AL-Buxoriy universiteti MAVZU: 2017-YILDAN OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA HAR BIR TUMAN VA SHAHARLARDA PREZIDENTNING XALQ QABULXONALARI OCHILISHI VA UNING AHAMIYATI. Bajardi: Sotliqova Nodira Tekshirdi: Toshkent-2022
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-dekabr kuni "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmonni imzoladi. Farmonda qayd etilishicha, sentyabr so'ngida ochilgan bosh vazir virtual qabulxonasi qisqa davrdagi faoliyati davomida aholining eng dolzarb muammolarini hal etish imkonini beruvchi, davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo'jalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi hokimiyatlar bilan fuqarolar o'rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmiga aylandi. Tahlillar shuni ko'rsatdiki, murojaatlarning aksariyat qismi tadbirkorlik sub'ektlarining rivojlanishiga xalaqit berayotgan to'siq va g'ovlarni bartaraf etish, qonunchilikka zid bo'lgan idoraviy qarorlarni bekor qilish, ishga joylashish, sog'liqni saqlash, bank kreditlaridan erkin foydalanish, uy-joy- kommunal va yo'l-transport xizmatlari sifatini yaxshilash masalalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining faoliyati yuzasidan kelib tushmoqda. Ayni paytda, farmonda keltirilishicha, virtual qabulxona faoliyati "davlat organlarining murojaatlar bilan bog'liq ishni tashkil etishda ularni ko'rib chiqish tartibi va muddatlariga, rasmiyatchilik, byurokratizm va sansalorlik holatlariga doir qator tizimli kamchiliklarni aniqladi".
2017-yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e'lon qilingani munosabati bilan hamda aholining O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi ishi to'g'risidagi ko'plab ijobiy fikrlarini e'tiborga olib, barcha darajadagi davlat organlari faoliyatida "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak" degan tamoyilni amalda qaror toptirish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish maqsadida O'zbekiston Prezidenti devoni ishlar boshqarmasining Fuqarolar qabulxonasi negizida O'zbekiston Prezidentining Xalq qabulxonasi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi tashkil etish ko'zda tutilgan. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek har bir tuman va shaharda (tumanga bo'ysunuvchi shaharlardan tashqari) esa O'zbekiston Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyat ko'rsatadi.
aholi bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to'laqonli himoya qilishga qaratilgan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (bundan buyon murojaatlar) bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi faoliyatini ta'minlash; - fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga, Hukumatga, davlat boshqaruvi organlariga, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga (bundan buyon davlat organlari) va xo'jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining so'zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish; - Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlar "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga qat'iy amal qilgan holda, to'liq, xolis va o'z vaqtida ko'rib chiqilishini tashkil etish;