MAVZU: TAFAKKUR BORASIDAGI PSIXOLOGIK NAZARIYALAR. TAFAKKUR OPERATSIYALARI. 1.TAFAKKUR VA UNING XUSUSIYATLARI. 2. TAFAKKUR TURLARI VA SHAKLLARI 3. TAFAKKUR OPERATSIYALARI VA QONUNIYATLARI. 4. TAFAKKUR SIFATLARI. 5. TAFAKKURNING INDIVIDUAL XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANISHI.
Tafakkur - narsa va hodisalar ortasidagi eng muhim boglanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishi. Analiz – narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilish. Sintez –narsa va hodisalarning analizda bolingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bolaklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltirish. Abstraksiya –moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bolmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratish. Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va ozini turli xil faoliyatlarni bajarish va bu obektlarga tasir korsatgan holda malum bir ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun organadi. Sezgi, idrok va tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va korgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda insonga aniq bir obektlar va ularning bevosita organiladigan xossalari haqida malumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson tomonidan obektiv reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir. Lekin alohida jismlar va real olam hodisalarini bilish istalgan amaliy vazifani hal etishda yuzaga keladigan uch ahamiyatga ega bolgan savolga javob topish uchun etarli emas. Bu savollar: «yuaga kelgan vaziyatda nimani, qay tarzda bajarish mumkin, va bu harakat natijasida nima hosil boladi?»dan iborat.
Bu savollarga javob izlashda bizlarga tafakkur yordam beradi. Avvalambor, tafakkur yuksak darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan voqelikning faol ijodiy aks ettirish va ozgartirishdan iborat. Tafakkur bevosita idrokda anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni ahamiyatli aloqalar va munosabatlarda, uning turli xildagi vositalarida aks ettiradi. Tafakkurning asosiy vazifasi real bogliqliklarga asoslangan zarur aloqalarni vaqt va fazodagi tasodifiy mos kelishlardan ajratgan holda aniqlashdan iborat. Tafakkur jarayonida tasodifiydan zaruratga, ayrimlikdan umumiylikka otish sodir boladi. Shunday qilib, tafakkurni voqelikni umumlashtirilgan va vositalangan aks ettirish sifatida tariflash mumkin. Bundan tafakkurning muhim belgilaridan biri umumlashtirishdan iboratligi kelib chiqadi. Voqelikni umumlashtirgan holda aks ettirish birgina odam va zamondoshlarining emas, balki, otmish avlodlarining ham tajribasini qayta ishlab chiqish natijasidir. Bu tajriba til yordamida ogzaki va yozma nutqda (oqituvchilar maruzalarida, kitob, darsliklarda va h.k.) Ifodalangan. Shuning uchun tafakkur koplab odamlar bilimlarini umumlashtiradi.
Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar, modellar, chizmalar, belgilar, til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli aloqa va munosabatlariga kirib borish maqsadida, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli xildagi vositalardan foydalanadi. Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita tasir korsatmay, kopchilik hollarda asboblar komagida olingan qoshimcha belgilar yordamida anglanadiganlarni tushunish va namoyon qilish imkonini yaratuvchi vositali tarzda aks ettirishdir. Hodisalarning qonuniyatlari, ichki aloqalari bizning ongimizda hodisalarning tashqi belgilarida vositali tarzda namoyon bolishi bilan inson ichki, barqaror ozaro aloqalarning belgilarini aniqlab oladi. Tafakkurning oziga xos xususiyati bilish yoki amaliy faoliyat jarayonida yuzaga keladigan u yoki bu vazifani bajarish bilan bogliqligidan iborat. Tafakkur muammoli vaziyatdan, tafakkurning maqsadi bolgan savolga javobdan boshlanadi.
Tafakkur muammosini korib chiqqan a.a.smirnov tafakkur va aqliy jarayonlarning assotsiativ tarzda kechishini tafovutlash zaruriyati haqida ogohlantirgan edi. Gap shundaki, aqliy faoliyatda biz assotsiatsiyalardan keng foydalanamiz, chunki ular tafakkur masalalarini echishda ahamiyatli yordam korsatadi. Aqliy jarayonlarning assotsiativ kechishida holat ozgacha boladi. Muhim tafovut shundan iboratki, bu vaziyatda oz oldimizga hech qanday maqsad qoymaymiz, chunki hech qanday vazifani bajarmaymiz. Bunda bir jarayon ikkinchisi bilan almashadi, chunki ular bir- biri bilan assotsiativ tarzda boglangan boladi. Tafakkur jarayonlarining assotsiativ tarzda kechishi kop hollarda inson toliqqan bolib, hordiq olishni xohlayotganida kuzatiladi. Uyquga ketishdan oldin xayolingizdan ketma-ket turli xildagi oylar otishini kuzatgansiz. Mana shu oylar malum assotsiatsiyalarga kiradi.
Tafakkurning alohida muhim oziga xos xususiyati – bu uning nutq bilan uzluksiz aloqasi. Tafakkur va nutqning bunday aloqasi, avvalambor, fikrlarning, hatto, nutq tovush shakliga ega bolmagan holat, masalan, kar-soqov odamlarda ham nutq shakliga mujassamlashtirilishida oz ifodasini topadi. Biz doimo sozlar orqali fikr yuritamiz. Qisqartirilganlik, muxtasarlik, ixchamlilik xususiyatiga ega bolgan yashirin, tovushsiz, ichki nutq insonning tafakkur mexanizmi bolib hisoblanadi. Nutq tafakkur qurolidir. Malum fikr sozlar bilan ifoda etilganida tafakkur jarayoni amalga oshiriladi. Fikrni soz bilan ifoda etish – ifodalash motivi (nutqiy maqsad), ichki nutq, fikrni tashqi tomondan nutqiy ifodalash kabi bosqichlaridan iborat bolgan murakkab jarayon. Tafakkur – bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi goyalar harakati. Uning natijasi obraz emas, balki malum bir fikrdir. Tafakkur – bu kiritilgan yonalishli-tadqiqiy, qarab ozgarishli va bilish xususiyatiga ega bolgan harakatlar va muolajalar tizimini taxminlovchi alohida turga ega bolgan nazariy va amaliy faoliyat. Tafakkur moddiy olam qonuniyatlari, tabiat va ijtimoiy-tarixiy hayotdagi sababiy-oqibat aloqalari, insonlar psixikasi qonuniyatlarini tushunish imkonini beradi. Aqliy faoliyat natijalarini qollash sohasi bolgan amaliyot tafakkur faoliyatining manbai bolib xizmat qiladi.
Tafakkur psixik faoliyat sifatida miyaning vazifasi hisoblanadi. Oddiy psixik jarayonlar, masalan, sezgilar uchun asos vazifasini otaydigan yuqoriroq darajadagi miya jarayonlari tafakkurning fiziologik asosini tashkil etadi. Lekin hozirda tafakkur jarayonini taminlovchi barcha fiziologik tuzilmalarning ozaro tasir etish tartibi va ahamiyati haqida aniq fikr mavjud emas. Tafakkur faoliyatida miya peshona qismlari alohida ahamiyatga ega ekanligi shubhasizdir. Bundan tashqari, bosh miya postlogining tafakkurni gnostik (bilish) vazifasi bilan taminlovchi doirasi, shuningdek, tafakkur jarayonini taminlovchi miya nutq markazlari ham katta ahamiyatga ega.
Tafakkurning ikki darajasi mavjud: fahm-farosat – abstraksiyalardan foydalanish ozgarmas chizmalar, namunalar chegarasida sodir boladigan oddiy tafakkur, soglom fikr, tafakkurning boshlangich darajasi, uning mantiqiy mazmunini emas, balki, ibora va dalillar tuzilishini organadi, bu aniq, izchilliklik bilan mulohaza yuritish, fikrlarni togri tuzish, dalillarni qatiy tizimlashtirish, tasniflash layoqati; aql (dialektik tafakkur) – abstraksiyalarni ijodiy qollash va ular tabiatini ongli tadqiq etish xususiyatiga ega bolgan nazariy bilishning oliy darajasi, aql yordamida inson narsalar mohiyati, ularning qonunlari va qarama-qarshiliklarini anglab etadi. Tafakkur – bu oz tuzilishi va turlariga ega bolgan oziga xos faoliyat. Tafakkurning turlarga bolinishi shakli, xususiyati, ochib berilganlik, yangililik va voqelikka moslik darajasiga kora amalga oshiriladi. Tafakkur, odatda, nazariy va amaliy tafakkurlarga bolinadi. Nazariy tafakkurda tushunchali va obrazli tafakkur, amaliy tafakkurda esa –korgazmali-obrazli va korgazmali-harakatli tafakkur ajratiladi. Tushunchali tafakkur – bu malum tushunchalar qollaniladigan tafakkur. U yoki bu aqliy masalalarni echishda boshqa odamlar tomonidan aniqlangan va tushunchalar, mulohazalar, xulosalar shaklida ifodalangan tayyor bilimlardan foydalanamiz.
Obrazli tafakkur – bu obrazlar yordamida mulohaza yuritish jarayonining bir turi. Ular xotiradan olinadi yoki tasavvurda hosil qilinadi. Kopincha tafakkurning bu turi badiiy ijodkorlik faoliyati bilan shugullanuvchi odamlarda ustun boladi. Tushunchali tafakkur voqelikni aniq va umumlashtirgan holda aks ettiradi, lekin bunday aks ettirish mavhumdir. Oz navbatida, obrazli tafakkur atrofimizdagi olamni aniq va subektiv aks ettirish imkonini beradi. Shunday qilib, tushunchali va obrazli tafakkurlar bir-birini toldiradi. Korgazmali-obrazli tafakkur obrazlarni qollash bilan bogliq. Bu tafakkur odam biror masalani echishda turli obrazlarni, hodisalar va jismlar haqidagi tasavvurlarni tahlil qilishida, qiyoslashtirishida, umumlashtirishida namoyon boladi. Korgazmali-harakatli tafakkur – mohiyati real jismlar bilan amalga oshiriladigan amaliy ozgartiruvchi faoliyatdan iborat bolgan tafakkurning alohida turi. Tafakkurning bu turi biror-bir moddiy mahsulot ishlab chiqarish maqsadidagi mehnat bilan mashgul bolgan odamlarda kengroq ifodalanadi. Yana til vositalari asosida vazifa bajaruvchi soz-mantiqiy tafakkur mavjud bolib, u tafakkur tarixiy rivojlanishining songgi bosqichidir. Unga tushunchalar va mantiqiy hosilalarni qollash xosdir.
Amaliy tafakkur tajriba, amaliy harakatlar asosida amalga oshiriladi va aniq vazifalarni bajarishga qaratilgan, nazariy – tajriba bilan ish kormasdan tushunchalardan foydalanadi. Diskursiv tafakkur – kengaytirilgan tafakkur, ichki sezgi kechishining tezligi, aniq ifodalangan bosqichlarning mavjud emasligi, oz darajada anglanganligi bilan xaraterlanadi. Reproduktiv, ishlab chiqaruvchi tafakkur – bu namuna boyicha tafakkur, ijodkorlik esa – yangi kashfiyotlar, yangi natijalarga olib boruvchi tafakkur. Realistik tafakkur voqelikni togri aks ettiradi, odam oz hulq- atvorini anglaydi, autistik tafakkur esa, asosan, obektga emas, affektga mos bolganlarni ifodalaydi, ehtiyojni qondirishga, kelib chiqqan hissiy zoriqishni kamaytirishga yonaltirilgan boladi. Tafakkurning aqliy jarayonning natijasi hisoblangan uch xil shakli: tushuncha, mulohaza va xulosa farq qilinadi. Tushuncha – bu jism va hodisalarning umumiy, ahamiyatga ega bolgan va farqlanuvchi belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shakli. Tushunchalar asosida hodisalar va jismlar haqidagi mavjud bilimlarimiz yotadi. U aniq va mavhum bolishi mumkin. Jismning barcha belgilaridan aynan ushbu jism yoki oxshash jismlar guruhini xarakterlab beruvchi malum belgilar yigindisi ajratilgan bolsa, u holda aniq bir tushuncha haqida gap ketadi. Bunday tushunchalarga shahar, goya, jamiyat va boshqalar kiradi. Agar jismdagi biror-bir alohida belgi ajratilib, va bu belgi organish predmeti bolib xizmat qilsa, alohida jism sifatida organilsa, mavhum tushuncha hosil boladi. Bunday tushunchalarga fidokorlik, tenglik, vijdoniylik va boshqalar kiradi. Tushunchalar ayrim va umumiy bolishi mumkin. Ayrim belgilar deb, jismning qaysi sinfga tegishliligidan qatiy nazar, yagona jismga taalluqli bolgan tushunchaga aytiladi. Ayrim tushunchalarga moskva, toshkent, baykal koli va boshqalar kiradi. Umumiy tushuncha deb, bir jismga emas, balki, jismlar sinfiga, bu sinfdagilarning istalgan jismiga tegishli bolgan tushunchaga aytiladi. Masalan, samolyot, davlat, korxona, institut va h.k.