyar ogriqlar paydo boladi, ya'ni radikulopatiya rivojlanadi. Bu ogriqlar irradiatsiyasiga qarab qaysi spinal ildizcha zararlanganini bilib olish mumkin.
18 Vertebrogen mielopatiya Lateral disk churralari spinal ildizchalarni ezib qoysa, medial disk churrasi orqa miyani ezib, vertebrogen mielopatiya rivojlanishiga olib keladi. Umurtqa kanali torayishida osteofitlarning orni katta. Osteofitlar nafaqat radikulopatiya va mielopatiya, balki umurtqa arteriyasini ezib vertebrobazilyar sindrom rivojlanishiga ham sababchi boladi. Umurtqa kanali va foraminal teshiklar
19 Spondiloаrtroz Fasetkali bogimlar zararlanishi bilan kechuvchi osteoxondrozga spondiloartroz (spondiloartrit) deb aytiladi. Fasetkali bogimlar sil, bod, brutsellyoz va sistem kasalliklarda (SQB, Bexterev kasalligi) kop zararlanadi. Spondiloartrozda umurtqa pogonasi sohasida doimiy surunkali ogriqlar rivojlanadi. Fasetkali bogim
20 Тоrakalgiyalar-1 Kokrak sohasida ogriqlar, ya'ni torakalgiyalar kokrak umurtqalari osteoxondrozi, travmatik jarohatlari, osmalar, meningoradikulit, epidural abssess, qovurgalararo nevralgiya, Nerpez zoster, spondiloatrit, osteoporoz, dissit, disk churrasi, spondilit, miofassial sindrom, opka raki, zotiljam, bronxit, plevrit va h.k.
21 Тоrakalgiyalar-2 Diafragmal abssess, stenokardiya, miokard infarkti, aorta anevrizmasi, opka arteriyasi tromboemboliyasi, pankreatit, oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasi yoki raki, xoletsistit, oshqozon osti bezi rakida kop kuzatiladi. Shuningdek, psixogen etiologiyali torakalgiyalar (nevroz va depressiyalarda) ham uchrab turadi.
22 Gerpetik ogriqlar Nerpes zoster bilan bogliq radikulyar ogriqlar kokrak sohasida kop kuzatiladi. Belbog tipidagi sanchuvchi, kuydirguvchi va achishtiruvchi kuchli ogriqlar boshlansa, gerpetik radikulopatiya rivojlanayotgan bolish ehtimoli yuqori.
23 Bel va oyoqlardagi ogriqlar Sabablari Osteoxondroz. Disk churralari (ayniqsa, L V – S I va L IV –L v umurtqalar orasida). Osmalar, sil kasalligi Meningoradikulit Epidural absesslar Spondilez Spondiloartroz Psoit, sakroileit
24 Bel-dumgaza pleksopatiyasi Radikulyar ogriqlar bilan otkir boshlanadi. Uning otkir davri qanday kechishi va qancha vaqt davom etishi kasallik etiologiyasi, yondosh kasalliklar, bemorning umumiy ahvoli va davolash muolajalari qancha erta boshlanishiga bogliq.
25 Psoit – yonbosh-bel muskuli yalliglanishi Yonbosh-bel muskuli chanoqning oldingi guruh muskullariga kiradi. Uning yuqori qismi umurtqa pogonasining bel umurtqalaridan (L 1 –L 4 ) boshlanib pastga tushib keladi va chanoqning ichidan otib son suyagining kichik kostiga yopishadi. Yonbosh-bel muskulining vazifasi sonni oldinga bukish va qisman tashqariga burishdan iborat. Psoit uchun kuydiruvchi ogriqlar xos. Shuningdek, oyoq chanoq-son bogimida bukilib ichkariga burilib qoladi. m. Iliopsoas
26 Sakroileit – dumgaza-yonbosh bogimining yalliglanishi Dumgaza va chanoq suyaklarining quloqsimon yuzasi bir nechta boylamlar bilan birikkan. Bu yerda dumgaza-yonbosh bogimi hosil boladi. Ushbu bogim turli xil infeksiyalarda yalliglanadi va bel- dumgaza pleksopatiyasiga oxshash klinik simptomlar beradi.
27 Sakroileit belgilari 1. Ogriq dumgaza sohasida paydo boladi; 2. Dumgaza suyaklarini perkussiya qilganda ogriq kuchayadi; 3. Gavdaning har qanday harakatida ogriq kuchayadi. 4. Oyoq harakatlari dumgaza-yonbosh bogimida juda chegaralangan; 5. Radikulyar simptomlar aniqlanmaydi; 6. Ogriqlar irradiatsiya qilmaydi; 7. Reflekslar va muskullar tonusi ozgarmaydi.
28 Obliteratsiyalovchi endaarteriit Obliteratsiyalovchi endaarteriit – arteriyalar endotelial qavatining yalliglanishi bolib, tomirlar obliteratsiyasi, periferik qon aylanishi buzilishi va ishemik nekroz rivojlanishi bilan namoyon boladi. Kopincha, oyoq arteriyalari zararlanadi. Bu kasallik haqida angioxirurglar ma'lumot berishadi.
29 Spondilolistez Umurtqa suyagining oz oqiga nisbatan siljishiga spondilolistez deb aytiladi. L5 umurtqa suyagi oldinga siljigan.
30 Bel-dumgaza meningoradikuliti Bel-dumgaza meningoradikuliti – orqa miya pardalari va ildizchalarining bel-dumgaza sohasida yalliglanishi. Meningoradikulit klinikasi xuddi bel-dumgaza pleksopatiyasiga oxshab ketadi. Meningoradikulitda Laseg, Vasserman va Kernig simptomlari aniqlanadi.
31 Koksit – chanoq-son bogimining yalliglanishi Koksitda harakat keskin chegaralanadi va ushbu sohada ogriqlar paydo boladi. Koksit tashxisini bemorning yurishiga qarab ham qoyish mumkin. Bemor yurganda gavdasi oldinga biroz engashgan boladi, orqa tomoni biroz chiqib turadi. Asosiy sababi – sil kasalligi. Bola chap oyogini bosishga qorqadi. Bel lordozi kuchli.
32 Кoksit Коksitda gips qilish Koksit- chanoq-son bogimi yalliglanishi
33 «Bezovta oyoqlar» sindromi Bemor oyogiga xuddi nina sanchgandek, tovonning tagi yonib turgandek, goyoki oyoqlarining ustiga qizib turgan qum sepib qoyilgandek sezadi, oyoqlari bir qizib, bir sovib ketadi.
34 Qanday tekshiruvlar qilinadi? Klinik tekshiruvlar Laborator tekshiruvlar Rentgenodiagnostika KT va MRT EKG, UTT va h.k. OITS ga albatta tekshirish kerak
35 Davolash usullari-1 1. yengil holatlarda analgin 50 % li 2 ml va 1% li 1 ml dimedrol aralashmasi m/i ga yuborilishining ozi kifoya. 2.Bu dorilar yordam bermasa, yalliglanishga qarshi nosteroid dori vositalari tavsiya etiladi.
36 Davolash usullari-2 1. Indometatsin 75–150 mg/kun; 2. Diklofenak (voltaren) 50–100 mg/kun; 3. Ibuprofen 600–1200 mg/kun; 4. Ketoprofen 70–150 mg/kun; 5. Piroksikam 20–30 mg/kun; Esda tuting: Ba'zida analgetiklarni har 4 soatda qilib turishga togri keladi. Albatta, ogriqlar kamaygach, analgetiklar dozasi ham kamaytiriladi.
37 Nosteroid dori vositalari va narkotik analgetiklar
38 Ogriq qoldiruvchi tabletkalar
39 Muskullar spazmini oluvchi dorilar
40 Davolash-3 (miorelaksantlar) 1. Midokalm mg/kun; 2. Baklofen mg/kun; 3. Klonazepam 1-2 mg/kun; 4. Tizanidin (sirdalud) 4-8 mg/kun. Bu dorilar ogriqlar darajasiga qarab 7-14 kun mobaynida tavsiya qilinadi.
41 Psixovegetativ buzilishlarda Karbamazepin mg/kun; Gabapentin 300–900 mg/kun; Diazepam mg/kun; Amitriptilin mg/kun; Depress 20 mg/kun. Adaptol 500 mg/kun
42 Sollyuks Ba'zida lyumbalgiya tipidagi otkir ogriqlarni bartaraf etish uchun sollyuksning ozi yetarlidir. Masalan, hozir paydo bolgan ogriqni sollyuks yoki boshqa issiqlik taratuvchi vosita bilan bartaraf etsa boladi. Buning uchun vrach ogriqning haqiqiy sababini bilishi lozim.
43 Gormonlar (faqat ogir holatlarda) Prednizolon mg/kun; Deksametazon mg/kun; Faqat 5-7 kun mobaynida! Eslatma: Kortikosteroidlarni uzoq vaqt qabul qilish shart emas.
44 Mahalliy vositalar Ogriq qoldiruvchi plastirlar; Dorilar elektroforezi; Ultratovush usuli bilan gidrokortizon; Dimeksid bilan novokain aralashmasiam (30 % yoki 50 % li) applikatsiya usulida ogrigan joyga qoyiladi.
45 Fizioterapiya va sihatgohlar Surunkali kechuvchi ogriqli sindromlarda fizioterapevtik muolajalar shifoxonaning ozida va turli xil dam olish sihatgohlarida davom ettiradi. UAV bemorni QVP va oilaviy poliklinikalarda nazoratga oladi, davolash- profilaktika va reabilitatsiya jarayonlarida bevosita ishtirok etadi.
46 Neyroxirurgik muolajalar Asosan, disk churrasi, umurtqa kanali stenozi va travmatik etiologiyali ogriqlarda qollaniladi.
47 Esda tuting Umumiy amaliyot vrachi ogriq bilan namoyon boluvchi nevrologik kasalliklarda mustaqil ravishda tibbiy yordam korsata olishi kerak. Ushbu qoidani esda tuting: har qanday ogriqli sindromda avval ogriq bartaraf etiladi, songra tashxis qoyish bosqichi boshlanadi.
48 E'tiboringiz uchun rahmat!
49 Мuallif haqida Zarifboy Ibodullayev – tibbiyot fanlari doktori, professor. Toshkent tibbiyot akademiyasida ishlaydi. Olim 150 dan oshiq ilmiy asarlar muallifi. Uning Asab kasalliklari va Tibbiyot psixologiyasi darsliklari Yilning eng yaxshi darsligi sovriniga sazovor bolgan. Uning yirik asarlari Nevrologiya. Umumiy amaliyot vrachlari uchun, Epilepsiya va epileptik sindromlar, Asab va ruhiyat Insult va Koma nomli qollanmalari chop qilingan. Bugungi kunda olim Ozbekistonda Neyropsixologiya, tibbiy psixologiya va psixosomatik tibbiyotni rivojlantirish ustida ish olib bormoqda. Zarifboy Ibodullayev – tibbiyot fanlari doktori, professor. Toshkent tibbiyot akademiyasida ishlaydi. Olim 150 dan oshiq ilmiy asarlar muallifi. Uning Asab kasalliklari va Tibbiyot psixologiyasi darsliklari Yilning eng yaxshi darsligi sovriniga sazovor bolgan. Uning yirik asarlari Nevrologiya. Umumiy amaliyot vrachlari uchun, Epilepsiya va epileptik sindromlar, Asab va ruhiyat Insult va Koma nomli qollanmalari chop qilingan. Bugungi kunda olim Ozbekistonda Neyropsixologiya, tibbiy psixologiya va psixosomatik tibbiyotni rivojlantirish ustida ish olib bormoqda.
Еще похожие презентации в нашем архиве:
© 2024 MyShared Inc.
All rights reserved.