Скачать презентацию
Идет загрузка презентации. Пожалуйста, подождите
Презентация была опубликована 8 лет назад пользователемMaruf Saibov
2 Kompyuter viruslari bugungi kunda ko'pchilikning eng dolzarb muammosidir. Bu hammani tashvishga solmoqda. Virus dasturi kompyuterdagi ma'lumotlar butunligini buzishga yoki ularni o'chirishga mo'ljallangan bo'ladi. Ilk bor virus dasturlari AQShda ishlab chiqarilgan, chunki aynan bu davlatda shaxsiy kompyuterlar keng tarqalgan edi. Ilk bor ishlab chiqarilgan virus dasturlari foydalanuvchini hotirjamligini buzishga va asabiga tegishga qaratilgan edi. Lekin keyinchalik ular zarar yetkazishni o'zining maqsadi sifatida qabul qilib oldi. Hozirgi paytda butun dunyo buyicha dan ortiq virus dasturlari mavjud. Ular kompyuter viruslari bo'lib, kompyuterdagi ma'lumotlarga zarar etkazadi yoki kompyuterning ishlash samaradorligini tushirib yuboradi. Kompyuter virusi o'zi nima? Ular ma'naviy qashshoq, hayotdan va boshqalardan alamzada dasturchilar tomonidan garazli maqsadlarda yozilgan dastur. Ular odatda, ko'p martalab nusxalanadi va ijrochi fayllarga "yopishib oladi". Ularning "ishga tushishi" oqibatida goh displeyda turli yot yozuvlar paydo bo'lishi, goh disqdagi yozuvlar (fayllar) ni o'chirib yuborishi mumkin.
3 Odatda foydalanuvchiga virus dasturlarining nomigina ma'lum bo'lishi mumkin. Masalan, Black Hole (qora teshik), Black Friday (qora juma), Friday 13 (o'n uchinchi juma), "sekin ta'sir qiluvchi virus" va hokazo. Mazkur viruslar ekranning chap burchagidan qora teshik ochishi yoki 13 sana juma kunlari ishlayotgan fayllarni yo'qotishi, bundan tashqari har 5 minutda kompyuter ishini bir necha yuz marotalab sun'iy sekinlashtirib yuborishi mumkin. Keng tarqalgan viruslarni ikki guruhga bo'lish mumkin: -fayllar uchun (SOM, YeXE va DLL ni zararlaydi); -Boot-viruslar (disketlarni boshlang'ich yuklovchi sektorlari yoki MBR (Master Boot Record) qattiq diskning yuklovchi sohasini zararlaydi. Tarmoqqa zarar keltiruvchi alohida viruslar ham mavjud. Ular replikatorlar deb atalib, tarmoqdagi barcha yoki ba'zi abonentlarni zararlaydi. Ulardan eng "taniqlisi" Morrisa nomlisidir yilda ushbu virus Internet tarmog'idagi ta kompyuterdan 6000 tasiga zarar keltirib, "karomat" ko'rsatgan.
4 Antivirus dastur (antivirus) kompyuter viruslari hamda nomaqbul (zararli) dasturlarni aniqlash imkonini beradigan dastur. Bunday dasturlar bilan zararlangan (modifikatsiyalangan ) dasturlarni tiklash hamda profilaktika maqsadida, yani fayllar yoki operatsion tizimning zararli kod bilan zararlanishining oldini olish uchun tatbiq etiladi.
5 Virus malum dasturlashtirilgan xatti- harakatlarni bajaruvchi dasturni ozida ifoda etadi. Istalgan boshqa dastur kabi u oz muallifiga ega; istalgan boshqa dastur kabi u foydalanuvchi uni ishga tushirmasa u ishga tushmaydi. Shu sababli nazorat qilib bolmaydigan epidemiya sifatida tushinib, virus hujumidan qorqmaslik kerak juda kop holatlarda foydalanuvchining ozi virus tarqalishiga sabab boladi. Kompyuterda saqlangan viruslar (faol bolmagan) yashirin xavf uygotadi xolos. Oddiy xavfsizlik choralariga rioya qilib, deyarli barcha viruslardan saqlanish mumkin.
7 Kompyuterda paydo bolgan yangi dasturlar va hujjatlarni diqqat bilan kuzatob borish va quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: «varez» saytlardan dasturlarni kochirib olmang; agar siz bunday dasturni kochirib olgan bolsangiz, ularni viruslarga albatta tekshiring. Nomalum ilovalarni ishga tushirmang. Fayllar ilova qilingan barcha xatlarni viruslarga tekshiring. Pornagrafik saytlar, buzgunchi dasturlarga ega saytlar, kazina saytlari, tezda boyib ketishni vada qiladigan saytlar kabi shubhali resurslarga tashrif buyurmang Agar telefon liniyasi barcha sanab otilgan talablarga muvofiq kelsa, u holda link bilan bogliq muammo yuzaga kelmasligi kerak.
8 Kompyuterdagi ma'lumotlarni viruslardan himoya etish uchun antivirus dasturlar ishlab chiqarilgan. Antivirus dasturlar AQSh, Kanada, Rossiyaning bir qator firmalari tomonidan ishlab chiqarilmokda. Antivirus dasturlar rezident va norezident turlarga bo'linadi: rezident antivirus dasturi kompyuter yoqilganidan o'chirilguncha qadar operativ xotira, aktiv (joriy) dasturlarni, fayllarni virusga tekshirib turadi. Rezident antivirus dasturi o'zining ishini foydalanuvchiga bildirmasdan olib boradi, faqat ayrim hollarda foydalanuvchidan virusi mavjud faylni davolashga ruxsat so'raydi. Norezident antivirus dasturlar esa faqat foydalanuvchining o'zi ko'rsatgan joylarni va belgilangan vaqtda tekshiradi va davolaydi. Hozirgi kunda quyidagi antivirus dasturlar keng tarqalgan: 1. DrWeb for DOS; 2. DrWeb for Windows; 3. Antiviral Tool Kit Pro; 4. AVP Platinium; 5. Norton Antivirus; 6. McAfee; 7. Aidstest;
9 Virusdan himoyalash Antivirus turlari
10 Kompyuter virusi ular ma'naviy qashshoq, hayotdan va boshqalardan alamzada dasturchilar tomonidan garazli maqsadlarda yozilgan dastur. Ular odatda, ko'p martalab nusxalanadi va ijrochi fayllarga "yopishib oladi". Ularning "ishga tushishi" oqibatida goh displeyda turli yot yozuvlar paydo bo'lishi, goh disqdagi yozuvlar (fayllar) ni o'chirib yuborishi mumkin. Fayl viruslari kompyuterlarda keng tarqalgan viruslar. Ular barcha viruslarning tahminan 80% ini tashkil etadi. Bu toifa kompyuter viruslari juda chidamli bo'lib, o'z vaqtida ehtiyot chorasi ko'rilmasa, haqiqiy epidemiyaga aylanadi.
Еще похожие презентации в нашем архиве:
© 2024 MyShared Inc.
All rights reserved.