Islom (arabcha: اَلْإِسْلَامُ, al-Islām bo ʻ ysunish, itoat etish)jahonda keng tarqalgan uch dindan (xristianlik va yahudiylik bilan bir qatorda) biri.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Транксрипт:

Islom (arabcha: اَلْإِسْلَامُ, al-Islām bo ʻ ysunish, itoat etish)jahonda keng tarqalgan uch dindan (xristianlik va yahudiylik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga e ʼ tiqod qiluvchilar arabcha muslim (sadoqatli; ko ʻ pligi muslimun) deb ataladi. Muslim, muslimun so ʻ zining boshqa xalqlar orasida o ʻ zgacha talaffuz etish (masalan, forslarda musalmon, o ʻ zbeklarda musulmon, qirg ʻ iz va qozoqlarda musulmon, Ukraina va Rossiyada basurman) natijasida bu dinga e ʼ tiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi. Lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan. Jahonda dunyo aholising 24,9 foizi, ya ʼ ni 1,11,8 milliard kishi Islomga e ʼ tiqod qiladi. Musulmonlarning 2/3 qismidan ko ʻ prog ʻ i Osiyoda yashaydi va bu qit ʼ a aholisining 20 % idan ortiqrog ʻ ini tashkil etadi. Qariyb 30 % musulmonlar Afrikaga to ʻ g ʻ ri keladi (qit ʼ a aholisining deyarli yarmi).

Dunyoda musulmon jamoalari mavjud bo ʻ lgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining ko ʻ pchiligini tashkil qiladi Shimoliy Afrika, G ʻ arbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (Kipr, Livan, Isroil mustasno), Senegal, Gambiya, Niger, So mali, Afg ʻ oniston, Pokiston, Bangladesh, Indoneziya va boshqa ba ʼ zi mamlakatlarda aholining 80 % dan ortig ʻ i musulmonlardir; bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80 % igacha tashkil qiladi (Gvineya, Mali, Livan, Chad, Sudan). Malayziya va Nigeriya da qariyb yarmi, ba ʼ zi bir mamlakatlar (Gvineya- Bisau, Kamerun, Burkina-faso, Syerra-Leone va boshqa)da musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham, ta ʼ sir doirasi kuchli. Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladesh; musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Tailand, Efiopiya, Tanzaniya, Kiprda, Yevropaning ayrim mamlakatlari (Bosniya va Gersegovina, Albaniya, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya va boshqa), Shimoliy va Janubiy Amerika qit ʼ asi mamlakatlari (AQSH, Kanada, Argentina, Braziliya, Gayana, Surinam, Trinidad va Tobago)da, Avstraliyada, Fiji orollarida yashaydi.

Islom 7-asrda Hijoz (G ʻ arbiy Arabiston)da paydo bo ʻ ldi. Uning asoschisi Muhammad sanaladi. Islom dinining paydo bo ʻ lishi xususida Islom manbalariga asoslangan diniy an ʼ anada u ilohiy hodisa, insonlarni to ʻ g ʻ ri yo ʻ lga solish uchun Alloh taolo tomonidan yuborilgan oxirgi ta ʼ limot deb hisoblanadi. Islom talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar e ʼ tiqod qilgan xudoga ishonganlar. Shu xudo, ya ʼ ni Alloh odamlarga payg ʻ ambarlar va elchilar yuborgan. Ammo insonlar payg ʻ ambarlar ta ʼ limotini buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammadni tanladi, unga o ʻ zining kalomi Qur ʼ on nozil qildi. Muhammad oldin o ʻ z hamshaharlarini, so ʻ ng barcha arablarni ko ʻ plab qabila xudolariga sig ʻ inishdan voz kechish va yagona xudo Allohga e ʼ tiqod qilish, solih hayot kechirish, u dunyoda jannatga tushish uchun bu dunyoda ezgu ishlar qilishga da ʼ vat etdi. Qur ʼ onga ko ʻ ra, arablar va yahudiylarning umumiy bobokaloni Ibrohim Allohga birinchi bo ʻ lib imon keltirgan. Demak, Islom batamom yangi e ʼ tiqod emas, balki Ibrohim ga nozil bo ʻ lgan dinidir.

Muhammadga, 40 yoshida (milodiy 610-yil) vahiy (ilohiy ko ʻ rsatma) kelishni boshladi. Ammo, bir necha nufuzli yaqin qarindoshlarini hisobga olmaganda, Makkaning ko ʻ pchilik aholisi, ayniqsa, quraysh qabilasining zodagonlari uning targ ʻ ibotlariga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdilar. Muhammadni yolg ʻ onchiga chiqarib juda katta zulm ko ʻ rsatildi. Dastlab bir guruh musulmonlar Habashistonga hijrat qilishdi, Yasribdagi banu Avs va banu Xazraj qabilalarining vakillari 622-yimda musulmon jamoasini o ʻ ziga qabul qilish, Muhammadni payg ʻ ambar va Allohni yagona deb tan olishdi. Hijrat nomini olgan bu voqea Islom tarixida burilish yasadi. Ko ʻ chib o ʻ tgan kishilar muhojirlar (ko ʻ chib kelganlar), Madinada Islomni qabul qilganlar ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Madina va Makka o ʻ rtasida boshlangan kurash 8 yil davom etdi (qarang Badr jangi, Uxud jangi, Xandaq jangi va boshqa) yilda Makka zodagonlari Muhammad bilan kelishishga majbur bo ʻ ldilar (qarang Hudaybiya sulhi). 630-yilda musulmonlar qo ʻ shini hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib bordi. Makka aholisi yoppasiga Islom dinini qabul qildi va Muhammadni Allohning elchisi deb e ʼ tirof etdi. Ana shundan boshlab Makka Islom dini markaziga, Ka ʼ ba musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylangan. Muhammad vafot etgan 632-yilda Arabiston yarim oroli to ʻ la birlashtirilgan, uning aksariyat aholisi Islom dinini qabul qilgan edi. Arabistonning siyosiy, iqtisodiy, etnik va madaniy jihatlardan birlashishida Islom dini muhim omil bo ʻ lib xizmat qildi.

Muhammad vafotidan so ʻ ng, Abu Bakr, Umar ibn Xattob, Usmon Ibn Affon va Ali ibn Abu Tolib payg ʻ ambarning o ʻ rinbosari (xalifa) sifatida hukmronlik qildilar. Ular va ulardan keyingi xalifalar 7-8 asrlarda Iroq, Falastin, Suriya, Eron, Movarounnahr, Misr, Shimoliy Afrika, Pireney yarim oroli, Shimoliy Hindistonni fath qilishdi. Bir asrdan kamroq vaqt davomida Shimoliy Xitoydan Ispaniyagacha, Kavkazortidan Hind okeanigacha bo ʻ lgan katta hududni zabt etdilar va Islom dinini yoydilar (qarang Arab xalifaligi). Islomning muqaddas kitobi Qur ʼ ondir. Musulmonchilikda bu kitobning butun mazmuni Allohning vahiy qilgan dalolati deb tushuniladi. Islomning aqidalari, e ʼ tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me ʼ yorlari, cheklash va ta ʼ qiqlari Qur ʼ on bilan birga uning tafsirlarida, hadis to ʻ plamlari va shariat qo ʻ llanmalarida, shuningdek, 8-12-asrlarda vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida o ʻ z ifodasini topgan. Islomning asosiy aqidasi Allohdan boshqa iloh yo ʻ q va Muhammad uning rasuli. Islom ilohiyotining ilk shakli kalom bo ʻ lib, 8-asrda Arab xalifaligida vujudga kelgan. Mutakallimlar Islom dini aqidalarini ishlab chiqqanlar.

Islom dini 5 asos yoki ustun (arkon ad-din al-islomiy)ga ega: 1) Kalimai shahodat; 3) Ro ʻ za tutish; 4) Zakot berish; 5) imkoniyat topilsa haj qilish. 2) Namoz o ʻ qish;

Sunniylik (sunna so ʻ zidan) islom dinidagi 2 asosiy yo ʻ nalishdan biri va eng keng tarqalgani. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 93 % i Sunniy (qolgan 7 % i shialikka) mansub (2004). S. tarafdorlari, asosan, Osiyo va Afrikada (Pokiston, Bangladesh, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Xitoy, Afg ʻ oniston, Turkiya, Arabiston yarim orol va Fors ko ʻ rfazi atrofidagi arab mamlakatlarida, Suriya, Livan, Iordaniya, Shim.Sharqiy va G ʻ arbiy Afrika mamlakatlarida), Bolqon mamlakatlari, Kipr va AQShda yashaydi. Islom dastlabki davrda hech qanday yo ʻ nalish, mazhab va oqimlarga bo ʻ linmagan. 7-asrning o ʻ rtalarida turli siyosiy sabablarga ko ʻ ra, musulmonlar safida bo ʻ linish paydo bo ʻ ldi. Avval shialar, keyin xorijiylar musulmonlar ommasidan ajrab chiqdilar. Ular o ʻ zining haqligini isbot qilish uchun o ʻ z fikrini, yo ʻ nalishini himoya qila boshladi, shu tariqa har guruhning o ʻ ziga xos aqidasi shakllana bordi. Sunniylik bo ʻ yicha Abu Hanifa (Imomi A ʼ zam)ning alFiqh alakbar asari eng nodir ilmiy meros sanaladi. Bu ishda Abul Hasan Ash ʼ ariy bilan Abu Mansur Moturidiylarning xizmatlari beqiyosdir. Sunniylik yo ʻ nalishida shu ikki alloma asos solgan aqidaviy maktablar barcha sunniy ulamolar tomonidan e ʼ tirof etilgan.

Sunniylik tamoyillari, asosan, quyidagilardan iborat: 1. Mavjudotlarning g ʻ aqiqat va mohiyati bor narsa bo ʻ lib, ularni bilish mumkin. Bilish vositalari beshta sezgi a ʼ zolari, ilohiy manbalar va aql. 2. Olam qadim emas, balki qachondir Alloh tarafidan yaratilgan. 3. Butun borliqni yaratgan Allohning zoti bitta, u o ʻ ziga xos azaliy va abadiy ko ʻ pgina sifatlarga ega. 4. Zotiy sifatlari sanalmish ilm, qudrat, hayot, iroda, eshitish, ko ʻ rish, gapirish Allohning azaliy va abadiy sifatlaridir. Uning zoti ham, sifatlari ham o ʻ zi yaratgan maxluqot va mavjudotlarning sifatlariga aslo o ʻ xshamaydi. Uning sifatlari nuqsonsiz, barkamoldir. 5. Allohning ismlari ko ʻ p. Hadisda 99 ta go ʻ zal ismlari zikr etilgan (qarang alAsmo alhusno). 6. Allohning adolatli ekani. Hidoyat va zalolat yo ʻ llarini ko ʻ rsatib qo ʻ ygach, adashgan va kufr yo ʻ lini tanlaganlarni jazolashi adolat hisoblanadi. Bordiyu, zalolat yo ʻ lidan asrab qolsa bu Uning fazli, marhamati. Asramasa adolati hisoblanadi. 7. Payg ʻ ambarlarning hammasini barhaq deb tasdiq etish. Ularning adadi garchi ba ʼ zi hadis va rivoyatlarda ko ʻ rsatilgan bo ʻ lsada, muayyan bir adad qatiy deb hisoblanmagani ma ʼ qul. Payg ʻ ambarlarning birinchisi Odam, oxirgisi Muhammad 8. Payg ʻ ambarlarning mo ʻʼ jizalarini haq deb e ʼ tiqod qilish. Shuningdek, avliyolarning karomatlari ham haq va rostdir. Hech bir avliyo payg ʻ ambar darajasiga yeta olmaydi. 9. Islomning besh rukni imon kalimasi, namoz, ro ʻ za, zakot, haj har bir musulmon zimmasiga farzi ayn ekani. Farzlardan birortasini beuzr tark etsa yoki shar ʼ an taqiklangan ishlarga qo ʻ l ursa qattiq gunohkor bo ʻ lishi, lekin kofir bo ʻ lmasligini tasdiq etish. 10. Imon Muhammad Alloh tomonidan keltirgan barcha xabar va ma ʼ lumotlarni haq va rost ekaniga til bilan iqror etib, dil bilan tasdiqlash deb bilish. Solih amallarni ko ʻ p qilganda imon nuri ko ʻ payib, gunoh ishlarni ko ʻ p qilganda imon nuri ozayib turishini tasdiklash va hokazo Sunniylikda 4 ta diniyhuquqiy mazhab (hanafiylik, molikiylik, shofi ʼ iylik, hanbaliylik) mavjud. Sunniylik islomda an ʼ anaviy e ʼ tiqod yo ʻ li deb e ʼ tirof etilib kelgan. Sunniylik bilan shialik o ʻ rtasida hokimiyat masalasida, ayrim diniy marosim va an ʼ analarda birmuncha tafovutlar bor. O ʻ zbekistonda, asosan, Sunniylikka e ʼ tiqod qilinadi..