Скачать презентацию
Идет загрузка презентации. Пожалуйста, подождите
Презентация была опубликована 8 лет назад пользователемsanjar shamsudinov
1 Moliya 14-15
2 Menejment kursi bozor munosabatlarining qonunlarini organuvchi muhim fanlardan biri hisoblanadi. Menejment va Menejer sozlari hozirgi davrda bizning ishbilarmonlik va kundalik hayotimizda davlatni bozorga otishdagi iqtisodiy taraqqiyoti goyalarini aks ettirib keng ishlatiladi. Management inglizcha soz bolib, ozbek tilida boshqaruvni tashkil qilish, rahbarlik qilish manosida tarjima qilinadi. Shunday qilib, umumiy rejada menejment boshqaruvni bildiradi, yani u yoki bu faoliyat turini (tashkil etishni va rahbarlik qilishni) iqtisodiy, moliyani va boshqa inson hayotidagi ishbilarmonlik sohasini tashkil qilish va boshqarishni bildiradi. Garb adabiyotidan menejmentning juda kop tushunchalari orin olgan. Ulardan uchtasini keltiramiz: tashkilotni maqsad-niyatlariga, unda ishlovchi odamlar harakatini aniq yonalishga solish hisobiga erishish; tashkil etilmagan bir necha odamlarni samarali, maqsad sari yonaltirilgan va unumli mehnat guruhiga (tashkilotga) aylantiradigan maxsus faoliyat turidir; tashkilotni orzu-niyatlariga erishishdagi mehnat va moddiy resurslarni aniq yonalishda ishlatilishi evaziga erishiladigan rejalashtirish, tashkil qilish, boshqarish va nazorat qilish jarayonidir. Bu tushunchalar turlicha bolishiga qaramay, uchta bir xil belgiga ega: Boshqaruvda aniq maqsad borligini korsatadi. Bu turdagi faoliyatning alohida aqliy tavsifi borligi ajratib korsatiladi. Har bir tashkilotda boshqaruvning orni borligidan axborot beriladi. Uchinchi aniqlashuvda menejment manosining belgilariga qoshimcha qilib beshta vazifani birlashgani, yani rejalashtirish, tashkil qilish, rahbarlik qilish, motivlashtirish yoki qiziqtirish togri yolga solish va nazorat qilish aniqlashtiriladi. 1-jadvalda menejmenti taraqqiy topgan davlatlarda boshqaruvning nazariyasi va amaliyotini tahlil qilish asosida ajratib korsatilgan 7 ta tavsifi keltirilgan.
3 Menejment - iqtisodga taalluqli, bozor munosabatlariga asoslangan alohida boshqaruv turidir. Menejment - iqtisodiy boshqaruv usullariga asoslanib daromad va foyda olishni kozda tutadi. Menejment - maqsadga muvofiq boshqaruv usuli yoki mehnatni samarali tashkil qilishga yonaltirilgan boshqaruvdir. Menejment - mahsulot sifatini va mehnat unumdorligini oshirishni oz vazifasi deb biluvchi boshqaruvdir. Menejment - yuqori malakali boshqaruvdir. Bu tashkiliy faoliyat turi bolib, uning muhim bogini, aniq boshqaruv sharoitlari, yangiliklar loyihasini ishlanishi, tashkilot taraqqiyotining taktikasi va strategiyasi, shuningdek, boshqalarni har tomonlama va aniq tahlil qilishdir. Menejment – ozini egiluvchan va uddaburon boshqaruv tizimi deb hisoblanadi, oz vaqtida qayta tuzilish, bozor konyukturasi, hamda raqobat kurashini, ijtimoiy taraqqiyot omilini ziyraklik bilan seza olish qobiliyatiga ega. Menejment - bu shunday faoliyatki, unda inson harakatlarini tayyorlash, tashkil qilish va togri yolga solish haqidagi sanat mujassamdir
4 Menejmentda eng asosiy vazifa - bu odamlar bilan ishlashdir. Menejment haqidagi keltirilgan tavsiflar shundan dalolat beradiki, u boshqaruv manosini bildira turib, mamuriy buyruqbozlik iqtisodi boshqaruvdan tubdan farq qiladi. Bu farqlar quyidagicha: Birinchi farq - bu bozor iqtisodiga taalluqli bolib, mamuriy buyruqbozlik xojalikni reja asosida olib borish tizimi emasdir. Ikkinchi farq - birinchi farqdan kelib chiqadiki, yani taraqqiy topgan davlatlarda menejment iqtisodiy boshqaruv usuli hisoblanadi. Malumki, rejali sotsialistik iqtisodda boshqaruv kop hollarda mamuriy usulda amalga oshirilar edi. Boshqacha soz bilan aytganda markazdan nima, qanday sonda, qaerda ishlab chiqarish kerakligi togrisida korsatmalar kelar edi. Iqtisodiy usulda esa iqtisodni bozor va istemolchilarning talabi boshqaradi. Shunday qilib menejment boshqaruv manosini bildiradi va obektiv iqtisodiy qonunlar hisobiga hamda ularni har biri aniq ishlab chiqarishda tashkilotda ishlatilishga asoslanadi. Uchinchi farq - menejmentni sotsialistik tizim boshqaruvidan farqini oxirgi tortta tavsifni birlashtirish asosida aniqlash mumkin. Uni «menejment - bu samarali boshqaruv fani va sanati»dir deyish mumkin. Bunday boshqaruv bu kabi mehnat bilan shugullanuvchilarning yuqori malakasi, yani menejerlar hisobiga, ularning bilimdonligi, faol ijodiy ishi, tashabbuskorligi, fikr yuritishining egiluvchanligi, taktik va strategik masalalarni echishdagi qobiliyati, odamlar bilan bevosita ishlay olishi hisobiga amalga oshadi. Oksford izohli lugatida menejment tavsifi quyidagi oddiy soz bilan ifodalangan. Unda Menejment - bu mamuriy ishni bajarishdagi alohida qobiliyat va bilimdonlikdir, - deyilgan. Hozirgi davrda menejment - boshqaruviga qoyiladigan turli talablarni, yani ish usuliga, ishni olib bora olish qobiliyatiga, odamlar harakatini birgalikdagi faoliyatda togri yonaltirish sanati va fanga qoyiladigan talablarni qattiq mamuriy talabsiz belgilangan maqsadning bajarilishini ozida aks ettiradi. Yuqoridagi sifatlarga qoshimcha qilib, hozirgi zamon menejmenti taraqqiy topgan davlatlardagi 2 ta tavsifini ham keltirish orinlidir: Menejerlik korpusining faoliyatini istemolchi talabiga mos keladigan yuqori sifatli mahsulot olishga yonaltirilganligi (menejmentda marketing yondashuvi). Menejer ishini tashkilot jamoa azolarining faravonligini oshirishga yonaltirilganligi (boshqaruv faoliyatini insonparvarligi). Pirovard natijada «Menejment» termini yana bitta, aniqrogi ikkita keng tarqalgan manoga ega. U koproq toplash manosida, barcha tashkilot menejerlar jamoasini yoki oliy menejerlar korpusini belgilashda ishlatiladi. Bu kabi manolarda Menejer sozi odatda 2 xil faoliyatni: boshqaruvchilar (menejerlar) va ishlab chiqaruvchilar (ishchilar) orasida malum qarama-qarshilik kozda tutilganda qollaniladi. Eng avvalo, Fanning predmeti nima? degan savolga quyidagi javobni berish mumkin: Predmet bu fan nima bilan shugullanadi, ushbu sohadagi jarayon va voqealar oqimi qonuniyligini belgilaydi. Menejment predmeti boshqaruv fani sifatida kop sonli hodisalarni qamrab oladi. Ularni quyidagi ikkita guruhga birlashtirish mumkin: 1. Nazariy menejment predmeti - bu odamlar orasidagi munosabatni, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonini organishdir. Boshqaruv munosabatlari quyidagilar asosida belgilanadi: a)jamiyat hayoti boyicha: iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, manaviy; b)boshqaruv tavsifi boyicha; shaxslararo, tizimlararo, aralash; v)korib chiqilayotgan tizimga nisbatan: - tashqi va ichki; g)harakat vaqti bilan: vaqtinchalik (qisqa muddatli va doimiy); d)hosil boladigan aloqalar orqali: muntazam, funktsional va aralash; 2. Ikkinchi guruh, avvalambor eslatilganidek, yuqoridagi xojalik mexanizmining elementlarini oz ichiga oladi, yani qonunlar, vazifalar, tashkiliy tarkiblar, boshqaruv texnikasi va texnologiyasi hamda boshqalar.
5 Hozirgi zamon menejmenti iqtisodiy taraqqiy topgan davlatlarda (Yaponiya, AQSh, Garbiy Evropa) ozining katta hajmdagi intilishlarini ijtimoiy izlanishlarga yonaltirgan, chunki aynan ularda tashkilotni muvaffaqiyatli taraqqiy topish imkonini koradi. Menejment - bu shubhasiz boshqaruv fani, chunki bu mavzu malum obektiv iqtisodiy qonunlarga asoslanadi. Menejment fani - bu boshqaruvchiga tanlovni togri amalga oshirishni va ishchan qarorni qabul qilishni orgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boginlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda bu fan quyidagilarni organadi: boshqarish nazariyasi va amaliyoti; boshqarish obekti va subekti; boshqarish tamoyillari va usullari; boshqarish madaniyati; menejer va uning fazilatlari; menejer reytingi; boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish; boshqarish funktsiyalari; xodimlarni boshqarish; ishlab chiqarishni boshqarish; samaradorlikni boshqarish; oz-ozini boshqarish; hududiy boshqarish va hokazolar. Korib turibmizki, bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obekti orasidagi ozaro munosabat bolib, uning asosiy vazifasi oquvchilarga boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanati sirlarini orgatishdan iborat. Fanni oqitish talabalarda boshqarish muammolariga nisbatan qiziqish uygotish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq tugdirishdan iborat. Chunki hozir boshqarish asoslarini organayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining xodimlari, kichik va orta, katta jamoalarning rahbarlari, korxona va firmalar iqtisodiy, sotsial, tashkiliy - texnik faoliyatining turli tomonlarini boshqarish boyicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiqishga davat etilgan mutaxassislar bolib etishadilar. Boshqa tomondan boshqaruv kop hollarda rahbarning qobiliyatiga, uning odamlar bilan ishlay olishiga, shaxsiy tashabbusiga, fahm-farosatiga bogliqdir. Bularning barchasini boshqaruvda ishlata olish - bu sanatdir. Boshqaruv sanati - bu menejerning, rahbarning qobiliyati, ustamonligi, ijodiyotidir. Shunday qilib har qanday ijodiy faoliyat sifatida menejment ozida fan va sanat elementlarini jamul-jam qilgan. Biz korib chiqqan toifalar, tabiiyki, menejmentning barcha tushunchalarini qamrab ololmaydi. Ularga etarli sonda boshqa tushunchalar kiradi. Masalan, qonuniylik, vazifalar, masalalar, maqsadlar, qarorlar, boshqaruv mexanizmi, taktika va strategiya va boshqalar Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish ham ularning zimmasiga tushadi. Boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda organish, tahlil qilish maqsadida bu fan quyidagi uslublardan foydalanadi. Menejment fanining tahlil usullari
6 U oz ichiga uch xil: amaliy, innovatsion va strategik menejmentni oladi. Chizmadan korinishicha amaliy menejment barcha boshqaruv sohalariga tarqalgan: Innovatsion menejment (yangilik yaratishni boshqaruvi) va strategik menejment (strategik rejalashtirish) amaliy menejmentni takomillashtirishga yonaltirilgan boshqaruv faoliyatidan iboratdir. Ananalarga kora garb biznesida menejment uchta sohada: ishlab chiqarish, moliya, sotuvda toplangan. Chizmada bu oz aksini topgan. Amaliy menejment bolinmalarida ishlab chiqarish (korxonalar, firmalar, korporatsiyalar va boshqalar, bular mikroiqtisod nomi bilan ataladi), moliya va marketing menejmenti (sotuvni boshqarish, tovarlar sotish), ishlab chiqarish menejmenti songroq, ishlab chiqarish texnologiyasi yoki texnolog menejment sifatida aniqlashtiriladi. Umumiy menejment (makroiqtisod) Amaliy menejment Innovatsion menejment Strategik menejment Ishlab chiqarish marketingi (mikroiktisod) Marketing menejmenti Moliya menejmenti Texnologik menejment 1.1-chizma. Bir xil shakldagi menejment turlari. Ishlab chiqarish menejmentida ikki xil faoliyat turi bolishi mumkin: Ishlab chiqarishda hozirgi zamon turdagi materiallar, texnika va texnologiyani yaratish, ozlashtirish, ishlatish boyicha texnik faoliyat. Ishlab chiqarish jarayonlarini tartibga solinishini taminlash, harakatlarni tashkil qilish va togri yolga solish boyicha texnik faoliyat. Texnik faoliyatda hal qiluvchi ahamiyatga ega bolgan ixtiroshunoslik uchun ilmiy-texnik bilimga ega mu-taxassislarga muhandislik tajribasi kerak boladi. Bu turdagi faoliyatda eng asosiysi texnik goyani yaratish-dir. Menejerning vazifasi - qobiliyatli odamlarni izlab topish va ular ijodiy mehnat qilishlari uchun qulay sharoit yaratishdir. Boshqaruv faoliyatida qol ostidagilarni ijobiy harakati hisobiga yaxshi, ijobiy natijalarga erishish rahbarlik qobiliyatidir. Rahbarlik sanatining manosi xizmatchilar faoliyatini tashkil qilish va togri yolga boshlashdan iboratdir. Garb mutaxassislarining fikricha firma, korxonaning muvaffaqiyatli faoliyatini kaliti - firma boshqaruvini samarali tashkil qilishdadir. Bu boshqaruv zanjirini quyidagicha boglanishlar bilan ifodalash mumkin: Firma boshligining harakati. Ishlovchilar xulqi. Jamoaning ishlab chiqarish faoliyati. Firma ishining natijasi. Shunday qilib biz korib chiqayotgan tizimning asosiy bogini bu rahbarning bilimdonlik harakatidir, yani firma menejerlaridir. Sifatli menejment ishlovchilarda faol munosabatni uygotadi, ularning ozaro munosabati esa samarali ishlab chiqarish faoliyatiga aylanadi.
Еще похожие презентации в нашем архиве:
© 2024 MyShared Inc.
All rights reserved.