Andijon mashinasozlik instituti TJB va KT fakulteti Axborot tizimlari va texnologiyalari yonalishi K guruhi 2-bosqich talabasi Rustamov Baxodirjonnoning Tizimlar nazariy fanidan Modellashtirish tamoyili mavzusida MUSTAQIL ISHI
REJA: 1. Modellashtirish haqida 2. Modellashtirish bosqichlari 3. Modellashtirishni qollash sabablari 4. Matematik usullar va modellar fanining asosiy maqsad va vazifalari
Modellashtirish haqida Model (lat. modulus – o`lchov, me`yor) - biror ob`ekt yoki ob`ektlar tizimining obrazi yoki namunasidir. Masalan, yerning modeli - globus, osmon va undagi yulduzlar modeli - planetariy ekrani, pasportdagi suratni shu pasport egasining modeli deyish mumkin. Insoniyatni farovon hayot shartsharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat tashqi dunyoning turli hodisalarini o`rganishi tabiiy holdir. Modellashtirish - bilish ob`ektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari yordamida tadqiq, qilish mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o`rganishdir. Modellash uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba`zi hollarda esa murakkab ob`ektlarni o`rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum ob`ekt, olisda joylashgan ob`ektlar, juda kichik hajmdagi ob`ektlarni o`rganishda modellashtirishning ahamiyati katta. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, iqtisod fanlarida ob`ektning faqat ma`lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda ham foydalaniladi.
Modellashtirish bosqichlari Biologik model Fizik-kimyoviy Fizik model. Matematik modellar Fizik-kimyoviy
MODEL TURLARI
Fizik model va Matematik modellar 1. Fizik model. Tekshirilayotgan jarayonning tabiati va geometrik tuzilishi asl nusxadagidek, ammo undan miqdor (o`lchami, tezligi, ko`lami) jixatidan farq qiladigan modellar, masalan, samolyot, kema, avtomobil, poyezd, GES va boshqalarning modellari fizik modelga misol bo`ladi. 2. Matematik modellar tirik organizmlarning tuzilishi, o`zaro aloqasi, vazifasiga oid qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo`lib, tajriba ma`lumotlariga ko`ra yoki mantiqiy asosda tuziladi, so`ngra tajriba yo`li bilan tekshirib ko`riladi. Biologik hodisalarning matematik modellarini kompyuterda o`rganish tekshirilayotgan biologik jarayonning o`zgarish xarakterini oldindan bilish imkonini beradi. Shuni ta`kidlash kerakki, bunday jarayonlarni tajriba yo`li bilan tashkil qilish va o`tkazish ba`zan juda qiyin kechadi. Matematik va matematik-mantiqiy modelning yaratilishi, takomillashishi va ulardan foydalanish matematik hamda nazariy biologiyaning rivojlanishiga qulay sharoit tug`diradi.
Biologik model, Fizik-kimyoviy va Iqtisodiy modellar 3. Biologik model turli tirik ob`ektlar va ularning qismlari - molekula, hujayra, organizm va shu kabilarga xos biologik tuzilish, funksia va jarayonlarni modellashda qo`llaniladi. Biologiyada, asosan, uch xil modeldan foydalaniladi. Ular biologik, fizik va matematik modellardir. 4. Fizik-kimyoviy modellar biologik tuzilish, funksiya yoki jarayonlarni fizik yoki kimyoviy vositalar bilan qaytadan hosil qilishdir. 5. Iqtisodiy modellar taxminan XVIII asrdan qo`llanila boshlandi. F.Kene ning "Iqtisodiy jadvallar"ida birinchi marta butun ijtimoiy takror ishlab chiqdrish jarayonining shakllanishini ko`rsatishga harakat qilingan.
Modellashtirishni qollash sabablari Modellashtirish – deduktiv xulosa va soddalashtirish jarayoni. Soddalashish hodisa togrisidagi axborotni yoqotilishiga olib keladi. Deduktiv xulosa murakkab matematik ishlovni oz ichiga oladi, u esa, avvalboshda, model bilan ishlashni qiyinlashtiradi. Shuning uchun, modellashtirishga bogliq asosli savol tugiladi: barcha bu murakkabliklar nima uchun kerak? Siyosiy xulqni modellashtirishga undovchi birinchi sabab shundan iboratki, model jamiyatda sodir bolayotgan voqealarni formal ifodalashga yordam beradi. Bizning miyamizda siyosiy tizimlarning funksionallashuvining oziga xos mental modellari mavjud, hatto biz, ularni eksplisit ravishda ifodalab berishga bir marotaba ham urinmagan bolsak-da, matematik modellar huddi shunday noformal modellarni oydinlashtirishga yordam beradi.
Matematik modellashtirishni qollashning boshqa sababi noformal bashoratlarni izohlovchi mexanizmlarni ravon bayon qilish zaruriyati hisoblanadi. Formal model noformal model farazlarining ota erkin ifodalarini bartaraf qilishga va aniq, gohida tekshiriladigan bashoratni berishga yordam beradi Model farazlari va bashoratlari yetarli darajada aniq bolib qoladiki, ularni tekshirish, shuningdek, qaysi yerda va qanday xato sodir bolganligini korsatish mumkin boladi. Model faqat, uning xatolarini korsatish imkoniyatini berganida foydali boladi. Formal modelning uchinchi afzalligi ularning nisbatan yuqori darajadagi murakkabliklar mohiyatlari bilan tizimli operatsiya qilish qobiliyati hisoblanadi. Matematika dastlab, mantiqiy xulosa va tushunchalarining tizimli tahlil qilish vositasi sifatida oylab topilgan. Va nihoyat, matematik modellashtirishning afzalliklaridan biri shundaki, u turli ilmiy fanlar bilan oz tadqiqot vositalari va usullarini almashtirishga imkon beradi. Matematik modellar ilk qarashda ozaro umumiylikka ega bolmagan voqealarning chuqur ichki ayniligini korishga imkon berishi bilan foydalidir.
Matematik usullar va modellar fanining asosiy maqsad va vazifalari
Matematik modellashtirish jarayoni qanday bosqichlardan iborat? 1. 1-bosqich. Obektni organish 2. 2-bosqich. Matematik model qurish 3. 3-bosqich. Modelni echish usulini tanlash yoki ishlab chiqish 4. 4-bosqich. Tanlangan yoki ishlab chiqilgan echish usuli algoritmi asosida dastur tuzish 5. 5-bosqich. Natijalar olish hamda ularni tahlil qilib,xulosalar qilish
Modellashtirish jarayonini sxemasi quyidagicha:
Matematik modellashtirish jarayonini sxematik korinishda qanday ifodalash mumkin?
XULOSA Mening bu mustaqil ishimni tayorlashdan olgan xulosam shundan iborat boldiki: Insoniyatni farovon hayot shartsharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat tashqi dunyoning turli hodisalarini o`rganishi tabiiy holdir. Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan xossalarinigina o`rganadi. Masalan, geologlar yerning rivojlanish tarixini, ya`ni qachon, qaerda va qanday hayvonlar yashaganligi, o`simliklar o`sganligi, iqlim qanday o`zgarganligini o`rganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida yordam beradi. Lekin ular yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini o`rganishmaydi bu bilan tarixchilar shug`ullanadi. Atrofimizdagi dunyoni o`rganish natijasida noaniq, va to`liq bo`lmagan ma`lumotlar olinishi mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit etmaydi. Ular asosida o`rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratilar ekan.