Mavzu: Shayboniylar davrida Samarqand TAYYORLADI: 304-GURUH TALABASI ABDURAXIMOVA GULIRANO.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Транксрипт:

Mavzu: Shayboniylar davrida Samarqand TAYYORLADI: 304-GURUH TALABASI ABDURAXIMOVA GULIRANO

Shayboniylar Buxoro xonligida hukmronlik qilgan o ʻ zbek sulola ( /1601). Shayboniyxon XV asr oxiri va XVI asr boshlarida toju taxt uchun o ʻ zaro kurashayotgan temuriy shahzodalar o ʻ zaro nizolari oqibatida Movarounnahrning asosiy shaharlari: Samarqand va Buxoroni osonlik bilan egallab, yangi davlatga asos solgan. Keyinchalik Movarounnahrning qolgan hududi va Xuroson ham bu davlat tarkibiga kiritildi. Ismoil I Safaviy bilan bo ʻ lgan jangda Shayboniyxon o ʻ ldirilgach 1510-yil, Ko ʻ chkunchixon xon qilib ko ʻ tarilgan. Uning vafotidan so ʻ ng o ʻ g ʻ li Abu Saidxon qisqa muddat yillarda hukmronlik qildi.

Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon davrida poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko ʻ chirilgan va davlatning rasmiy nomi Buxoro xonligi deb ataladigan bo ʻ lgan. Xususan, Ubaydullaxon Shayboniylar sulolasini saqlab qolish va uni mustahkamlashda muhim rol o ʻ ynadi. Ubaydullaxon vafot etgach (1540), xonlik qisqa muddat 3 qismga bo ʻ linib, Buxoroda Abdulazizxon; Sa marqandda Abdullatifxon; Balxda Pi rmuhammadxon hukmronlik qilishgan. Abdullaxon II bu tarqoqlikka barham berib, xonlik hududini birlashtirgan va uni yanada kengaytirgan.UbaydullaxonAbdulazizxonAbdullatifxon BalxdaPi rmuhammadxonAbdullaxon II

Abdullaxon II vafot etgach, uning o ʻ g ʻ li Abdulmo ʻ minxon va amakivachchasi Pirmuhammadxon II qisqa muddat xon bo ʻ lishgan. XVI asr oxiri XVII asr boshlaridagi murakkab qaramaqarshiliklar natijasida Shayboniylar hokimiyatdan ayrilishdi. So ʻ nggi shayboniy Pirmuhammadxon II o ʻ ziga qarshi chiqqan Samarqand hokimi Boqi Muhammad bilan 1601-yil iyunda Samarqand yaqinidagi Bog ʻ i Shamolda bo ʻ lgan jangda mag ʻ lubiyatga uchragach, taxtni topshirishga majbur bo ʻ ldi. Shunday qilib, 1601-yildan Buxoro xonligini yangi turkiy sulola Ashtarxoniylar (Joniylar) boshqarishga kirishgan.Abdulmo ʻ minxonPirmuhammadxon IIBoqi MuhammadBog ʻ i ShamoldaAshtarxoniylar

1500-yil Shayboniyxon Samarqandni deyarli urushsiz bosib oldi. XVI asr ortalarigacha Samarqand Shayboniylar davlatining poytaxti bolib turdi. Osha vaqtdan rus bosqiniga qadar 1868 Buxoro amirligi tarkibida edi.

Shayboniylar dahmasi yoki Shayboniyxon supa maqbarasi haqida: Samarqandning Registonida, Samarqand otalig ʼ i Bahodir Yalangto ʼ shbiy tomonidan qurilgan, el orasida Tillakori va Sherdor deb ataladigan Madrasalar oralig ʼ ida, Samarqand hukmdorlari bo ʼ lgan O ʼ zbek Xonlari Shayboniylar Sulolasini dahma - supa maqbara bor. Bu dahmadagi qabrlar dastlab Registondan biroz naridagi Shayboniyxon buyrug ʼ i bilan qurdirilgan Madrasai Oliya(Xoniya) madrasasining hovlisida bo ʼ lgan. Keyinchalik Chor Rossiyasi ma ʼ muriyati va SSSR davridagi Shaharni qayta qurish jarayonlarida bu ochiq maqbara bir necha marotaba joydan joyga ko ʼ chiriladi.

Dastlab bu supaga vafot etgan Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sulton (Ubaydullaxonning otasi) ko ʼ miladi, keyinchalik esa Shayboniylar oilasining boshqa a ʼ zolari, Shayboniyxonning onasi, o ʼ g ʼ illari, qizlari ham. Shaybonixonning boshsiz tanasi ham shu supa dahmada ko ʼ milgan,

Shaybonixonning qabri ustiga qo ʼ yilgan katta, naqshinkor bezakli, yozuvli marmar qabr toshi keyinchalik Samarqand Chor Rossiyasi boshqaruvida bo ʼ lgan payti Sankt- Peterburgga olib ketilgan. Supa atrofi Shayboniyxonning o ʼ g ʼ li Muhammad Temur Sultonning xotini Mehr Sulton xonim buyrug ʼ i bilan marmar toshlar bilan o ʼ rab chiqiladi. Bu supa ustiga o ʼ sha payti yog ʼ ochdan ishlangan to ʼ rt ustunli tarixda talar yo tolor deb atalgan qurilma quriladi, lekin hozirgacha yetib kelmagan.

El orasida bu dahma xilxona Shayboniyxon supasi nomi bilan ham tanilgan. Ma ʼ lumotlarga ko ʼ ra supaning hajmi ikki marta ko ʼ chirish mobaynida deyarli ikki baravar kichraygan deyiladi. Baland Supa-Maqbara ustida 30 dan ortiq qabrlar bor.

Shayboniylar zamonida ham tikuvchilik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik, zargarlik, duradgorlik, qog`oz, qurilish ashyolari kabi bir qator, sohalar faoliyat ko`rsatib ichki va tashqi bozorda sotiladigan turli xildagi mahsulotlar tayyorlangan. Bu mahsulotlar (ipak, jun, ip gazlamalari, gilam, quruq mevalar, qorako`l va boshqalar) bilan savdogarlar Eron, Xindiston, Arab o`lkalari, Xitoy, Qozon, Rossiya kabi o`lkalarga qatnagan.kulolchilikbilan savdogarlar Eron

Shayboniylar memorchilik ishlarida ham qator yodgorliklar qoldirganlar. Turli maqsadga mo`ljallangan qurilish ishlarini amalga oshirganlar. Bu borada nafaqat sulola namoyandalari, balki o`z davrining ko`zga ko`ringan katta moddiy imkoniyatiga ega kishilari ham chetda qolmaganlar. Chunonchi, Samarqanddagi Muhammad Shayboniy qurdirgan Xoniya, Abu Said Kalbobo ko`kaldosh nomi bilan bog`liq madrasalar qurilgan.

Manbalarda yozilishicha, birgina Abulloxon II davrida mintaqada bir ming bitta ravot va sardoba qurilgan ekan. Shayboniylar davrida fan va madaniyatning rivojlanishida mazkur sulola namoyandalarning tutgan o`rni katta bo`lgan. Avvalo, ularning o`zlari nihoyatda o`qimishli shaxslar edilar. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon, Ko`chkinchixon, Ubaydulloxon, Abdulazitzxon kabi Shayboniylar turkiy va forsiyda sher bitganlar. Diniy va dunyoviy ilmlarda yetarli salohiyatga ega bo`lganlar. Ubaydulloxonning musiqa ilmiga katta rag`bati bo`lgani, musiqiy asboblar chalgani, nozik xusnixat egasi bo`lgani malum.yozilishicha

Shayboniylar davrida ham tarix ilmi juda rivoj topgan. XVI asr tarixini yoritib beruvchi Tavorixi guzidai nusratnoma, Mulla Shodiyning Fathnoma, Binoiyning Shayboniynoma, Muhammad Solihning Shayboniynoma, Abdulloh Nasrullohning Zubdat al-asror, Fazlulloh Ro`zbekxonning Mehmonnomai Buxoro, Zayniddin Vosifiyning Badoi ul vaqoye, Hofiz Tanish Buxoriyning Abdullanoma kabi mumtoz tarixiy asarlari fikrimiz dalilidir. Bundan tashqari Muhammad Shayboniyxon davrida Binoiyning Ajoyib ul Maxluqot geografik asarini ham aytishimiz mumkin, deb o`tilgan mavzuga xulosa yasaladi.

Bu davrga kelib madaniy va adabiy markazlik roli Samarqand va Buxoroga kochgandi. Bu shaharlarga faqatgina Orta Osiyo territoriyasidangina emas, balki Eron, Afgoniston, Hindiston shaharlaridan ham bu yoki u sohalarning ishtiyoqmandlari kelar edilar. Natijada bu olkada osha zamon madaniyati va adabiyotining turli sohalarida ancha – kozga koringan vakillar yashab ijod etishgan.