Скачать презентацию
Идет загрузка презентации. Пожалуйста, подождите
Презентация была опубликована 9 лет назад пользователемБогдан Головков
1 Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov Mavzu: Ozbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari. Reja: Kirish: 1. Ilk davlatchilikning asosiy omillari. ASOSIY QISIM: 1.Dastlabki shaharsozlik madaniyati 2.Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Orta Osiyo 3.Dastlabki davlatlar Xulosa: 1.Ilk davlatlar haqidagi yozma manbalar.
2 Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH Ilk davlatchilikning asosiy omillari. Dastlabki shaharsozlik madaniyati Yangi tosh asriga kelib Orta Osiyo hududlarida dehqonchilikning paydo bolishi jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini yanada tezlashtirdi. Bronza davriga kelib dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi, ixtisoslashagan hunarmandchilik xojaliklarining rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish hajmi kopayib, mehnat qurollari yanada takomillashib bordi. Jamiyatda ishlab chiqaruvchi xojalikning paydo bolishi va jadallik bilan rivojlanishi oz navbatida ijtimoiy hayotdagi ozgarishlarga sabab boldi. Malumki, Orta Osiyo, umuman Ozbekiston hududlarida dastlabki davlatchilikning paydo bolishi masalalari tadqiqotchilar orasida hamon bahslarga sabab bolib kelmoqda. Bu orinda ushbu jarayonga asosiy turtki bolib yanada jadallashtirgan omillarni aniqlash nihoyatda muhimdir. Bronza davridayoq suniy sugorishga asoslangan dehqonchilik Orta Osiyo xojaligining asosini tashkil etgan. Sugorma dehqonchilikning yuqori unumdor shakllari jamiyatda hal qiluvchi ozgarishlarga olib keldi. Xususan, dehqonchilik rivoji natijasida qoshimcha mahsulot va xususiy mulk korinishlari paydo boldi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, suniy sugorishga asoslangan dehqonchilik Orta Osiyo xojaligining asosi hisoblanib bu jarayon janubiy Turkmaniston, Tojikiston va Ozbekistonning janubida bronza davrida, Toshkent vohasi, Fargona vodiysi hududlarida esa ilk temir davrida shakllanib rivojlandi. Orta Osiyoda ilk davlat uyushmalari suniy sugorish birmuncha qulay bolgan Amudaryo (yuqori, orta, quyi) oqimlari boylarida, Murgob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllanib rivojlanadi. Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar -Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham kuzatish mumkin.
3 Jamiyat hayotida metallning keng yoyilishi ham dastlabki davlatchilikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib Orta Osiyoning juda koplab bronza va ilk temir davriga oid yodgorliklaridan (Sopolli, Jarqoton, Qiziltepa, Anov, Kozaliqir, Afrosiyob, Daratepa, Chust, Dalvarzin va boshq.) ishlab chiqaruvchi xojalik bilan bevosita bogliq bolgan metall qurollar topib organilgan. Mehnat qurollarining metaldan ishlanishi mehnat unumdorligining yanada oshishiga keng imkoniyatlar yaratdi. Songgi bronza davriga kelib kulolchilik charxining keng ishlatila boshlanishi natijasida turli shakldagi yuqori sifatli sopol idishlar ishlab chiqarila boshlanadi. Kulolchilikning rivojlanishi natijasida Sopolli, Oltintepa, Gonur, Jarqoton, Afrosiyob kabilarda kulolchilik mahallalari paydo boladi. Shuningdek, hunarmandchilikning toshga, metalga, yogochga, suyakka ishlov berish turlari ham keng tarqaladi. Hunarmandchilikning ixtisoslashuvi, alohida xojalik tarmogi sifatida shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bolib, davlatchilik paydo bolishi uchun muhim bolgan qoshimcha mahsulot kopayishiga turtki boldi. Ilk davlatlarning paydo bolishida ozaro ayirboshlash, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning ham ahamiyati nihoyatda katta bolgan. Dastavval shuni aytish joizki, Orta Osiyo hududlarida yashagan aholi qadimgi davrlardan boshlab ozaro munosabatlarni rivojlantirib kelganlar. Bronza davriga kelib shimoldagi kochmanchi chorvador qabilalar va janubdagi otroq dehqonchilik aholisi ortasida ozaro mol ayirboshlash va madaniy aloqalar yanada jadallashadi. Bu orinda osha davrda shakllanib keyinchalik ancha rivojlangan qadimgi yollarning ahamiyati beqiyos boldi. Orta Osiyo qadimgi aholisi mintaqadan tashqari qoshni davlatlar bilan ham ozaro aloqalarni rivojlantirganlar. Bu orinda shuni takidlash joizki, qimmatbaho Badaxshon (Tojikiston) lojuvard toshlari mil avv. III ming yillikdayoq Mesopotamiya va Misr shaharlarida nihoyatda qadrlangan va bu hududlar bilan ozaro mol ayirboshlash munosabatlari ornatilgan. Undan tashqari, Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Eron, Orta Osiyo yodgorliklaridagi songgi bronza va ilk temir davri topilmalaridagi juda kopgina oxshashliklar bu hududlar ortasidagi ozaro iqtisodiy va madaniy aloqalardan dalolat beradiki, bu jarayon ham ilk davlatchilikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH
4 Mil avv. III - II ming yillliklarga kelib Orta Osiyo jamiyatida sodir bolgan iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari bu hududlarda ilk shaharlarning paydo bolishiga imkon yaratdi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, ilk shaharlar paydo bolishi dastlabki davlatchilik shakllanishida eng muhim va asosiy omil bolib, bu ikkala jarayon uzviy bogliq holda kechgan. Malumki, mil.avv. II ming yillikka kelib qadimgi Ozbekistonning dehqonchilik vohalarida otroq qabilalar rivojlanib aholining alohida joylashuv manzilgohlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy ozgarishlar - otroq dehqonchilikning rivojlanishi, aholi zichligining yuqori darajasi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, ijtimoiy tabaqalanish va boshqaruv tizimining murakkablashib borishi, ozaro almashinuv, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning kuchayishi hamda harbiy-siyosiy vaziyat Ozbekiston hududlarida dastlabki shaharsozlikning paydo bolishida asosiy omillardan hisoblanadi. Olkamiz hududlarida dastlabki shahar madaniyatining shakllanishi ham jamiyat taraqqiyotida bolgani kabi uzluksiz taraqqiyot yoli bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga kora shaharsozlik madaniyatining shakllanishi uzoq va bosqichma-bosqich davrlarni bosib otgan. Ozbekistonning turli hududlarida tadqiqotchilar qadimgi shahar xarobalarini topib tekshirdilar. Kop sonli arxeologik topilmalarning dalolat berishicha bu kohna shaharlar bazilarining yoshi yildan kam emas. Ularga Afrosiyob, Koktepa (Samarqand), Qiziltepa (Surxon vohasi), Uzunqir, Erqorgon (Qashqadaryo vohasi) va boshqalar kiradi. Bu kohna shaharlar tarixi hozirgi Samarqand (Afrosiyob-Maraqanda), Kitob-Shahrisabz (Uzunqir) yoki Qarshi (Erqorgon) hududlarida davom etdi. Olkamiz hududlarida qadimgi shaharsozlik madaniyatining asoslari quyidagilardan iborat: aholining otroq dehqonchilikka otishi va keng vohalar boylab yoyilishi; hunardmanchilik ishlab chiqarishining rivojlanishi natijasida iqtisodiy hamda madaniy aloqalar va savdo-sotiqning taraqqiy etishi; tabiiy-geografik hamda harbiy-strategik shart-sharoitlar. Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH
5 Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga qaraganda shahar madaniyati dastavval Shimoliy Baqtriyaga (Surxon vohasi) keyin esa Sogdiyona (Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro vohasi), Xorazm va Fargona hududlariga tarqaladi. Qadimgi shaharlar -tarixiy rivojlanishdagi urbanistik jarayonda muhim ahamiyatga ega bolgan jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy asosi hisoblanadi. Fikrimizcha, shaharlar tarixini organish jarayonida dastavval eng qadimgi shaharlar shakllanishi va rivojlanishi; aniq hududlar yoki viloyatlardagi tarixiy-madaniy shart-sharoitning tasiri; ekologik, geografik, ijtimoiy, iqtisodiy va demografik muhitlarning darajasi va tasir doirasi; shaharlarning vazifasi; qadimgi shahar markazlarining tarixiy-madaniy jarayonlardagi orni va ahamiyati masalalariga keng etibor qaratish lozim. Kopchilik tadqiqotlar natijalarini tahlil etar ekanmiz shunday xulosaga kelish mumkinki, Orta Osiyo hududlarida dastlabki shaharsozlik madaniyati mil avv. II ming yillikdayoq, yani, bronza davridayoq shakllana boshlaydi. Bu davrda ishlab chiqaruvchi kuchlarning osishi natijasida mehnat unumdorligi ortib boradi. Natijada turli tarixiy viloyatlarda joylashgan yirik mustahkam manzilgohlar orni va atroflarida (Sopolli, Jarqoton, Namozgoh, Qiziltepa, Erqorgon, Bandixon, Uzunqir) dastlabki shahar markazlari shakllanib rivojlana boshlaydi. Xullas, Orta Osiyodagi urbanizatsiya jarayonining xronologiyasi va shakllari nisbatan turlicha bolib, bu jarayon faqat ichki tabiiy-geografik va ijtimoiy-siyosiy sharoitlar hamda qoshni jamoalardagi madaniy tasir bilan bogliq bolmasdan, dastavval, Yaqin va Orta Sharqdagi (Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Eron) jahon urbanistik markazlari bilan ham chambarchas bogliq edi. Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH
6 Yangi malumotlarga kora, Orta Osiyo hudularidan topilgan piktografik belgi-yozuvlar bronza davriga oid bolsa-da, ular hozircha kam sonli bolib, qadimgi jamiyat haqida toliq malumotlar bera olmaydi. Milloddan avvalgi V-IV asrlarga oid ayrim kam sonli topilmalar ham (Xorazm, sak yozuvlari) toliq emas. Orta Osiyo hududlaridan milloddan avval III-II asrlarga oid koplab tanga pullar topilganki, ular qadimgi tarixni organishda muhim ahamiyat kasb etadi. Undan tashqari to orta asrlarga qadar etib kelgan kop sonli yozma manbalar malumotlari ham muhimdir. Orta Osiyo hududlaridagi dastlabki davlat uyushmalari haqidagi yozma manbalar - zardoshtiylarning muqaddas dinniy kitobi Avesto, ahmoniylar davri mixxat yozuvlari, yunon-rim tarixchilarining asarlari hisoblanib ularning barchasi yurtimizdan chetda bitilgan. Shuning uchun ham ularda bazi hollarda chalkashliklar va noaniqliklar, bir-birini inkor etish hollari uchrab turadiki, bu orinda mavjud yozma manbalarni arxeologik tadqiqotlar natijalari bilan solishtirish va tahlil etish nihoyatda muhimdir. Arxeologik malumotlar yozma manbalar malumotlarini kengaytiradi, ularga aniqlik kiritadi, tarixiy taraqqiyotning aniq yonalishlarini korsatib, malum davr haqidagi tasavvurlarimizni yanada boyitadi. Vatanimiz tarixini organishidagi dastlabki yozma manba sifatida Avesto katta ahamiyat kasb etadi. Avesto qachon va qayerda paydo bolganligi tadqiqotchilar orasida hamon bahslarga sabab bolmoqda. Avesto kitobi va zardoshtiylik dinining asoschisi Zaratushtra (Zardosht, yunoncha Zoroastr) paydo bolgan va faoliyat korsatgan hudud haqida Avestoda keltirilgan geografik hududlarni organib xulosa chiqargan kopchilik hozirgi tadqiqotchilar Orta Osiyo yoki hech bolmaganda bu hududga qoshni bolgan shimoli-sharqiy Eron degan fikr bildiradilar. Umuman olganda, Avestoning vatani Xorazm yoki Baqtriya deb hisoblovchi olimlar kopchilikni tashkil etadi. Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH
7 Avestoni fransuz olimi Anketil dyu Perron birinchi bolib tadqiq etgan yillarda dyu Perron Hindistonning Gujarat viloyatida eron zardoshtiylarining avlodlari-parslarning urf-odatlari va diniy marosimlari bilan tanishib chiqadi hamda 1771 yilda Avestoni fransuz tiliga tarjima qiladi. Dastlabki Avesto 21ta kitobdan iborat bolgan. Bizgacha Avestoning Yasna - qurbonlik keltirish, Visprat - Hamma hukmronlar, Yasht - qadrlash, Videvdat - devlarga qarshi qonun qismlari saqlanib qolgan. Bu qismlar Sosoniylar davrida (III-VI asrlar) tahrir qilingan. Avestoda ahmoniylargacha bolgan geografik, hududiy nomlar, atamalar, ijtimoiy- iqtisodiy malumotlar, siyosiy tarix, diniy falsafa va turli malumotlar saqlangan. Unda jumladan shunday deyiladi: O, Spitama Zaratushtra, yashaydigan joylarga, bu erlarga baxtlik qancha kam bolsada, tinchlik tortiq qildim. Birinchidan, odamlar yashashi uchun eng yaxshi mamlakatni, Vanxvi Datyo daryosidagi Aryonam Vayjoga (Eron tekisligi yoki ariylar olkasi) asos soldim. Ikkinchidan, men, Axuramazda, eng yaxshi mamlakatlar va olkalardan bolgan Gava Sogda (Sogdiyona) makoniga asos soldim. Uchinchidan, men, Axuramazda, eng yaxshi mamlakatlar va olkalardan bolgan qudratli Mouruga (Margiyona) asos soldim. Tortinchidan, men, Axuramazda, eng yaxshi mamlakatlar va olkalardan bolgan, baland bayroqlari bolgan gozal Bahdiga (Baqtriya) asos soldim.11 Avestoda tilga olingan juda koplab mamlakatlar - Orta Osiyo va Orta Sharq, Afgoniston, Eronning shimoli-sharqiy hududlari bilan bogliqdir. Yasht qismlari ariylarning erlari haqida quyidagicha elon qiladi: U mamlakatning jasur sardorlari kopdan kop harbiy yurishlar qiladi, uning keng yaylovlarga ega, suvga serob toglarida chorva tinch otlov va emish bilan taminlangan, bu erdagi sersuv chuqur kollar tolqinlanib turadi, kema qatnaydigan keng daryolarning oqimi Pourutadagi Iskta, Xaravaydagi Mouru, Sogddagi Gava va Xvarizam tomoniga toshib intiladi. Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH
8 Avesto malumotlariga kora, eroniy sulolalaridan bolgan Kayoniylar sulolasining songgi vakillaridan biri Kavi Vishtasp paygambar Zaratushtraga homiylik qiladi. Zaratushtra yashab faoliyat korsatgan davr haqida aniq fikr yoq. Tadqiqotchilar bu davrni mil.avv. II ming yillik ortalaridan milodiy I ming yillik ortalarigacha belgilaydilar. Kopchilik tadqiqotchilar fikrlaridan xulosa chiqaradigan bolsak, Zaratushtra mil.avv. I ming yillikning birinchi choragida yashab faoliyat korsatgan bolishi mumkin. Kopchilik tadqiqotchilar Kavi Vishtaspni Baqtriyada hukmronlik qilganini etirof etadilar. Avesto malumotlariga kora, Kavi Vishtasp davrida davlat uyushmasi mavjud bolgan. Misol uchun, Gatalarda Zaratushtra kichik hukmdorlarni urushlarni toxtatishga, kuchli va odil podsho qol ostida birlashishga davat etadi. Aftidan, osha paytdayoq kichik mulklarning yagona podsho hukmronligi ostidagi nisbatan yirik siyosiy uyushmalarga birlashuvi boshlanadi. Paygambar Zaratushtra va shoh Vishtasp, fikirimizcha, bu birlashuvning tashabbuskorlari edilar. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga kora, mil.avv. II ming yillikka kelib Orta Osiyoning janubida Qadimgi Baqtriya va Margiyona hamda unga qoshni bolgan hududlarda Baqtriya - Margiyona arxeologik majmuiga kiruvchi yuqori darajada rivojlangan madaniy yodgorliklar guruhi mavjud edi. Togaloq, Gonur, Dashli, Oltintepa, Sopolli, Jarqoton, Tillatepa kabilar shular jumlasidandir. Ularning kopchiligi dastlabki shahar markazlari bolib, ularda arki alo, shahriston, diniy markazlar hamda shahar oldi hududlari mavjud edi. Yani, ular osha davr nuqtai nazaridan etarli darajada rivojlangan shaharlar edi. Kopchilik tadqiqotlardan bizga malumki, ilk shaharlar davlatchilik paydo bolishining muhim va asosiy belgisi hisoblanadi. Ushbu malumotlar mil.avv. II ming yillik oxiri I ming yillik boshlari qadimgi Baqtriya hududlarida davlatchilik korinishlari paydo bola boshlaganidan dalolat beradi. Ktesiy bergan malumotlarga kora, mil.avv. II ming yillikning dastlabki asrlarida Baqtriya kuchli podsholik bolib, mintaqada hukmronlik mavqeini qolga kiritish maqsadida Midiya va Ossuriya ortasidagi urushlarda ishtirok etadi. Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH
9 Boshqaruv – jamiyatning ichki jabhasiga xos xususiyat hisoblanadi. Tarixga nazar tashlaydigan bolsak, insoniyat oz rivojlanish jarayoni davomida eng oddiy boshqaruv shakllarini barpo etib uni rivojlantirib va takomillashtirib borganligi kuzatiladi. Dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar mil.avv. III ming yillikdayoq Misrda (nom davlatlarning birlashuvi), Mesopotamiyada (Akkadning kuchayuvi) paydo boladi va Sharqdagi boshqa hududlarga ham (Hindiston, Xett davlati, Elam va boshq) oz tasirini otkazib sifatiy yangi xususiyatlar kasb eta beradi. Takidlash joizki, boshqaruv tizimi, umuman, davlatchilik abadiy mavjudlik emas. Davlat boshqaruvi deganda biz bosh siyosiy hokimiyat va unga boysinuvchi boshqaruv tizimini tushunamiz. Boshqaruv tizimi jamiyatning barcha jabhalarini – siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqalarni oz ichiga oladi. Binobarin, boshqaruv tizimini har tomonlama va jiddiy organmasdan turib jahon xalqlari tarixiy madaniy rivojlanishi, ularning ozaro aloqalari va tasiri, mahalliy va umumbashariy madaniyatlar integratsiyasining oziga xos tomonlari va qonuniyatlariga aniqliklar kiritish mumkin emas. Davlat boshqaruvining paydo bolishi insoniyat tarixida muhim muvaffaqiyat va sifatiy yangi bosqich boldi. Dunyo tarixidagi qadimgi davlatlarning paydo bolishi va takomillashuvida Orta Osiyo va unga qoshni hududlarda yashagan xalqlarning ham hissasi katta boldi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, davlatning paydo bolishi uzoq davom etgan jarayondir. Bu jarayon turli xalqlarda turli yollar bilan bolib otgan. Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH Dastlabki davlatlar
10 Tadqiqotchilarning fikricha, birinchidan, davlatlar paydo bolishining osiyocha ishlab chiqarish usuliga asoslangan «Sharq yoli» bolib, unda iqtisodiyotning asosini irrigatsiya dehqonchiligi tashkil etgan; er va irrigatsiya inshootlari davlatning mulki bolgan; dehqonchilik jamoasi jamiyatning birlamchi yacheykasi edi; aholining katta qismini safarbar etish zaruriyati prinsipal boshqaruvchilar tabaqasini taqozo etgan. Ishlab chiqarishning osiyocha usuli mil.avv. V ming yillikdan milodiy I asrgacha daryolar vodiylarida joylashgan Misr, Bobil, Xitoy, Hindiston, Orta Osiyo kabi hududlarda yoyilgan. Davlat tuzilmasining ikkinchi, «Evropacha yoli» Evropa hududida mil.avv. V asrdan boshlab milodiy III asrgacha qadimgi yunon polislarida mavjud bolgan. Ularda xususiy mulkchilik shakllanishi tufayli kelib chiqqan jamiyatning ijtimoiy mulkiy tabaqalanishuvi jarayoni (tabaqalar shakllanish jarayoni) asosiy omil boldi. Malum bir qabila, elat va xalqqa xos hamda muayyan rivojlanish bosqichlari boshqa xalq va hududlardagi davlatchilik jarayonlariga aslo mos tushmaydi. Shunga qaramay, Qadimgi Sharqdagi ilk davlatlarning paydo bolishi va rivojlanishi kopgina umumiy jihatlarga ega ekanligini takidlash joizdir. Aynan mana shuning uchun ham Orta Osiyoda ilk davlatlarning paydo bolishi Qadimgi Sharq davlatchiligi tarixi bilan uzviy bogliqdir. Qadimgi Sharq turli hududlaridagi tabiiy sharoit oziga xos bolib, kopgina davlatlarning paydo bolishi ushbu holat bilan bevosita bogliq edi. Ayniqsa, yirik daryolar – Nil, Dajla, Frot, Hind, Ganga, Xuanxe, Amudaryo va Sirdaryo Qadimgi Sharq xalqlari tarixiy taqdirida juda katta ahamiyatga ega boldi Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH
11 Ijtimoiy va hududiy birlikning asosi hisoblangan jamoalar mavjudligi Qadimgi Sharq ijtimoiy tuzilmasining muhim oziga xos tomoni edi. Barcha Qadimgi Sharq davlatlari (ayrim shahar-davlatlar bundan mustasno) juda koplab qishloq jamoalaridan tashkil topgan bolib, ularning har birida boshqaruv tartibi bilan bogliq ishlar amalga oshirilganda kopgina jamoalar birlashuvi davlat hokimiyati rolining oshishini taminlar edi. Kop hollarda tadqiqotchilar jamoalarning birlashuvi natijasida paydo bolgan davlatchilik tizimini murakkab sugorish tartibi tashkil etilishi, erlarni suniy sugorilishi, daryo vohalari va tog oldi hududlarining ozlashtirilishi hamda togonlarning qurilishi bilan boglaydilar. Yuqoridagi omillarning mavjud bolganligi aniq. Lekin, ularni tashkil etish nazorat va boshqaruvni, hisob-kitobni talab etar edi. Demak, buning uchun yozuvchi mirzalar, hisob-kitobchilar va hukmdorlar zarurati tugilgan. Mehnat qurollari tayyorlash uchun hunarmandlar faoliyat korsatgan. Ushbu murakkab tizim havfsizligini taminlash uchun qurolli guruhlar tuzish, hamda malum hududlarni mudofaa inshootlari bilan orab olish kerak bolgan. Shu tariqa jamiyatda ikkita yangi tuzilma-shahar va davlat paydo bola boshlaydi. Davlat yoki shahar-davlat malum hududlarni oz nazoratiga olishi va bu hududlarni kengaytirib borishi natijasida chegaralar paydo bolgan. Hududlarning kengayishi va chegaralarning ozgarishi natijasida davlatlar ortasida urushlar kelib chiqadi. Chegaralar masalasida takidlash joizki, qadimgi davrlarda ular kop hollarda toglar va dasht hududlar orqali, ayrim hollarda esa daryolar orqali otgan. Shuning uchun ham tarixiy yondoshuv shuni talab etadiki, tarixning turli davrlarida davlatlar chegaralari ozgarib turgan va hozirgi chegaralarga mutlaqo mos tushmaydi. Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH
12 Turli xalqlar va ularning ajdodlari oz davlatchiligining shakllanish boqichini ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy-madaniy vaziyatlarga bogliq holda turli tarixiy davrlarda bosib otdilar. Bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan dastlabki yozma manbalar - Avesto, ahmoniylar davri mixxat yozuvlari, qadimgi yunon- rim manbalari qadimgi Sharq va dunyo tarixida birinchi bolib, Orta Osiyodagi eng qadimgi xalqlarning nomlarini, alohida joylar, toglar, daryolar va kollarning nomlarini, afsonaviy qahramonlar va podsholarning nomlarini, yurtimiz xalqlarining turmushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi togrisidagi malumotlarni oz ichiga oladi. Ushbu yozma manbalar malumotlarini arxeologik tadqiqotlar natijalari bilan solishtirganimizda ilk davlatlarning paydo bolishi masalalariga kopgina aniqliklar kiritish imkoniyati paydo boladi. Bronza davriga kelib aholining ijtimoiy va iqtisodiy hayotida katta ozgarishlar sodir boldi. Xususan, qadimgi aholi ishlab chiqarishning malum bir sohalariga - dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikka ixtisoslashib bordi. Bu jarayon ishlab chiqaruvchi kuchlarning osishi va ularning bir erga toplanishi uchun zamin yaratdi. Qadimgi xojaliklarning ixtisoslashuvi, sugorma dehqonchilikning rivojlanishi, metallning hayotga jadallik bilan kirib kelishi va yoyilishi, hunarmandchilikda turli tarmoqlarning rivojlanishi, ozaro ayirboshlash va savdo- sotiqning taraqqiy etishi natijasida jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish kuzatiladiki, bu yuksalish ilk davlatchilikning asosiy poydevori hisoblanadi. Ahmoniylargacha bolgan davrda bazi bir vohalar, asosiy otroq aholi joylashuvi olkalari edi. Ularning hududlarida manzilgohlar, sugorish inshootlari, ozlashtirilgan er maydonlari bor edi. Bir qancha shunga oxshash, daryolar vohalarida joylashgan va umumiy aholi joylashuv hududlari bilan bogliq bolgan erlar Baqtriya, Sogdiyona, Xorazm kabi tarixiy viloyatlarni tashkil etgan. Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH
13 E.V. Rtveladzening songgi yillardagi (2001) xulosalariga kora Orta Osiyodagi ikkidaryo oraligida qadimgi davr davlatchilik evolyutsiyasining mil.avv. II ming yillik va milodiy IV asri oraligidagi vaqtni qamrab olgan bir necha davrlarni ajratib korsatish mumkin. Bular quyidagi davrlardir: Birinchi davr – mil.avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi – Ozbekiston janubida embrional shakldagi davlatga oxshash tuzilmaning qaror topishi. Davlatning bunday namunasi Jarqotonda oz aksini topgan deyish mumkin. Ikkinchi davr – mil.avv. I ming yillikning boshi – mil.avv. 539 yil – Baqtriya, Sogd, Xorazm kabi tarixiy- madaniy viloyatlarning shakllanishi. Ularda siyosiy hokimiyat tolishining shaxobchali tizimiga ega bolgan davlatning ilk shakllarini korish mumkin. Avesto malumotlari bunga misol bola oladi. Uchinchi davr – mil.avv. 539 yil – mil.avv. 330 yil – Ahmoniylar bosqini va Orta Osiyoning ahmoniylar davlati tarkibiga kirishi tufayli kelib chiqqan mahalliy davlatchilik rivojlanishidagi tanaffus. Tortinchi davr – mil.avv. IV asr oxiri – mil.avv. II asr ikkinchi yarmining boshi – Aleksandr Makedonskiy bosib olishdan boshlab ellinlar siyosiy hukmronligi oxirigacha. Bu davrda mahalliy davlatchilikning tiklanish jarayoni yuz beradi. Mil.avv. IV asr songgi choragida Xorazmda podsholik paydo bolgan bolsa, III asr oxiri – II asrda Buxoroda, Dovonda (Fargona), Sogdda alohida mulklar shakllanadi. Keyinchalik butun mulklarni birlashtirgan Qang davlati shakllana boshlaydi. Beshinchi davr – mil.avv. II asrning ikkinchi yarmi – yangi eraning I asri boshi – mahalliy davlatlar: Qang, Xorazm podsholigi, Buxoro, Sogd, Dovonning mustahkamlanishi va yanada rivojlanishi, Yuyechji davlatining qaror topishi va uning hokimiyatining Gandxargacha yoyilishi. Ushbu mulklarda kumush va mis tangalar zarb qilinishi, mahalliy sogd, xorazm yozuvlarining paydo bolishi rivojlangan davlatchilikning asosiy belgilari hisoblanar edi. Oltinchi davr – yangi eraning I asri boshi – III asri birinchi yarmi – antik davrda mahalliy davlatchilikning ravnaq topishi. Ozbekiston janubining konfederativ Yuyechji davlati asosida paydo bolgan Kushon imperiyasi tarkibiga kirishi. Chochda yangi mulkchilikning paydo bolishi. Xorazmda Afrigiylar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi va bu erda sulolaviy boshqaruvning ananaviylashuvi. Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH
14 Mil. avv yillar Orta Osiyoning tarixiy-madaniy viloyatlari ulkan Ahmoniylar davlati tarkibiga kirar edi. Orta Osiyo viloyatlari va unga qoshni bolgan hududlarning bosib olinishi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarixi haqida kopchilik olimlar turli yillarda tadqiqot ishlari olib bordilar. Bu tadqiqotlarning aksariyati ahmoniylar Eroni hududlari tarixi bilan bogliqdir. Mavjud ilmiy tadqiqotlar ahmoniylar davri mixxat yozuvlari va ayrim yunon-rim tarixchilarining asarlari hamda arxeologik tadqiqotlar natijalariga asoslanadi. Mil. avv. IX-VII asrlarda Garbiy Eronning kopgina hududlari Ossuriya va Urartu davlatlari tarkibiga kirar edi. Mil. avv. VII asrning ikkinchi choragiga kelib Eron hududidagi eroniy tilli qabilalar asosida markazi Hamadonda bolgan Midiya podsholigi tashkil topadi. Bu davlatningg Sharqdagi hududlari Orta Osiyo chegaralarigacha chozilgan edi. Mil. avv. VI asrning ortalarida Midiya podsholigi ornida Ahmoniylar davlati paydo boladi. Kopchilik tarixiy adabiyotlarda Kir II ahmoniylar davlatining asoschisi sifatida etirof etiladi. Kir II, Kambiz, Doro I, Kserks kabi fors podsholari qadimgi Sharqdagi juda koplab mamlakatlar ustidan oz hokimiyatini ornatishni rejalashtirganlar va shunday siyosat olib borganlar. Mil. avv. VI asrning ortalarida Kir II ozining sodiq lashkarboshlaridan biri bolgan Garpagga Kichik Osiyodagi shahar-davlatlarni bosib olishni buyuradi. Ozi esa Orta Osiyo hududidagi viloyatlarni (Baqtriya, Xorazm, Sogdiyona, Margiyona va boshq.) bosib olishiga tayyorgarlik kora boshlaydi. Gerodot Kir II ning massagetlarga qarshi yurishi haqida sozlar ekan, bu yurishlarning kopchiligi haqida toxtalmasdan, faqat forslarni tashvishga solgan yurishlar haqida eslatib otadi. Tarixchining malumot berishicha, Garpag Kichik Osiyo shaharlarini birin-ketin bosib olguncha Kir II butun Osiyo xalqlarini boysundiradi va shundan keyingina Bobilga yurish boshlaydi. Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Orta Osiyo
15 Zaratushtraning yangi talimoti oz vatanida tarafdorlarini topmaganligi sababli u oz yurtidan ketishga majbur bolgan. Zaratushtra diniy talimotini birinchi bolib qabul qilgan tarafdorlar qadimgi Baqtriya podshosi Kavi Vishtasp, malika Xutaosa va ularning yaqin qarindoshlaridir. Zaratushtra oz goyalarida qonli qurbonlik qilishni qatiyan qoralaydi. U yana shuni takidlaydiki, odamzod yashashga haqli bolib, bu huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning haqi yoq. Zaratushtra oz goyalarini targib qila boshlagan davr Orta Osiyo va Eron xalqlari tarixida eng muhim davr edi. Ibtidoiy jamoa munosabatlari ozgarib, davlatchilik tizimi munosabatlari qaror topmoqda edi. Yangi din esa bu ozgarishlarni ozida aks ettirib, tugilayotgan sinfiy jamiyatga xizmat qilar edi. U birlashishga va kuchli markazlashgan hokimiyat tuzishga, osha davrda otroq dehqonchilik bilan shugullanuvchi vodiy aholisi uchun xudoning qamchisi (tigi) hisoblangan kochmanchi xalqlarga qarshi keskin kurashga chaqirdi. Zardoshtiylarning diniy falsafasi qarama-qarshi kuchlarning kurashiga asoslangan. Bu kurash yoruglik, yaxshilik kuchlari xudosi Axuramazda, qora va zulmat kuchlari xudosi Axriman ortasida boshlanib jamiyat va insonlar orasida davom etgan. Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH
16 Zaratushtra talimotiga kora jamiyat yaxshilik va yomonlikdan iborat. Shuningdek, bu talimotga kora insonlar hayotining asosiy mazmuni doimo xayrli ishlar qilish, bir-biriga mehr-oqibatli, xushmuomala bolish va olijanob fazilatlardan iborat. Zardoshtiylarda tort unsur - olov, er, suv va havo muqaddas hisoblangan va ular doimo ardoqlanib kelingan. Zardoshtiylar olimni dunyoda, jamiyat taraqqiyotida eng yovuz narsa deb hisoblaganlar. Shuning uchun ham ular muqaddas erga olikni kommaganlar hamda oziga xos komish marosimlariga amal qilganlar. Olikni (odam, hayvon) erga komish qattiq jazolangan. Zardoshtiylar olikni maxsus joylarda saqlab, hayvonlar va qushlar ular suyaklarini tozalaganidan song tozalangan suyaklarni tosh, loy yoki ohakdan yasalgan maxsus astadon (ossuariy)larga dafn etganlar. Zaratushtra dini vaqt otishi bilan asta-sekin, eron tiliga mansub xalqlar ortasida tarqalar ekan oz asosini saqlagan holda biroz ozgaradi. Axuramazda va Axrimandan tashqari Avesto bir qator boshqa xudolar - Mitra, Xouma, Anaxita, Ashi va Zurvon kabi ulug xudolar faoliyati haqida ham hikoya qiladi. Zardoshtiylik Sosoniylar davrida (mil. III-VII asrlar) uzil-kesil rasmiylashgan. Bu davrda zardoshtiylik adabiyoti ham keng tarqaldi. Dastlabki paytlarda zardoshtiylik dinining muqaddas matnlari avlodlarga ogzaki etkazilgan va Zaratushtra olimidan song bir necha asr otgach malumotlar toplanib yagona matn yozilgan. Avesto shu tariqa yuzaga kelgan. Bir qator olimlar zardoshtiylik aqidalariga tayanib Avestoni ilk sosoniylar (III-IV asrlar) davriga boglasalarda, shunga qaramay uning birinchi tahriri mil. avv. I asrda bolib otgan deb hisoblanadi. Avesto (Asos, Asosiy matn) jumlasi ham osha paytda paydo boladi. Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH
17 Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga qaraganda, ilk temir davri Orta Osiyo hududlarida madaniy hayot, milliy urf-odatlar, ananalarning rivojlanganligini kuzatishimiz mumkin. Shunday ananalardan biri Navroz bayramidir. Navroz qadim avlodlarimizdan bizgacha etib kelgan muqaddas urf-odatlardan bolib, uni bayram qilish Orta Sharq va Orta Osiyoda qadimdayoq rasm bolgan. Asrlar otishi bilan Navroz bilan bogliq ananalar xalqlar va elatlar ortasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojlanishi zaminida keng yoyila borib, kop olkalarning ananaviy milliy bayramiga aylandi. Narshaxiyning malumot berishicha, Navroz - Yangi yil bayramini otkazish ananalari boshlanganiga uch ming yildan otgan. Ingliz olimasi M.Boys fikricha, zardoshtiylarda olov hamda ezgulik homiysi Asha Vahishta sharafiga bahoriy udum - Navrozni otkazish ananasi paydo bolgan. Beruniyning yozishicha, Navroz yangi yilning birinchi kuni bolib, uning forscha nomi ham shu manoni taqozo etadi. Eronliklar otmish zamonlarda yillarni qabisali oylarga bolishgan. Bu vaqt quyoshninng Saraton burjiga kirish paytiga togri kelar edi. Songra u orqaga surilgach, bahorda keladigan boldi. Endi u butun yil unga xizmat qiladigan bir vaqtda, yani, bahor yomgirining birinchi tomchisi tushishidan gullar ochilguncha, daraxtlar gullashidan mevalari etilguncha,... osimlik unib chiqa boshlashidan takomillashguncha davom etgan vaqtda keladi. Shuning uchun Navroz olamning boshlanishi va yaratilishiga dalil qilingan. Demak, Navroz 3-3,5 ming ilgari paydo bolgan bolib, asrlar davomida yangicha qarashlar va ananalar bilan boyib bordi. Shu bilan birga uning tarkibida ajdodlarimining qadimgi mifologik tasavvurlari va hayot tarzi bilan aloqador marosim va urf-odatlar ham saqlanib qoldi. Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH
18 Karimov I.A. Ozbekistonning oz istiqlol va taraqqiyot yoli. T., Ozbekiston, 1992 Karimov I.A. Ozbekiston bozor munosabatlariga otishning oziga xos yoli. Toshkent, Ozbekiston, Karimov I.A Istiqlol va manaviyat-T., Ozbekiston, Karimov I.A Ozbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yolida. Toshkent, Ozbekiston, Karimov I.A. Ozbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yolida. T.,1995 Karimov I.A. Ozbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari-T., Ozbekiston, Karimov. I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.-3, Toshkent, Ozbekiston, Karimov I.A. Barkamol avlod-Ozbekiston taraqqiyotining poydevori.- T., Ozbekiston, Karimov I.A. Ozbekiston XXI asr bosagasida: Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T., Ozbekiston, Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yoq-T., Sharq, Karimov I.A. Manaviy yuksalish yolida.-T., Ozbekiston, Karimov I.A. Ozbekiston buyuk kelajak sari T., Ozbekiston, Karimov I.A. Olloh qalbimizda, yuragimizda. Turkiston-press axborot agentligi muhbirining savollariga javoblar-T., Ozbekiston, Karimov I.A. Oliy Majlis II-chaqiriq I-sessiyasi 2-yigilishida sozlagan nutqi. Ozbekiston ovozi, 12 fevral, Abayev V.I. Mif i istoriya v Gatax Zoroastra. V kn.: Istoriko-filologicheskiye issledovaniya. M., Abdullayev R. Milliy siyosiy goyalar tarixidan GG Inson va siyosat, 1991, 9, betlar. Abdulhamidov A. Orosheniye v predgoryax Uzbekistana. T., Abduraimov M.A. Ocherk agrarnox otnosheniy v Buxarskom xanstve v XVI v. - pervoy polovine XIX veka, t.I. T., Abu Rayxon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. GG Tanlangan asarlar. t.1.-T., Fan, Avesto. Yasht kitobi-T., Sharq, Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov Foydalanilgan adabiyotlar royxati
Еще похожие презентации в нашем архиве:
© 2024 MyShared Inc.
All rights reserved.