Mavzu: Rivojlanish psixologiyasiga kirish. Reja: 1.Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari 2. Rivojlanish psixologiyasining boshqa fanlar.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Транксрипт:

Mavzu: Rivojlanish psixologiyasiga kirish

Reja: 1.Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari 2. Rivojlanish psixologiyasining boshqa fanlar bilan bogliqligi 3. Rivojlanish psixologiyasining tadqiqot metodlari 4. Psixologik tadqiqotni otkazishga qoyiladigan talablar

Adabiyotlar 1. E.Goziey Yosh davrlari psixologiyasi Toshkent 2. E.Goziey Ontogenez Toshkent Z.T.Nishonova, N.G.Kamilova, D.U.Abdullaeva, M.X.Xolnazarov Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya Toshkent F.I.Xaydarov, N.I.Xalilova Umumiy psixologiya Toshkent 2010 TDPU nashriyoti, 2010 y 5. Z.T.Nishonova, D.Qarshieva, N.Atabaeva, Z.Qurbonova Psixodiognostika va eksperimental psixologiya Toshkent Z.T.Nishonova, G.Alimova Bolalar psixologiyasi va uni oqitish metodikasi 7. SH.A.Dostmuhamedova, Z.T.Nishonova, S.X.Jalilova, SH.T.Karimova, SH.T.Alimbaeva Yosh davrlari va pedagogik psixologiya Toshkent-2013

Rivojlanish psixologiyasi – psixologiya fanlarining bir tarmogi bolib, shaxs rivojlanish jarayonining qonuniyatlari va aniq dallillari, yosh xususiyatlari va turli yosh davrlaridagi psixik ozgarishlar dinamikasini organadi. Rivojlanish psixologiyasining organish obekti – ontogenez jarayonida shakllanuvchi, rivojlanuvchi va ozgaruvchi soglom inson. Rivojlanish psixologiyasi turli yosh davrlarida inson hulq - atvorida yuzaga keluvchi ozgarishlarni kelib chiqish sabablarini aniqlaydi va ularni tavsiflaydi, insonlardagi konikma va malakalarni hosil bolish qonuniyatlarini organadi

Rivojlanish psixologiyasining predmeti – inson psixikasining yosh jihatdan taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xislatlarining ontogenezini organishdan iborat

Rivojlanish psixologiyasi oz navbatida bir qancha sohalarga bolinadi. Bular- Bolalar psixologiyasi Kichik maktab yoshidagi oquvchilar psixologiyasi Osmir psixologiyasi Ilk ospirinlik yoshi psixologiyasi Katta yoshdagilar psixologiyasi Gerontopsixologiya ( qarilik )psixologiyasi

Rivojlanish psixologiyasining umumiy vazifalari -Psixik jarayonlarning, bilimlarning ozlashtirishning yosh imkoniyatlarini tadqiq qilish. -Shaxs rivojlanishining muhim omillarini organish -Psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini hamda bosqichlarini tadqiq etish -Har bir yoshning psixologik va individual xususiyatlarini organadi -Psixik jarayonlarning, bilimlarning ozlashtirishning yosh imkoniyatlarini tadqiq qilish. -Shaxs rivojlanishining muhim omillarini organish -Psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini hamda bosqichlarini tadqiq etish -Har bir yoshning psixologik va individual xususiyatlarini organadi

Rivojlanish psixologiyasining nazariy vazifalari: - insonning butun hayot yoli davomida psixik rivojlanishiga tasir etuvchi va harakatga keltiruvchi kuchlar, mexanizmlarni organish; - ontogenezda psixik rivojlanishni davrlashtirish; - psixik rivojlanish davomida yosh xususiyatlari, rivojlanish qonuniyatlari va bilish jarayonlarini organish; - malum tarixiy davrda shaxs rivojlanishi hamda shaxs sifatida shakllanishini tadqiq etish. Rivojlanish psixologiyasining amaliy vazifalari: - insonning psixik funksiyalarining yosh davriga mos meyorlarni va ijodiy qobiliyatning mavjudligini aniqlash; - psixologik rivojlanishda bolaning rivojlanishi, psixologik salomatligini nazorat qilish va tizimlashtirish; - yosh va tibbiy diagnostika; - inson hayotining inqirozli davrlarida yordamni amalga oshirish.

Rivojlanish psixologiyasining boshqa fanlar bilan bogliqligi Pedagogika va rivojlanish psixologiyasi- pedagogika talim va tarbiya qonunlari, metod va usullari haqidagi fan. U talim va tarbiyaning maqsad va vazifalarini, ularning shaxs taraqqiyoti va jamiyat hayotidagi ornini ochib beradi. Bolaga talim va tarbiya berishga oid vazifalarni hal etishda pedagogika qanday qilib talim-tarbiya berish kerakligini aytsa, psixologiya nima uchun aynan shunday qilish kerakligini aniqlaydi. Masalan, pedagogika maktabgacha yoshdagi bolalar talimi va tarbiyasida oyin usullaridan foydalanish kerakligini takidlaydi. Psixologiya esa buning sababi ushbu yosh davrida oyin etakchi faoliyat ekanligini tushuntiradi.

Tibbiyot va rivojlanish psixologiyasi- Tibbiyot inson salomatligi va kasalliklarini, kasalliklarning oldini olish va ularni davolash, shuningdek, salomatlikni mustahkamlash haqidagi fan. Bolalarda uchraydigan kopgina kasalliklarning manbayi psixologik xatakterga egadir. Masalan, tadqiqotlarning korsatishicha, bronhial astma bilan ogrigan kasalliklarning kopchiligiga bolaligidan ota-onalari emosiyalarni erkin ifodalash, tashabbus korsatish imkoniyatini chegaralaganlar. Kasallikning zorayishi bir tomondan psixik omillarga (tushkunlikka berilish vasvasaga tushush, hadiksirash va shu kabilarga) bogliq bolsa, ikkinchidan dardning ozi ham, jumladan terapevtik muolajaning samaradorligini pasaytirib yuborishi mumkin bolgan alohida psixik holatlarni keltirib chiqaradiki, bu hol vrach va psixologning kuch-gayratlari birlashtirilishini zarurat qilib qoyadi.

Umumiy psixologiya va rivojlanish psixologiyasi- Umumiy psixologiya umumiy psixologik qonuniyatlarini, psixologiyaning nazariy tamoyillarini, asosiy kategoriyalarini, metodlarini organuvchi nazariy va eksperimental tadqiqotlardir. Masalan, umumiy psixologiya tafakkur faoliyatining xususiyatlari, tafakkur turlari va operasiyalari haqida umumiy tasavvurni hosil qiladi. Rivojlanish psixologiyasi esa turli yosh bosqichlarida tafakkurning qanday xususiyatlar kasb etishini, tafakkurning qanday rivojlanishini organadi. Bunda u, albatta, umumiy psixologiyadagi tasavvurlarga tayanadi, uning metodlari va kategoriyalaridan foydalanadi

Ijtimoiy psixologiya va rivojlanish psixologiyasi- Ijtimoiy psixologiya psixologiya fanining tarmogi bolib, insonlarning ijtimoiy guruhlarga mansubligi bilan taqozolangan xulq-atvori va faoliyatini, shuningdek, shu ijtimoiy guruhlarning ozini organish bilan shugullanadi. Rivojlanish psixologiyasi shaxs psixik taraqqiyotini organar ekan, albatta, shaxslar guruhi, bu guruhda shaxslar ortasida amalga oshuvchi munosabatlarni etibordan chetda qoldirmaydi. Rivojlanish psixologiyasi, ayniqsa, bolaning tengdoshlari va kattalar bilan bolgan muloqoti va uning bola rivojlanishiga tasirini organishga alohida etibor qaratadi

Rivojlanish psixologiyasining tadqiqot metodlari Kuzatish- psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, rejali,biror maqsad asosida organish. Rivojlanish psixologiyasida bu metodning obektiv va subektiv kuzatish turlari bor. Inson psixikasidagi ozgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: -Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi -Kuzatiladigan obekt tanlanadi -Sinaluvchining yoshi, jinsi aniqlanadi -Tadqiqot otkazish vaqti rejalashtiriladi -Kuzatish qancha davom etishi qatiylashtiriladi -Kuzatish insonning qaysi faoliyatida ( oyin, oqish, mehnat, sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi -Kuzatishning shakli ( yakka, guruh, jamoa bilan otkazilishi ) tayinlanadi -Kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari ( kundalik, kuzatish varaqasi va boshqalar) taxt qilinadi Kuzatish- psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, rejali,biror maqsad asosida organish. Rivojlanish psixologiyasida bu metodning obektiv va subektiv kuzatish turlari bor. Inson psixikasidagi ozgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: -Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi -Kuzatiladigan obekt tanlanadi -Sinaluvchining yoshi, jinsi aniqlanadi -Tadqiqot otkazish vaqti rejalashtiriladi -Kuzatish qancha davom etishi qatiylashtiriladi -Kuzatish insonning qaysi faoliyatida ( oyin, oqish, mehnat, sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi -Kuzatishning shakli ( yakka, guruh, jamoa bilan otkazilishi ) tayinlanadi -Kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari ( kundalik, kuzatish varaqasi va boshqalar) taxt qilinadi

Eksperiment metodi- tabiiy va labaratoriya eksperimenti turlariga bolinadi. Tabiiy eksperiment- ( birinchi marta 1910 yilda A.F.Lazurskiy taklif etgan) moljallanganiga kora, eksperiment otkazilayotganini biladigan sinaluvchida hosil boladigan zoriqishga yol qoymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga ( dars, suhbat, oyin, uy vazifalarini bajarish va boshqalar) kochirishi lozim. Masalan, materialni yodlashning samaradorligi uni uzoq vaqt xotirada saqlab qolish togrisidagi korsatmaga bogliqligini tadqiq qilish tabiiy eksperimentga misol bola oladi. Labaratoriya eksperiment- kopincha individual ( goho guruh va jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yol- yoriqlar, tavsiyalar, korsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson psixikasidagi ozgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari, qurilmalar, moslama va jihozlar mavjud. Ular odamdagi psixologik jarayonlar, holatlar, funksiyalar, vujudga kelayotgan yangi sifatlarni qayd qilish va olchashda qollanadi.

Longityud metodi- boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, hatto on yillab tekshiriladilar. Longityud metodidan nemis psixologi V. Shtern, fransuz psixologi R.Zazzo, rus psixologlari N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina, ozbek psixologi E.Goziev va boshqalar kop yillardan beri foydalanmoqdalar. Mazkur metod orqali bir xil jinsli ( Hasan-Husan, Fotima-Zuhra yoki aralash jinsli Hasan- Zuhra, Fotima-Husan) egizaklar kuzatiladi

Test metodi- Testinglizcha soz bolib sinash tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy osishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qollaniladigan qisqa standart masala, topshiriq test deb ataladi. Test ayniqsa, odamning qanday kasbni egallashi mumkinligi, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, istedodlilar va aqli zaiflarni aniqlashda keng qollaniladi yildan fransuz psixologi A.Bine va uning shogirdi A.Simon insonning aqliy osishi va istedod darajalarini olchash imkoniyati borligi goyasini ilgari surgandan keyin psixologiyada test metodi qollanila boshladi.

Sosiometrik metod- bu metod kichik guruh azolari ortasidagi bevosita emosional munosabatlarni organish va ularning darajasini olchashda qollaniladi. Bunda Amerikalik sosiolog Dj.Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruh azolarining bir-birlari bilan munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi soraladi. Olingan malumotlar matrisa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor korsatkichlar guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlari togrisida tasavvur hosil qiladi. Bu malumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi korinishini aks ettiradi.

Biografiya-(tarjimai hol) metodi- inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayot faoliyati, ijodiyoti togrisidagi ogzaki va yozma malumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, xotiralari, esdaliklari, ozgalar ijodiga bergan baholari, taqrizlari alohida orin egallaydi. Shu bilan birga ozgalar tomonidan toplangan tarjimai hol haqidagi materiallar, esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, magnitafon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar organilayotgan shaxsni toliqroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Tarjimai hol malumotlarni inson psixikasidagi ozgarishlarni kuzatishda uning suhbat va tajriba metodlari bilan organib bolmaydigan jihatlarini ochishga yordam beradi.

Proektiv metodlar test usullarining bir korinishi bolib, ularda tekshiriluvchi uchun aniq korinishga ega bolmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharhlash topshirigi beriladi. Proektiv testlar sinaluvchining yashirin va anglanilmagan psixologik xususiyatlarini psixodiagnostika qilish zarurati tugilganda qollaniladi. Masalan, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bolgan rasmlar, tugallanmagan hikoyalar, biror aniq korinishi mavjud bolmagan buyumlar berilishi va ularni tekshiriluvchi ozining hissiy kechinmalari, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtaiy nazaridan baholashi kutiladi. Proektiv metodlar qatoriga Rorshaxning Siyoh doglaritestini kiritish mumkin.

Proyeksiya tushunchasi dastlab Z.Freyd tomonidan subektning ongli va ongsiz tarzda kochirilgan shaxsiy xususiyatlari, tashqi obektlarga nisbatan holatlarning mazmunini ifodalash uchun qollanilgan. Proyeksiya lotincha proektio sozidan olingan bolib, oldinga irgitish, tashlash manosini bildiradi. Mashhur psixolog olim L.Frank proektiv metodikalarning klassifikasiyasini birinchilardan bolib ishlab chiqdi.

Konstitutiv metodlar- Rorshax metodikasi 10 ta jadvaldan iborat, bir xil rangdagi va polixromli simmetrik korinishlar, doglar. Savol- Bu nima bolishi mumkin, bu nimaga oxshaydi. Bunda insonning ichki ustanovkasini, xarakatlarini bilsa boladi.

Konstruktiv metodlar- Senotest- narsalar, daraxtlar, figuralar yasaydi- bundan uni qurshagan atrof muhit xaqida bilib olish mumkin.

Interpretativ metodlar- Bunda qandaydir vaziyat haqida bosh qotirib aniqlash topshiriladi. Tematik appersepsion testi. Insondagi qiziqishlar, xissiy kechinmalar, ichki imkoniyat va yashirin maqsadlarni aniqlaydi. Metodika muallifi G.Murrey va Morganlar sanaladi.

Katartik metodlar- Oyin faoliyati- psixodramma, ixtiyoriy teatr sahnasi, terapevtik chiqishlar – natijasida tadqiqotchi insonning konfliktlarini, muammolarini ochib beradi. Psixoterapiya - kop qollanadigan va shaxsni tarbiyalaydigan vosita hisoblanadi. Rollar, issiq stul oyinlari.

Refraktiv metodlar – bu shaxs xususiyatlaridagi yashirin motivlarni aniqlashga yordam beradi. Masalan, insonning gapirganidan, yuz mimikalaridan, yozuvidan. Refraktiv taxlil – jinoyat turini aniqlashda yoki bolmasa davlat axamiyatiga molik rasmiy hujjatlardagi oz boshimchalik va qonunbuzarlik holatlarini ochishda, mansabdor shaxslar yoki davlat xizmatchilari qoygan imzolarni aniqlashda refraktiv usul qol kelishi tadqiqotlarda takidlangan.

Ekspressiv metodlar- bu alohida topshirilgan yoki erkin mavzu boyicha rasm chizdirish orqali otkaziladi. Uy-daraxt-odam, Oila, Avtoportret, Odam qomati, Mavjud bolmagan hayvon, Ochiq eshiklar testlari misol bola oladi. Metodika Dj.Morgan tomonidan 1948-yilda qollangan. Kattalar va bolalarni organish uchun ham qulay sanaladi.

Avtoportret (Odam qomati)

Impressiv metodlar Bu stimul materialdan tanlangan narsalarning natijasiga kora aniqlanadi. Lyusherning ranglarni tanlash testi 8-rangli kvadratdan iborat. Ranglar orqali insonda qorquv, ichki dunyo sirliligini yashirin ochish, nizoli vaziyatga moyillik, emosional qiyofa kabi psixologik masalalar organiladi.

Lyusher boyicha ranglarni tariflash 4 asosiy va 4 ta qoshimcha ranglarni oz ichiga oladi Asosiy ranglar Kok – qoniqishga, xotirjamlikka, barqaror ijobiy mehribonlikka bolgan ehtiyoj Yashil - ozini takidlashga bolgan ehtiyoj, dadillik, qatiylik gohida qaysarlik hissini ifodalaydi Qizil - faol harakatga va niyatga erishish ehtiyoji Sariq - istiqbolga, aktivlik, muloqotga intiluvchanlik, xushchaqchaqlik hissi

Qoshimcha ranglar Siyohrang, jigarrang, qora rang, nolga barobar bolgan ranglar. Ular salbiy yonalishlarni: xavotir, stress, qorquv, xafagarchilik hislarini bildiradi.

Additiv metodlar Gapni, hikoyani, tarixni tugallash Tugallanmagan gaplar metodikasi. Bu metodikalar xar hil shaxslik ozgaruvchilar, motivlardan u yoki bu xarakatlardan tortib, to jinsiy tarbiya munosabatlarigacha aniqlashga moljallangan.

SUXBAT METODI Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qollaniladi: masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi orqali qolga kiritilgan xulosalarni aniqlashda qollaniladi. Suxbat metodidan moxirlik bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin.

Psixologik tadqiqotni otkazishga qoyiladigan talablar Tadqiqotlarni tashkil qilish tekshiruvda qollaniladigan metod va metodikalarni tanlash handa sinab korishni oz ichiga oladi. Tadqiqotga tayorgarlik jarayonida tekshiriluvchilar va ularning soni aniqlanadi. Tadqiqot otkazish joyi turli xil tashqi shovqinlardan holi bolishi, shu bilan birga sanitariya-gigiena qoidalariga javob berishi lozim. Majbur qilmaydigan ish holati taminlanishi kerak. Tadqiqotning texnik taminlanishi hal qilinishi lozim bolgan masalalarga mos tushishi kerak.

. Sinaluvchilarni sifat jihatdan bir xil qilib tanlash zarur Tadqiqotchi tadqiqotning borishiga, uning barcha bosqichlarini otkazishga tasir etadi ( rejalashtirishdan, to xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishgacha) Yoriqnoma yoki korsatma tadqiqot boshlanishidan oldin, tayorgarlik bosqichida tuziladi. U aniq, qisqa va bir manoli bolishi lozim Tadqiqot natijalari bayonnomalarda qayd etilib, u bir vaqtning ozida ham tola, ham maqsadga qaratilgan bolishi kerak Tadqiqotdan olingan malumotlar sifat va miqdor jihatdan analiz, sintez qilinishi, yani qayta ishlanishi zarur

Psixodiognostik metodikalarga qoyiladigan talablar Psixodiagnostik metodikalar qollanilishidan oldin yuqori sifat va samaradorligini korsatuvchi mezonlar asosida tekshiruvdan otkazilishi zarur. Psixodiagnostik metodikalarni baholashning asosiy mezonlari sifatida ishonchlilik va validlik olinishi mumkin Psixodiagnostik metodikalar ishonchliligi- psixodiagnostik metodikaning sifati bolib, u ushbu metodika yordamida etarlicha barqaror natijalarga erishish imkoniyati bilan belgilanadi. Ishonchli metodikalarni qayta otkazish oxshash natijani korsatishi kerak

Metodikani baholashning yana bir muhim mezoni validlik hisoblanadi Validlik atamasi Evtopa tillaridan olingan bolib u quyidagi manoni anglatadi: tolaqonli, yaroqli, mos. Metodika validligi – metodika yordamida olingan malumotlarning nimani aniqlashga qaratilganligi, yani metodika mohiyati bilan mosligi. Validlik – metodikaning samaradorligi, amaliy foydasini korsatuvchi mezon.

Nazariy validlik Qollanilgan metodika yordamida olingan korsatkichlarni, boshqa metodik vositalardan olingan korsatkichlar bilan yani korsatkichlar orasida nazariy asoslangan bogliqlik borligini va tadqiqot qilinayotgan sifat korsatkichlari mosligi bilan aniqlanadi Empirik validlik Sinaluvchining reaksiyasi va xatti-harakatini kuzatish orqali, uning haqqoniy xulqidagi diagnostik korsatkichlarning bir-biriga mosligi bilan tekshiriladi

Ichki validlik Metodikadagi topshiriqlar, subtestlar, mulohazalarning umumiy maqsadga mosligini anglatadi Tashqi validlik Xuddi empirik validlikka oxshash, undan farqli tomoni shundaki, sinaluvchining xulqiga taalluqli asosiy tashqi korinishlarning korsatkichlari bilan metodikadagi korsatkichlarning ozaro bogliqligiga etibor qaratiladi

Savollar - Rivojlanish psixologiyasi oz navbatida bir qancha sohalarga bolinadi. Bular-? - Kuzatish metodining avzalligi va kamchiligi ? - Longityud metodining asoschilari kimlar ? - Test metodining asoschilari kimlar ? - Sosiometrik metodning asoschisi kim?