Скачать презентацию
Идет загрузка презентации. Пожалуйста, подождите
Презентация была опубликована 8 лет назад пользователемJahongir Bekov
1 OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI MIRZO ULUGBEK NOMIDAGI OZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI OZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI Bajardi: Mardonova B.
2 Ishchi kuchining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati. Ishchi kuchi bandligi va uning darajasi. Ishsizlik va uning turlari. Reja :
3 Ishchi kuchi bu insonning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig'indisi bo'lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli bolgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi.
4 Ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan 60 yoshgacha bolgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha bolgan ayollar kiritiladi.
5 Ishchi kuchi resurslarining faol va potensial qismi: Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo'Igan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o'qiyotganlar va vaqtinchalik uy xo'jaligida band bo'lganlar potensial qismi hisoblanadi.
6 Respublikada ishchi kuchi resurslarining ortacha yillik soni 2008 yilda 16,3 mln kishini tashkil qilgan, bu mamlakat aholisining 59,1 foiziga tengdir. Iqtisodiyotda band bolgan ishchi kuchi ortacha yillik soni 11.0 mln kishidan ortiq bolib, jami ishchi kuchi resurslari tarkibida 67,5 foizni tashkil qiladi. 32,5% 67,5%
7 Mamlakatdagi ishchi kuchi resurslari miqdoriga aholining tabiiy o'sishidan tashqari ishchi kuchi migratsiyasi ham ta'sir qiladi. Migratsiya ikki xil: mamlakat ichida va xalqaro darajada ro'y berishi mumkin. Bir mamlakat ichida ro'y bergan migratsiya ichki migratsiya deb ataladi.
8 Ishchi kuchi migratsiyasi shunchaki ro'y bermay, uning asosida ma'lum ijtimoiy-iqtisodiy sabablar yotadi. Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy vazifasi sifatida mamlakat bo'ylab mehnat resurslari samarali taqsimlash, ishchi kuchiga bolgan talab va taklif nisbatini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu vazifaning amalga oshishi natijasida ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi ortadi. Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi aholi turmush darajasini oshirish, inson omilining ijtimoiy hayotdagi roli va mavqeini yanada yuksaltirishdan iborat
9 Ishchi kuchi bozori bu xo'jalik faoliyati jarayonida "ishchi kuchi" tovari egalari va uning asosiy iste'molchilari davlat va tadbirkorlar o'rtasida mehnat sharoitlari va unga haq to'lash miqdorlari, ishchilarning malaka darajasi, ular tomonidan bajarilayotgan ishlarning hajmi, intensivligi va mas'uliyat darajasi bo'yicha tarkib topuvchi ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarning murakkab tizimi.
10 Ingliz iqtisodchisi A.Fillips ishsizlik va inflyatsiyaning o'sishi o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatib berib, bu bog'liqlikni ifodalovchi egri chiziq Fillips egri chizig'i deb nom oldi. Unga ko'ra, inflyatsiya darajasini 1 foizga pasaytirish uchun ishsizlikni 2 foizga o'stirish lozim bo'ladi. W.P % U % W-nominal ish haqining osish surati. P-inflatsiya darajasi. U-ishsizlik darajasi.
11 Ishsizlik va uning turlari. Mehnatga layoqatli bo'lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta'minlanmaganlar ishsizlar deyiladi. Namoyon bo'lish xususiyati va vujudga kelisli sabablariga ko'ra, ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, institutsional, texnologik, regional, yashirin va turg'un ishsizlik turlariga bo'linadi.
12 Ishsizlik turlari. Bir ishdan bo'shab yangi ishga joylashgunga qadar bolgan davrdagi ishsizlik friksion (oraliq) ishsizlik deyiladi. (bu muddat 1 oydan 3 oygacha davom etishi mumkin) Yangi kasb va mutaxassislikni o'zlashtirib yoki boshqa joyga ko'chib otib, yangi ishga joylashgunga qadar bolgan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb ataladi (odatda 6 oydan ko'proq davom etadi). Siklik ishsizlik iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog'liq bo'lib, u ishlab chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga keladi va siklning yuksalish fazasida mavjud bo'lmaydi. Institutsional ishsizlik - ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya'ni ishchi kuchini ish bilan ta'minlashga xizmat ko'rsatuvchi muassasalarning yetarli darajada rivojlanmaganligi yoki samarali faoliyat ko'rsatmasligi natijasida paydo bo'ladi. Texnologik ishsizlik ishlab chiqarish jarayoniga texnologik usullarning kirib kelishi bilan bog'liq bo'ladi.
13 Hududiy ishsizlik muayyan hududdagi tarixiy, demografik, madaniy, milliy va ijtimoiy-ruhiy xususiyatdagi bir qator kompleks omillar ta'siri ostida ishchi kuchi talabi va taklifi o'rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanadi. Yashirin ishsizlik uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to'liq band bo'lmaslik xos. Turg'un ishsizlik mehnatga layoqatli aholining ish joyini yo'qotgan, ishsizlik bo'yicha nafaqa olish huquqidan mahrum bo'Igan hamda faol mehnat faoliyatiga hech qanday qiziqishi bo'lmagan qismini qamrab oladi.
14 Ishchi kuchi tarkibiga ishlay oladigan va ishlashni xohlagan barcha kishilar kiradi. Ishchi kuchi - ishlovchilar va faol ish izlovchilardan iborat bo'ladi. Boshqacha aytganda, band bo'lganlar va ishsizlar ishchi kuchini tashkil qiladi. Ishsizlarga ish bilan band bo'lmagan va faol ish izlayotgan hamda bu haqda tegishli xizmat muassasalariga (mehnat birjalariga) bildiigan kishilar kiradi. Mehnat qilishga layoqatli bo'lib, ishlashni xohlamagan va ish izlashga harakat qilmaganlar ishsizlar tarkibiga kirmaydi.
15 Ishsizlik tabiiy darajasi Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida hisoblanadi. Ishsizlar soni Ishsizlik darajasi = x 100% Ishchi kuchi soni
16 Ишсизлик йил июн ойи охирига меҳнат идораларида иш қидирувчилар сифатида рўйхатдан ўтган аҳоли сони 13,7 минг кишини (2012 йилнинг шу даврида - 16,6 минг киши ) ташкил қилди. Ишсизлар сони 2013 йил январ - июнида 630,6 минг кишини ташкил қилди ва иқтисодий фаол аҳоли сонига нисбатан ишсизлик даражаси 4,8 фоизга тенг бўлди. Республика миқёсида юқори ишсизлик даражаси Қорақалпоғистон Республикасида ( ишсизлар сони – 39,7 минг киши ёки иқтисодий фаол аҳоли сонига нисбатан ишсизлик даражаси 6,1 фоиз ), Андижон (66,9 минг киши ёки 5,4 фоиз ), Самарқанд (75,1 минг киши ёки 5,3 фоиз ), Наманган (49,3 минг киши ёки 5,3 фоиз ), Қашқадарё (57,5 минг киши ёки 5,2 фоиз ), Хоразм (36,6 минг киши ёки 5,2 фоиз ), Навоий (22,3 минг киши ёки 5,2 фоиз ) ва Сурхондарё (46,9 минг киши ёки 5,1 фоиз ) вилоятларида кузатилди.
17 2013 йилнинг январ - июн ойларида иқтисодиётда банд бўлган аҳоли сони 12410,1 минг кишини ташкил қилди ва 2012 йилнинг шу даврига нисбатан 2,5 фоизга ошди. Бандлар сонининг сезиларли ўсиш даражаси қишлоқ ва ўрмон хўжалигида (4,0 фоизга ), қурилишда (3,3 фоизга ), савдо, умумий овқатланиш, таъминот ва тайёрлов соҳасида (3,2 фоизга ), уй - жой коммунал хўжалиги ва аҳолига маиший хизмат кўрсатишнинг ноишлаб чиқариш турида (2,9 фоизга ), транспорт ва алоқада (2,7 фоизга ), саноатда (1,6 фоизга ) кузатилди. Нодавлат секторида жами бандлар улуши 80,6 фоизга етди, бу кўрсаткич 2012 йилнинг шу даврида 80,1 фоизни ташкил қилган.
Еще похожие презентации в нашем архиве:
© 2024 MyShared Inc.
All rights reserved.