Kompyuter tarixi, Hardware(kompyuterning ichki va tashqi qurilmalari haqida toliq malumot),asosiy va qoshimcha qurilmalar.Texnika xavfsizligi Margilon RTM
Kompyuter texnikasi rivojlanish tarixi va avlodlari Hisoblash texnikasining tarixi bir necha davrni o`z ichiga oladi: Mexanik mashinalargacha bo`lgan davr Mexanik mashinalar davri Elektromexanik mashinalar davri Elektron hisoblash mashinalar davri
Hisoblash ishlarining tarixi odamzod paydo bo'lishidan boshlanadi. Yer yuzidagi eng birinchi hisoblash asbobi ibtidoiy odamlarning barmoqlari edi. Qo'l va oyoq barmoqlari ibtidoiy "hisoblash vositasi" vazifasini o'tagan. Binobarin, o'sha qadim zamonlardayoq hisoblashning eng birinchi va eng oddiy usuli - barmoq hisobi paydo bo'lgan. U qadimiy qabilalarda hisobni 20 gacha olib borishni ta'minlagan. Hisoblashning bu usulida bir qo'l barmoqlari "besh"ni, ikki qo'l barmoqlari Onni, qo'l va oyoq barmoqlari birgalikda "yigirmani" bildirgan.
Elektron hisoblash mashinalarining avlodlari. Tarixan qisqa vaqt mobaynida (35-40 yil orasida) EHMning to'rt avlodi yaratilib, beshinchi avlod mashinlari loyihalashtirilmoqda. EHMlarning avlodlarga ajratish ularni yaratishda nimalarga asoslanganligi, qanday tuzilganligi, texnik xarakteristikalari, foydalanuvchilar uchun qulayligi va boshqa tomonlari bilan farqlanadi. EHMlarning birinchi avlodi.(50-yillar boshlarigacha) qatoriga MESM, BESM-1, BESM-2, Strela, M-3, Minsk-1, Ural-1, Ural-2 va boshqalar kiradi. Bu mashinalarning hammasi elektron lampalar asosida qurilgan. Ularning o'lchamlari katta, elektr quwatini ko'p iste'mol qiladi, amallarninh bajarilishi tezligi past, katta miqdorda axborotlarni saqlay olmaydi va ishonchsizligi bilan ajralib turadi. Bu toifa mashinalar sekundiga o'rtacha amal bajaradi. Xotirasiga faqat 2047 tagacha son sig'adi.
EHMlarning ikkinchi avlodi.(1960 yillarning boshlari) tranzistorlar (yarimo'tkazgich va magnit elementlar)dan tuzilgan. Bu avlodga mansub mshinalarning o'ziga hos xususiyatlaridan biri, ular qo'llanish sohasi bo'vicha ixtisoslashtinlgandir. Ikkinchi avlod EHMlarida oldingilariga qaraganda tezroq va ishonchliligi ko'proq ma'lumotlarni qayta ishlash imkoniyati yaratildi. EHMning ikkinchi avlodiga quyidagi mashinalar kiradi: Minsk-2, Minsk-22, Razdan-3, M-220, BESm-6,'MIR, Nairi, Minsk-32, Ural-14 va boshqalar.
EHMlarning uchinchi avlodi.(60-villarning oxiri) kopchilik tranzistorlar va turli xil ehtiyot qismlar o'rniga integral sxemalardan keng ko'lamda foydalanish bilan harakterlanadi. Integral sxemalarni ishlatish tufayli mashinalarning texnik va ishlatish xarakteristikalarini ancha yaxshilashga, jumladan, ixchamlashishi va ishlash tezligining oshishini ta'minlashga erishildi. Bunday mashinalarning samarali va ishonchli ishlashiga ta'minlandi. Xotira sig'imi 2048 Kbaytgacha bordi. Bu avlod mashinalarini birgalikda ishlab chiqargan yagona sistema turidagi mashinalar tashkil qiladi. Shuning uchun ham bu turdagi mashinalarning nomi ES dan boshlanadi. Bu mashinalar turiga qarab, sekundiga 2 milliongacha turli arifmetik amal bajarishi mumkin bo'ldi.
EHMlarning to'rtinchi avlodi yillardan etiboran paydo bo'la boshladi. Ularda element bazasi sifatida katta integral sxemalar. Ya'ni 1 sm kub hajmda 100 minggacha elementni birlashtirgan mikrosxema qo'llanildi. Bunday EHMlardan jamoa ravishda foydalanish EHMlar tarmog'ini va shaxsiy kompyuterlar yaratish imkonini tug'dirdi. Hozirgi kunda ko'pgina o'rta maktablarga o'rnatilgan IBM, Yamaxa, Pravets-8A, AGAT, Osiyo, Toshkent, Yoshlik kompyuterlari shu turdagi lardir.
Suniy idrok haqida «Sun'iy» sozining ma'nosi ayon: u kelib chiqishiga kora tabiiy bolmagan narsani, ya'ni, inson qoli bilan yaratilgan narsalarni nazarda tutadi. «Intellekt» sozini esa bundayin oson ta'riflashning imkoni yoq. Lugatlarda uning ma'nosi juda xilma-xil beriladi. Masalan, intellektni «qaror qabul qila olish qobiliyati», «anglash qobiliyati» kabi qisqa va londa ta'riflaridan tashqari, «bilish, idrok qilish va tahlil asosida, hamda, yigilgan tajriba hamda konikmalar vositasida yangi vaziyatlarga moslasha olish» kabi uzundan uzoq ta'riflari ham bor. Ilmiy atama holidagi «sun'iy intellekt» tushunchasi esa ilk bora 1956 yilda, Stenford universitetida otkazilgan ilmiy anjumanda inglizcha «artificial intelligence» (AI) tarzida ilm- fanga taklif qilingan edi. Shundan buyon mazkur tushuncha ilmiy jamoatchilik orasida mustahkam ornashib qoldi.
Kompyuter turlari va uning qismlari Kompyuter – inglizcha so`z bo`lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda faqat hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa malumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli malumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko`pchilikning tushunchasida go`yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos. Bunga albatta sabablar ko`p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo`lsa, ikkinchi tomondan ko`p masalalarni yechish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini ko`p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko`p ishlatib turiladi.
Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli – analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko`rsatkichlari yuqori bo`lgani uchun, ular ko`proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning besh guruhi keng qo`llanilmoqda. Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, malumotlarning razrad to`rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo`lish mumkin: - super kompyuterlar (Super Computer); -blok kompyuterlar (Manframe Computer); - mini kompyuterlar (Minicomputer); -shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer); - bloknot(noutbook) kompyuterlar.
Super kompyuterlar (TOP 500 kompyuterlar)-juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Bunday masalalar sifatida ob-havoning global prognoziga oid masalalarni, uch o`lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o`rganish masalalari, global informatsion sistemalar va hokazolarni keltirish mumkin. Hozirgi vaqtda eng kuchli super kompyuter IBM kompaniyasining SUMMIT kompyuteri hisoblanadi
Blok kompyuterlar (Manframe Computer)-fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo`ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi super kompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog`ona past. Bularga misol sifatida AQShning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Noutbuk kompyuterlar. Noutbuk kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo`lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko`tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr energiyasidan, ham ichiga o`rnatilgan batareyalarda uzluksiz (batareyani har safar almashtirmasdan) ishlashi mumkinligidir. Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o`zi zaryad ola boshlaydi va u batareya bir necha yillarga mo`ljallangan bo`ladi. Hozirda bunday noutbuklarni IBM, Compaq, Acer, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda.
Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar,muassasalar,oliy oquv yurtlarida keng tarqalgan.
Hardware va software Kompyuterlar asosan ikki qisimdan iborat boladi: 1.Hardware 2.Software Hardware bu-kompyuterning texnik taminotidir! Kompyutеrning asosiy qurilmalari quyidagilar: sistеmali blok, monitor va klaviatura (sichqoncha bilan).
Monitor Sistema bloki Klaviatura
Sistema blokining tarkibi Quvvat bloki, sistema platasi, operativ hotira sxemalari, xotiraning boshqa turlari, portlar, kengaytirish slotlari, shinalar.
Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarning zarur qismini ekranda yoritib berishni ta`minlaydi. Monitor matn yoki grafik rejimda ishlaydi. Matn rejimida ekran belgi o'rinlari deb yuritiluvchi alohida qismlarga bo'linadi. Grafik rejimda ekran piksel deb ataluvchi nuqtalar to'plamidan tashkil topadi. Ikkala rejimda ham belgi yoki pikselning ranglari, fonning rangi, ravshanligi va boshqa parametrlar xaqidagi ma`lumotlar videoxotirada saqlanadi. Monitordagi piksellarning umumiy miqdori monitorning imkon darajasi, deb ataladi.
Kompyuterga turli shakldagi axborotlar kiritishning yo'llaridan biri klaviaturada joylashgan tugmalar ko'magida amalga oshiriladi. Aniq bir tugmani yoki tugmalar birikmasini bosilishiga aynan mos ikkilik kodni kiritilishiga olib keladi, Buning boisi shifrlovchi deb yuritiladigan - mikrosxema ma`lum bir tugma bosilishida hosil bo'ladigan signalni ikkilik kodga aylantirib beradi.
Kompyuterning asosiy qurilmalaridan tashqari qoshimcha qurilalari ham mavjud. Hozirgi kunda qoshimcha qurilmalarga koplab misollar keltirishimiz mumkin. Tashqi qurilmalarga quyidagilar kiradi: Tashqi еslab qolish qurilmalari (TЕQQ) ; foydalanuvchining muloqat vositalari; malumotlarni kiritish qurilmalari; malumotlarni chiqarish qurilmalari; aloqa va telekommunikatsiya vositalari.
Foydalanuvchining muloqat vositalari oz tarkibiga videoterminallarni va malumotni nutqli kiritish-chiqarish qurilmalarini oladi. Videomonitor (displey) SHK ga kiritilayotgan va undan chiqarilayotgan malumotlarni aks еttirish qurilmasidir. Nutqli kiritish-chiqarish qurilmalari tez rivojlanayotgan multimedia vositalariga kiradi.Nutqli kiritish qurilmasi bu turli xil mikrofonli akustik tizimlar, "tovushli sichqonlar", masalan, odam talaffuz qilayotgan harf va sozlarni anglay oladigan, ularni identifikaciya qiladigan va kodlaydigan murakkab dasturli taminot. Nutqli chiqarish qurilmasi bu kompyuterga ulangan baland gapiruvchilar (dinamiklar) yoki tovushli kolonkalar orqali ishlab chiqariladigan, raqamli kodlarni harf va sozlarga ozgartirishni bajaradigan turli xil tovush sintezatorlar
Malumotlarni kirtish qurilmalariga quyidagilar kiradi: klaviatura SHK ga sonli, matnli va boshqaruvchi axborotni qolda kiritish uchun qurilma; grafik planshetlar (digitayzerlar) planshet boyicha maxsus korsatkichni (peroni) harakatlantirish yoli bilan grafik malumotlarni, tasvirlarni qolda kiritish uchun pero siljiganda uning koordinatalari uqiladi va bu malumotlar SHKga kiritiladi; skanerlar (oquvchi avtomatlar) mashinada yozilgan matnlar, grafiklar, rasmlar, chizmalarni qogozdagi tashuvchilardan avtomatik oqish va SHK ga kiritish uchun; korsatish qurilmalari (grafik manipulyatorlar) grafik axborotni displey еkraniga kiritish uchun kursor harakatini еkran boyicha boshqarish yoli bilan va keyinchalik kursor koordinatini kodlash va uni SHK ga kiritish bilan (joystik richag, "sichqoncha", trekbol gardishdagi shar, yoruglik perosi va b.);
Sichqoncha(мишка)Trekbol(trackball)
Akustik tizimlar (kolonkalar) multimedia tizimining majburiy bolmagan, lekin borligi maqol bolgan tashkil еtuvchisidir, ularni ishlatganda tovushli axborotni qabul qilish birmuncha yaxshilanadi.tashkil еtuvchisidir
Video Sistema qurilmalari. Bularga video uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar kiradi. Video proektorVideo kamera
MODEM (MOdulyator-DEModulyator) aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni togri (modulyator) va teskari (demodulyator) ozgartirish qurilmasidir. Modem
Bosuvchi qurilmalar (printerlar) bu qiymatlarni ЕHM dan chiqarish qurilmasi bolib, u malumotning ASCII kodlarini ularga mos kelgan grafikli belgilarga (harflar, raqamlar, ishoralarga va sh.o.) ozgartiradi va bu belgilarni qogozda qayd еtadi. Printerlar quyidagi turlarga bolinadi: Matritsali printerlar Purkagichli printerlar Lazerli printerlar
Plotterlar (plotter, grafik koruvchilar) grafik axborotni (chizmalar, sxemalar, rasmlar, diagrammalar va b.) ЕHM dan qogozli yoki boshqacha korinishdagi tashuvchiga chiqarish qurilmasidir.
Digitayzer (digitaizer) yoki boshqachasiga grafikli planshet bu asosiy vazifasi tasvirlarni raqamlab chiqish qurilmasidir. U ikki qismdan: asosdan (planshetdan) va asos yuzi boyicha siljiydigan korsatish qurilmasidan (pero yoki kursordan) iborat. Kursor knopkasini bosilganda uning planshet yuzasidagi holati qayd qilinadi va koordinatalari kompyuterga beriladi.
Skayner(scanner)-qogozdagi malumotlarni electron shaklga otkizuvchi qurilma.
Texnika xavfsizligi Xavfsizlik texnikasi mehnat qilish uchun xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan. Chora tadbirlar sistemadan iborat. Korxona va ustaxonalarda kompyuterni orqasida kabel yoki simlarni tiokga ulayotganda tok urishi mumkin. Kompyuterlarning ishga yaroqligi tekshirib turiladi. Elektr simlarga simchalar osmaslik lozim, aks holda qisqa tutashuv berishi mumkin. Simlarda nuxson sezilsa elektromantyorga xabar berish, ochilib qolgan simlarga qol tekkazmaslik kerak. Kompyuter oldiga hol holda otirib bolmaydi.simchalar osmaslik lozim Monitordan insonning kozigacha bolgan masofa – 60 sm. Monitor zangori va kok ranglarga boyalishi shart. Kompyuterda ishlash vaqtida insonning charchash sabablari: Ekran yorugligi; Contrast va fon ortasidagi aniqlik; Kompyuterda ishlash paytida issiqlkdan nurlanish; Kompyuter buzuqligi;
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!