Urganch Davlat Universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya yonalishi 2-kurs 203-gurux talabasi Hamroqulov Husanning Falsafa fanidan MANTIQ BILISH NAZARIYASINING.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Транксрипт:

Urganch Davlat Universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya yonalishi 2-kurs 203-gurux talabasi Hamroqulov Husanning Falsafa fanidan MANTIQ BILISH NAZARIYASINING TARKIBIY QISMI mavzusida tayyorlagan seminar mavzusi

MANTIQ BILISH NAZARIYASINING TARKIBIY QISMI REJA: 1. Mantiq ilmining asosiy masalalari va ularni tadqiq etish yonalishlari. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. 2. Tushunchalarning shakllanishi va qollanishi. 3. Mulohaza tafakkur shakli va xulosa chiqarishning tarkibiy qismi sifatida. 4. Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari.

1. «Mantiq» arabcha soz bolib, manosi boyicha «logika» soziga muvofiq keladi. «Logika» atamasi esa, grekcha «logos» sozidan kelib chiqqan bolib, «fikr», «soz», «aql», «qonuniyat» kabi manolarga ega. Uning kop manoligi turli xil narsalarni ifoda qilishida oz aksini topadi. Xususan, mantiq sozi, birinchidan, obyektiv olam qonuniyatlarini (masalan, «obyektiv mantiq», «narsalar mantigi» kabi iboralarda), ikkinchidan, tafakkurning mavjud bolish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar ortasidagi aloqadorlikni xarakterlaydigan qonun- qoidalar yigindisini (masalan, «subyektiv mantiq» iborasida), va nihoyat, uchinchidan, tafakkur shakllari va qonunlarini organuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi.

Mantiq ilmining organish obyektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» arabcha soz bolib, ozbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» sozlarining sinonimi sifatida qollaniladi. Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir. Uning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun bilish jarayonida tutgan orni, bilishning boshqa shakllari bilan bolgan munosabatini aniqlab olish zarur.

Predmet va hodisalarning mohiyatini tushunishga tafakkur yordamida erishiladi. Tafakkur bilishning yuqori- ratsional (lotincha ratio-aql) bilish bosqichi bolib, unda predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular ortasidagi ichki, zaruriy aloqalar, yani qonuniy boglanishlar aks ettiriladi. Tafakkur uch xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud.

Tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish tafakkurning universal shakllari, uning asosiy strukturaviy elementlari hisoblanadi. Muhokama yuritish ana shular va ularning ozaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy strukturalar (masalan, muammo, gipoteza, nazariya, goya, argumentlash va shu kabilar) da amalga oshadi.

Muhokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy shartlari qatoriga fikrning chin bolishi va formal jihatdan togri korilishi kiradi. Chin fikr deb, ozi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr hisoblanadi (Masalan, «Temir-metall»). Xato fikr predmetga mos kelmaydigan fikrdir (masalan, «Temir-metall emas»). Fikrning chin yoki xato bolishi uning mazmuniga tegishli xususiyatlaridir.

Tafakkur qonuni muhokama yuritish jarayonida fikrlar ortasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, muhokamani togri korish uchun zarur bolgan talablar fikrning aniq, izchil, yetarli darajada asoslangan bolishidan iborat.

Inson tafakkuriga xos bolgan bu qonunni birinchi marta nemis faylasufi va matematigi G. Leybnits tariflab bergan. Uning takidlashicha, barcha mavjud narsalar ozining mavjudligi uchun yetarli asosga ega. Har bir buyum va hodisaning real asosi bolgani kabi, ularning inikosi bolgan fikr-mulohazalar ham asoslangan bolishi kerak. Yetarli asos qonunining bu talabi quyidagi formula orqali ifodalanadi: «Agar V mavjud bolsa, uning asosi sifatida A ham mavjud».

2. Tushuncha predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir. Belgilar deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga oxshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi. Har bir predmet olamdagi boshqa predmetlar bilan (bevosita yoki bilvosita) aloqada bolganligi uchun kop belgilarga ega.

Shuni ham aytish lozimki, predmet belgisining muhim yoki nomuhim bolishi, bizning predmetga amalda qanday munosabatda bolishimizga qarab ham belgilanadi. Xususan, bir munosabatda muhim bolmagan belgilar, boshqa munosabatda muhim bolishi mumkin. Masalan, kishining layoqati uning qanday kasbni tanlashi uchun muhim bolsa, inson sifatida mavjud bolishi uchun muhim emas.

Taqqoslash yordamida predmetlar ozaro solishtirilib, ularning oxshash, umumiy tomonlari va bir-biridan farq qildiruvchi individual belgilari aniqlanadi. Taqqoslash analiz ni taqozo qiladi. Chunki predmetlarni yaxlit holda solishtirib bolmaydi. Ular u yoki bu xossasiga kora taqqoslanishi kerak. Buning uchun u xossalar ajratilishi lozim. Analiz yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi qismlar, tomonlarga ajratilib, har qaysisi alohida organiladi. Sintez analizga teskari usul bolib, u analiz davomida ajratilgan qismlar, tomonlarni fikran birlashtirib, predmetni bir butun holiga keltirishdan iborat. Sintez bolmasa predmet haqida yaxlit fikr hosil qilib bolmaydi. Analiz va sintez uzviy bogliqdir.

Tushuncha hosil qilish uchun predmetning yuqoridagi usullar bilan aniqlangan umumiy va individual belgilarining muhimlari ajratilishi, nomuhimlari chetlashtirilishi lozim. Bu esa abstraktsiyalash yordamida amalga oshiriladi. Umumlashtirishda predmetlar ularning ayrim umumiy, muhim xususiyatlariga kora sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa bitta tushunchada bir jinsli predmetlarning barchasini fikr qilish imkoniyati yaratiladi.

Tushuncha ozining mazmuni va hajmiga ega. Tushunchaning mazmuni ni unda fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari yigindisi tashkil etadi. Masalan, «fan» tushunchasining mazmunini fanning muhim belgilari, yani uning amaliyot bilan aloqada ekanligi, predmetlarning birorta sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, prinsiplar shaklidagi obyektiv chin (haqiqiy) bilimlar sistemasidan iborat bolishi, dunyoqarashning shakllanishida ishtirok qilishi va shu kabilar tashkil qiladi.

Tushunchaning hajmi esa unda fikr qilinayotgan predmetlar yigindisidan iborat. Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining hajmi mavjud barcha fanlarni: matematika, fizika, mantiq va hokazolarni ozida qamrab oladi.

Mazmuni boyicha tushunchalar, avvalambor, abstrakt va konkret tushunchalarga bolinadilar. Konkret tushunchalar da predmet ozining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi. Abstrakt tushunchalar da esa predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, alohida aks ettiriladi. Masalan «Inson», «Tabiat» tushunchalari - konkret tushunchalar, «qahramonlik» (insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Gozallik» (borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt tushunchalardir.

Mazmuni boyicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni ham ajratish mumkin. Nisbatsiz tushunchalar nisbatan mustaqil, alohida mavjud bolgan predmetlarni aks ettiradi. «Davlat», «Badiiy asar» ana shunday tushunchalardir. Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bolishini taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi. Masalan, «Oqituvchi» va «Oquvchi», «Ijobiy qahramon» va «Salbiy qahramon», «Sabab» va «Oqibat» tushunchalari nisbatdosh tushunchalar qatoriga kiradi.

3. Mulohaza (hukm) predmetga malum bir xossaning, munosabatning xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir. Hukmlar voqelikka mos kelish darajasiga kora chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) boladi. Obyektiv voqelikka mos kelgan, uni togri ifodalagan hukmlar chin, mos kelmaganlari xato boladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bolmaydigan hukmlar – noaniq hukmlar mavjuddir. Mulohaza (hukm) tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib korsatish mumkin. Mantiqiy ega - subyekt (S) fikr qilinayotgan predmet va hodisani bildiradi. Mantiqiy kesim-predikat (P) predmetga xos xususiyatni, munosabatni bildiradi. Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga subyekt haqidagi tasavvur boyitiladi. Hukmning subyekt va predikati uning terminlari deb ataladi.

Xulosa chiqarish deb bir va undan ortiq chin mulohazalardan malum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bolgan tafakkur shakliga aytiladi. Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga otishdan tashkil topadi. Togri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalar bolishi, ozaro mantiqan boglanishi kerak.