Скачать презентацию
Идет загрузка презентации. Пожалуйста, подождите
Презентация была опубликована 9 лет назад пользователемСемён Вышеславцев
2 Reja. 1. Borliq kategoriyasi.Borliq turlari. 2. Materiya kategoriyasi.Dunyoning moddiy birligi. 3. Materiyaning mavjudlik shakillari.Harakat va rivojlanish. 4. Fazo va vaqt materiyaning yashash shakli.
3 Dunyoning mavjudligi, yani borligi togrisida baxs yuritgan faylasuflar bu masalaga turlicha yondoshganlar: ularning bazilari, dunyo avval ham bolgan, hozir ham mavjud, bundan keyin ham mavjud boladi deyishsa; boshqalari, dunyo avval mavjud bolmagan, ilk borliq bu olamdagi barcha narsa va xodisalarni yaratunchi Xudodir.
4 Ilk borliq, yani birinchi mavjud-Tangri Olloh barcha mavjudod borligining birinchi sababidir deyiladi. «Ilk bor bolgan, (Yani Tangri)-deydi Farobiy, ozining asl mohiyati bilan boshqa barcha narsrlardan farqlidir» (Abu Nasr Farobiy «Fozil odamlar shahri», 131 bet). Chunki, u modda ham emasdir, subekt ham emasdir, uning surati ham bolmaydi, uning bir ozi bu borliqda yakayu-yagonadir, u shu jihatdan ham birinchidir
5 Borliq tushunchasi falsafiy kategoriya sifatida bilishning yuqori bosqichi-abstrakt tafakkurgagina xos bolib, fikrlash jarayonida kishilar bu tushuncha orqali dunyodagi alohida narsalar, ularning konkrekt belgilari va xossalari haqida emas balki, dunyodagi barcha narsalar, voqea xodisalar, jarayonlar ortasidagi eng umumiy jixat-ularning realligi haqida fikr yuritadilar. Borliq tushunchasi yordamida kishilar dunyoning obektiv mavjudligi, uning cheksizligi, abadiyligi va bir butunligi haqida ilmiy va falsafiy tasavvurga ega boladilar.
6 Borliqning asosiy shakillarini tabiiy borliq yoki tabiat borligi, inson borligi, manaviy borligi tashkil etadi. Tabiiy borliq ozaro bogliq, lekin bir-biridan farq qiluvchi quyidagi ikki korinishdan iboratdir: 1.Tabiatdagi narsa va xodisalarning, jism va jarayonlarning asl tabiiy borligi; 2.Tabiyatdagi narsa va xodisalar asosida inson tomonidan yaratilgan narsalarning tabiiy borligi.
7 Borliqning oziga xos shakillaridan yana biri – bu inson borligidir. Inson borligida, avvalo, insonning tabiat taraqqiyotining maxsuli sifatida tabiiy borliqning har ikki shakliga oid tomonlar bilan birga, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot maxsuli sifatida unda ijtimoiy va manaviy borliqning ham barcha shakillariga xos tomonlarning yigindisi majassamlashgandir.
8 Inson borligi jamiyat taraqqiyotining birdan bir manbaidir. Ijtimoiy borliq xodisalarning barcha turlarini oz ichiga qamrab oladi. Jamiyat bir-biri bilan uzviy bogliq bolgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ijtimoiy etnik, oilaviy va x.k. munosabatlardan tarkib topgan, doimo taraqqiy etib, rivojlanib turadigan jonli organizmdir. Jamiyat tabiat taraqqiyotining zaruriy oqibatidir.
9 Jamiyatning moddiy texnika bazasi, iqtisodiy asoslari, siyosiy tashkilotlari: davlat va xokimiyat idoralari, armiya, politsiya, sud, prokuratura, siyosiy partiyalar, turli-tuman jamoat tashkilotlari maorif sistemasi, madaniyat, fan va texnika, ilmiy tadqiqot institutlari va laboratoriyalari, ommaviy axborot muassasalari, aloqa bolimlari va x.k. ijtimoiy borliqning har xil korinishlarini tashkil etadi.
10 Borliq faqat moddiy shakilda emas, manaviy, ruxiy shaklda ham namoyon boladi. Manaviy borliq inson tomonidan yaratilgan rang-barang madaniyat va sanat asarlari, til, ilmiy kashfiyotlar, goyalar, Etika-odob qoidalari, falsafiy, estetik, badiiy, siyosiy, tafakkurlash madaniyati, ruhiy kechinmalar, diniy tasavvurlar, tushunchalar va x.k. majmui kiradi
Еще похожие презентации в нашем архиве:
© 2025 MyShared Inc.
All rights reserved.