MOLIYA TIZIMI VA MOLIYAVIY SIYOSAT Reja: 1.Moliyaning mohiyati va funksiyalari. 2.Moliya tizimi. 3.Moliya tizimini boshqarish. 4.Moliyaviy resurslarning.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
ТОШКЕНТ МОЛИЯ ИНСТИТУТИ «Бизнес ва тадбиркорлик» кафедраси Бизнес стратегияси фанидан фанидан тайёрланган кўрсатмали тарқатма ва тақдимот материаллари.
Advertisements

Moliya Marketing tizimi – bu qoyilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir.
Транксрипт:

MOLIYA TIZIMI VA MOLIYAVIY SIYOSAT Reja: 1.Moliyaning mohiyati va funksiyalari. 2.Moliya tizimi. 3.Moliya tizimini boshqarish. 4.Moliyaviy resurslarning mohiyati va ahamiyati. 5.Moliya siyosati

Moliyaning mohiyati va funksiyalari Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida Xalq xujaligida pul resurslarini hosil etish ularni taqsimlash va ishlatish sohasidagi iqtisodiy munosabatlarni o`z ichiga oladi. Jamiyatning ravnaqi, aholini farovonligi,yurtning tinchligini taminlash va boshqalarni amalga oshirish moliyaga borib taqaladi. Moliya lotincha «Finansia» so`zidan olingan bo`lib pul hisob-kitoblarini bildiradi.Moliya so`zi dastlab XIII asrda Italiyada, keyin davlatning daromad va harajatlarini mohiyati sifatida XVI asrda Fransiyada ishlatilgan. Hozirgi vaqtda Moliya –Yalpi ichki maxsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida turli markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini tashkil etish va ulardan foydalanishdagi pul munosabatlar hisoblanadi. Shuni takidlash lozimki, hamma pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlarga kirmaydi. Jumladan, fuqarolik va chakana savdo o`rtasidagi (xattoki,chakana narxlar davlat tomonidan tartibga solish sharoitida ham) yuzaga keladigan pul munosabatlari davlat fuqarolik –huquqiy uslub bilan tartibga solishi tufayli moliyaviy munosabatlarga kirmaydi. Moliyaviy munosabatlar-bu iqtisodiyot subyektlarning moliya resurslari xususidagi o`zaro aloqalari.

Moliya tarixiy kategoriya sifatida tovar-pul munosabatlari sharoitida paydo bo`lgan va u bilan birgalikda mavjud. Moliyaning zarurligi davlatning mavjudligidan ham kelib chiqadi,chunki davlat o`z vazifasidan kelib chiqib atrof muxitni ximoya qilish, mudofa, ijtimoiy tartibni saqlash nomoddiy soxalarni pul bilan ta`minlash aholini nochar katlamlarini ijtimoiy jixatdan ximoya qilish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarini ta`minlash maqsadida.markazlashgan pul jamg`armalarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib moliya – bu iqtisodiy pul munosabatlarining yig`indisi bo`lib, u yordamida yaratilgan jami ijtimoiy maxsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash yo`li bilan korxona,tashkilot,birlashma va davlatni pul daromadlari va markazlashgan jamg`armalarini tashkil etish asosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish va aholini moddiy va madaniy extiyojlarini qondirishni ta`minlashdir. Yuqoridagilardan kelib chiqib moliyaning obyekti bo`lib korxona, birlashma va Xalq xujaligi tarmoqlarining pul jamg`armalari va moliyaviy rusurslarni tashkil etish, taqsimlash va foydalanish bilan bog`lik bo`lgan iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Moliyaning subyekti - bu moliya munosabatlarini ishtirokchilari, firmalar, davlat va nodavlat idoralaridan iborat yuridik va jismoniy shaxslar.

Moliyaviy siyosat - Davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini ta`minlash yuzasidan moliyaviy resurslar bilan ta`minlashga qaratilgan siyosat. Moliyaning turli darajalari: - Mikromoliya - bu firmalar, davlat va jamoat tashkilotlari moliya tizimini boshlang`ich va asosiy bug`ini hisoblanadi. Mikromoliyaning muhimligi ularda moddiy boylik yaratiladi. Ularning faoliyati jamiyatning iqtisodiy axvolini shakllantiradi. Uning asosiy resurslari bo`lib foyda, ish haqi, aksiya va obligatsiyalar, kredit,sug`urta to`lovi, subsidiya va boshqalar hisoblanadi. Korxona qanchalik yaxshi ishlab foydali faoliyat ko`rsatsa,uni moliyaviy faoliyati shunchalik yaxshilanadi, soliqlar va boshqa to`lovlarni to`liq va o`z vaqtida amalga oshirishda har xil fondlarni tashkil etishga, xodimlarni rag`batlantirishga, ishlab chiqarishni kengaytirishga, xayriya va boshqalarga imkoniyat yaratiladi. - Makromoliya – bu mamlakat doirasidagi va milliy iqtisodiyotga xizmat qiluvchi davlat moliyasidan iborat.U umumdavlat moliyasi bo`lib,unga davlat budjeti, ijtimoiy sug`urta jamg`armasi, boshqa maqsadli jamg`armalar kiradi. - Metomoliya – bu xalqaro doiradagi moliya bo`lib davlatlararo pul munosabatlarini anglatadi.

Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namayon bo`ladi va u asosan qo`yidagilarga bo`linadi. 1. Taqsimlash funksiyasi. Bu funksiya ko`yidagilarda o`z aksini topadi. - Yaratilgan yalpi ichki maxsulot dastlab korxonada,uni yaratishda ishtirok etgan xodimlarga, davlat budjetiga (soliq shaklida). -Davlat moliyasi orqali har xil fondlarni shakllantirishga. - Korxona va boshqalar o`z daromadlarining ma`lum qismini nodavlat va jamoa tashkilotlariga, ular tomonidan turli xayriya fondlarini tashkil etishga. - Xayriya fondlaridan kam ta`minlangan oilalarni ijtimoiy ximoya etishga. - Xonadonlar moliyasida –yaratilgan daromadni iste`mol va jamg`arma extiyojlariga taqsimlanishi. 2. Nazorat funksiyasi – Bu funksiya taqsimlash funksiyasi bilan o`zviy bog`lik bo`lib, u moliya munosabatlarining turli tarkibi orasida pul fondlarining shakllanishi va ishlatilishini nazorat qiladi. Ushbu funksiyaning bosh maqsadi ijtimoiy ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish,Xalq xujaligining barcha bug`inlari ishini yakunlash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini to`g`ri tashkil etilishi va ulardan maqsadga muvofiq foydalanishni taminlashdan iborat.

Moliyaviy nazorat umudavlat, ichki xo`jalik,jamoa va mustaqil nazoratlarga bo`linadi. Umumdavlat nazorati Oliy Majlis, Moliya Vazirligi, Soliq,kredit muassalari davlat qumitalari, vazirliklar, maxalliy boshqaruv organlari tomonidan amalga oshirilib unda pul mablag`larini shakllanishi va sarflanishi nazorati olib boriladi. Ichki xo`jalik nazorati korxona,tashkilot va muassasalarning moliyaviy xizmatlari (hisob,hisobot va rejalashtirish) bo`limlari tomonidan pul mablag`larining shakllanishi va harajatlar ustidan nazoratni ta`minlaydi. Jamoa nazoratini aloxida jismoniy shaxslar, o`z-o`zini boshqarish organlari va boshqalar ixtiyoriy ravishda olib boradi. Mustaqil nazoratni mustaqil auditorlik firmalari amalga oshiradi.Bunda barcha xo`jalik subyeklari faoliyati natijalarining qonuniyligi, amaldagi buxgalteriya hisobini yuritish bo`yicha va boshqalarga tegishli me`yoriy hujjatlarga mosligi, ularga amal qilinganligi nazoratdan o`tkaziladi. Amalga oshirish muddatidan kelib chiqib moliyaviy nazorat birlamchi, joriy va yakuniy nazoratlarga ham bo`linadi. Birlamchi moliyaviy nazorat korxonalar moliyaviy rejalarini budjet tashkilotlarini smetalarini, budjetlar loyihalarini va boshqalarni tuzish, ko`rib chiqish va tavsiflash bosqichlarida amalga oshiriladi.

Joriy moliyaviy nazorat rejalarni bajarilishi,xo`jalik moliyaviy operatsiyalarini borishi jarayonida amalga oshirib, unda daromad va harajatlarni amalga oshirilishini to`g`riligi, o`z muddatidaligi tezkor va moslashuvchanlik asosida olib boriladi. Yakuniy moliyaviy nazorat amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalarning to`g`riligi,qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini tekshirish, tahlil va audit qilish orqali amalga oshiriladi. Shuning bilan birga ayrim mualliflar (A. O`lmasov,A Vaxobov, «Iqtisodiyot nazariyasi» Toshkent, 2006, betlar ) moliyaning funksiyalariga rag`batlantirish, iqtisodiy axborot berish va ijtimoiy ximoya funksiyalarini ham kiritishadi. Bizning fondimizcha rag`batlantirish va ijtimoiy ximoya funksiyalari moliyaning taqsimlash funksiyasi natijasiligini, iqtisodiy axborot berish esa korxona,tashkilot va muassasalarni funksional vazifalari ekanligini hisobga olib ularni moliyaning aloxida funksiyalariga ajratilishi maqsadga muvofiq emas.

Moliya tizimi Moliya tizimi - bu davlatning hamda korxonalarni pul mablag`larini shakllantirish, taqsimlash va ishlatish usullari majmuasidir. Umuman moliya tizimini qo`yidagicha ifodalash mumkin(sxema): Moliya tizimining asosini xo`jalik yurituvchi subyeklar moliyasi tashkil etadi, chunki ular moddiy ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi va ular ishtirokida yalpi ichki maxsulot va milliy daromad yaratiladi. Xo`jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy - huquqiy shaklidan kelib chiqib ular moliyasining shakllanishi va undan foydalanish o`ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan, ijtimoiy tashkilotlar, kasaba uyushmalari, yoshlar va faxriylar tashkilotlari,ijodiy uyushmalar, sport jamiyatlari va shu kabilardan iborat bo`lib, ularning moliyaviy resurslari asosan tashkilot azolik badallari,tijorat faoliyatidan olingan daromadlar, xomiylar va xayriya mablag`lari hisobiga tashkil topadi va shu tashkilotlar nizomiga asosan foydalaniladi. Ayrim korxona va tashkilotlar moliyasining xususiyatlari mavzuning 5 savolida yoritilgan. Davlat budjeti moliya tizimining bosh bug`ini hisoblanadi. U yordamida davlat boshqaruv organlari funksiyalarini taminlash uchun markazlashgan pul fondlari shakllantiriladi va ishlatiladi. Davlat budjeti mamlakatning asosiy moliya rejasi hisoblanadi va Oliy Majlis tomonidan qonun holida tasdiqlanadi. Davlat budjeti orqali davlat Xalq xujaligi tarakiyotini, ijtimoiy - madaniy tadbirlarni, mudofani,davlat xokimiyati va boshqaruv organlarini saqlash moliyalashtiriladi.

Budjetdan tashqari jamg`armalar, soliqlar kabi ma`lum maqsadga yunaltirilgan ajratma va ushlovlardan tashkil topadi. Budjetdan tashqari jamg`armalar so`mmasining asosiy qismi maxsulot (ish xizmat) lar tannarxiga kiritiladi va u asosan ish haqi fondiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Budjetdan tashqari maqsadli jamg`armalardan biri Pensiya jamg`armasi hisoblanadi.Ushbu jamg`armaning shakllanishi va undan foydalanish tartibi fanning 6- «Ijtimoiy ta`minot moliyasi» mavzusida berilgan. Budjetdan tashqari jamg`armalarning yana biri bo`lib, ish bilan ta`minlashga kumaklashish jamg`armasi. Ushbu jamg`arma «Axolini ish bilan taminlash to`g`risida » gi (1992 y 13 yanvar) qonuniga muvofiq Vazirlar Maxkamasining 1992 y 13 dekabrdagi 606-sonli «Ish bilan ta`minlashga kumaklashish Respublika jamg`armasining tashkil etish to`g`risida» gi qarori asosida tashkil etilgan.Jamg`arma mablag`lari qo`yidagi mablag`lar hisobiga shakllanadi: - Mulkchilik shaklidan kat`iy nazar barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar xodimlariga hisoblangan ish xaqiga nisbatan majburiy ajratmalar. Ushbu ajratma 2007 yilga 0,3 foiz miqdorida belgilangan. - Rezedent va norezedent yuridik shaxslar, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning ixtiyoriy badallari. - Majburiy ajratmalar belgilangan muddatda tulanmaganligi uchun jarimalar. - Ish bilan ta`minlashga ko`maklashish jamg`armasining tijorat faoliyatidan daromad va boshqalar

Ish bilan ta`minlashga ko`maklashish davlat jamg`armasining mablag`lari qo`yidagi maqsadlarga foydalaniladi. -Axolini ish bilan ta`minlashning umumdavlat va mintaqaviy dasturini ishlab chiqishga - Ishdan bo`shab qolgan xodimlarni va ish bilan band bo`lmagan axolini kasbga yo`naltirish, qayta o`qitish va qayta tayyorlashga doir ishlarga. - Ishsizlik bo`yicha nafaqalar tulash. -Nogironlar va axolining ijtimoiy jixatdan kam ta`minlangan tabaqalari mexnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ishchi o`rinlarini tashkil etish. - Ish bilan ta`minlash organlarini saqlash, moddiy - texnikaviy ta`minotni amalga oshirish. - Axborot ma`lumotlarini tuplash, reklama-nashr ishlarini amalga oshirish, bo`sh o`rinlar yarmarkalarini o`tkazish va boshqalar. Maqsadli jamg`armalar tarkibida yetakchi o`rinlardan birini O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi xo`zuridagi Respublika yo`l jamg`armasi egallaydi.Ushbu jamg`arma O`zbekiston Respublikasi «Avtomobil yo`llari to`g`risida» gi qonunga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1995 yil 5-yildagi 334-sonli «O`zavtoyo`l davlat xissadorlik konserni» tarkibida tashkil qilingan. Ushbu jamg`armani tashkil qilishdan maqsad mamlakatimizda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarini loyixalash,qo`rish,to`zatish va saqlashni mablag` bilan ta`minlash, shuningdek Respublika yo`l tarmoqlaridan samarali foydalashni ta`minlashdir. Respublika yo`l jamg`armasi 2008 yilda qo`yidagi majburiy ajratmalar va yig`imlar hisobiga shakllanishi ko`zda tutilgan:

Moliya tizimini boshqarish O`zbekiston Respublikasida moliyaviy munosabatlar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar va tuman (shahar) xokimliklari qoshidagi moliya organlari va boshqa organlar tomonidan boshqariladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlok vakolatlari jumlasiga boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo`li bilan tartibga solish; Vazirlar Maxkamasining takdimiga binoan O`zbekiston Respublikasining budjetini kabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni joriy qilish… kiradi. Moliya tizimini boshqarishda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining moliya bo`yicha me`yoriy xujjatlar doirasida moliyaviy masalalarni Respublika mikiyosida muvofiqlashtirishda, moliyani markazlashgan tartibda boshqarilishini ta`minlashda ahamiyati katta. Moliya tizimini boshqarishda O`zbekiston Respublikasi VazirlarMaxkamasi qoshidagi Moliya Vazirligi aloxida vakolatga ega. O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan 1992 yil 23 noyabrdagi 553 – sonli karor bilan tasdiklangan «O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi haqidagi nizom»ga asosan faoliyat ko`rsatadi. Nizomda Moliya Vazirligining asosiy vazifalari,funksiyalari va hukuklari hamda uni faoliyatini tashkil qilish tartibi belgilab berilgan.

Nizomga ko`ra Moliya Vazirligining bosh vazifasi bo`lib, davlat budjetini tayyorlash va uni moliyalashtirish hisoblanadi. Bu asosan qo`yidagilarni o`z ichiga oladi: Davlat budjeti loyixasini tayyorlash Davlat budjeti loyixasi va uni bajarilishi to`grisidagi hisobotni Vazirlar Maxkamasi orqali Respublika Oliy Majlisi tasdigiga kiritish. Davlat budjeti bajarilishini moliyalashtirish. Davlat budjeti daromadlari va harajatlari yuzasidan nazorat va boshqalar. O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligiga Vazir raxbarlik qiladi va u O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va Oliy Majlis tasdigidan o`tadi. Moliya Vazirining o`rinbosarlari vazirning tavsiyasi asosida Vazirlar Maxkamasi tomonidan tayinlanadi.

O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi mamlakatda moliyaviy faoliyat huquqiy asoslari mustaxkamlanishini ta`minlaydi, qonun loyixalari bo`yicha moliyaviy xulosa beradi, o`z hukuki doirasidagi masalalar bo`yicha qonunchilikning amalda ko`llanilishini umumlashtiradi va uni takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni Vazirlar Maxkamasiga takdim etadi, hamda o`zining vakolati doirasida me`yoriy xujjatlarni ishlab chiqadi va ularni bajarilishini nazorat qiladi. Joylardagi moliya organlari o`z ishlarini hududning xajmi va unga tegishli moliyaviy rusurslar chegarasida tashkil etadi. Mamlakatimizda soliq to`lovlarini to`gri hisoblanishi, ularni davlat budjetiga to`liq va belgilangan muddatlarda kelib tushishini ta`minlash O`zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Ko`mitasi va uning joylardagi boshqarmalari hamda inspeksiyalari zimmasiga yuklatilgan. Boj to`lovlarining to`g`ri hisoblanishi va budjetga to`liq va o`z vaqtida kelib tushishiga O`zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona Ko`mitasi va uning joylardagi bo`linmalari mas`uldir. Davlat budjetning gazna ijrosi qonun xujjatlarida belgilab kuyiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Korakalpogiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bulinmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Moliyaviy resurslarning mohiyati va ahamiyati Moliya o`z vazifalarini ma`lum moliyaviy vositalar orqali bajaradi. Bu vositalarning asosini moliyaviy resurslar tashkil etadi. Korxonaning modiyaviy resurslari bu pul daromadlari va mablag`larining tushumi bo`lib, xujalik subyektining har xil moliyaviy majbutriyatlarni bajarish, xarajatlarni moliyalash, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish, korxona xodimlarini moddiy rag`batlantirishni ta`minlash uchun manba`dir. Moliyaviy resurslar mikro va makro resurslarga bo`linadi. Makroresurslar umumdavlat miqyosida tashkil topadi. Ular budjet tarkibida yoki budjetdan tashqari jamg`armalar tarkibida tashkil topadi. Mikroresurslar markazlashmagan resurslar hisoblanib, ular korxona, firma, kompaniya, tashkilot, jamoa uyushmalari doirasida bo`lib, xo`jalik yuritish subyektlariga tegishli bo`lgan yoki ular tomonidan qarzga olingan pul mablag`laridan iborat.

Moliyaviy resurslar shakllanishiga ko`ra guruxlanadi : O`z mablag`lari va ularga tenglashtirilgan mablag`lar hisobiga ; Qarzga olingan mablag`lar hisobiga ; Boshqa manbalar hisobiga (Davlat budjeti, moliya bozoridan jalb etish va boshqalar). Korxonaning o`z mablag`lari va ularga tenglashtirilgan mablag`lariga qo`yidagilar kiradi: Asosiy faoliyatdan foyda moliyaviy faoliyatdan foyda boshqa operatsiyalardan foyda maqsadli tushumlar va boshqalar. Korxonaning qarzga olingan mablag`lari jumlasiga bank kreditlari va boshqa ayrim qarzlar kiradi. Korxonaning moliya bozoridagi ishtiroki asosida aksiya va boshqa qimmatli qog`ozlarni sotish orqali mablag`lar kelib tushadi. Bundan tashqari moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash natijasida, sug`urta kompaniyasi va boshqalardan pul resurslari, budjet subsidiyalari va boshqa resurslar ko`rinishida ham kelib tushadi. Xo`jalik yurituvchi subyektlar mavjud moliyaviy resurslardan qanchalik samarali foydalanishni ta`minlasa shunchalik yuqori natijalarga erishish imkoniyati yaratiladi. Resurslarni iqtisod qilish muammolari to`g`risida gapirganda, moliyaviy resurslarni tejash, berilgan kreditlarni o`z vaqtida qaytarilishi masalasiga ham aloxida e`tibor qaratish xarur – degan edi Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 14 fevraldagi yig`ilishidagi ma`ruzasida.

Moliya siyosati Moliya siyosati, byudjet siyosati davlat umumiy iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi; davlat faoliyatini ta ʼ minlash, mamlakat farovonligini oshirish maqsadlarida moliya tizimini tashkil etish, moliyaviy resurslarni safarbar etish va ulardan foydalanish, davlat oldida turgan ichki va tashqi siyosat vazifalarini bajarish buyicha amalga oshiriladigan barcha davlat tadbirlarini uz ichiga oladi. Moliya siyosati ta ʼ sir ko ʻ rsatadigan asosiy ob ʼ yektlar aholining turli katlamlari, davlat institutlari (tashkilotlari), sanoat va xo ʻ jalikning b. sohalari, mintakalar va mamlakatlarning umumiy hududi. Moliya siyosatining asosiy quroli va tarkibiy qismi davlat byudjeti daromadlari va harajatlari, zayomlari, soliq imtiyozlaridir. Davlat tomonidan tanlagan iktisodiy siyosatga va maqsadlarga qarab ayrim bandlar buyicha harajatlarni kupaytirish yoki kamaytirish orqali mamlakat hayotining u yoki bu tomonlariga, davlat institutlari ga, iktisodiyot tarmoqlariga, mas, harbiy harajatlarni yoki ilmiy texnik taraqqiyot uchun harajatlarni kupaytirib yoki kamaytirib, faol ta ʼ sir etish mumkin. Davlat daromadlar, ularning miqdori, soliklar tizimi orqali iktisodiy usish sur ʼ atiga, aholi farovonligiga ta ʼ sir ko ʻ rsatishi, inflyasiya jarayonlarini va h.k.ni boshqarishi mumkin.

Doimiy daromadlardan olinadigan moliyaviy resurslar yetishmagan hollarda qarzlar qo ʻ llaniladi, ularning hajmi va ularga xizmat ko ʻ rsatish tartibi ham iqtisodiyot holatiga ta ʼ sir ko ʻ rsatadi. Soliq imtiyozlari Moliya siyosatining muhim usullaridan biri hisoblanadi, ularning yordami bilan davlat iqtisodiyotning muhim tarmoqlari taraqqiyotini tezlashtirishi, aholining ayrim qatlamlari yoki toifalarining daromadiga bilvosita ta ʼ sir etishi mumkin. Imtiyozlar va soliqsolish bo ʻ yicha preferensiyalar keyingi o ʻ n yilliklarda taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiyotida ayniqsa keng rivojlanmoqda. Mac, AQShda imtiyozlarning umumiy miqdori (ya ʼ ni davlatning soliqlar to ʻ g ʻ risidagi qonunga binoan olinadigan soliqlardan maqsadli voz kechishi) federal byudjetning yarmiga yaqinini tashkil etadi. Moliya siyosati pul- kredit siyosati bilan qo ʻ shilib ketadi va o ʻ z tadbirlarini o ʻ tkazishda uning usullaridan foydalanadi. Moliya siyosatining muhim tomoni shundaki, bu siyosat odatda hukumat va uning qarorlarini tasdiqlaydigan davlat organlarining bevosita tasarrufida va boshqaruvida bo ʻ ladi, pulkredit tadbirlari bilan pul hukmdorlari Markaziy bank tipidagi korxonlar shug ʻ ullanadi. Makrodarajada Moliya siyosati davlat siyosati, mikrodarajada korxona, tashkilotlar va xonadonlar Moliya siyosatidan iborat. Moliya siyosatining tarkibiy qismi byudjet siyosatining maqsadi davlat harajatlarini muqim ravishda pul bilan ta ʼ minlashdir. Buning uchun byudjetning daromad qismi ta ʼ minlanadi, byudjet daromadi va harajatlari balanslashtiriladi, byudjet taqchilligini me ʼ yorida (YAIMga nisbatan 3%) bo ʻ lishiga erishiladi.

Firmaning Moliya siyosati bu firmaning o ʻ z moliya resurslarini hosil qilish va ularni samarali ishlatishga qaratilgan choratadbirlaridir. Bundan maqsad firmaning rentabel bo ʻ lishi, likvidligini ta ʼ minlash va o ʻ z-o ʻ zini moliyalashtirishga erishishdir. Firma Moliya siyosati uning pul fondlaridan oqilona foydalanishiga, uning qarzdorligining me ʼ yorida bo ʻ lishiga, pul mablaglarining o ʻ z vaqtida aylanib turishiga, moliyaviy majburiyatlarning vaqtida bajarilishiga qaratiladi. Firma Moliya siyosatini uning egalari ishlab chiqadi, amalga oshirilishini esa moliya menejeri ta ʼ minlaydi. Xonadon Moliya siyosati uning daromadlari va harajatlarini balanslashtirish, ya ʼ ni daromad manbalarini topish, daromadlarni oqilona ishlatish va farovonlikni oshirishni ko ʻ zlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1.O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Toshkent, 2001y. 2.Banklar va bank faoliyati to`g`risidagi qonun, Toshkent,1996y. 3.Markaziy bank to`g`risidagi qonun, Toshkent, 2002y. 4.Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risidagi qonun, Toshkent, 2007y. 5.Bank siri to`g`risidagi qonun, Toshkent, 2003y. 6.Valyutani tartibga solish to`g`risidagi qonun, Toshkent, 2003y. 7.Davlat budjetining g`azna ijrosi to`g`risidagi qonun, Toshkent, 2007y. 8.Fuqarolarni jamg`arib boriladigan pensiya ta`minoti to`g`risidagi qonun, Toshkent, 2004y. 9.Kredit uyushmalari to`g`risidagi qonun, Toshkent, 2006y. 10.Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risidagi qonun, Toshkent, 2003-y.