FANDA ENG KOP QOLLANILADIGAN ASOSIY SOZLAR
* - Avtomat - odamsiz ish bajaruvchi qurilma. * - Agregat - mustaqil ish bajaruvchi uskunaning qismi yoki uning оzi. * - Aniqlik - biron predmet yoki detal haqiqiy оlchamlarining chizmasida yoki nusxasida berilgan оlchamlariga mos kelish darajasi. * - Asbob - tanavorlarga ishlov berishda yoki buyumlarni yigishda ishlatiladigan ishchi qurol. * - Asosiy mahsulot - ishlab chiqarish jarayonida buyurtmachiga tayyorlab beriluvchi buyum (avtomobil, traktor, dvigatel, kompressor va h.k.). * - Baza - detal yoki buyumga tegishli bоlgan yassi tekislik, chiziq yoki nuqta, qaysilar bilan moslamaning tayanch elementlari tutashuvda bоladi. * - Bazalash - tanavor yoki buyumga tanlangan koordinata tizimiga nisbatan (keskich yoki yigish asbobga nisbatan) malum holat berish.
* - Ishchi mashina - tanavorlarga ishlov beruvchi, detal va buyumlarni yiguvchi yoki yuklarni harakatga keltiruvchi va tashuvchi mashinalar. * - Ishchi yurish - keskich asbobning tanavor yuzasi bоylab surilishida bir qatlam qirindi olib tashlash harakati. * - Yigish - detallarni va yigilma birliklarni birlashtirib buyum hosil qilish jarayoni. * - Yigilma birlik - buyum qismlarini (uzellarini) shartli aytilishi. * - Kvalitet - buyumlarning sifat tavsifnomasi. * - Qоshim (pripusk) - tanavorga mexanik ishlov berib kesib tashlanuvchi qatlam. * - Kompensator - tоldiruvchi, meyorlovchi, muvozanatlovchi qism, zveno. * - Lazerli ishlov berish - tоplangan nur, nur dastasi yordamida ishlash. * - Mashina -bir turdagi energiyani boshqa tur energiyaga aylantiruvchi yoki ish bajaruvchi mexanik qurilma.
* - Mahsulot - ishlab chiqarish jarayonlarining oxirgi jarayonida tayyor bоluvchi buyum (avtomobil, traktor, dvigatel, kompressor va h.k.). * - Mahkamlash xatoligi - tanavor yoki buyumni moslamaga mahkamlashda ularga tasir qiluvchi siqish kuchi yоnalishida siljish miqdoriga tushuniladi. * - Amal - bir ishchi joyda turib tanavorga shakl berish (bironta dastgohda bironta asbob bilan). * - Razvertkalash - teshik sirtiga silliqlab toza ishlov berish jarayoni. * - Vaqt meyori - malum ishlab chiqarish sharoitida bitta yoki bir nechta tegishli malakaga ega bоlgan bajaruvchilar tamonidan bazi bir hajmdagi ishga sarflanuvchi vaqtga aytiladi. * - Qоyim - detalni yuqori chegaraviy va quyi chegaraviy оlchamlarining oraligi bоlib, qaysiki shu oraliqda detallarning haqiqiy оlchamlari joylashgan bоlishi kerak.
* - Qоyim maydoni - detalning eng katta va eng kichik оlchamlarining ayirmasini chizmada sxematik kоrsatuvchi maydonning shartli tasviri. * - Dvigatelsimon mashina - bir xil turdagi energiyani boshqa turga aylantiruvchi qurilma. * - Tanavor - tugallanmagan yoki chala, keyinchalik ishlov beriladigan chala mahsulot. * - Zenker - kоp tigli kesish asbobi (silindrik yoki konussimon teshiklarga ikkilamchi ishlov berishda qоllaniluvchi asbob). * - Ishlab chiqarish jarayoni - ishchilar va uskunalar harakati natijasida xomashyo, yarim mahsulot va tanavorlarni tayyor mahsulotga aylantirish jarayoni. * - Ishlab chiqarish normasi - malum tashkiliy texnikaviy sharoitda bitta yoki bir nechta tegishli malakali bajaruvchilar tamonidan vaqt birligida bajariluvchi reglamentlashtirilgan hajmdagi ish.
* - Sozlash xatoligi - keskich asbobini оlchamga оrnatishdagi holatini talab etilgan holatiga nisbatan ogish miqdori. * - Silliqlash - tanavorlar sirtiga jilvir toshlar yordamida ishlov berib, toza va yuqori aniqlik olish jarayoni. * - Superfinishlash - tashqi sirtlarga mayda donachali jilvir toshli kallaklarda ishlov berib, juda ham yuqori toza yuzalar olish jarayoni. * - Sidirish - sidirgich asboblar yordamida teshiklarni kengaytirish yoki turli shaklli yuzalar olish jarayoni. * - Tashkil etuvchi zveno - yuzalar oraligidagi (оqlararo) masofani yoki ularning burchakli joylashuvini aniqlovchi оlcham. * - Texnologik jarayon - ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bоlib, tanavorga ishlov berish natijasida geometrik shakli, оlchamlari va sifati оzgartirilib, chizmada kоrsatilgan detal holatiga yoki nusxasiga mos keltirish tartibining majmui.
* - Texnologik tizim - dastgoh, moslama, asbob va detallarning birgalikda ishlov berish jarayonidagi оzaro bogliqlik holati. * - Texnologik tizim bikirligi - normal (radial) yоnalishda tasir qiluvchi deformatsiyalovchi kuchni shu yоnalish bоyicha vujudga kelgan deformatsiyalanish (siljish) miqdoriga bоlgan nisbatga aytiladi. * - Оlchamlarning ogishi - nominal оlcham bilan haqiqiy оlchamning farqi. * - Оrnatish - tanavorni moslamada bazalash va mahkamlash jarayoni. * - Оrnatish xatoligi - tanavor yoki buyumni оrnatishdagi haqiqiy оlchamlarini talab etilganidan ogish miqdoriga aytiladi. * - Оlchamlar zanjiri - bir оlcham aniqligiga tasir yetuvchi va berk kontur hosil qiluvchi оzaro birlashtirilgan оlchamlarga aytiladi. * - Ultratovushli ishlov berish - ashyolarga qisqa tоlqinli tovush yordamida ishlov berish usuli.
* - Frezalash amali - yuzaga kоp tishli keskich asbob (freza) bilan ishlov berish jarayoni. * - Harakat (priyom) - dastgohda ishlov berish uchun tanavorni yashikdan olib, dastgohka оrnatishdan boshlab to uni tushurib, boshqa yashikka qоyishgacha bоlgan ishchining alohida bajargan harakatlari. * - Holat (pozitsiya) - moslamaga qotirilgan tanavorni moslama bilan birgalikda boshqa malum joyga kоchib оtib, qatiy оrin egallagan joyi. * - Xatolik - sirtni berilgan nuqtasi holatining nominal (talab etilganidan) qiymatidan ogish miqdori. * - Xonlash - buyumlarning ichki sirtlariga maxsus mayda mayin jilvir tosh - xon kallaki ilgarilanma va aylanma - qaytish harakatida ishlov berib, yuqori tozalik va aniqlik olish jarayoni.
* - Xromlash - detal sirtini elektrolitik yoki diffuzion usul bilan xrom eritmasi bilan qoplash jarayoni. * - Shaberlash - yupqa qirindi olib pardozlov ishlov berish jarayoni (yiguv jarayonida detallarni moslashtirishda qоllaniladi). * - Sheverlash - tishli gildiraklar tishlariga kоp tishli keskich asbob - shever yordamida pardozlov ishlovi berish jarayoni. * - Yakka ishlab chiqarish- buyumlarni eksperimental nusxalarini, buyurtma bоyicha tayyorlanuvchi maxsus unikal mashinalarni bitta yoki juda ham kam (1-5 gacha) miqdorda va ogir sanoati mashinasozligi buyumlarini tayyorlash jarayoni. * - Bazalash xatoligi - tanavor yoki buyumni bazalashda, ular haqiqiy оlchamlarini talab etilganidan ogish miqdoriga aytiladi. * - Bikirlik - bironta jismni, tashqaridan tasir qiluvchi kuchga qarshilik kоrsata olish xususiyati. * - Buyum - ishlab chiqarish korxonasining buyurtmachiga buyurtmasi bоyicha tayyorlab beruvchi yakuniy mahsuloti.
ETIBORLARINGIZ UCHUN RAHMAT