Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi Reja : Muloqot shaxslararo munosabatning asosi Muloqot turlari Muloqot strategiyasi. Muloqot jarayonida.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Транксрипт:

Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi Reja : Muloqot shaxslararo munosabatning asosi Muloqot turlari Muloqot strategiyasi. Muloqot jarayonida insonlarning o'zaro ta'siri.

Muloqot o'zi nima? Muloqot- odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o'zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya'ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o'qish, o'yin, ijod qilish va boshqalar) o'zaro munosabat va o'zaro ta'sir shakllarini o'z ichiga oladi.

"Muloqot shunchalik ko'p qirrali jarayon insonlarning o'zaro ta'sir jarayoni; insonlar o'rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; bir kishining boshqalarga ta'sir ko'rsatish jarayoni; bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni".

Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko'rinishlari rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning o'z qo'l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti norasmiy muloqot bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o'sha suhbatdoshlarnnng fikr-o'ylari, niyat-maqsadlari va emosional munosabatlari bilan belgilanadi. norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko'proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta'kidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya'ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko'ngilligi, suhbatlashish yo'llarini bilish, til topishish qobiliyati, o'zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta'sir ko'rsatadi

Muloqot mazmuni va yo'nalishiga ko'ra, uning: ijtimoiy yo'naltirilgan (keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan muloqot); guruhdagi predmetga yo'naltirilgan (o'zaro hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish mobaynidagi muloqot mehnat, ta'lim jarayonidagi yoki konkret topshiriqni bajarish jarayonida guruh a'zolarining muloqoti); shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan o'z muammolarini ochish maqsadida o'rnatgan munosabatlari); pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o'rtasida amalga oshiriladigan murakkab o'zaro ta'sir jarayoni) turlari farqlanadi.

) muloqotning psixologik tizimi va vazifalari G.M. Andreeva muloqotning quyidagi psixologik tuzilishini taklif etadi: 1. Muloqotning kommunikativ tomoni (ya'ni muloqotga kirishuvchilar o'rtasidagi ma'lumotlar almashinuvi jarayoni). 2. Muloqotning interaktiv tomoni (ya'ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning xulq-atvorlariga ta'sir jarayoni). 3. Muloqotning perseptiv tomoni (ya'ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog'lik bo'lgan murakkab psixologik jarayon).

Muloqot funktsiyalari Masalan, taniqli rus olimi B.F. Lomov muloqotning funktsiyalariga quyidagilarni kiritadi: a) ma'lumotlar almashinuvi funktsiyasi; b) xulq-atvorni boshqaruv funktsiyasi; v) hissiyotlar almashinuvi.

o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muloqot Izlanishlarning ko'rsatishiga pedagogning o'quvchilarga nisbatan bo'lgan ijobiy munosabati, ularga tiniq, bosiq tonda murojaat qilishi o'quvchilarda erkinlikni his qilishda yordam beradi. O'quvchilarga noto'g'ri munosabatda bo'lish ularda ishonchsizlik kam gap bo'lishiga, o'quvchilarda laganbardolik kabi yomon fazilatlar shakllanishiga olib keladi

Muloqotning ma'nosi nima? Muloqot – yunoncha so'z, so'zlashuv, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va fikr olishuv, og'zaki nutq shakli ikki yoki undan ortiq shaxslarni so'zlashuvidir.

O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muloqot O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muloqot bo'lishi uchun o'qituvchida etarli darajada qobiliyatga ega bo'lishi kerak, hamda o'z-o'ziga doimo quyidagi savollarni berishi va unga javob berishga harakat qilishi kerak

Nimaga o'rgatish, kimni o'rgatish, qanday o'rgatish kerak ilm-fandagi yangiliklarni anglash, ya'ni fan terminlar tushunish, o'quv predmetini to'liq o'zlashtirish; malaka, ko'nikma va qobiliyatni shakllantirish; o'quv predmetlari o'rtasidagi bog'liqlikni amalga oshirish; o'quv mazmunini tushunarli tizim asosida qurish.

Kimni o'rgatish: o'quvchilarni ba'zi psixik xususiyatlarini (eslab qolish, nutqi, fikrlash.) hamda ularni qay darajada o'qimishli, tarbiyali ekanliklarini aniqlash; o'quvchilarning bir darajadan ikkinchisiga o'tishdagi qiyinchiliklarini oldindan aniqlash; o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda bolalarning dalillari, fikrlarini hisobga olish; o'quvchilardagi turli psixik o'zgarishlar va rivojlanishini hisobga olib o'z pedagogik mexnatini tashkil etish; iqtidorli o'quvchilar bilan ham ishlash, yakka holdagi ishni tashkil etish.

Qanday o'rgatish ish jarayonida ishlatiladigan kuch va ketadigan vaqtni hisobga olgan holda o'qitish va tarbiyalashning turli usullarini ishlatish

Muloqot jarayonida insonlarning o'zaro ta'siri qonunlari. munosabatlarni boshqarish uslublari. Pedagog o'quv tarbiya ishi jarayonida o'quvchilar bilan aloqa bog'larkan, ulardan o'qituvchi rolining o'zi taqoza etadigan darajada izzat-Ikrom kutadi. Pedagoglar bilan o'quvchilarning o'zaro munosabatlari havosiz bo'shliqda ro'y bermaydi. O'quvchiga nisbatan talabchanlikni ular bilan uyg'un tarzda yo'lga qo'ya biladigan pedagog tarbiyaning maqsadlarini ro'yobga chiqarish uchun eng qulay pedagogik muhitni yarata oladi.

Munosabatlarni boshqarish uslublari: Avtoritar uslub. Demokratik uslub. Liberal uslub.

1. Avtoritar uslub: o'zi yakka holda guruh faoliyatini yo'nalishini belgilaydi. o'zi ko'rsatma – buyruq beradi. javobgarlikni o'z bo'yniga oladi. So'zsiz bo'ysunishni da'vo etadi. qattiq intizomni talab etadi. Aytilgan narsani to'liq bajarilishini talab etadi.

. Avtoritar uslub:. Gap qaytarganni, gap o'rgatganni yoqtirmaydi. Aytgan tashakkuri ham buyrukqa chiqadi.So'zlari qattiq va qo'pol. Biroq bir masalani tushuntirmaydi, lekin talab etadi. Muloqotga kirishishning asosiy shakllari, buyruq ko'rsatma berish, qo'llanma bilan ishlash, xayfsan e'lon qilish. Muomalada qo'pol, dag'al. Do'q-po'pisali majbur etish, qo'rqitish, cho'chish orqali kirishadi. Avtoritar uslubning ijodiy tomoni favqulodda vaziyatlarda qo'l kelishi.. Munosabatni bu uslubda boshqarishi atrofdagilar uchun qiyin yoki og'ir ahvol

2. Demokratik uslub kollektiv fikriga tayanib ish olib boradi. kollektiv fikrini, tashabbusini ma'qullaydi, rivojlatiradi boshqalar fikriga hurmat bilan qaraydi. boshqalar fikrini o'ziniki qilib oladi. muloqotga kirishishning asosiy shakllari: iltimos, maslahat berish, samimiy muomala

3. Liberal uslub. tashabbussiz kollektiv ishiga aralashmaydi. hamma masalalarni yuzaki qarab chiqadi. o'zining fikri yo'q, javobgarlikdan o'zini chetlatadi. ish natijasi bilan qiziqmaydi. bolalarga e'tiborsizlik, beg'am qaraydi. o'z ishiga sovuqqon bo'lib qaraydi.