Amir Temurning 7 yillik urushlari
REJA: 1. Buyuk Sohibqiron Amir Temur haqida 2. Amir Temur yurushlarining boshlanishi 3. Uch yillik, besh yillik, yetti yillik yurishlar va ularning sabablari
Amir Temur urushning aytgani-aytgan, degani-degan qattol bir zamonda yashadi, qilichu nayzaga suyangan bu zamonning hech kimga boysunmaydigan oz qonunlari bor edi. Ularga rioya qilmaslik yoki chetlab otish mumkin emasdi. Shuni takidlash joizki, Sohibqiron xudo izmidan chiqmaydigan bandalardan edi, hech qachon birinchi bolib urush boshlamasdi, savashishlarni yoqtirmasdi. Uning yurishlari zaruratdan kelib chiqardi. Eng avvalo, u urushning oldini olish chorasini izlardi. Ayrim hollarda, qaysidir mamlakatda zulm ortib ketgan bolsa, u joyning uluglari sohibqiron Amir Temurga komak sorab murojaat qilishardi. Amir Temur oz "Tuzuklar"ida davlat ishlarining toqqiz ulushini kengash (diplomatiya)ga ajratgani, bir ulushini qilichga qoldirganini yozgan. U umr boyi bunga rioya qildi. Muxolif mamlakatga takror-takror elchilar yuborar, quda-andachilikni yolga qoyishga tirishar, qarindoshchilikni rivojlantirish yollarini izlardi. Buning yorqin misoli Xorazmning gozal malikasi Xonzoda xonimning Turon saltanati valiahdi shahzoda Jahongir Mirzoga uzatilishi edi.
Amir Temurning "uch yillik" (1386–1388), "besh yillik" (1392– 1396), "etti yillik" (1399–1404) yurishlari tarixdan malum. Bu yurishlar zamirida Buyuk ipak yoliga egalik qilish uchun kurashlar ham yotadi. Savdo yollari davlatga katta daromad keltirishdan tashqari, xalqaro siyosiy maydonda mavqe, obro- martabani yuksak darajaga kotarardi. Amir Temur yurishlari, urushlar, albatta, oz asoratlarini qoldirdi, lekin ularning jahon tarixida ijobiy tomonlari borligi ham haqiqat. Sohibqironning yurishlari Xitoyda Min sulolasi davlat boshiga kelganda mogullarning Xitoyga solayotgan xavfini bartaraf etdi... Oltin Orda hoqoni Toxtamishxon bilan 1391, 1395-yillarda olib borilgan ulkan janglar Rossiyani mogullar zulmidan xalos qildi, rus xalqiga markazlashgan davlat tuzish imkoniyatini yaratdi. Amir Temurning Usmonlilar imperiyasi ustidan qozongan galabasi Yevropani usmonlilar mustamlakasidan qutqarib qoldi, uni Yevropa xaloskoriga aylantirdi, Vizantiya imperiyasi umriga yarim asr umr qoshdi. Fransuz tarixchisi Rene Grusse XX asr boshlarida: "Amir Temurning Boyazid ustidan galabasi xristian olamini asrab qoldi", – deb yozgan edi.
Etiboringiz uchun rahmat!