Mustaqillik yillarida qoraqalpog'iston respublikasining iqtisodiy yangilanishi
Reja: Qoraqalpogiston Respublikasi - Ozbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren davlat Qoraqalpogiston Respublikasi Konstitutsiyasi va davlat tuzilishi
Qoraqalpogiston Respublikasi - Ozbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren davlat Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVII bobi "Qoraqalpogiston Respublikasi" deb nomlangan. Mazkur bob 6 moddadan iborat bolib, Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasiga kora, "Suveren Qoraqalpogiston Respublikasi Ozbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi va Qoraqalpogiston Respublikasining suvereniteti Ozbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi" deyiladi. Asosiy qonunning 70-moddasi 1992 yil 9 yanvarda Qoraqalpogiston Respublikasi tashkil topganligini va 1993 yil 9 aprelda qabul qilingan Asosiy Qonuni bilan uning Ozbekiston Respublikasi tarkibida suverenligini tasdiqlaydi. Suveren Qoraqalpogiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun xalq bayrami deb elon qilindi. Qoraqalpogiston Respublikasi Konstitutsiyasining I bobi "Davlat suvereniteti" deb nomlanib, uning 1-moddasida Qoraqalpogiston - Ozbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi suveren demokratik respublikadir, deb belgilangan.
Qoraqalpogistonda davlat tili - qoraqalpoq va ozbek tillardir. Ayni vaqtda Qoraqalpogiston Respublikasi hududida isteqomat qiluvchi barcha millat va ellatlarning tillari, urf-odatlari va ananalari hurmat qilinishi taminlanadi ularning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratib beriladi va suveren Respublikaning davlat ramzlar hurmat qilinadi, va davlatning xalq irodasini ifoda etishi, xalq manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida javobgar ekanligi qayd etiladi.
Qoraqalpogiston Respublikasi Konstitutsiyasi va davlat tuzilishi Qoraqalpogiston Respublikasi Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustivorligini tan oladi. Bu birinchi navbatda Qoraqalpogiston Konstitutsiyasi va qonunlarini tamoyil va moddalari mos kelishi kerakligini anglatadi. Qoraqalpogiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos kelishi Ozbekiston va Qoraqalpogiston ortasidagi davlat-huquqiy munosabatlari bilan chambarchas bogliq. Ozbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpogiston Respublikasi hududida ham amal qilishi majburiydir. Huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biri-davlat yagona huquqiy siyosat va qonun qollash bilan har ikkala respublikada ham yagona qonunlarga tayanishni talab qiladi. Huquqning barcha tarmoqlari ozagida Ozbekiston qonunlari mujassamlashtirilgan bolib, Qoraqalpogiston hududida ham amal qilishi mustahkamlangan.
Konstitutsiyaviy nazorat qomitasi Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi tomonidan siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan Konstitutsiyaviy nazorat qomitasining raisi, uning orinbosari va qomitaning azolari tarkibida saylanadi. Konstitutsiyaviy nazorat qomitasiga saylangan sudyalarning vakolat muddati 5 yildir. Konstitutsiyaviy nazorat qomitasiga saylangan shaxslar oz vazifalarini bajarishda daxilsizdirlar va faqat Qoraqalpogiston Respublikasi Konstitutsiyasiga boysunadilar. Uni tashkil etish va ish tartibini belgilash Qoraqalpogiston Respublikasining Konstitutsiyaviy nazorat qomitasi togrisidagi qonuni bilan belgilangan. Qoraqalpogiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyat organlari tumanlar va shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bolib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini kozlab oz vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar. Qoraqalpogiston Respublikasining fuqarolari vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Mahalliy hokimiyatning vakillik organlari yashirin ovoz berish yoli bilan umumiy teng va togridan-togri saylov huquqi asosida otkaziladi, 18 yoshga tolgan har bir fuqaro saylash huquqiga ega boladi.
Gulahmadov Shahboz Akbarovich MMT-92 Ozbekistonning eng yangi tarixi fanidan