Скачать презентацию
Идет загрузка презентации. Пожалуйста, подождите
Презентация была опубликована 6 лет назад пользователемIslom Ilxomov
2 Amerika Qo ʻ shma Shtatlari (AQSh, ingl. United States of America) Shimoliy Amerikadagi mamlakat. Poytaxti Vashington shahri, BMT a ʼ zosi. Amerika Qo ʻ shma Shtatlari Sharqdan Atlantika, g ʻ arbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qo ʻ ltig ʻ i bilan o ʻ ralgan. Ma ʼ muriy jihatdan 50 shtat va Kolumbiya federal okrugiga bo ʻ linadi. Alyaska va Gavayi shtatlari mamlakat asosiy hududidan tashqarida joylashgan. Puerto-Riko Hamdo ʻ stligi, Shimoliy Mariana orollari Hamdo ʻ stligi, Guam, Virginiya orollari, Sharqiy Samoa ham AQShga qarashli. Maydoni km², aholisi 320,061 mln. kishi (2014).
4 Davlat tuzumi QSh federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1787 yilda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshlig ʻ i, qurolli kuchlar bosh qo ʻ mondoni prezident, uning vakolatlari juda katta. Vitse- prezident bilan birga bavosita, ikki bosqichli saylov yo ʻ li bilan (saylovchilar hay ʼ ati orqali) 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni senat va vakillar palatasidan iborat ikki palatali kongress amalga oshiradi. Senatda 100 senator bor (ular 6 y. muddatga, har shtatdan 2 tadan saylanadi va 1/3 qismi har 2 yilda yangilab turiladi). Vakillar palatasiga 435 deputat 2 yilga saylanadi. Ijrochi hokimiyat organi AQSh hukumati prezident tomonidan senatning roziligi bilan tayinlanadi; 13 vazirdan iborat bo ʻ ladi. Hukumat kongress oldida mas ʼ ul emas. Har bir shtatning o ʻ z konstitutsiyasi bor. Shtatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi majlis, ijrochi hokimiyatni esa gubernator amalga oshiradi. AQSh davlatining konstitutsiyaviy tizimiga uch siyosiy-huquqiy qoida asos qilib olingan, bu qoidalar hokimiyatning bo ʻ linishi, federalizm va sudning konstitutsiyaviy nazoratidan iborat. Hokimiyatning bo ʻ linish qoidasi davlat hokimiyatining uch tarmog ʻ i qonun chiqaruvchilik, ijroiya va sud hokimiyatlarining mustaqilligini va ular o ʻ rtasida vazifalarning chegaralab qo ʻ yilishini nazarda tutadi. Federal darajadagi uch tarmoq Kongress, Prezident va Oliy suddir.
5 Aholisi AQShning hozirgi aholisi uch asosiy etnik tarkibiy qismdan: AQSh amerikaliklari, muhojirlar va tub joy aholisidan iborat. AQSh aholisining 82,8 % ni asli kelib chiqishi yevropaliklar, 12,6 % ni afrikaliklar, 3,6 % ni osiyoliklar, 1 % ni hindular, eskimoslar, aleutlar tashkil etadi. Aholining 80 % shaharlarda yashaydi. AQSh amerikaliklari millat sifatida asosan 18-a.ning 2-yarmida Yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan muhojirlarning aralashib ketishi natijasida tarkib topgan. Afroamerikaliklar (qoralar deb ata-luvchi negrlar) AQSh amerikaliklarining irqiy-etnografik guruhi bo ʻ lib, ular 1719-a.larda mamlakatga keltirilgan afrikalik qullarning avlodlaridir. Afroamerikaliklar ko ʻ p asrlar davomida ayirmachilik va kamsituvga duchor qilinishiga qaramay, afrikaliklarning oq tanlilar bilan jismoniy aralashuvi sodir bo ʻ ldi. Duragaylar afroamerikaliklar umumiy sonining anchagina qismini tashkil etadi. AQShda meksikanlar, italyanlar, nemislar, fransuzlar, shvedlar, norveglar, gollandlar, yaponlar, po-lyaklar, xitoylar va boshqaxalqlar ham yashaydi. AQShda 5 mingga yaqin o ʻ zbek istiqomat qiladi. Ular asosan NyuYork, Vashington, Nyu- Jersi shtatlarida, Filadelfiya shahrida hamda mamlakatning boshqa shtat va shaharlarida yashaydi. Ular turli kasb hamda tijorat ishlari bilan shug ʻ ullanadilar. Hozirgi amerikalik o ʻ zbeklarning ota-bobolari 1917 y.gi oktyabr to ʻ ntarishidan keyin bolsheviklar tazyiqidan qochib, avval Afg ʻ oniston va Xitoyga o ʻ tib ketganlar yillarda esa, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Turkiya orqali AQShga borib qolishgan. 2-jahon urushi davrida turli yo ʻ llar bilan u yerga borib qolgan o ʻ zbeklar ham uchraydi. AQSh aholisining zichligi 1 km² ga 27,2 kishi. Rasmiy tili ingliz tili. Dindorlar asosan protestantlar va katoliklardir. Yirik shaharlari: Nyu-York, Chikago, Los Anjeles, Filadelfiya, Xyuston, Detroyt, San Fransisko, Vashington, Boston, Dallas, Klivlend, Baltimor (yana q. Amerikaliklar).
6 Tarixi Qadim zamonlarda hozirgi AQSh hududida indeys va eskimoslar yashagan. Amerika 1492 yilda X. Kolumb tomonidan kashf etilgandan keyin 16-a.da Ispaniya, Fransiya, Angliya, Gollandiya, Shvetsiya Shim. Amerikadagi bo ʻ sh yerlarni egallashga kirishdi. Angliya 18-a. o ʻ rtalarida asosiy raqiblarini surib chiqarib, qit ʼ aning sharqiy qismida o ʻ zining mustamlakachilik hukmronligini o ʻ rnatdi. Yerlarni egallash va o ʻ rnashib olish bilan ayni bir vaqtda mahalliy aholi qirg ʻ in qilindi va Afrikadan qul negrlar ommaviy ravishda olib kelindi ylardagi Shim. Amerikada mustaqillik uchun urush davomida 1776 y. 4 iyulda federal davlat AQShga asos solindi va u respublika deb e ʼ lon qilindi. J. Vashington AQShning birinchi prezidenta etib saylandi. Mamlakat shim.da sanoat va fermerlik, jan. da quldorlikka asoslangan dehqonchilik rivojlandi. G ʻ arbdagi indeys qabilalarini haydab yuborish va yangi yerlarni o ʻ zlashtirish hisobiga AQSh hududi tez kengaya bordi yilda Fransiyadan G ʻ arbiy Luiziana sotib olindi, 1819 yilda Ispaniya Floridaning bahridan o ʻ tdi, 1836 yilda Meksikadan Texas tortib olindi. 19-a. mobaynida hozirgi Kaliforniya, Arizona, Nyu-Meksiko, Nevada shtatlarining hududlari, Kolorado va Vayoming shtatlarining bir qismi qo ʻ shib olindi. 19a. o ʻ rtalarida AQShda ikki partiyali tizim tarkib topdi. Endi hokimiyatni Demokratik partiya bilan Respublikachilar partiyasi galmagal boshqaradigan bo ʻ ldi. Shim. burjuaziyasi bilan janub plantatorlari o ʻ rtasidagi ziddiyat AQShda yillar fuqarolar urushiga olib keldi, unda prezident A. Linkoln boshchiligidagi shim. shtatlar g ʻ alaba qozondi. Urush davomida yer ulushlari haqida (1862), quldorlikni bekor qilish to ʻ g ʻ risida (1865) qonunlar qabul qilindi. Fuqarolar urushidan so ʻ ng mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlana boshladi yilda AQSh chor Rossiyasidan Alyaska va Aleut orollarini sotib oldi; 19-a. oxirida Filippin, Gavayi, Puerto-Riko va boshqalarni, 1903 yilda Panama kanali zonasini qo ʻ lga kiritdi. Ikki asr bo ʻ sag ʻ asida AQShga ko ʻ chib kelishning yangi to ʻ lqini boshlandi. Muhojirlarning aksariyati jan.-sharqiy Yevropadan edi.
Еще похожие презентации в нашем архиве:
© 2024 MyShared Inc.
All rights reserved.