Mavzu : Bolalar adabiyotida xalq og`zaki ijodi. Maqol, topishmoqlar va tez aytishlar. Reja: 1. Bolalar folklori. 2. Maqol haqida nazariy malumotlar. 3. Tez aytish. 4. Xulosa. Bajardi:
Bolalar folklori ham kattalarniki kabi xilma- xil adabiy tur va janrlarda namoyon bo`ladi. Barcha zamonlarning o`z ijodkorlari xalqning urf- odatlari, maqsad- intilishlari, orzu- armonlarini ifodalab keladi. Qolaversa, bolalarning ham manaviy- axloqiy jihatdan shakllanishlarida muhim tarbiyaviy vosita vazifasini bajaradi. Bu maqsad qo`shiq, doston, ertak, afsona va rivoyat, topishmoq, maqol kabi shakllar orqali o`z aksini topadi.
Xalq og`zaki ijodi asarlari orqali ham ajdodlari zakovati va jasoratlaridan saboq oladi, buyuk ajdodlari va ularning yashash tarzi bilan tanishadi. Folklorda xalq zakovati, istedodi va til boyligi namoyon bo`ladi. Bu xususiyat ayniqsa maqol va topishmoqlarda ko`rinadi.
Maqol arabcha qavolla, qavlun so`zlaridan olingan bo`lib, so`z, aytmoq, so`zlamoq manolarini anglatadi. Maqol – xalqning hayotiy tajribalari asosida yuzaga kelgan dono, purhikmat so`zlar. El orasida naql so`zi ham maqol manosida qo`llaniladi.
Ijtimoiy- siyosiy, manaviy- madaniy, axloqiy- falsafiy qarashlarni o`z ichiga oladi. Ixcham, lo`nda va obrazli ifodalanadi. Maqollar maxsus ijod qilinmaydi, balki malum bir sharoit taqozosi bilan hayotiy tajribadan xulosa sifatida yuzaga keladi. Har bir maqolda o`sha xalqning qalbi, milliy saviyasi ifodalanadi.
Maqollar ham sheriy, ham nasriy shaklga ega bo`lganligi uchun ham maxsus tur deb ataladi. Maqollar ixcham shaklga ega bo`lsa- da, katta hayotiy muammolarni o`z ichiga oladi. O`zbek xalq maqollarini yozib olish XI asr, Mahmud Qoshg`ariydan boshlangan. XVIII – XIX asrlarda yashab o`tgan M. Gulxaniy Zarbulmasal asarida 400 dan ortiq maqol ishlatgan.
Maqollardan namunalar: Jahl dushman, Oy tunda kerak, Aql dost. Aql kunda kerak. Belgi bolsa, yoldan adashmas, Elga qoshilsang, el bolasan, Aql bolsa, sozdan adashmas. Eldan ajralsang, yer bolasan. Chinordek boying bolguncha, Hunari yoq kishining, Tumordek aqling bolsin. Mazasi yoq ishining
Bulbul chamannu sevar, Do`st so`zini tashlama, Odam vattanni. Tashlab boshing qashlama. Ilm aql chirog`i. Bilagi zo`r birni yiqar, Bilimi zo`r mingni yiqar. Daryo suvuni bahor toshirar, Odam qadrini mehnat oshirar.
Bolalar xalq og`zaki ijodida maqol yetakchi o`rinda turadi, chunki maqol xalq yaratgan g`oyat chuqur va tugal manoli gaplar. Maqolda xalqning, bir necha avlodning aql- u farosati hamda turmush tajribasinng yakuni, shuningdek donishmandligi beriladi.
Balki shu sababli Otalar so`zi nomi bilan ham yurutiladi. Maqol janriga nafaqat yozuvchilar balki katta yoshdagi insonlar ham qayta- qayta murojat qiladilar. Maqol yoshlarni ilm- u hunarli bo`lishga, mehnatkashlikka, vatanparvarlikka umuman olganda barcha insoniy fazilatlarga o`rgatadi. Dono xalqimiz bejizga: So`z ko`rki- maqol deb aytmagan.
Topishmoqlar xalq og`zaki ijodining eng qadimgi va eng ommaviy janri. Jahondagi barcha xalqlar folklorida uchraydi. Topishmoqlarda xalq hayoti, turmush darajasi, urf- odatlari malum darajada o`z aksini topadi.
Topishmoqda yechilishi mumkin bo`lgan so`roq majoziy manoda ifodalanib uning manosi yashirin bo`ladi. Odamlar, ayniqsa bolalar, topishmoqda yashiringan narsani topishga, jumboqni bilishga qiziqadilar. Topishmoqlarda narsa yoki hodisaga o`xshatish, o`zaro qiyoslash, taqqoslash orqali gavdalantiriladi. Topishmoqlar bazan nasriy, ko`pincha, sheriy shaklda bo`ladi.
Topishmoqlar bolalarning so`z boyligini oshirish hayot va uning hodisalari haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini, idroki va mulohaza qobiliyatlarini kengaytirishda tarbiya vositasi hisoblanadi. Topishmoqlardan doston va ertaklarda keng foydalaniladi. Topishmoq xalq ichida topmacha, jumboq, matal nomi bilan ham yuritilgan.
Topishmoqlar mavzusi tabiat va kundalik hayotda, ro`zg`orda, uchrab turadigan aniq hodisa yoki narsa yoxud boshqa tushuncha haqida bo`ladi. Masalan: Dum- dumaloq jajji oy, chaqib yesang g`ij- g`ij moy. ( Yong`oq ) Qo`li yo`q, oyog`i yo`q uy poylar. ( Qulf )
Ko`pincha topishmoqlar mubolag`a yo`li bilan yaratiladi, masalan: Bir chuqurda, ming chuqur ( angishvona ) O`zi bir qarich, soqoli ming qarich ( igna- ip ) Muallifiga ega bo`lgan sheriy topishnoqlar chiston, shuningdek lug`z deb ham yuritiladi. Chiston forscha so`z bo`lib chist – nima, on – u manosini beradi. Chiston alohida sheriy janr ham hisoblanadi. Bu janrda dastlab Navoiy, keyinchalik Uvaysiy samarali ijod qilgan. Masalan: Navoiyning Qalam, Tanga, Yumurtqa, Uvaysiyning Anor, Kun va tun chistonlari mashhur.
Topishmoqlardan namunalar: Lenta kabi chozilib, Bulut desang, bulutmas, Yurtni yurtga ulaydi. Yerdan kokka suzadi. Dostni dostga uchratib, Kozga, burunga kirsa, Qalbga sevinch qalaydi. Asabingni buzadi. (Yol) (Tutun) Qoshaloq tovoq, Keragida suvga otasan, Ichi tola yog. Qimirlashin poylab yotasan. (Yongoq) (Qarmoq)
Talabalar uchun mantiqiy topishmoqlar: 1. Tuyaqush o`zini qushman deb ayta oladimi? 2. Juda och qoringa nechta tuxum yeyish mumkin? 3. Dunyodagi har bir narsa uchun nima kerak? 4. Choynak bilan qopqog`i uchun bola 11 so`z to`ladi, choynakning narxi qopqog`iga qaraganda 10 so`m qimmat. Qopqog`ning narxi qancha? 50 tiyn + 10 so`m = choynakning narxi 5. Qaysi odam oldida podshoh ham bosh kiyimini yechadi?
Xalq ogzaki ijodi turlaridan biri bolmish tez aytish ayrim nutq tovushlarining kop qaytarilishi yoki tovushlarning soz va iboralar tarkibida talaffuzni qiyinlashtiradigan darajada murakkab joylashishiga asoslanadi.
Ayniqsa, bu iboralar tez aytilayotgan paytda, aytuvchi bu murakkab tovushlarni talaffuz qila olmasdan adashib ketishi tinglovchilarning beozor kulgusiga sabab boladi. Ozbek tilida bu iboralarning tez aytish deb nomlanishi ham shundan kelib chiqqan.Ozbek
Tez aytish o ʻ zbek xalq og ʻ zaki ijodining bir turi. Tez aytishda yanglishib ketish mumkin bo ʻ lgan qofiyadosh so ʻ zlardan tuzilgan jumlalar qo ʻ llanadi. Unda muayyan tovushlar, ayniqsa, jarangli undoshlar takrorlanadi va so ʻ zlar ritm, urg ʻ ular bilan tez aytiladi. Mas., Besh mis barkash, besh mis barkashning ichida besh ming mis barkash.
Tez aytishda har bir tovush o ʻ z o ʻ rnida to ʻ g ʻ ri, ravon talaffuz etilishi shart. Tovushlar talaffuzida yanglishgan tomon (kishi) yengilgan hisoblanadi. O ʻ tmishda katta yoshdagi odamlar ham o ʻ tirishlarda, to ʻ ylarda Tez aytishda musobaqalashib, madaniy hordiq olganlar. Keyinchalik, asosan, bolalar repertuariga aylangan. Tez aytishlar bolalarning fikrlash qobiliyatini, so ʻ z boyligini oshirishga va nutqining ravon bo ʻ lishiga xizmat qiladi
Ahmad aka Rahmat akani kordi. Ali, Vali, Gani, Sayfi, Said qani? Asad asil asal saqlaydi. Bashar hasharga shoshar, Yashnar hasharda Bashardan oshar. Bedarak bedana bedazorda bedor boldi. Bir burun kordim burunnan burun, eshikdan chiqdi burunnan burun Bir juft chop kopmi, qosh juft chop kopmi?
Boqi boqqa, Soqi toqqa bordi. Boqi botir buzoq boqar. Boqi quritgan qoqi qoq quruq qoqi. Boshqotirma Boltavoyning boshini qotirdi. Bu bori boz borimas chiyabori. Bulturgi burgutni bugun Urgutda kordim. Chinoz jiydazori chindan Chilonzor chinorzoridan katta. Chovli - simdan, chovgum - misdan.
Xulosa qilib aytamizki topishmoqlar, maqollar, tez aytishlar bolalarning fikr doirasini kengaytirishda, aql-idroklarini rivojlantirishda, kuzatuvchanlik hislarini, nafosat tuyg`ularini o`stirishda katta ahamiyatga ega.
Ular o`ziga xos mazmunni va maqsadni ifodalash shakli bilan bolalarni ziyraklikka, kuzatuvchanlikki o`rgatadi ularning qobiliyatlarini o`stiradi.