TUPROQLARNING IKKILAMCHI SHORLANISHI, SABABLARI VA OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI. REJA: 1.Sugoriladigan tuproqlarning ikkilamchi shorlanishi va uni oldini.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Транксрипт:

TUPROQLARNING IKKILAMCHI SHORLANISHI, SABABLARI VA OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI. REJA: 1.Sugoriladigan tuproqlarning ikkilamchi shorlanishi va uni oldini olish. 2.Tuproqlarning tuzli rejimi. 3.Tuproqlarning tuz va suv balansi. 1.Sugoriladigan tuproqlarning ikkilamchi shorlanishi va uni oldini olish. 2.Tuproqlarning tuzli rejimi. 3.Tuproqlarning tuz va suv balansi.

Kalit sozlar: Shorlanish, ikkilamchi shorlanish, tuproqlarning tuz va suv rejimi, tuz va suv balansi

Shorlanish Birlamchi Ikkilamchi

Birlamchi shorlanish- shor (minerallashgan) sizot suvlarining buglanishi, tuproq hosil qiluvchi ona jinslar tarkibidagi tuzlarning erishi yoki suv havzalari atrofida tuzli tozonlarning shamol tasirida uchishi (eol omil), osimliklar vositasida tuzlarning biologik toplanishi. Ikkilamchi shorlanish- tuproqda suv rejimining buzilishi, yani notogri sugorish natijasida birlamchi shorlanish yuz bergan joylarda sodir boladi.

Ikkilamchi shorlanish deb, sugoriladigan shirin tuproqlarning tezda unumdorligi pasayib, turli darajadagi shorlangan tuproqlarga aylanish jarayoniga aytamiz. Ikkilamchi shorlanish yangidan ochilib, sugoriladigan yerlarda va yangidan qurilgan, lekin foydali ish koeffitsiyenti kichik bolgan irrigatsiya tarmoqlarida, sugorish ishlarining boshlanishidan kop- yil otmay rivojlanadi. Hozirgi zamon gidroizolyatsiyasiz otkazilayotgan sugorish kanallarining foydali ish koeffitsiyenti 0,5-0,6 dan kichik, buning ustiga ekinlar sugorilmagan vaqtda ham dalalarimizdan juda kop suv foydasiz oqib, yer ostiga shimilib yotadi. Bu yer ostiga shimilayotgan suvlar ozi bilan birga tuproq qatlamlaridagi yotqizilgan kurna tuzlarni eritib, sizot suvlariga tushiradi. Bu hol, birinchidan, sizot suvlari mineralizatsiyasining oshishiga va joyning oqimi yomon bolgan­ligidan uni yana yer betiga kotarilishiga sabab boladi. Ikkilamchi shorlanishning ikkinchi davrida yirik va orta kattalikdagi irriga­tsiya kanallarining har ikki tomonlarida turli kenglikdagi turgun dehqonchilikni davom ettirish mumkin bolgan chuchuk sizot suvli zonasi hosil boladi, qolgan 50-60% yer maydoni kuchli shorlanishi tufayli xojalik oborotidan chiqib qolishi mumkin. Kop hollarda tuproqning qayta shorlanishiga tuproq osti jinslarining chuqur qatlamlaridagi va sizot suvlaridagi oson eriydigan tuzlarning yuqoriga kotarilishi yoki shorlangan uchastkalarni sugorish tufayli oqova suvlarning oqib kelishi sababli paydo boladi.

Ikkilamchi shorlanish Mavsumiy shorlanish Dogsimon(oydim) shorlanish Yoppasiga shorlanish

Mavsumiy shorlanish deganda goza va boshqa ekinlarning osishi davrida tuproqda tuzlarning toplanishi tushuniladi. Bunga yozgi sugorish mavsumida minerallashgan sizot suvlarining sathi kotarilib kop buglanishi sabab boladi. Mavsumiy shorlanishga qarshi tuproqda kuzgi qishki shor yuvish ishlari otkaziladi. Dogli shorlanish maydondagi yaxshi yuvilmay qolgan va grunt suvlari kuchli buglanadigan joylarda sodir boladi. Yoppasiga shorlanish kuchli minerallashgan grunt suvlar sathi yer yuzasiga yaqin bolgan joylarda roy berib, sugoriladigan maydon yuzasining hamma qismini egallaydi.

a) sugoriladigan suvning shorligi bir litrda (1-2 g/l) dan ortmagan, sugorish natijasida tuproqda yigilib qolish mumkin bolgan tuzlarni yuvib turish uchun har yili bir marotaba vegetativ shor yuvish otkazilib turishi kerak; b) sugoradigan suvning mineralizatsiyasi 4-5 g/l bolsa, har 4-5 oddiy sugorishdan song bir marotaba shor yuvilish bolishi kerak; d) sugoradigan suvning shorligi g/l bolsa, u vaqtda zich otkazilib, yaxshi ishlaydigan zovur kanallari yordamida har gal bostirib sugorish kerak; e) sugoradigan suvning mineralizatsiyasi 7-8 g/l bolsa, har ikki sugorishdan song uchinchisi shor yuvish sugorish bolishi kerak. a) sugoriladigan suvning shorligi bir litrda (1-2 g/l) dan ortmagan, sugorish natijasida tuproqda yigilib qolish mumkin bolgan tuzlarni yuvib turish uchun har yili bir marotaba vegetativ shor yuvish otkazilib turishi kerak; b) sugoradigan suvning mineralizatsiyasi 4-5 g/l bolsa, har 4-5 oddiy sugorishdan song bir marotaba shor yuvilish bolishi kerak; d) sugoradigan suvning shorligi g/l bolsa, u vaqtda zich otkazilib, yaxshi ishlaydigan zovur kanallari yordamida har gal bostirib sugorish kerak; e) sugoradigan suvning mineralizatsiyasi 7-8 g/l bolsa, har ikki sugorishdan song uchinchisi shor yuvish sugorish bolishi kerak.

Tuproqlarning tuz tartiboti. Tuproqlarning tuzli tartiboti deganimizda tuproq qatlamlarida tuzlarni shorlanishi va uning profillaridan chiqib ketishini tushunamiz. Tuproq tuz tartibotini ikkita siklga bolishimiz mumkin. 1) Yillik davr – bunda tuproq qatlamlari mavsumda gidrogeologik tartibotga bogliq ravishda yil davomida ozgarishiga aytiladi. 2) Kop yillik davr – bunda iqlimiy sharoitga va tuproqning gidrogeologik tartibotifga bogliq ravishda tuzlarni yillar davomida ozgarishiga aytiladi. Misol uchun, iqlimiy sharoitini ozgarishi bilan tuproq va uning qatlamlaridagi namlik ozgara boradi, bu holat tuproqlarni gidrogeologik sharoitlarini ham ozgarishiga olib keladi.

V.A. Kovda tuproq va uning qatlamlaridagi tuz zaxirasi xarakteriga qarab, uning tabiatda aylanishini uchta tipga boladi: 1) Tuzlarni davrdan-davrga oshib boradi (mavsumiy qaytarilmaydigan shorlanish tipi): zaxirasi. 2) Tuzlarni zaxirasi ozgarmasdan qoladi (mavsumiy qaytariladigan tipi). 3) Tuzlar jamgarmasi davrdan-davrga kamayib boradi (mavsumiy qaytarilmaydigan shorsizlanish tipi).

Tuproqlarning tuz va suv balansi

Tuproq suv balansi A.A. Rode taklif etgan formula boyicha tuproq va uning qatlamlarida namlikni toplanish va sarflanish jarayoni hisoblanadi. V q Vo (Os Q K Q grP) - (D Q Isp Q VPS Q grS) Bu yerda V - tuproq va uning qatlamlaridagi suv jarayonining tekshirish davrining oxiridagi jamgarmasi; Vo - tuproq namligining tekshirishni boshlash oldidagi jamgarmasi; Os - tekshirish davridagi atmosfera yogin-sochinining umumiy yimindisi; K - tekshirish davridagi kondensasiya korsatkichi; grP - tekshirish davridagi sizot suvlari orqali tuproq qatlamlarida namlikni toplanish miqdori; D - tekshirish davridagi disuksiya korsatkichi; Isp - tekshirish davridagi fizik buglanish korsatkichi; VPS - tekshirish davridagi namlikni tuproq qatlamlaridan yon atrofga oqimining korstkichi; grS - tekshirish davrida sizot suvlarining oqimining korsatkichi. Sugoriladigan maydonlarda keltirilgan formulaga qoshimcha ravishda yani sugoriladigan suvni miqdori (OV) va yuboriladigan suvni (Sb) qoshiladi. Bu korsatkich quyidagi formulada ifodalanadi. V q Vo(Os Q grP Q OV) - (D Q Isp Q grS Q Sb) Tuproq suv balansini hisoblash formulasi

Tuproqlarning suv hamda tuz balansi uch xil korinishda, yani ijobiy bunda tuproq va uning qatlamlarida tekshirish davrining oxirida suv jamgarmasi ortadi. Salbiy holatda esa namlik jamgarmasi kamayadi va nihoyat uchinchi holatda bolishi mumkin. Bir xil miqdorda bunday holatda oqib keladigan va chiqib ketadigan suvning miqdori tekshirish davrning oxirida bir- biriga teng boladi.

Tuz balansini aniqlash formulasi Tuz balansi esa quyidagi formula boyicha hisoblanadi (V.A. Kovda). S Q Sz - (Su w - Su w) Q Si w - Sv S - tuzlarning umumiy miqdorida ozgarish; Sz - tuzlarning boshlangich davridagi umumiy miqdori; Suw - sizot suvlari bilan kelgan tuzlar; Suw - sizot suvlari bilan ketgan tuzlar; Siw - irrigasiya suvlari bilan kelgan tuzlar; Sv - hosil bilan ketgan tuzlar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI. 1. S.A.Abdullayev, X.Q.Namozov Tuproq melioratsiyasi. Darslik. Fan va texnologiyanashriyoti. Toshkent-2018 y.