11-MAVZU. AGROSANOAT KOMPLEKSI VA MAMLAKATNING IQTISODIY XAVFSIZLIGI
1.Ozbekiston agrosanoat kompleksining mohiyati. 2.Agrosanoat kompleksini mamlakat iqtisodiy xavfsizligini taminlashdagi orni. 3.Oziq-ovqat xavfsizligining iqtisodiy ahamiyati va uni taminlash muammolari. 4.Qishloq xojaligining mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taminlashdagi orni. 5.Agrar siyosat va iqtisodiy xavfsizlik. 6.Aholi farovonligi va istemol darajasini oshirishda agrar sohaning orni. 7.Agrosanoat kompleksi rivoji mamlakat iqtisodiy xavfsizligini taminlashning bosh omili. 8.Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bolgan talabini taminlovchi asosiy tarmoqlar. R E J A :
Agrosanoat majmuasi – qishloq xojaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va tayyor mahsulotni istemolchilarga yetkazib beruvchi, yagona maqsadlarga boysundirilgan, texnologik jihatdan ustun darajada bir biri bilan boglangan tarmoq va xizmatlar yigindisidir. 1.Ozbekiston agrosanoat kompleksining mohiyati.
5. Agrar siyosat va iqtisodiy xavfsizlik. Siyosat termini (grek tilidan politika-davlat va jamiyat ishlari) aholi turli guruhlari ortasidagi munosabatlar sohasidagi faoliyat, shuningdek davlat ishlaridagi ishtirok, uning faoliyati mazmuni, shakl va vazifalarining aniqlanishi tushuniladi. Davlatning iqtisodiy siyosati uning strategik vazifalaridan kelib chiqib jamiyatda ishlab chiqarish, daromad va nematlarni taqsimlash jarayonlarini tartiblash uchun davlat tomonidan joriy davr ichida qollaniladigan chora-tadbirlar tizimini ifodalaydi. Agrar siyosat - iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismlaridan biri bolib, u qishloq xojaligi va unga bogliq xojalik sohalarini qamrab oladi, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini·va aholini oziqovqat mahsulotlari bilan taminlashni yaxshilash, agrar sektor ishlab chiqarishining samaradorligini oshirish, qishloqlarni obod etish asosida qishloq aholisining daromadlari va turmush darajasini yuksaltirish vazifalarining amalga oshirilishini kozda tutadi. Davlatning iqtisodiy siyosati oz ichiga tashqi iqtisodiy, tarkibiy-investitsiyaviy, institutsional, agrar, sanoat, ijtimoiy, narx, moliyaviy, soliq- budjet, pul-kredit, hududiy (mintaqaviy) siyosatlarni oladi.
Davlatning i q tisodiy siyosati Tash q i i q tisodiy siyosat Tarkibiy-investitsiyaviy siyosat Agrar siyosat Narx siyosati Pul-kredit siyosati Davlatning i q tisodiy siyosati Institutsional siyosat Sanoat siyosati Ijtimoiy siyosat Moliyaviy, soliq-budjet siyosati H ududiy (minta q aviy siyosat) 1-rasm. Davlatning iqtisodiy siyosati
Davlatning agrar siyosati qishloq xojaligi va hududlarini barqaror rivojlantirishga qaratilgan davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bolib hisoblanadi. Agrar siyosat ozida qishloq aholisining moddiy, ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy shartsharoitlarini shakllantiradigan davlat faoliyatini qamrab oladi. Agrar bozor, investitsiya, kredit, moliya, ilmiy texnikaviy va texnologik faoliyat, soliqlar va soliqqa tortish, ijtimoiy muhit, maqsadli va tarkibiy qayta shakllanish agrar siyosatning asosiy sohalaridir. Agrar siyosatning umumiy maqsadi muayyan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, hududiy, tarmoq, ekologik maqsadlar bilan tavsiflanadi. Davlat rivojlanishi bosqichlari va tabiiy-tarixiy sharoitlarga bogliq ravishda aniq maqsadlar ozaro nisbati ozgaradi.
Raqobatbardoshlikni oshirish, barqaror ishlab chiqarish Narxlarni barqarorlashtirish Tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish Agrar siyosatning maqsadi Aholi bandligi va daromadlarini taminlash Tashqi iqtisodiy barqarorlikni taminlash Atrof-muhitni muhofaza qilish 2-rasm. Agrar siyosatning maqsadi
Davlatning agrar siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi: qishloq xojaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qollab-quvvatlaning manzilliligi va hammabopligi; davlat agrar siyosati holati togrisida axborotning mavjudligi; qishloq xojaligi mahsulotlari, xomashyo va oziq-ovqat mahsulotlari bozorining yagonaligi va bu bozorda raqobat teng shartlarining taminlanishi; davlat agrar siyosati chora-tadbirlarini amalga oshirishning ketma-ketligi va uning barqaror rivojlanishi; davlat agrar siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qishloq xojaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining ishtiroki.
Davlat tomonidan agrar siyosati orqali tartibga solish quyidagi yonalishlarda amalga oshiriladi: oziq-ovqat, xom-ashyo va qishloq xojaligi mahsulotlari bozorlarini shakllantirish va rivojlantirish; moliya, kredit, sugurta, imtiyozli soliqqa tortish; tashqi iqtisodiy faoliyatda mahalliy ishlab ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoyalash; agrosanoat ishlab chiqarish sohalarida ilmiy faoliyatni qollash va fanni rivojlantirish;qishloq joylarda ijtimoiy sohalarni rivojlantirish.
1-jadval Agrar sektorni davlat tomonidan tartibga solish va qollab-quvvatlashning shakllari, usullari, mexanizmlari va dastaklari (regulyatorlari) Asosiy tushunchalar Asosiy tushunchalar mazmuni Turlari Shakllari Boshqaruv obyekti tomonidan boshqariluvchi obyektga tasir korsatishning asosiy xususiyatlari 1. Bevosita – davlat boshqaruvi organlari tomonidan boshqariluvchi obyektga togridan-togri tasir korsatish usullari. 2. Bilvosita – xojalik yurituvchi subektlar faoliyatini tartibga solish va qollabquvvatlash usullari yigindisi. Usullari Malum qoidalar va tamoyillar asosida boshqaruv subyektining obyektga tasir otkazish yollari tizimi 1. Mamuriy-huquqiy – xojalik yuritish subektlari faoliyatini meyoriy-huquqiy aktlar orqali tartibga solish va nazorat qilish. 2. Iqtisodiy – boshqariluvchi obektning iqtisodiy manfaatlari tizimiga tasir otkazish orqali tartibga solish va qollab-quvvatlash choralari. 3. Tarkibiy-institutsional – tarmoq va ishlab chiqarish tarkibini optimallashtirish, institutsional tuzilmalar orqali tartibga solish. Mexanizmlari Davlat tomonidan tartibga solish va qollab-quvvatlash siyosatini amalga oshirishning turli dastaklari (regulyatorlari) yigindisi 1. Mamuriy-huquqiy usul mexanizmlari: qonuniy-huquqiy tartibga solish, tashkiliy tasir otkazish, reglamentlash, standartlash, nazorat, kvotalash, meyorlash, litsenziyalash. 2. Iqtisodiy usul mexanizmlari: budjet-soliq, moliya-kredit, valyuta, narx, sugurta, bojxona, tashqi iqtisodiy, maqsadli dasturlash va investitsiya. 3. Ijtimoiy usul mexanizmlari: mehnatni tartibga solish, ijtimoiy himoya, ijtimoiy taminot, ijtimoiy sugurta, ijtimoiy infratuzilmalar. 4.Tarkibiy-institutsional usul mexanizmlari: optimallashtirish, ilmiy-texnik, kadrlar va axborot maslahat, instututsional qollab- quvvatlash. Dastaklari (regulyatorlari) Boshqaruv obyektiga yoki ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga tasir qilish, u yoki bu davlat siyosati mexanizmlarini harakatga keltirish va amalga oshirish vositalari Qonunlar, farmonlar, qarorlar, nizomlar, yoriqnomalar, standartlar, kvotalar, tariflar, litsenziyalar, hisobot shakllari, meyorlar, sanksiyalar, shartnomalar, qayta moliyalash stavkasi, lizing, kredit, foiz stavkalari, davlat buyurtmasi, ijara, xarid narxlari, bojxona tariflari, soliq stavkalari, amortizatsiya meyorlari, maqsadli dasturlar, subsidiya, dotatsiya, investitsiyalar, indikativ rejalar, infratuzilmalar, ilmiy markazlar, institutsional tuzilmalar.
Davlatning agrar iqtisodiyotni tartibga solishdagi asosiy vazifalari: 1. Mamuriy-huquqiy tartibga solish vazifasi – fermer xojaliklari faoliyatining tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa asoslarini tartibga solib turuvchi qonuniy meyorlar hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish va ularga rioya etilishini nazorat etishni nazarda tutadi; 2. Huquqiy himoyalash va kafolatlash vazifasi – fermer xojaliklarining barqaror rivojlanishini, boshqa xojalik yurituvchi subektlar bilan teng sharoitlarda faoliyat yuritishini taminlashga va ular faoliyatiga turli nazorat etuvchi hamda tekshiruvchi organlarning noqonuniy aralashuvlarini cheklashga imkon beruvchi qonuniy-meyoriy asoslarini yaratish va ularga rioya etilishini nazorat etishni nazarda tutadi; 3. Barqarorlashtirish vazifasi – agrar iqtisodiyotda inqirozli holatlarni bartaraf etish, ishlab chiqarishning pasayishiga yol qoymaslik, inflyatsiya va ishsizlik darajasini kamaytirish, qishloq xojaligi tarmoqlari tarkibining mutanosibligini taminlash bilan bogliq;
4. Ragbatlantirish vazifasi – fermer xojaliklarini, shuningdek, ularga xizmat korsatuvchi tarmoqlar faoliyatini turli iqtisodiy dastaklar yordamida ragbatlantirish va qollabquvvatlash choralarini ifodalaydi; 5. Taqsimlash vazifasi – ijtimoiy adolat va himoyalash sifatida daromadlarni qayta taqsimlash, shuningdek, fermer xojaliklarining moddiy-texnikaviy resurslardan imtiyozli asoslarda foydalanishiga sharoit yaratish maqsadida resurslar taqsimotiga tuzatishlar kiritish bilan bogliq; 6. Ijtimoiy kafolatlash vazifasi – ijtimoiy taminot va himoyalashning samarali tizimini yaratish, shuningdek fermer xojaliklarining talim, sogliqni saqlash va madaniy tadbirlarga bolgan ehtiyojini qondirish bilan bogliq chora-tadbirlarni oz ichiga oladi; 7. Muhofaza qilish vazifasi – qishloq xojaligini salbiy xarakterdagi tashqi tasirlardan (masalan, atrof- muhitning ifloslanishi, qishloq xojaligiga yaroqli yerlarning shorlanishi, qurgoqchilik yoki tabiiy- ofatlar va b.) saqlash, tovar ishlab chiqaruvchilarini tashqi eksportyorlardan yoki jahon bozoridagi kuchli raqobatdan himoyalash kabi vazifalardan iborat; 8. Nazorat etish vazifasi – qonuniy-meyoriy hujjatlar, hukumat qarorlari va boshqa hujjatlarning bajarilishi ustidan nazorat ornatish bilan bogliq.
9. Axborot-maslahat taminot vazifasi – fermer xojaliklarining axborot taminoti tizimidan teng sharoitlarda, tosiqlarsiz foydalanish imkoniyatini yaratish, ular uchun iqtisodiy muammolarning samarali yechimini topish, xom-ashyo va resurslar taminoti, ilgor texnika va texnologiyalarni qollash yuzasidan maslahat berishni nazarda tutadi; 10. Analitik-tahlil vazifasi – davlatning fermer xojaliklari rivojlanishini kuzatib borish, chuqur tahlil qilish va shu asosda tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasini nazarda tutadi.; 11. Ekspertlik vazifasi – fermer xojaliklari va agrar tarmoqni barqaror rivojlantirishga oid loyihalarni, dasturlarni, shuningdek mahsulot va tovarlarni davlat standartlariga mos kelishini davlat ekspertizasidan otkazish hamda tegishli xulosalar chiqarishdan iborat; 12. Tashqi iqtisodiy faoliyatni muqobillashtirish vazifasi – xalqaro bozorlarda fermer xojaliklari manfaatlarini himoyalash, imtiyozli bojxona tariflari va soliqlar orqali eksport uchun qulay iqtisodiy muhit hosil qilish tadbirlaridan iborat; 8. Nazorat etish vazifasi – qonuniy-meyoriy hujjatlar, hukumat qarorlari va boshqa hujjatlarning bajarilishi ustidan nazorat ornatish bilan bogliq.
Ozbekiston agrar siyosatining huquqiy asoslarini quyidagilar tashkil etadi: Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; Yer Kodeksi; Mehnat Kodeksi; Fermer xojaligi togrisidagi qonun; Dehqon xojaligi togrisidagi qonun; Qishloq xojalik kooperativlari (shirkat xojaligi) togrisidagi qonun; Qishloq xojaligini rivojlantirish, undagi ishlab chiqarish, moliya, soliq, kredit va boshqa munosabatlarni takomillashtirish borasidagi qonunlar, farmonlar, qarorlar, meyoriy hujjatlar va boshqa qonunosti hujjatlari.
6. Aholi farovonligi va istemol darajasini oshirishda agrar sohaning orni.