AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA TIZIMLARI SIKLI Mavzu-2. Zamonaviy kompyuter qurilmalari, ularning asosiy turlari, xususiyatlari, vazifalari. Mashgulot-1. Amaliy.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
DIPLOM ISHI LOYIHASI Mavzu:Axborot tizimining zamonaviy turlari Ism familiya: Jumayev Nodirbek Kafedra mudiri:Shomansurov Z.E Diplom loyiha raxbari:Usmonov.
Advertisements

REJA 1. Axborot tizimi tushunchasi. 2. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari. 3. Axborot tizimidagi jarayonlar va ularni joriy etish. 4. Axborot tizimini.
Транксрипт:

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA TIZIMLARI SIKLI Mavzu-2. Zamonaviy kompyuter qurilmalari, ularning asosiy turlari, xususiyatlari, vazifalari. Mashgulot-1. Amaliy. Zamonaviy kompyuterlarning tuzilishi, kompyuterning ona platasi (Motherboard), asosiy xotira, tezkor va doimiy xotira qurilmalari, videoplatalar, elektr taminoti bloki, sovitish tizimlari, kompyuter protsessorlarining tuzilishilari va ishlash tartibi.

Kompyuter (ing. computer hisoblayman), Hisoblashlarni bajarish, shu jumladan elektron shakldagi axborotni oldindan belgilangan algoritm boyicha qabul qilish qayta ishlash, saqlash va ishlov berish uchun moljallangan electron mashina. Kompyuter tuzilishi: Zamonaviy kompyuterlar turlari juda kop. Lekin ularni tarkibiy qismlari umumiy mantiqiy tamoyillarga asoslanadiki, ularga kora kompyuterning quyidagi asosiy qurilmalarini ajratish mumkin: 1.Nomerlangan yacheykalardan iborat tezkor xotira; 2.Boshqarish qurilmasi va arifmetik – logic qurilmalardan iborat protsessor; 3.Kiritish qurilmasi; 4.Chiqarish qurilmasi. Ushbu qurilmalar axborot uzatuvchi aloqa kanallari yordamida bir-birlari bilan birlashtirilgan. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning ozaro bog`lanishi sxemada tasvirlangan. Quyuq strelkalar yordamida axborot haraktlanishi, oddiy strelkalar yordamida boshqaruvchi signallar uzatilishi tasvirlangan. KOMPYUTER HAQIDA MALUMOTLAR

Хotiraning vazifalari: Boshqa qurilmalardan axborotni qabul qilish; Axborotni saqlash; Boshqa qurilmalar soroviga kora axborotni uzatish. XOTIRA VA PROSESSOR VAZIFALARI Protsessor vazifalari: berilgan dastur buyruqlari boyicha arifmetik va logic (mantiqiy) amallarni bajarish asosida malumotlarni qayta ishlash; kompyuter qurilmalari ishini dastur asosida boshqarish. Protsessorning buyruqlar bajaruvchi qismi arifmetiklogik qurilma (ALQ), qurilmalar ishini boshqaruvchi qismi boshqarish qurilmasi (BQ) deyiladi. Odatda ushbu ikki qurilma shartli ravishda bir-biridan ajratilgan, biroq konstruktiv jihatdan ular yaxlit bitta qurilmadir. Protsessor tarkibida xotiraning satr ixtisoslashtirilgan qoshimcha yacheykalari – registrlar mavjud. Registr son yoki buyruqni qisqa vaqt saqlash uchun ishlatiladi.

KOMPYUTER ARXITEKTURASI VA STRUKTURASI Kompyuter arxitekturasi deb kompyuterning foydalanuvchi uchun dasturlash boyicha imkoniyatlari, buyruqlar tizimi, adreslash tizimi, xotirasining tashkil etilishi va shu kabilarning umumiy tavsifiga aytiladi. Kompyuter arxitekturasi uning ishlash prinsiplari, asosiy mantiqiy qurilmalarining ozaro boglanishlarini va ularda axborot uzatilishini aniqlaydi. Kompyuter strukturasi - uning funksional elementlari va ularning boglanishlari toplamidir. Elementlar turli qurilmalar – kompyuterning asosiy mantiqiy qurilmalaridan tortib to oddiy sxemalar bolishi mumkin. Kompyuter strukturasi grafik korinishda strukturali sxemalar orqali tasvirlanadi. Ular yordamida kompyuterning tafsilotini chuqurroq berish mumkin. Periferiya qurilmalari (printer va shu kabilar) maxsus kontrollerlar – periferiya qurilmalarini boshqaruvchi qurilmalar yordamida ulanadilar. Kontroller periferiya qurilmalari yoki aloqa kanallarini markaziy protsessor bilan bog lovchi qurilmadir. Kompyuterda bir necha protsessorning mavjudligi ko plab ma lumotlar va buyruqlar oqimini parallel ravishda tashkil etish imkonini yaratadi. Shunday qilib, parallel ravishda bir necha masalani yechish mumkin. Yoki bir masalani bir necha parallel bajariluvchi oqimlarga bo lib, qisqa vaqt ichida uning yechimini olish mumkin. Bunday mashina strukturasi quyidagi rasmda keltirilgan.

KOMPYUTER ASOSIY BLOKLARI Tizimli blok Monitor Klaviatura va manipulyator

KOMPYUTER ASOSIY BLOKLARI