Mavzu: Malumotlar bazasining maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari Bajardi: Asatullayeva Feruza Tekshirdi: Sodiqov Vali.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Транксрипт:

Mavzu: Malumotlar bazasining maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari Bajardi: Asatullayeva Feruza Tekshirdi: Sodiqov Vali

REJA: 1. Malumotlar bazasi haqida asosiy tushinchalar 2. Axborot tizimlari va ma'lumotlar bazasi 3. Malumotlar bazasining maqsadi va vazifalari 4. Xulosa 5. Foydalanilgan adabiyotlar

Malumotlar bazasi haqida asosiy tushinchalar Hozirgi kunda inson faoliyatida malumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim roli oynamoqda. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik ozimizga kerakli malumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bolamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir.

Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, malumotlarning tez ozgarishi kabi holatlar insoniyatni bu malumotlarni oz vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Malumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, songra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bolib qolmokda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini malumotlar bazasisiz tasavvur qilib bolmaydi.

Malumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, malumotlardan turli korinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar malumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina orinli bolardi. Har bir yangi masalani hal qilishda malumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.

Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit obektlari haqidagi malumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng manoda malumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq obektlari haqidagi malumotlar toplamidir. Predmet sohasi degandaavtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun organilayotgan real muhitning malum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy oquv yurti va boshqalar. Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur: Malumotlar turi, korinishi, ularni qollaydigan programmalarga bogliq bolmasligi lozim, yani MBga yangi malumotlarni kiritganda yoki malumotlar turini ozgartirganda, programmalarni ozgartirish talab etilmasligi lozim. T i z i l m a l a sh t i r i sh – bu malumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. Agar malumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bolmasa, u holda ular tizilmalashtirilmagan deyiladi. Tizilmalashtirilmagan malumotlarga misol sifatida matn fayliga yozilgan malumotlarni korsatish mumkin.

Axborot tizimlari va ma'lumotlar bazasi Insonning kundalik mеhnat faoliyati tashqi muhit to`g`risidagi axborotlarni qabul qilish va to`plash, turli masalalarni еchish uchun zarur bo`lgan ma'lumotlarni aniqlash, qayta ishlash kabi amallarni bajarish bilan bog`liq bo`ladi. Shu sababli, ham yuqoridagi amallar majmuasi, ularni tatbiq etish usullarini vositalari axborot tizimlarini (AT) yaratish uchun asos bo`lib xizmat qiladi.aniqlashyuqoridagi amallar majmuasi

Axborot tizimlarining asosiy maqsadi foydalanuvchilarni tеgishli sohaga taaluqli bo`lgan axborot bilan ta'minlashiga qaratilgan. EHMlarning yaratilishi natijasida avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini (AT) hosil qilish imkoniyatlari paydo bo`ldi. Hozirgi kunda AATning rivojlanishi ikki yo`nalishda olib borilmoqda. Birinchi yo`nalish – avtonom fayllar asosida axboorot tizimlarini hosil qilish. Bunday Atning imkoniyat doiralari chеgaralangan va oddiy tuzilishiga ega. Ular avtonom fayllar to`plamini qayta ishlash hamda hujjatlarni chiqarish amallarini bajaradigan dasturlar majmuasidan tashkil topadi. Bunday tizimlar quyidagi kamchiliklarna ega: - ma'lumotlarning takrorlanishi; - fayllarni yuritish murakkabligi; - fayllarning birgalikda ishlashi qiyinligi; - dasturlarning ma'lumotlarga bog`liqligi va boshqalar.yuritish murakkabligi

Ikkinchi yo`nalish - ma'lumotlar bazasini hosil qilish. Ma'lumotlar bazasi asosida hosil qilingan AT foydalanuvchilar majmuasiga xizmat ko`rsatadi va yuqorida ko`rsatilgan tizimlar juda kеng tarqalmoqda. AATning faoliyati axborotlarni to`plash va qayta ishlash bilan bog`liq. Tizimga kiritilayotgan va foydalanuvchiga bеrilayotgan axborotlar hujjatlar ko`rinishda shakllanadi. Shu sababali ham hujjat moddiy ob'еkt hisoblanadi va ma'lum bir tartib asosida rasmiylashtirilgan axborotlar to`plamidan iborat bo`ladi.

Malumotlar bazasining maqsadi va vazifalari Ma`lumotlar bazasi – Ma`lum masalaga yoki biror faoliyatga taaluqli o`zaro bog`langan va alohida ko`rinishda tashkil etilgan ma`lumotlar. MB ma`lumotlarini xususiyatlari: to`liqlik; aktuallik; qulaylik; To`g`ri tashkil etish. Ma`lumotlar banki - bir nechta MB, texnik vosita va dastur ta`minotidan iborat avtomatlashtirilgan tizim.

Ma`lumotlar bazasi axborotlarni saqlash, hamda ma`lumotlarga qulay va tezkor murojatni ta`minlab beradi. U ma`lum qoidalar bo`yicha tashkil etilgan har xil xarakterdagi ma`lumotlar to`plamidan iborat MB dagi axborotlar quyidagicha bo`lishi kerak: Qarama – qarshi bo`lmasligi; Xatosiz bo`lishi; Yaxlit bo`lishi.

MB ni ishlatish afzalliklari: Ixchamligi; Axborotlarni qayta ishlash tezligini oshishi; Kam mehnat sarfi; Har doim yangi axborot olish imkoniyati mavjudligi; Malumotlarni ortiqchaligini kamayishi va boshqalar.

Xulosa: :Malumotlar bazasi bizga katta miqdordagi malumotlarni ishonchli saqlash va tezkor qayta ishlash imkonini beruvchi vosita. Bugungi kunda malumotlar bazasining kop turlari mavjud. Va ular asosan ikki turli boladi. SQL va NoSQL malumot bazalari. SQL MySql PostgreSQL MS Acces Sybase SqlLite NoSQL MongoDB ArangoDB MariaDB

Foydalanilgan adabiyotlar 1.Ma'lumotlar bazasi (Sh.Nazirov, A.Ne'matov, R.Qobulov, N.Mardonova) 2.Ma'lumotlar bazasi(X.N.Zayniddinov, J.T.Usmonov) 3.Internet sahifalari

Etiboringiz uchun rahmat