Скачать презентацию
1 NAMANGAN VILOYAT XALQ TALIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASI OSHIRISH INSTITUTI OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING 2017-YIL 12-FEVRALDAGI FARMONI OZBEKISTON RESPUBLIKASINI YANADA RIVOJLANTIRISH BOYICHA HARAKATLAR STRATEGIYASI TOGRISIDA IJTIMOIY-IQTISODIY FANLAR KAFEDRASI
2 Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida (2010-yil 12- noyabr) Ozbekistonni isloh etish va modernizatsiya qilish boyicha uzoq muddatli aniq harakat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish lozimligi haqida fikr bildirgan.
3 … Mamlakatimizda inson manfaatlari bilan bogliq masalalarni hal etishda bizning saylovoldi dasturimizdan joy olgan, hozirgi kunda ishlab chiqilayotgan maqsadli dasturlar muhim orin tutadi. Bu dasturlar odamlarning turmush darajasi va sifatini yanada oshirishni taminlashga qaratilgan. Shu maqsadda mamlakatimiz Hukumati Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati bilan birgalikda va jamoat tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar ishtirokida yillarda Ozbekistonni yanada rivojlantirish boyicha Harakat strategiyasini ishlab chiqmoqdamiz. Ushbu strategiyada davlat qurilishi, sud-huquq tizimini takomillashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va ijtimoiy sohani rivojlantirish, millatlararo dostlik va hamjihatlikni mustahkamlash boyicha eng dolzarb vazifalar aniq belgilab beriladi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi maruzalarida shunday fikr keltiriladi:
4 2017-yil 7-fevralda Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasi togrisida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farmoni qabul qilindi Farmon 10 ta banddan iborat bolib, uning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari zimmasiga yuklandi. Farmonda yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi.
5 OZBEKISTON RESPUBLIKASINI YANADA RIVOJLANTIRISH BOYICHA HARAKATLAR STRATEGIYASI TOGRISIDAGI FARMONNING MAQSADI: OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR SAMARASINI YANADA OSHIRISH, DAVLAT VA JAMIYATNING HAR TOMONLAMA VA JADAL RIVOJLANISHI UCHUN SHART-SHAROITLAR YARATISH, MAMLAKATIMIZNI MODERNIZATSIYA QILISH HAMDA HAYOTNING BARCHA SOHALARINI LIBERALLASHTIRISH BOYICHA USTUVOR YONALISHLARNI AMALGA OSHIRISH
6 Shuningdek, Farmon demokratik islohotlarni chuqurlashtirishga, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, shuningdek inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni taminlash, aholi farovonligini oshirish, fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, jamiyatda qonun ustuvorligi, qonuniylik va adolat, mamlakatimizda tinchlik - osoyishtalik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikni qaror toptirish maqsadida davlat organlarining aholi bilan ochiq, togridan-togri muloqotini kuchaytirishga yonaltirilgan.
7 HARAKATLAR STRATEGIYASIDA MAMLAKATNI RIVOJLANTIRISHNING 5 TA USTUVOR YONALISHI BELGILANGAN: 1. DAVLAT VA JAMIYAT QURILISHINI TAKOMILLASHTIRISH; 2. QONUN USTUVORLIGINI TAMINLASH VA SUD-HUQUQ TIZIMINI YANADA ISLOH QILISH; 3. IQTISODIYOTNI YANADA RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISH; 4. IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISH; 5. XAVFSIZLIK, MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAGRIKENGLIKNI TAMINLASH, CHUQUR OYLANGAN, OZARO MANFAATLI VA AMALIY RUHDAGI TASHQI SIYOSAT YURITISH.
8 PARLAMENTNING HAMDA SIYOSIY PARTIYALARNING ROLINI YANADA KUCHAYTIRISH Davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan yaxshilash, davlat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish; DAVLAT BOSHQARUVINI TAKOMILLASHTIRISH Davlat xizmatini isloh qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, Elektron hukumat tizimini rivojlantirish; XALQ BILAN SAMARALI MULOQOTNI TAMINLASH Jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish, mahallaning jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish
9 QONUN USTUVORLIGINI TAMINLASH VA SUD-HUQUQ TIZIMINI YANADA ISLOH QILISH: YURIDIK YORDAM VA HUQUQIY XIZMATLAR SIFATINI TUBDAN YAXSHILASH jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda erkinliklari buzilganligi togrisidagi murojaatlarning, xabarlarning oz vaqtida olinishini taminlash sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari xodimlarini oqitish, tanlash va joy-joyiga qoyish tizimini takomillashtirishni, murojaatlarni muntazam tahlil qilishni hamda vaqti-vaqti bilan uning natijalarini elon qilib borishni, advokaturani rivojlantirishni, notariat tizimini va FHDYo organlarini isloh qilish SUD JARAYONIDA TORTISHUV TAMOYILINI TOLAQONLI JORIY ETISH mintaqaviy apellyatsiya sudlarini tuzish quyi instantsiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf etish va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instantsiyalarining vakolatlarini kengaytirish MAMURIY, JINOYAT, FUQAROLIK VA XOJALIK QONUNCHILIGINI, JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH TIZIMI SAMARASINI OSHIRISH Ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan takomillashtirish yillarda jinoyat va jinoyat-protsessual qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish kontseptsiyasini ishlab chiqish, protsessual qonun hujjatlarini takomillashtirish SUD HOKIMIYATINING CHINAKAM MUSTAQILLIGINI HAMDA FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINI ISHONCHLI HIMOYA QILISH KAFOLATLARINI MUSTAHKAMLASH Oliy sud kengashini tuzish professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sudya yordamchisi lavozimini tasis etish
11 Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish deb nomlangan uchinchi yonalishda korsatilgan chora-tadbirlarni royobga chiqarish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini taminlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga moljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq mamurchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy printsiplari va mexanizmlarini joriy etish, kop tarmoqli fermer xojaliklarini rivojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal rivojlantirish nazarda tutilmoqda. Shuningdek ushbu yonalish xususiy mulkni, moliya bozorini himoya qilish, qishloq xojaligini modernizatsiyalash, zargarlik sohasini rivojlantirish, ayrim milliy korxonalarning aktsiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga dastlabki tarzda joylashtirishga tayyorgarlik korish chora-tadbirlarini ham oz ichiga oladi yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini royobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmogi ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.
13 Ijtimoiy sohani rivojlantirish deb nomlangan tortinchi yonalish aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yol-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz bilan taminlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga korsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sogliqni saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha talim muassasalarining qulayligini taminlash, umumiy orta talim, orta maxsus va oliy talim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Xususan, hududlarni har tomonlama rivojlantirish boyicha qariyb 25 mingta investitsiya loyihasini royobga chiqarish hisobiga 256,4 ming ish orni tashkil etish orqali aholini ish bilan taminlash dasturlarini toliq ijro etish nazarda tutilgan. Ishsizlik darajasi eng yuqori bolgan mintaqalarda 46,8 ming yangi ish orni tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun talim muassasalarining 10 ming nafar bitiruvchisiga kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda. Katta yoshli avlodni qollab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar berish tartibini takomillashtirish, sogliqni saqlash sohasini isloh qilish chora-tadbirlari kiritilgan. Jumladan, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat kop tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan taminlash rejalashtirilmoqda. Qishloq joylarda 15 mingta arzon uy-joy, 415 kilometrlik suv taminoti quvurlari, 316 kilometrlik gaz taminoti quvurlari va 291 kilometrlik ichki yollar qurish rejalashtirilgan. Aholiga transport xizmatlari korsatish sifatini yaxshilash maqsadida 86 ta yangi avtobus yonalishini joriy etish va 537 ta zamonaviy avtobus xarid qilish nazarda tutilmoqda.
14 XAVFSIZLIK, MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAGRIKENGLIKNI TAMINLASH, CHUQUR OYLANGAN, OZARO MANFAATLI VA AMALIY RUHDAGI TASHQI SIYOSAT YURITISH Davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash Ozbekistonning yon- atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qoshnichilik muhitini shakllantirish Mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash
15 Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni taminlash, chuqur oylangan, ozaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish deb nomlangan beshinchi yonalish doirasida respublikaning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora- tadbirlarni royobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-huquqiy asoslar tizimini takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, shuningdek Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yonalishlari kontseptsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati kontseptsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga, xorijiy hamkorlar bilan siyosiy-diplomatik sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga doir Yol xaritalarini ishlab chiqish, Ozbekistonning xorijiy hamkorlar bilan 2017 yilga moljallangan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy- texnik hamkorligini tubdan rivojlantirish va kengaytirish rejalashtirilmoqda.
16 Davlat dasturining yuqorida qayd etilgan barcha chora-tadbirlarini amalga oshirishga 37,7 trillion som va 8,3 milliard AQSH dollari yonaltiriladi. Kelgusi besh yilda mamlakatni rivojlantirishning strategik va ustuvor yonalishlarini belgilash maqsadida Farmon asosida, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boyicha Milliy komissiya tuzilmoqda. Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar toliq, oz vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish Harakatlar strategiyasi beshta yonalishining har biri boyicha tuzilgan komissiyalar zimmasiga yuklatilgan. Ushbu komissiyalar zimmasiga nafaqat yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirish, balki yillarga moljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boyicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash ham yuklatilmoqda. Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi Ozbekiston Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni taminlash yolidagi shaxdam harakatlariga yangi kuch bagishlaydi.
Еще похожие презентации в нашем архиве: