Qadimgi arabiston va islom tarixi

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Chiziqli sirtlar togrisida umumiy malumotlar. Biror chiziqning fazodagi uzluksiz harakati natijasida sirtlar hosil boladi. Sirtlarning hosil qilishning.
Advertisements

Ayolda homiladorlik vaqtida OIV- infeksiyasi aniqlanganda hududigagi OITS markaziga yoki yashaydigan joyidagi akusher-ginekologga maslahatga borishi kerak.
Kompyuter viruslari bugungi kunda ko'pchilikning eng dolzarb muammosidir. Bu hammani tashvishga solmoqda. Virus dasturi kompyuterdagi ma'lumotlar butunligini.
Guliston davlat unversteti fizika-matematika fakulteti 8-17 guruh talabasi Egamberdiyev Shohruhning kompiyuter taminoti fanidan tayorlagan Mustqil ishi.
Mavzu: Fotosintez. Biologik diktant Achish jarayonida energiya almashinuvi ….. bosqichga bo`linadi. Bu jarayonda kam miqdirda energiya hosil bo`lib, u.
Mavzu: Disklarga xizmat korsatuvchi dasturlar. Reja: 1.Disk turlari. 2.Disklarni oqish qurilmalari. 3.Disklarning shikastlanishi. 4.Magnit disklar. Reja:
Ushbu rasmga qarang. Qanday ajoyib tabiat! Qanday rangli barglar - qizil, sariq, to'q sariq! Nima uchun hamma narsa juda rangli? Bu degani, kuz keldi!
«Atrof-muhit muhofazasi » talim yonalishi 4-kurs tаlаbаsi Hamdamov Azamat Tayirovichning Qarshi shahri hududida suv resurslaridan mukammal foydalanish.
Bu korinishdagi tenglamalarni yechishda y` = p belgilash kiritamiz. U holda (1) tenglama quyidagi korinishni oladi y = x*p + φ(p) (2) bunda p=p(x)
ТОШКЕНТ МОЛИЯ ИНСТИТУТИ «Бизнес ва тадбиркорлик» кафедраси Бизнес стратегияси фанидан фанидан тайёрланган кўрсатмали тарқатма ва тақдимот материаллари.
Qoplovchi tog jnslari koeffitsienti – bu foydali qazilmaning bir birligiga togri keluvchi qoplovchi tog jinslarining qiymatiga aytiladi. Qoplovchi tog.
MAVZU: O'zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorlikda demokratik tamoyillarga asoslanishi Theme: Relying to democratic conception in Uzbekistan with.
tibbiy uskunalar Bezlarni davolash medikamentlar, narkoz.
Inson motivatsiyasining tarixiy tafakkuri Bajardi : Sardor.
Toshkent shahar Mirzo Ulugbek tumani 27- umumiy talim maktabi ozbek tili oqituvchisi Qahhorova Mavjudaning 5 - V sinfida Mening dostim (qaratqich kelishigining.
19 – MARUZA. MAGNIT MAYDONI VA UNING XARAKTERISTIKALARI Reja: 1. Vakuumda magnit maydoni. Magnit maydon induksiya vektori. 2. Magnit maydoni. Superpozitsiya.
OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNVERSITETI kafedasi Oraliq nazorati boyicha taqdimot Mavzu: Sharq.
14 - MARUZA MAVZU: RANGLI METALL VA QOTISHMALAR. REJA: 1. M IS ASOSIDAGI QOTISHMALAR. (L ATUNLAR ). 2. M IS ASOSIDAGI QOTISHMALAR (B RONZALAR ). 3. A LYUMINIY.
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI AMALIY MATEMATIKA VA AXBOROTLAR TEXNOLOGIYASI KAFEDRASI OQITUVCHISI XOLMURODOVA DILFUZANING FAYLLARNI ARXIVLASH VA KOMPYUTER.
Multimedia axborot texnologiyalari Reja: 1. Mul`timedia 2. Informatsion ta`minotda mul`timedia. 3. Ta`lim sohasida mul`timedia 4. Dasturlash texnologiyasida.
Транксрипт:

Confidential : Do not duplicate or distribute without written permission from presentator!!! Maxfiy : Taqdimotchining yozma ruxsatisiz nusxa ko'chirmang yoki tarqatmang !!!

Qadimgi Arabiston va islom tarixi

REJA: 1. Qadimgi Arabiston tarixi; 2. Qadimgi Islom tarixi; 3. Makka shahri; 4. Madina shahri; REJA: 1. Qadimgi Arabiston tarixi; 2. Qadimgi Islom tarixi; 3. Makka shahri; 4. Madina shahri;

Ossuriya matnlarida arabi, Bobil matnlarida matu arabi, qadimgi Eron manbalarida araboe, va nihoyat, oromiy yozuvlarida bet Arabaya nomlari bilan atalgan Arabiston yarimoroli Osiyo qit`asining janubi-g`arbida joylashgan. Tomonlari teng bo`lmagan to`rtburchakni tashkil qiluvchi bu yarimorolning shimolida Suriya-Mesopotamiya dashti, sharqida Fors ko`rfazi, janubida – Hind okeani va g`arbida Qizil dengiz yotadi. Uning uzunligi 2 ming km, eni 1,5 ming kilometrdan ziyod. Arab tilida u jazirat al-arab, ya`ni arab oroli deb ataladi. Arabistonning geografik o`rni

Qadimgi yunon-rim manbalariga ko`ra, Arabiston jo`g`rofiy jihatdan 3 qismga bo`lingan: Tog`li Arabiston (Arabia Petrae) – Tog`li Arabiston (Arabia Petrae) – Qizil dengizning shimoliy sohili va Sino yarimrolidan shimoli-sharqda joylashgan uchburchak shakldagi yer; Sahroviy Arabiston (Arabia Dezerta) – Sahroviy Arabiston (Arabia Dezerta) – Suriya- Mesopotamiya dashti bilan chegaralangan va yarimorol ichkarisining bir qismini o`z ichiga olgan joy; Saodatli Arabiston (Arabia Felix) – Saodatli Arabiston (Arabia Felix) – yarimorolning yuqorida zikr qilingan ikki qismidan boshqa yerlari.

Qadim va o`rta asrlarga taaluqli aksariyat arab manbalarida Arabistonning aholi yashaydigan qismi 5 o`lkaga bo`lingan: Yaman, Hijoz, Tihoma, Najd va Yamoma.

Hijoz - Arab kitoblarida Hijoz o`lkasi sharqiy ba g`arbiy Arabiston o`rtasida to`siq (arabcha - hojiz) bo`lganligi uchun shunday atalgan, deyiladi. Hijozda ikki yirik qadimiy shahar bor: Makka va Madina (Yasrib). Tixoma – Sarot tog`i va Qizil dengiz orasida joylashgan past-tekislikdir. Keng ma`noda arablar o`ta issiq va nosog`lom iqlimli qirg`oq bo`yi joylarni Tixoma deb ataganlar. Najd – Hijozdan Fors ko`rfazi tomon cho`zilgan, dengiz sathidan o`rtacha metr baland yassi tog`likdir. Yamoma - Najddan sharqda Fors ko`rfazining g`arbiy sohili bo`ylab cho`zilgan qirg`oq rayonini (Bahrayn bilan birga) o`rta asr arab geograflari shunday ataganlar.

Qadimgi Arabiston aholisi Arab tarixchilari qadimgi Arabiston aholisini ikki katta guruhga bo`ladilar: islomdan oldin yo`q bo`lib ketgan arablar (arab boida) va islomdan keyin saqlanib qolgan arablar (arab boqiya). Ikkinchi guruhni odatda ikki qismga ajratadilar: a) janubiy yoki asl arablar (arab oriba) b) shimoliy arablar (arab musta`riba).

Asl arablar (arab oriba) - janubiy arablar, qadimgi Yaman aholisi yoki boshqachasiga aytganda, qahtoniylar ko`zda tutiladi. Qahtoniylar o`zlarini asl arablar, shimoliylarni esa, arablashgan, noasl arablar deb hisoblashgan Arab musta`riba – shimoliy arablar, arab genealoglari shimoliy arablarni payg`ambar Ibrohimning o`g`li Ismoildan tarqagan, deb hisoblaydilar. Ismoil haqidagi arab rivoyatlariga ko`ra, Ismoil ulg`aygach, Makka yaqinida o`rnashib qolgan Jurhum qabilasidan bir qizga uylanadi va ulardan 12 farzand dunyoga keladi. Shu zaylda go`yo shimoliy arablar nasabi boshlangan.

Badaviylarning tashqi qiyofasida sahroning asari yaqqol sezilib turardi. Uning kundalik ovqati xurmo, sut yoki suvda qorilgan ataladan (sarid) nari o`tmasdi. U egniga qishin-yozin to`piqqacha yetadigan uzun ko`ylak kiyadi. Oyoq kiyimini deyarli bilmaydi. Eng asosiy fazilati – chidamlilik, eng og`ir sharoitda ham taqdirga tan bermay, undan qutulish chorasini qidiradi. Arab badaviylari lo`lilar singari joydan-joyga ko`chishni kasb qilmaganlar. Ular ma`lum chegaralarda, faqat mavjud yaylovlarga, muayyan mavsumlarda ko`chardilar va mavsum oxirigacha muqim hayot kechirardilar. Shunisi diqqatga sazovorki, aksariyat tarixchilar qadimgi Arabistonni asosan ko`chmanchi badaviylar yurti sifatida tasvirlab kelishgan. Vaholanki, O.G.Bolshakov hisobiga ko`ra, qadimgi Arabiston aholisining ko`pchiligini (4 milliondan ortiq) o`troq aholi tashkil qilgan. Badaviylar esa yarimorol maydonining katta qismida tarqalgan bo`lsalarda, son jihatdan ozchilik edilar (3 millionga yaqin). Ko`chmanchi arablar o`zlarini doimo shahar aholisidan yuqori qo`yar edi. Ularning nazarida shaharliklar qanchalik to`q bo`lmasinlar, nochor edilar. Badaviy qonining tozaligi, tilining ravonligi, shoirligi, qilichi, oti (ko`proq tuyasi) va eng muhimi nasabi bilan faxrlanardi. Badaviylarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli doimo g`azot qilishni taqozo qilardi. Ga`zot go`yo ular uchun sport o`yinidek bo`lib qolgandi.

Qadimgi Arabiston qabilalari

Qadimgi Arabistonning xarakterli xususiyatlaridan biri – badaviylar ham, shahar aholisi ham urug` va qabilalardan tashkil topgan edi. Qabila – qavmlardan (batn), qavm – urug`lardan (faxz), urug`lar esa oilalardan tarkib topgandi. Er-xotin va avlodlardan iborat oila qabilaning eng kichik bo`g`ini edi. Qabila bir ajdodga mansub bo`lgan asl a`zolardan va ittifoqda (hilf) bo`lgan, ya`ni himoya istab kirgan a`zolardan tashkil topardi. Ba`zida qabila boshlig`ini ulug`lash uchun amir va hatto malik deb ham atashgan. Ammo u hech qachon mutlaq hokimiyatga ega bo`lmagan. Aksincha, doimo qabila boshlig`ining hukmi jamoa nazorati ostida bo`lgan. Bu vazifani odatda mashyaxa yoki majlis ado etgan. Qabila majlisi e`tiborli kishilardan tashkil topardi. Shunday kishilardan biri qabila shoiridir. Dushman bilan kurashda shoirning so`zi qilichdan ham qaqshatqich, nayzadan ham o`tkir ta`sir kuchiga edi. Shoirlik – kamolot cho`qqisi hisoblanib, mashhur shoirlar odatda Komil unvoniga sazovor bo`lardilar. Qadimgi Arabistonning xarakterli xususiyatlaridan biri – badaviylar ham, shahar aholisi ham urug` va qabilalardan tashkil topgan edi. Qabila – qavmlardan (batn), qavm – urug`lardan (faxz), urug`lar esa oilalardan tarkib topgandi. Er-xotin va avlodlardan iborat oila qabilaning eng kichik bo`g`ini edi. Qabila bir ajdodga mansub bo`lgan asl a`zolardan va ittifoqda (hilf) bo`lgan, ya`ni himoya istab kirgan a`zolardan tashkil topardi. Ba`zida qabila boshlig`ini ulug`lash uchun amir va hatto malik deb ham atashgan. Ammo u hech qachon mutlaq hokimiyatga ega bo`lmagan. Aksincha, doimo qabila boshlig`ining hukmi jamoa nazorati ostida bo`lgan. Bu vazifani odatda mashyaxa yoki majlis ado etgan. Qabila majlisi e`tiborli kishilardan tashkil topardi. Shunday kishilardan biri qabila shoiridir. Dushman bilan kurashda shoirning so`zi qilichdan ham qaqshatqich, nayzadan ham o`tkir ta`sir kuchiga edi. Shoirlik – kamolot cho`qqisi hisoblanib, mashhur shoirlar odatda Komil unvoniga sazovor bo`lardilar.

Qadimgi Arabiston qabilalari Har bir qabilaning siyosiy jihatdan barqarorligi tinch davrlarga qaraganda ko`proq urush paytlarida yaqqol ko`zga tashlanardi. Odatda katta masofalarda tarqalib yashovchi qabilaning urug`lari urush holatida bir joyga to`planardilar. Har xil qabilaning ikki a`zosi o`rtasida chiqqan nizo amalda ikkala qabila o`rtasida urushga olib kelardi. Arab adabiyotida ayyom al-arab deb nom olgan bunday urushlar juda ko`p bo`lgan. Ulardan eng mashhurlari Dohis urushi (Abs va Zubyon qabilalari o`rtasida), Fijor urushi (Quraysh va Havozin o`rtasida), Bassus urushi (Bakr va Tag`lib o`rtasida), Bios kuni (Avs va Xazraj o`rtasida) va hokazo.

Islom tarixi Islom dinining vujudga kelishi. Islom jahon dinlari ichida eng yoshi hisoblanadi. Islom – (arabcha - boysunish, itoat etish) – Allohga til bilan imon keltirib, dil bilan tasdiqlash, uning korsatmalariga boysunishni anglatadi.

Islom dinining paydo bolishi tarixi (genezisi)ni ilmiy-nazariy maqsadda dinshunoslik fani nuqtai – nazaridan organishda bu jarayonga ta'sir qilishi mumkin bolgan barcha ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy omillarni hisobga olishga, soddaroq qilib aytganda, qachon, qayerda va qanday degan savollarga javob berishga togri keladi. Qachon, qaerda qabilidagi savollarga aniq va deyarli barcha uchun maqbul javob mavjud: islom ta'limoti YI asr oxiri - YII asr boshida Arabiston yarim orolida, aniqrogi, uning garbiy qismidagi Hijoz olkasida paydo (zuhur) boldi. Ammo uchinchi savol boyicha mutaxassislar haligacha yakdil fikrga kelganlari yoq.

Johiliya sozi arab tilida bilimsizlik, nodonlik manolarini beradi. Islomdan avval arablar orasida al-Vasaniyya – kopxudolik hukm surib, ular yakkaxudolik etiqodidan bexabar bolganliklari sababli bu davr johiliya deb atalgan. Bundan tashqari xalq orasida qizlarni tiriklayin komish, mayxorlik va boshqa axloqiy buzuqliklar keng yoyilgan edi. Bazi tadqiqotchilar johiliya davri yuz ellik-ikki yuz yil davom etgan degan fikrni bildiradilar. Biroq ushbu davrning muddati manbalarda aniq belgilanmagan.

Nabiy – arab tilidan tarjimasi xabarchi, xabar etkazuvchi manolarini beradi. Paygambarlar orasida ularga Alloh tomonidan alohida kitob va shariat nozil qilinmagan va avvalgi paygambarning kitob va shariatini insonlarga orgatib, targib qilganlari nabiylar deb ataladi (Ismoil, Ishoq, YAqub, Zakariyo kabi). Rasul – arab tilida elchi manosini anglatadi. Alloh tomonidan alohida kitob va shariat berilgan paygambarlar rasullar darajasiga erishgan hisoblanadi. Masalan, Ibrohim, Muso, Iso kabilar. Ibrohimga yuzta sahifa, Musoga Tavrot va Isoga Injil nomli kitoblar nozil qilingan bolib, shu bilan birga ozlariga xos shariat ham berilgan. Muhammad (a.s.) ham kitob va shariat berilgan paygambarlardan bolib, unga Quroni karim nozil qilingan va unda maxsus shariat berilgan

Muhammad ibn Abdulloh ibn Abd al-Muttalib Arabiston tarixida fil voqeasi nomi bilan mashhur jangdan 50 kun keyin tavallud topgani haqida ilk islom manbalarida xabar beriladi. Misrlik astronom Mahmud poshoning takidlashicha, Paygambarning tavallud sanasi milodiy 571 yil 21 aprelga togri keladi. Otalari Abdulloh oz ogli Muhammad tugilmasidan oldin savdo ishi bilan SHomdan qaytayotib YAsribda (hozirgi Madina shahrida) vafot etgan. Onalarining ismi Omina bint Vahb bolib, Banu Zuhra urugidan edi. Muhammad (s.a.v) hayoti.

Johiliya jamiyatida ozlarining katta bobolari Ibrohim (a.s.) dinini saqlab qolgan bir jamoa kishilar haniflar deb atalar edilar. Ular sanamlarga siginmas, balki yagona xudoga ibodat qilar edilar. Haniflar ochiqdan-ochiq butparastlarni tanqid qilar edilar. Bu tanqidlar, tabiiyki, zodagonlarga yoqmas edi. SHuning uchun ham ular bir erda muqim turmay, olka boylab kochib yurishga va qalandarona hayot kechirishga majbur boldilar. Ushbu toifa kishilardan Zayd ibn Amr, Varaqa ibn Navfal, Ubaydulloh ibn Jahsh, Usmon ibn Huvayris, Quss ibn Sayidolarni keltirish mumkin.

Islom dinining paydo bolishi tarixi (genezisi)ni ilmiy-nazariy maqsadda dinshunoslik fani nuqtai – nazaridan organishda bu jarayonga ta'sir qilishi mumkin bolgan barcha ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy omillarni hisobga olishga, soddaroq qilib aytganda, qachon, qaerda va qanday degan savollarga javob berishga togri keladi. Qachon, qaerda qabilidagi savollarga aniq va deyarli barcha uchun maqbul javob mavjud: islom ta'limoti YI asr oxiri - YII asr boshida Arabiston yarim orolida, aniqrogi, uning garbiy qismidagi Hijoz olkasida paydo (zuhur) boldi. Ammo uchinchi savol boyicha mutaxassislar haligacha yakdil fikrga kelganlari yoq. Ilmiy adabiyotda oxirgi paytlargacha bu masalada asosan ikki yonalish namoyon bolib keldi.

Islom dinining besh asosiy rukni bor: 1. Imon, yani shahodat (arabcha–guvohlik berish); 2. Namoz oqish; 3. Zakot (arabcha – poklash, osish, ortib borish); 4. Roza tutish; 5. Haj – qodir bolgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi Kabani ziyorat qilish va ushbu ibodat oz ichiga oladigan arkonlarni ado etish.

Mazhab (arab. yo ʻ nalish, oqim, yo ʻ l, ta ʼ limot), shariat mazhablari islomda diniy huquq tizimlari va yo ʻ nalishlari. VIIIIX-asrlarga kelib shariatning shakllanishi jarayonida xuquqshunoslik fiqx sohasida juda ko ʻ p mazhablar yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda sunniy to ʻ rtta mazhab hanafiylik, molikiylik, shofi ʼ iylik, hanbaliilik (mazhablar nomi ularning asoschilari: Abu hanifa (Imomi A ʼ zam), Molik ibn Anas, Shofi ʼ iy, Ibn Hanbal nomidan olingan), shialikda bir Mazhab jafariylik (asoschisi Jafar as-Sodiq) saqlanib qolgan. Shariat mazhablari liniy firqalardan farq qiladi. Sunniylikdagi to ʻ rttala mazhab ham teng hisoblanadi, yirik musulmon un-tlarida to ʻ rt mazqab bo ʻ yicha alohida dars o ʻ qitiladi. Mazhablar umuman an ʼ anaviy diniy huquq doirasidan chiqmagani xrlda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan bir- biridan farq qiladi. Hozir islom mamlakatlarida xanafiylik (Turkiya, Pokiston, Hindiston va boshqa mamlakatlar), molikiylik (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya), shofi ʼ iylik (Misr, Indoneziya va boshqa mamlakatlar), hanbaliylik (Saudiya Arabistoni) mazhablari, shuningdek, shialik tarkalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman va boshqa mamlakatlar)ning ququqiy qayotida ja ʼ fariylik mazhabi o ʻ z mavqeini ma ʼ lum darajada saqlab kelmoqda. O ʻ rta Osiyoda, xususan, O ʻ zbekistonda xanafiylik mazhabi keng yoyilgan

Birinchi – xalifa Ali tarafdorlari bolgan, xalifalik faqat paygambar xonadonida meros sifatida otishi kerak deb hisoblovchi guruh. Natijada ulardan shialik oqimi kelib chiqdi. Ikkinchi – xalifa Alining sobiq tarafdorlaridan tashkil topgan, uni Siffin jangidan keyin tashlab ketgan xorijiylar (ajrab chiqqanlar) guruhi hisoblanadi. Uchinchi – «ahli sunna val jamoa» guruhi.

Shuning uchun islomda firqalarga bolinish asosan diniy- siyosiy nuqtai nazardan kelib chiqqan deb qaraladi. Birinchi xorijiylarning paydo bolishiga ham xalifa ali siyosatiga qoshilmaslik, shialik esa, xalifalik ali va uning avlodlariga meros bolib qolishi kerak deb hisoblovchilar sabab boldi. Shu orinda yana bir narsani alohida takidlab otish zarurki, islomda firqalarga bolinish muhammad (alayhis-salom) hadislarida aytib otilgan. Muhammad paygambar (alayhis- salom) aytadilar: «yahudiylar 71 firqaga bolindi, nasroniylar 72 firqaga bolindi, ummatim esa 73 firqaga bolinadi. Ulardan bittasi najot topadi, qolgani dozax ahlidir», deganlarida, sahobiylar: «najot topadigan firqa qaysi?», Deb soraganda paygambar (alayhis-salom): «men bilan sahobiylarim tutgan yoldagisi», deb javob beradilar» (imom termiziy rivoyati). Hadisda aytilgan najot topuchi firqa «ahli sunna val jamoa» hisoblanadi.

Fiqhiy mazhablarning paydo bolishi. Islom dini tarqalgan hudud kengayib, turli millatlar va xalqlar shu dinni qabul qilganlaridan song uni oz hayot tarziga aylantirdilar. Diniy masalalarni hal qilish maqsadida musulmon olimlar katta xizmat qilishdi. Muhammad (alayhis-salom) vafotlaridan keyin u kishining ishini xalifalar, sahobiylar, song tobeinlar davom ettirdilar. Paygambardan keyin u kishining ishini sunna asosida davom ettirganlar «sunniylar» yoki «ahli sunna val jamoa» nomini oldi. Paygambar (alayhis-salom) davrida biror masala yuzasidan savol paydo bolsa, odamlar darhol shu holatni paygambarga etkazib, ozlariga aniq javob olganlar. SHuning uchun bu davrda ixtiloflar bolmagan. Sahobiylar ham biror ixtilofli masalalarga duch kelganlarida ishni maslahat bilan hal qilingan. Ammo sahobiylar davri tugab borishi natijasida musulmonlar orasida turli ixtiloflar kopaydi. VIII asrga kelib musulmonlar orasida shariatning turli masalalarni mustaqil echib bera oladigan olimlar paydo bola boshladi. Ular turli fiqhiy masalalarni hal qilishda Quron oyatlari va hadislarni sharhlab, shu bilan birga sahobiylarning qilgan ishlarini organib, oshalar asosida hukmlar chiqarib berdilar. Ushbu faqih olimlar atrofida shogirdlari kopayib, ularning qarashlarini yozib, ommalashtirdilar. Buning natijasida fiqhiy mazhablar paydo boldi. «Shariat» sozi arab tilida ikki manoda qollaniladi: «suvga olib boradigan yol» va «togri yol». Masalan: «Songra ( ey, Muhammad!), Biz sizni (diniy) ishdan iborat shariat uzra (barqaror) qildik...» (Josiya, 18), oyatida shariat sozi «togri yol» manosida kelgan. SHariat – islom huquqiga kora, ulamolar nazdida, Quron va sunnatda kelgan ilohiy korsatmalar (hukmlar)ning majmuidir. Boshqacha aytganda, islom dinining amaliy qismidir. Huquqshunoslar esa, islom qonunchilik majmuini nazarda tutadilar.

«Fiqh» sozi lugatda «chuqur tushunish», «idrok etish», «bilish» manolarini bildiradi. Istilohiy manoda esa «fiqh» – shariat hukmlarini organish, shariat qoidalarini barcha qismlari bilan anglash hamda qaysi maqsadda ishlab chiqarilganini tushunish va ozlashtirilgan ushbu ilmni amalga tadbiq etishdir. Fiqhning asosiy manbasi: Quron, sunnat, ijmo va qiyos. Fiqh bilan chuqur shugullangan olimlar faqihlar (fiqh olimi, huquqshunos) deb nomlandi. Bular orasida eng kozga koringan va fiqhiy mazhabi hozirgacha etib kelgan mujtahid olimlar quyidagilardir: Imom Abu Hanifa Nomon ibn Sobit Kufiy, imom Molik ibn Anas Madiniy, imom Muhammad ibn Idris Shofeiy va imom Ahmad ibn Hanbal SHayboniy.ibn Sobit Kufiy

«Mazhab» arabcha soz bolib, «yonalish», «yol», «diniy talimot» manolarini bildiradi. Islom shariati va aqidasining muayyan bir tizimga solingan holatdagi korinishi mazhab deyiladi. Korib otganimizdek, mazhablar fiqhiy va aqidaviy degan ikki qismga bolinadi. Fiqhiy mazhablar tortta: hanafiy, molikiy, shofeiy va hanbaliy. Aqidaviy mazhablar: moturidiylik va ashariylikdir.

Qur ʼ on (arabcha: القرآن o ʻ qimoq, qiroat qilmoq) musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom e ʼ tiqodiga ko ʻ ra, Qur ʼ on vahiy orqali Muhammad payg ʻ ambarga yillar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh).

Islom tarixiga oid manbalarda keltirilishicha, Qur ʼ on nozil bo ʻ lishi milodiy 610-yil boshlangan. Muhammad payg ʻ ambar 40 yoshda Makka shahri yaqinidagi Hiro g ʻ orida chuqur tafakkurga berilib o ʻ tirgan bir paytda Jabroil farishta Iqro ʼ (O ʻ qi) deb boshlanuvchi Alaq surasining avvalgi 5 oyatini keltirdi. Bu jarayon Makkada 13 yil, Madinada 10 yil, hammasi bo ʻ lib 23 yil davom etgan. Qur ʼ onning nozil qilinishi islom aqidasi bo ʻ yicha ramazon oyining 27- kuniga o ʻ tar kechasi yuz bergan. Shuning uchun ham bu oy muqaddas hisoblanib, ro ʻ za tutilgan kunning 27- kechasi laylatul-qadr, ya ʼ ni qadrli, ilohiy qudrat namoyon bo ʻ ladigan, bandalarning bir yillik taqdiri hal qilinadigan (qadr taqdir, o ʻ lchov) tabarruk kecha deb ulug ʻ lanadi.MakkaHiroAlaqramazonro ʻ za

Nozil bo ʻ lish sabablari. Qur ʼ on sura va oyatlarining nozil bo ʻ lish tartibi voqealarning rivojiga qarab davom etgan. Ilk islom davrida nozil bo ʻ lgan suralar, asosan, Allohning yagonaligi, borliqning mutlaq ilohi, dunyodagi barcha narsalar uning borligidan darak beruvchi dalil ekani, islom ta ʼ limotida belgilangan aqidaviy tushunchalar farishtalar, payg ʻ ambarlar, muqaddas kitoblar, oxirat, jannat va do ʻ zaxning haqligi to ʻ g ʻ risida edi. Payg ʻ ambar va musulmonlarga og ʻ ir kelgan Makka davrida sabr- bardoshga chaqiruvchi, din yo ʻ lida chekilgan mashaqqatlar uchun ulug ʻ ajru mukofotlar borligi haqidagi oyatlar nozil etilgan bo ʻ lsa, musulmonlar jamoasi shakllangan Madina davriga diniy marosim va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga bag ʻ ishlangan oyatlar to ʻ g ʻ ri keladi. Payg ʻ ambarga diniy masalalar bo ʻ yicha berilgan savollarga u vahiy orqali nozil qilingan oyatlar bilan javob berar edi.oxiratjannatdo ʻ zaxningdinMadinadiniy marosim

Qur ʼ onning bo ʻ limlari sura deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash mumkin. Har sura oyatlarga bo ʻ lingan. Qur ʼ on 114 sura, 6236 oyatdan iborat. Har bir suraning o ʻ z nomi bor. Oyatlar esa tartib raqami bilan berilgan. Suralarning nomlari uning boshida kelgan so ʻ zdan olingan yoki zikri ko ʻ proq kelgan narsalar, voqealar yohud asosiy qahramon nomi bilan atalgan. Keyinchalik o ʻ qish va yodlash oson bo ʻ lishi uchun Iroq hokimi Hajjoj ibn Yusuf (hukmronlik yillari ) ko ʻ rsatmasiga binoan Qur ʼ on 30 qism (arabcha: juz, forscha: pora )ga bo ʻ lingan. Qur ʼ onda birinchi kelgan Fotiha surasidan keyingi suralar katta, o ʻ rtacha va kichik suralar tartibida joylashgan. 2-Baqara surasi 286 oyatdan, eng qisqa Kavsar surasi 3 oyatdan iborat. Eng qisqa oyatlar Toho va Yosin, eng uzun oyat Baqara surasining 282-oyatidir. Suralar nozil bo ʻ lish vaqti va joyiga ko ʻ ra 2 ga: hijradan oldin nozil bo ʻ lgan suralar Makka suralari ( yillar, 86 sura) va hijradan keyin nozil bo ʻ lgan suralar Madina suralari (622-yildan, 28 sura) ga ajratiladi.suraoyatlargaHajjoj ibn Yusufarabcha juzforschaFotihaBaqara surasiKavsar surasi Qur ʼ on matnining ko ʻ p qismi Alloh bilan so ʻ zlashish, islom dushmanlari yoki undan ikkilanuvchilar bilan munozara qilish shaklida berilgan.

Makka shahar-davlati Makka Arabiston yarimorolining g`arbiy qismida joylashgan qadimgi shahar hisoblanadi. Makka deyarli hamma tomoni darali tog`lar bilan o`ralgan vodiyda joylashgan. Tarixchilar Makka ni dunyoning eng qadimgi shaharlaridan biri deb hisoblaydilar. Yunonlar bu shaharni Makoraba nomi bilan ataydilar. Ba`zi sharqshunoslar Tavrotning Borliq kitobi 30-bobida zikr qilingan Mesha shahrini Makka bilan taqqoslaydilar. Makka haqidagi aniq tarixiy ma`lumot mil.av. V asrdan ma`lum: u Maqoraba nomi bilan Gerodot, so`ngra mil. II asrida ana shu nom bilan Ptolemey asarlarida tilga olingan.

Makka

Makkada haligacha hech qanday arxeologik ishlar olib borilmagani yoki u yerdan qadimgi tarixga oid hech qanday yozuv manbasi topilmagani uchun uning yoshini aniq aytish qiyin. Arab nasabchilarining uqtirishicha, Makkada Jurhum qabilasi taxminan 1000 yil istiqomat qilgan, so`ng uning o`rnini 4-5 asr mudddat janubdan kelgan boshqa arab qabilasi – Xuzoa egallagan. Quraysh qabilasi esa Xuzoa qabilasi boshlig`i Hulayl o`limidan keyin Makkada hukmronlikni qo`lga olganlar.

Masjid al-Haram - Makka

Kaba va Haj

Ka'ba Saudiya Arabistonining Makka shahridagi kubik shaklidagi bino bo'lib, Islomdagi eng muqaddas qadamjo hisoblanadi. Qur'onda Ka'ba Ibrohim (arabchada Ibrohim) va uning o'g'li Ismoil (arabchada Ismoil) tomonidan qurilganligi aytilgan. Binoning atrofida masjid al-Haram masjidi qurilgan. Dunyo bo'ylab barcha musulmonlar, qaerda bo'lishidan qat'i nazar, namoz paytida Ka'baga yuzlanishadi. Bunga qiblaga qarab turish deyiladi. Islomning beshta poydevoridan biri har bir musulmondan umri davomida kamida bir marta haj ziyoratiga borishni talab qilsa. Haj ziyoratining bir necha qismida ziyoratchilar Ka'ba atrofida soat yo'nalishi bo'yicha teskari yo'nalishda (yuqoridan qaralganda) yetti marta aylanib o'tishlari kerak. Ushbu tavof ham umra (kichik haj) paytida ziyoratchilar tomonidan amalga oshiriladi.

Ka'ba darvozasi va Ka'ba muqovasi

Kabaning ichki tuzilishi

Haj safari va ketma-ketligi

Ehrom Ehrom (arab. chegaralanish, ibodat holatiga o ʻ tish) 1) musulmonlarning katta va kichik haj qilish (haj va umra) vaqtidagi alohida holati. Ehrom hajni dili bilan niyat qilish, haromdan muhofazalanishdir, ehromdagi kishi "muhrim" deb ataladi. Muhrim odobdan tashqari so ʻ z so ʻ zlash, xotini bilan yaqinlik qilish, gunoh ishlarga qo ʻ l urishdan saqlanishi lozim. Muhrim kishi tirik mavjudotni o ʻ ldirmaydi, tikilgan libos kiymaydi, oyog ʻ iga paypoq, mahsi, etik kiymaydi, yuzini, boshini biror narsa bilan to ʻ smaydi, xushbo ʻ y narsa surtmaydi, tirnoq, soch, mo ʻ ylarini olmaydi; 2) Ehrom holatiga kirganlar tanaga o ʻ raydigan mato. Hojilar haj kunlarida Ehromga o ʻ ralgan holatda barcha ibodatlarni ado etadilar.

Muqaddas Ka'ba atrofida tavof qilish - haj boshida va oxirida

Mina (qarorgoh)

Arafat tekisligida Jebel ar-Rahma toqqa chiqish

Uchta ustunni toshbo'ron qilish

Al-Masjid al-Haram, "Muqaddas masjid" dunyodagi eng katta masjiddir. Makka shahrida joylashgan bo'lib, u butun dunyo bo'ylab musulmonlar kundalik namoz o'qiyotganda yo'naladigan va Islomning eng muqaddas joyi bo'lgan Ka'bani o'rab oladi. Masjid Ulkan masjid nomi bilan ham tanilgan.

Jabal an-Nur ya'ni "Nur tog'i", Saudiya Arabistonidagi Makka shahri yaqinidagi tog '. Unda Muhammad farishtasi Jabroil orqali Xudodan (arab Alloh) birinchi vahiyni olgan deb aytilgan Hiro g'ori joylashgan.

Jabal Al-Rahmah

Zulhijjaning sakkizinchi kuni ziyoratchilar Minoni tomon yo'l olishadi, u yerda tunni ibodat bilan o'tkazishadi. To'qqizinchi kuni ular Minodan tog'ga jo'nadilar. Arafat, u erda ular hushyor turishib, namoz o'qiydilar va Qur'on o'qiydilar, Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) oxirgi marhamatini o'qigan tepalik yonida, bu tepalik Jabal al-Rahma (Kechirim tepaligi, Arafat tog'i) deb nomlangan. Bu hajning eng muhim voqeasi hisoblangan Vuquf nomi bilan mashhur. Hojilar tushdan keyin quyosh botguncha Arafat tekisligida belgilangan hududda o'tkazishlari kerak. Arafatda qolish paytida hech qanday aniq marosimlar yoki ibodatlar talab qilinmaydi, garchi ko'plab ziyoratchilar vaqtlarini ibodat qilish bilan o'tkazadilar va hayotlari haqida o'ylashadi. Hojilarning peshindan keyin Arafotda o'tkazmasliklari uchun haj qilingan deb hisoblanadi.

Jarana- Makka masjidi

Madina shahar-davlati Makkadan taxminan km. shimolda Madina shahri joylashgan. Qadimda Yasrib nomi bilan ma`lum bo`lgan bu shahar hosildor, sersuv vohadan iborat edi. Yasribning sharqiy va g`arbiy tomonlarida bir-biriga deyarli parallel ravishda Voqim va Vabra vulqoniy tosh uyumlari, shimoliy va janubiy tomonlarida esa Uhud va Ayr tog`lari cho`zilib yotadi. Yasrib atrofida ko`plab soy-vodiylar, g`arbda – Aqiq, sharqda Urayd, shimolda – Bathon, janubda – Muzaynab va Mazhur vodiylari mavjud edi.

Qadimgi Yasrib tarixiga oid materiallar asosan axboriylar bergan rivoyatlar shaklidagi ma`lumotlardan iborat. Ilmiy manbalar yetarli bo`lmagach, ko`proq taxmin va faraz qilishga to`g`ri keladi. Mashhur savdo yo`lida joylashganligi, tabiatan hosildor vohadan iboratligi Yasribni uzoq o`tmishdayoq ohil (ya`ni aholi yashaydigan) joyga aylantirishi turgan gap edi. Main yozuvlarida Yasrib nomining keltirilishi bunga dalil bo`la oladi. Yasrib ketma-ket main, sabo va himyar savdogarlarining koloniyasi bo`lgan. Ptolemey o`zining Geografiyasida bu shaharni Yatrippa, vizantiyalik Stefan esa Yatrippa polis deb bergan. Yasrib nomi bilan mashhur bu shahar Qur`onda ham zikr qilingan. Hozirgi Madina shahrining shimoli- g`arbida yahudiylar bu yerlarga ko`chib kelmasdan oldin Yasrib nomi bilan atalgan bir qishloq bo`lgan. Keyinchalik kattalashib ketgan shaharning nomi ham qishloq nomidan olingan bo`lishi mumkin. Qur`onda uchraydigan shaharning yangi al-Madina nomi hijradan so`ng paydo bo`ldi.

Madina masjidlari

Al-Masjid an-Nabawi

Al-Masjid an-Nabaviy ("Payg'ambar masjidi"), ko'pincha Payg'ambarning masjidi deb nomlanadi, bu Madina shahrida joylashgan Islom payg'ambari Muhammad tomonidan qurilgan masjid. Bu islomdagi ikkinchi muqaddas joy (birinchisi - Makkadagi Masjid ul-Harom). Bu tarixda qurilgan ikkinchi va dunyodagi eng katta masjidlardan biri edi. Al-Valid I davrida kengayganidan so'ng, hozirda u erda Muhammad va ilk musulmonlar rahbarlari Abu Bakr va Umarning so'nggi turar joyi mavjud.Makkadagi so'nggi tavofni tugatgandan so'ng ko'plab ziyoratchilar Madinaga "Payg'ambarimiz masjidini" ziyorat qilish uchun yo'l olishadi.

Muhammad (s.a.v)ning qabri Al-Masjid an- Nabaviyning yashil gumbazi ostida joylashgan.

Al-Medina al- Munawara

Qubo masjidi - bu Madinaga kelganida Muhammad (s.a.v)tomonidan qurilgan tarixdagi birinchi masjid